Asosiy mazmunga o‘tish

POWERPOINT DASTURIDA QUYOSH TIZIMI ANIMATSIYASINI YARATISH METODIKASI

Rohataliyeva Rukhsoraxon Husniddin kiziNamangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Amaliy matematika yo‘nalishi ATI-AU24 guruh talabasi .2026

Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 1383–1388

Annotatsiya

Ushbu maqolada Microsoft PowerPoint dasturi yordamida Quyosh tizimining animatsion modelini yaratish bosqichlari empirik yondashuv asosida bayon etiladi. Ish jarayonida grafik obyektlarni shakllantirish, orbital trayektoriyalarni modellashtirish hamda “Motion Path” animatsiya effektlari orqali sayyoralarning harakatini vizual modellashtirish usullari tahlil qilinadi. Mazkur animatsion model astronomiya fanini o‘qitishda interaktiv va vizual ta‘lim vositasi sifatida qo‘llanish imkoniyatlariga ega ekani asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari PowerPoint dasturining ta‘lim jarayonida sodda modellashtirish muhiti sifatida samarali foydalanish mumkinligini ko‘rsatadi.

Boshqa tillarda

ruschaМЕТОДОЛОГИЯ СОЗДАНИЯ АНИМАЦИИ СОЛНЕЧНОЙ СИСТЕМЫ В POWERPOINT

В данной статье на основе эмпирического подхода рассматриваются этапы создания анимационной модели Солнечной системы с использованием программы Microsoft PowerPoint. В процессе работы анализируются методы создания графических объектов, моделирования орбитальных траекторий и применения анимационных эффектов «Motion Path» для имитации движения планет. Разработанная анимационная модель может использоваться в качестве интерактивного и наглядного средства обучения астрономии. Результаты исследования подтверждают, что программа PowerPoint может эффективно применяться как простая среда моделирования в образовательном процессе

inglizchaMETHODOLOGY FOR CREATING ANIMATION OF THE SOLAR SYSTEM IN POWERPOINT

This article describes the stages of creating an animated model of the Solar System using Microsoft PowerPoint based on an empirical approach. The process includes designing graphical objects, modeling orbital trajectories, and applying Motion Path animation effects to simulate planetary motion. The developed animation model serves as an interactive and visual teaching tool in astronomy education. The study demonstrates that PowerPoint can be effectively used as a simple modeling environment in the educational process. The results highlight the importance of integrating information and communication technologies into modern teaching practice.

Kalit so‘zlar

  • PowerPoint
  • animatsiya
  • Quyosh tizimi
  • orbital harakat
  • Motion Path
  • vizual modellashtirish
  • ta‘lim
  • interaktiv taqdimot

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

POWERPOINT DASTURIDA QUYOSH TIZIMI ANIMATSIYASINI YARATISH METODIKASI

Rohataliyeva Ruxsoraxon Husniddin qizi Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Amaliy matematika yoʻnalishi ATI-AU- 24 guruh talabasi . E-mail: rohataliyevaruxsora@gmail.com Telefon raqam: [telefon raqami yashirilgan]

Annotatsiya: Ushbu maqolada Microsoft PowerPoint dasturi yordamida Quyosh tizimining animatsion modelini yaratish bosqichlari empirik yondashuv asosida bayon etiladi. Ish jarayonida grafik

obyektlarni shakllantirish, orbital trayektoriyalarni modellashtirish hamda “Motion Path” animatsiya effektlari orqali sayyoralarning harakatini vizual modellashtirish usullari tahlil qilinadi. Mazkur animatsion model astronomiya fanini oʻqitishda interaktiv va vizual ta’lim vositasi sifatida qoʻllanish imkoniyatlariga ega ekani asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari PowerPoint dasturining ta’lim jarayonida sodda modellashtirish muhiti sifatida samarali foydalanish mumkinligini koʻrsatadi. Kalit soʻzlar: PowerPoint dasturi, animatsiya, Quyosh tizimi, orbital harakat, Motion Path, vizual modellashtirish, ta’lim, interaktiv taqdimot. Abstract: This article describes the stages of creating an animated model of the Solar System using Microsoft PowerPoint based on an empirical approach. The process includes designing graphical objects, modeling orbital trajectories, and applying Motion Path animation effects to simulate planetary motion. The developed animation model serves as an interactive and visual teaching tool in astronomy education. The study demonstrates that PowerPoint can be effectively used as a simple modeling environment in the educational process. The results highlight the importance of integrating information and communication technologies into modern teaching practice. Keywords: PowerPoint, animation, Solar System, orbital motion, Motion Path, visual modeling, interactive presentation. Аннотация: В данной статье на основе эмпирического подхода рассматриваются этапы создания анимационной модели Солнечной системы с использованием программы Microsoft PowerPoint. В процессе работы анализируются методы создания графических объектов, моделирования орбитальных траекторий и применения анимационных эффектов «Motion Path» для имитации движения планет. Разработанная анимационная модель может использоваться в качестве интерактивного и наглядного средства обучения астрономии. Результаты исследования подтверждают, что программа PowerPoint может эффективно применяться как простая среда моделирования в образовательном процессе Ключевые слова: PowerPoint, анимация, Солнечная система, орбитальное движение, Motion Path, визуальное моделирование, интерактивная презентация.

Kirish. Bugungi kunda ta’lim jarayonida axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, tabiiy fanlarni oʻqitishda mavzularni faqat ogʻzaki tushuntirish yetarli boʻlmaydi, balki ularni vizual koʻrinishda namoyish etish zarurati tugʻiladi. Astronomiya fanida esa

fazoviy tasavvur va harakat jarayonlarini koʻrsatish oʻquvchilarning mavzuni toʻliq anglashiga yordam beradi. Quyosh tizimi tuzilishi va sayyoralarning orbital harakati koʻpincha oʻquvchilar uchun murakkab tasavvur qilinadi. Shu sababli ushbu jarayonni sodda va tushunarli shaklda koʻrsatish uchun animatsion model yaratish maqsadga muvofiqdir. Zamonaviy dasturlardan biri boʻlgan Microsoft PowerPoint nafaqat taqdimot tayyorlash, balki oddiy animatsion modellar yaratish imkonini ham beradi.Mazkur ishda PowerPoint dasturi yordamida Quyosh tizimining animatsion modelini yaratish bosqichlari amaliy jihatdan koʻrsatib beriladi. Ish jarayoni slayd dizaynini tanlashdan boshlab, grafik obyektlar yaratish, orbital trayektoriyalarni chizish va animatsiya effektlarini qoʻllashgacha ketma-ket bayon etiladi.Quyida modelni yaratish bosqichlari izchil ravishda koʻrib chiqiladi. Endi animatsion modelni yaratish jarayoniga oʻtamiz. Avvalo yangi boʻsh ish varogʻi ochib olinadi, bunda ekranda hosil boʻlgan keraksiz elementlarni Delete tugmasi orqali oʻchiriladi, slaydning fon rangini qora qilib oʻrnatiladi bu esa visual kontrastni oshirish va elementlarni yaxshiroq koʻrsatish uchun zarur. Bundan soʻng, View (Koʻrish) boʻlimiga oʻtish kerak va Guides (Yoʻriqchilar) ni yoqish lozim — shunda ular koʻrinadi (1-rasm)

1-rasm. Markazga aylana joylashtiriladi va uning ichini toʻliq rangsiz qilib olinadi, chetlari 2-rasmda koʻrsatilgandek shtrixlanadi, aynan koʻrsatilgan tartibda bu amallar bajariladi. Shu shtrixlangan aylana Ctrl+D yordamida 8 marta nusxalanadi, bu orbital trayektoriyalarni koʻrsatish uchun zarur soʻngra bu 8 ta aylanani belgilab olinadi. Format boʻlimidagi Align buyrugʻi tarkibidan Align center buyrugʻi tanlanadi. Huddi shu 8 ta aylanani Align buyrugʻidan Align Middle tanlab 1 ta aylanaga olib kelish kerak boʻladi. Agarda ishlatayotgan Power Point dasturi rus tilida boʻlsa u holda aynan shu buyruqlarning ruschasi boʻladi va tanlanadi.

(2-rasm) Hozirgacha bajarilgan amallardan soʻng markazdagi aylana belgilab olinadi va Ctrl yordamida 8 ta aylanani aynan markazdagi aylana yordamida choʻzib hosil qilinadi. Tabiiyki, eng katta radiusli halqalar listdan tashqariga chiqib qoladi, buni oldini olish uchun esa aylanalar umumiy belgilanadi Format boʻlimi tarkibidagi Group amalidan Group tanlanadi va bundan keyin markazga moslagan holatda, kursor yordamida aylanalar tekislab olinadi. Bu harakatlar orbitalar hosil qilish uchun boʻlgani uchun ularni qiyalatish kerak boʻladi. Avval shakl belgilanib aynan Format boʻlimidan Shape Effects buyrugʻi tarkibiga kiriladi va 3D Rotation amali tanlanganda 3- rasmdagidek holatga duch kelamiz. Bunda qiyaligi orbitalar koʻrinishiga oʻxshagani belgilanadi va uning koʻrinishi sozlanadi. Sozlash jarayoni oʻng tomonda hosil boʻlgan oynada bajariladi. Orbitalarni sozlab boʻlgach, oʻrtadagi shtrix chiziqni qaysi buyruq yordamida joylashtirilgan boʻlsa, xuddi shunday oʻchirib qoʻyilsa boʻladi. Demak, keyingi bajarilishi kerak boʻlgan amal bu sayyoralar va Quyosh joylashuvi, ularning harakati. Quyosh tizimida sayyoralar Quyoshdan boshlab quyidagi tartibda joylashgan: Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun. Bu tartib Quyosh tizimining haqiqiy astronomik tuzilishi boʻyicha umum qabul qilingan hisoblanadi. Avval sayyoralar va Quyoshning rasmlari(faqat oʻzlarining rasmlari boʻlishi shart orqa fonsiz) kerak boʻladi. Sayyoralar va Quyosh tasvirlari internet manbalaridan yuklab olinadi hamda fon qismini olib tashlash uchun grafik tahrirlash vositalaridan foydalaniladi.

(3-rasm) Orbitalar markaziga Quyoshni oʻrtacha kattalikda joylashtirib, biirnchi orbitaga Merkuriy sayyorasini Quyosh oʻlchamidan ancha kichik qilib joylanadi. Bundan soʻng Merkuriy sayyorasi uchun animatsiya yaratiladi. Kerakli sayyora belgilanib, Animations boʻlimidan Add Animation buyrugʻidan trayektoriya chiza oladigan animatsiya tanlanadi, harakat chizigʻi chiziladi. quyidagi rasmdagidek holat yuzaga keladi, harakatlantirilsa, aylana trayektoriya boʻylab oʻz orbitasida juda tez aylanadi. Buni toʻgʻirlash uchun esa Animation Pane panelidan rasm haqida ma’lumot beruvchi Picture buyrugʻi ustiga sichqonchaning oʻng tugmasi bosiladi, Effect Options buyrugʻi tanlanib aynan yuqorida aytilgan kamchiliklar quyidagi rasmdagidek sozlanadi.

Timing boʻlimidan esa uning aylanish vaqtlari, boshlanish va tugashi belgilanadi. Buning uchun Start soʻrovi With Previous amali bilan, Duration(davomiyligi, ya’ni Quyosh atrofida aylanish vaqti, har bir sayyora uchun ketma-ketlikda radius kattalashish tomonga qarab vaqtni 5 sekundga oshirib boriladi) soʻrovi 5 sekund vaqt bilan, Repeat soʻrovi Until End of Slide amali bilan belgilanadi. Bundan soʻng Play All buyrugʻi tanlansa, sayyora harakatga keladi, ammo Quyosh rasmi

ustidan harakatlandi, bu kamchilikni bartaraf etish uchun Quyosh rasmi tanlanadi va Format boʻlimidan Arrange buyruqlari joylashuvidan Bring Forward amali tanlanadi, harakatga keltirilsa, sayyora oʻz orbitasida Quyosh rasmini ustidan oʻtmagan holatda aylanadi. Yuqoridagi amallar har bir sayyora uchun ketma ketlikda bajariladi, faqat harakatlanish vaqtlari sozlanib boriladi, qolgan amallar barchasi uchun bir xil tartibda boʻladi. Animatsiyani yanada qiziqarli qilish uchun, qora fonni yulduzli osmonga almashtirish, sayyoralar oldiga harakatlanib turuvchi sunʻiy yoʻldosh yoki metiorit joylashtirish mumkin.

Yuqoridagi amallar ketma-ketlikda, toʻgʻri bajarilsa rasmdagidek chiroyli va qiziqarli animatsiya tayyor boʻladi. Xulosa. PowerPoint dasturi yordamida Quyosh tizimining animatsion modelini yaratish oʻquv jarayonini yanada samarali tashkil etish imkonini beradi. Mazkur animatsion model oʻquvchilarda astronomik jarayonlar haqida fazoviy tasavvurni shakllantirishga yordam beradi. Shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ta’limning interaktivligini oshiradi va murakkab jarayonlarni sodda hamda tushunarli tarzda namoyish etish imkonini yaratadi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. Karttunen H., Kröger P., Oja H., Poutanen M., Donner K. Fundamental Astronomy. Springer, Berlin, 2017. 2. Abduqodirov A.A. Ta’limda axborot texnologiyalari. Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti, 2020. 3. Vaughan T. Multimedia: Making It Work. 9th edition. McGrawHill Education, New York, 2014. 4. Microsoft Corporation. Microsoft PowerPoint 2019 Step by Step. Microsoft Press, 2019. 5. Solar System Animation in PowerPoint – YouTube video darsligi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Karttunen H., Kröger P., Oja H., Poutanen M., Donner K. Fundamental Astronomy. Springer, Berlin, 2017.10.1007/978-3-662-53045-0
  2. Abduqodirov A.A. Ta’limda axborot texnologiyalari. Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti, 2020.
  3. Vaughan T. Multimedia: Making It Work. 9th edition. McGrawHill Education, New York, 2014.
  4. Microsoft Corporation. Microsoft PowerPoint 2019 Step by Step. Microsoft Press, 2019.
  5. Solar System Animation in PowerPoint – YouTube video darsligi.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011686
Nashr sanasi
2026-04-23
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
Jild
1
Son
3
DOI
10.66073/refocus-conf/778
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
1383–1388
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-09 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25