Asosiy mazmunga o‘tish

CEFR ASOSIDA ADAPTIV O‘QUV MATERIALLARNI YARATISH ZARURIYATI

Shahnoza Nasimova ZiyodullayevnaToshkent Davlat Tibbiyot Universiteti 1-sonli O‘zbek va xorijiy tillar2026

Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 525–529

Annotatsiya

Ushbu tezisda ingliz tilini o‘qitishda adaptive o‘quv materiallarini yaratish zaruriyati tahlil qilinadi. O‘zbekiston sharoitida bu masala muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, bugungi kunda dunyo tili hisoblangan ingliz tili O‘zbekiston aholisi uchun xorijiy til hisoblanib, bizda til egalari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilish imkoniyati cheklangan. Shuning uchun to‘g‘ri talaffuzni o‘rganish, hamda ushbu tilda muloqot qilish qobiliyatini o‘zlashtirish uchun adaptiv electron platformalarning o‘rni beqiyosdir.

Boshqa tillarda

ruschaНЕОБХОДИМОСТЬ СОЗДАНИЯ АДАПТИВНЫХ УЧЕБНЫХ МАТЕРИАЛОВ НА ОСНОВЕ CEFR

В данном тезисе анализируется необходимость создания адаптивных учебных материалов в обучении английскому языку. В условиях Узбекистана этот вопрос имеет важное значение. Потому что, сегодня английский язык, который считается мировым языком, является иностранным языком для населения Узбекистана, и у нас ограничены возможности прямого общения с носителями языка. Поэтому роль адаптивных электронных платформ в обучении правильному произношению и овладении навыками общения на этом языке неоценима.

inglizchaTHE NEED TO CREATE ADAPTIVE LEARNING MATERIALS BASED ON CEFR

This thesis analyzes the need to create adaptive learning materials in English language teaching. In the conditions of Uzbekistan, this issue is of great importance as English, which is considered the world language today, is considered a foreign language for the population of Uzbekistan, and our ability to communicate directly with native speakers is limited. Therefore, the role of adaptive electronic platforms in learning correct pronunciation and mastering the ability to communicate in this language is invaluable

Kalit so‘zlar

  • adaptiv ta‘lim
  • ingliz tili
  • CEFR
  • o‘quv materiallari
  • NLP
  • sun‘iy intellekt
  • individual yondashuv

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

CEFR ASOSIDA ADAPTIV O‘QUV MATERIALLARNI YARATISH ZARURIYATI

Shahnoza Nasimova Ziyodullayevna Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti 1-sonli O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi G-mail: nshahnoza.nshahnoza@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu tezisda ingliz tilini o‘qitishda adaptive o‘quv materiallarini yaratish zaruriyati tahlil qilinadi. O‘zbekiston sharoitida bu masala muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, bugungi kunda dunyo tili hisoblangan ingliz tili O‘zbekiston aholisi uchun xorijiy til hisoblanib,

bizda til egalari bilan to‘g’ridan to‘g‘ri muloqot qilish imkoniyati cheklangan. Shuning uchun to‘g‘ri talaffuzni o‘rganish, hamda ushbu tilda muloqot qilish qobiliyatini o‘zlashtirish uchun adaptiv electron platformalarning o‘rni beqiyosdir. Kalit so‘zlar: adaptiv ta’lim, ingliz tili, CEFR, o‘quv materiallari, NLP, sun’iy intellekt, individual yondashuv. Аннотация: В данном тезисе анализируется необходимость создания адаптивных учебных материалов в обучении английскому языку. В условиях Узбекистана этот вопрос имеет важное значение. Потому что, сегодня английский язык, который считается мировым языком, является иностранным языком для населения Узбекистана, и у нас ограничены возможности прямого общения с носителями языка. Поэтому роль адаптивных электронных платформ в обучении правильному произношению и овладении навыками общения на этом языке неоценима. Ключевые слова: адаптивное обучение, английский язык, CEFR, учебные материалы, NLP, искусственный интеллект, индивидуальный подход. Abstract: This thesis analyzes the need to create adaptive learning materials in English language teaching. In the conditions of Uzbekistan, this issue is of great importance as English, which is considered the world language today, is considered a foreign language for the population of Uzbekistan, and our ability to communicate directly with native speakers is limited. Therefore, the role of adaptive electronic platforms in learning correct pronunciation and mastering the ability to communicate in this language is invaluable. Keywords: adaptive education, English language, CEFR, educational materials, NLP, artificial intelligence, individual approach.

Kirish: Zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘qitish samaradorligini oshirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, ingliz tilini o‘rgatishda o‘quvchilarning bilim darajasi, o‘rganish tezligi va kognitiv imkoniyatlarini hisobga olish muhimdir. Shu sababli an’anaviy usulda barcha uchun bir xil material va o‘qitish uslubi biz kutgan natijaga olib kelmaydi. Adaptiv o‘qitish konsepsiyasi o‘quv materiallarini o‘quvchining individual darajasiga moslashtirish orqali samarali o‘rganishni ta’minlaydi. CEFR (Common European Framework of Reference for Languages) tizimi esa til bilish darajalarini standartlashtirish orqali adaptiv materiallar yaratishda metodologik asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ushbu tezisda CEFR asosida ingliz tilini o‘qitishda adaptiv o‘quv materiallarini yaratishning ahamiyati haqida so‘z yuritiladi.

Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi: So‘ngi yillarda raqamli ta’lim muhitida adaptiv ta’lim tizimlarini yaratish va ularni algoritmik ta’lim boshqaruv vositalari bilan boyitish bo‘yicha keng qamrovli ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ushbu sohada olib borilgan ilmiy ishlanmalar, asosan mashinali o‘qitish metodlari, katta ma’lumotlar analitikasi, o‘quvchilarning xatti-harakat modellari va o‘quv yo‘nalishlarini avtomatik moslashtirish texnologiyalariga asoslanadi [3]. Oxirgi 20 yillikda Ozbekistonda ham qator ilmiy izlanishlar olib borilgan bo‘lib, o‘zbek olimlari kompyuter texnologiya vositalari asosida sun’iy intellektni uyg’unlashtirgan holda qator o‘rgatish platformalarini yaratib ulgurdilar [2]. Biz adaptiv o‘quv materiallarini yaratish jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshirish mumkinligini ko‘rib chiqdik: 1. O‘quvchi darajasini aniqlash – CEFR mezonlari asosida (A1– C1). Bugungi kunda CEFR 2001-yildan buyon O‘zbekiston va dunyoning qator mamlakatlarida 6 ta darajada (A1, A2, B1, B2, C1, C2) o‘rganuvchi bilim darajasini baholashda asosiy mezonlardan bo‘lib turibti [1]. 2. Matn va topshiriqlarni tanlash – leksik va sintaktik murakkablik ko‘rsatkichlari asosida; 3. Moslashtirish mexanizmi – o‘quvchining natijalariga qarab materialni dinamik yangilash; 4. Texnologik vositalar – Natural Language Processing (NLP) va sun’iy intellekt elementlaridan foydalanish. Adabiyotlarni tahlil qilish jarayonida adaptiv materiallarning samaradorligi ularning o‘quvchiga mosligi, tushunarlilik darajasi va o‘zlashtirish tezligiga ta’siri orqali baholandi. Natijalar. O‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatdiki, adaptiv o‘quv materiallaridan foydalanish quyidagi ijobiy natijalarni beradi: - o‘quvchilarning o‘quv materialini tushunish darajasi oshadi; - o‘rganish jarayonining samaradorligi va tezligi ortadi; - o‘quvchilarning motivatsiyasi va faolligi kuchayadi; - individual o‘rganish qobiliyatini shakllantirish imkoniyati yaratiladi; - o‘qituvchi samaradorligi oshadi. Shuningdek, CEFR asosida darajalangan materiallar o‘quvchilarning bosqichma-bosqich rivojlanishini ta’minlashda samarali vosita ekanligini aytishimiz mumkin. Muhokama. Natijalar adaptiv o‘qitish yondashuvi ingliz tilini o‘rganishda muhim ustunliklarga ega ekanligini ko‘rsatadi. Ayniqsa, NLP texnologiyalari yordamida matnlarni avtomatik tanlash va soddalashtirish imkoniyati adaptiv tizimlarning samaradorligini oshiradi.

Biroq adaptiv materiallarni yaratishda bir qator muammolar mavjud: - sifatli korpus yetishmasligi; - algoritmlarning aniqlik darajasi va pedagogik jihatdan moslashtirish zarurati. Shu bois, texnologik yondashuvni metodik yondashuv bilan uyg‘unlashtirish muhim hisoblanadi. Xulosa. Xulosa qilib aytganda, ingliz tilini o‘qitishda adaptiv o‘quv materiallarini yaratish ta’lim samaradorligini oshirishning muhim omilidir. CEFR tizimi va zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan adaptiv materiallar o‘quvchilarning individual ehtiyojlariga mos keladi va ularning til o‘rganish jarayonini optimallashtiradi. Kelgusida adaptiv o‘qitish tizimlarini rivojlantirish, sun’iy intellekt asosidagi modellarni takomillashtirish va ularni real ta’lim amaliyotiga keng joriy etish muhim ilmiy yo‘nalishlardan biri bo‘lib qoladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar9 ta adabiyot

  1. Council of Europe (2020). Common European Framework of Reference for Languages: Learning, teaching and assessment – companion volume, Council of Europe publishing, Strasbourg.
  2. Nasimova. Sh. (2026). Development Of Computational Linguistics in Uzbekistan. Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching, 53, 18-20. https://geniusjournals.org/index.php/ejlat/article/view/7381
  3. Sattarov Jamshidbek Abdug‘affar O‘g‘li, Mansurov G‘ulomjon Gʻafurovich, Satimova Manzura Xatamovna (2025). ADAPTIV O‘QITISH TIZIMLARI UCHUN MOSLASHUVCHAN ALGORITMINI ISHLAB CHIQISH. URL:https://cyberleninka.ru/article/n/adaptiv-o-qitish- tizimlari-uchun-moslashuvchan-algoritmini-ishlab-chiqish
  4. O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). MUSIQA TA’LIMINI BARCHA TALABALAR UCHUN INKLYUZIV TARTIBDA TASHKIL ETISH. “Iqtidorli Talabalar Ilmiy Xabarlari" Ilmiy-Uslubiy Jurnali, 1(2), 3-9.
  5. Muhammadjon o‘g, O. R. A. (2025, December). RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA PEDAGOGIKA YO ‘NALISHI TALABALARI KREATIV FIKRLASH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING INNOVATSION METODIKASI. In Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus (Vol. 1, No. 1, pp. 1156-1159).
  6. Ramziddin Tursunov. (2025). IJTIMOIY ONG VA MA’NAVIYAT TUSHUNCHASI HAMDA UNING MAZMUN- MOHIYATI. Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(2), 36-40.
  7. Tursunov Ramziddin Abdixalil-o’g’li. (2025). JAMIYAT HAYOTIDA IJTIMOIY ONG VA MA’NAVIYAT UYG‘UNLIGI. TA’LIM VA TARAQQIYOT, 4(4), 324-330.
  8. Dehqanova, G. A. (2020). ROLE OFVIDEO MATERIALS IN TEACHING FOREIGN LANGUAGE. Мировая наука, (4 (37)), 23-25.
  9. Dehqanova, G. A. (2024). SAMARALI MULOQOT VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARGA TAYYORLASHNING ILMIY- METODIK JIHATLARINI TAKOMILLASHTIRISH. Academic research in educational sciences, 5(CSPU Conference 1), 550-555.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011676
Nashr sanasi
2026-04-23
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
Jild
1
Son
3
DOI
10.66073/refocus-conf/766
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
525–529
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25