Asosiy mazmunga o‘tish

SUN‘IY INTELLEKT ASOSIDAGI TA‘LIM VOSITALARINING INGLIZ TILI DARSLARIDAGI METODOLOGIK AHAMIYATI

Zuhra BakhromdzhanovnaIngliz tili fani o‘qituvchisi, Namangan davlat pedagogika instituti2026

Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 502–508

Annotatsiya

Mazkur maqolada sun‘iy intellekt texnologiyalarining o‘quv jarayonini individuallashtirish, adaptiv o‘qitish muhitini yaratish hamda o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, avtomatlashtirilgan baholash tizimlari, nutqni aniqlash dasturlari va interaktiv platformalarning dars samaradorligini oshirishdagi metodik imkoniyatlari asoslab berilgan. Maqolada sun‘iy intellekt vositalarining o‘qituvchining metodik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashi, o‘quvchilarning motivatsiyasini kuchaytirishi hamda mustaqil ta‘limni rivojlantirishga xizmat qilishi ilmiy xulosalar asosida ko‘rsatib.

Boshqa tillarda

ruschaМЕТОДОЛОГИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ИНСТРУМЕНТАХ НА УРОКАХ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА

В данной статье научно-теоретически и практически анализируется методологическое значение средств обучения на основе искусственного интеллекта в преподавании английского языка. В исследовании раскрывается роль технологий искусственного интеллекта в индивидуализации учебного процесса, создании адаптивной образовательной среды и развитии коммуникативных компетенций учащихся. Также обосновываются методические возможности автоматизированных систем оценивания, программ распознавания речи и интерактивных платформ в повышении эффективности урока. В статье показано, что инструменты искусственного интеллекта способствуют поддержке методической деятельности преподавателя, повышению мотивации обучающихся и развитию самостоятельного обучения.

inglizchaMETHODOLOGICAL SIGNIFICANCE OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE-BASED EDUCATIONAL TOOLS IN ENGLISH LESSONS

This article analyzes the methodological significance of artificial intelligence–based educational tools in English language classes from both theoretical and practical perspectives. The study highlights the role of AI technologies in individualizing the learning process, creating an adaptive learning environment, and developing students‘ communicative competencies. Furthermore, the methodological potential of automated assessment systems, speech recognition programs, and interactive platforms in enhancing lesson effectiveness is substantiated. The article also demonstrates, based on scientific conclusions, that AI tools support teachers‘ methodological activities, increase students‘ motivation, and contribute to the development of independent learning.

Kalit so‘zlar

  • Sun‘iy intellekt
  • Ingliz tili ta‘limi
  • Individuallashtirilgan ta‘lim
  • Adaptiv o‘qitish
  • Kommunikativ kompetensiya
  • Avtomatlashtirilgan baholash
  • Interaktiv platformalar
  • Mustaqil ta‘lim

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

SUN’IY INTELLEKT ASOSIDAGI TA’LIM VOSITALARINING INGLIZ TILI DARSLARIDAGI METODOLOGIK AHAMIYATI

Zuxra Baxromdjanovna, Ingliz tili fani o’qituvchisi, Namangan davlat pedagogika instituti (zuxramamadjanova@7gmail.com); Xoshimova Marjona Shavkatjon Qizi, Namangan davlat pedagogika instituti 1-kurs talabasi

Annotatsiya. Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining o‘quv jarayonini individuallashtirish, adaptiv o‘qitish muhitini yaratish hamda o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, avtomatlashtirilgan baholash tizimlari, nutqni aniqlash dasturlari va interaktiv platformalarning dars samaradorligini oshirishdagi metodik imkoniyatlari asoslab berilgan. Maqolada sun’iy intellekt vositalarining o‘qituvchining metodik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashi, o‘quvchilarning motivatsiyasini kuchaytirishi hamda mustaqil ta’limni rivojlantirishga xizmat qilishi ilmiy xulosalar asosida ko‘rsatib.

Kalit so’zlar: Sun’iy intellekt, Ingliz tili ta’limi, Individuallashtirilgan ta’lim, Adaptiv o‘qitish, Kommunikativ kompetensiya, Avtomatlashtirilgan baholash, Interaktiv platformalar, Mustaqil ta’lim. Annotation. This article analyzes the methodological significance of artificial intelligence–based educational tools in English language classes from both theoretical and practical perspectives. The study highlights the role of AI technologies in individualizing the learning process, creating an adaptive learning environment, and developing students’ communicative competencies. Furthermore, the methodological potential of automated assessment systems, speech recognition programs, and interactive platforms in enhancing lesson effectiveness is substantiated. The article also demonstrates, based on scientific conclusions, that AI tools support teachers’ methodological activities, increase students’ motivation, and contribute to the development of independent learning. Keywords. Artificial intelligence, English language teaching, Individualized learning, Adaptive learning, Communicative competence, Automated assessment, Interactive platforms, Independent learning. Аннотация. В данной статье научно-теоретически и практически анализируется методологическое значение средств обучения на основе искусственного интеллекта в преподавании английского языка. В исследовании раскрывается роль технологий искусственного интеллекта в индивидуализации учебного процесса, создании адаптивной образовательной среды и развитии коммуникативных компетенций учащихся. Также обосновываются методические возможности автоматизированных систем оценивания, программ распознавания речи и интерактивных платформ в повышении эффективности урока. В статье показано, что инструменты искусственного интеллекта способствуют поддержке методической деятельности преподавателя, повышению мотивации обучающихся и развитию самостоятельного обучения. Ключевые слова: Искусственный интеллект, Обучение английскому языку, Индивидуализированное обучение, Адаптивное обучение, Коммуникативная компетенция, Автоматизированное оценивание, Интерактивные платформы, Самостоятельное обучение.

XXI asrda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi ta’lim tizimida tub o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi. Raqamlashtirish jarayoni natijasida o‘qitish metodlari yangilanib, interaktiv va innovatsion yondashuvlar keng qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari ta’lim sifatini oshirishda muhim vositaga aylanmoqda. Ingliz tilini o‘qitish jarayonida SI asosidagi platformalar va dasturlar o‘quvchilarning bilim olish jarayonini samarali tashkil etish imkonini bermoqda.

Sun’iy intellekt vositalari yordamida o’quvchilarning bilim darajasi ,o’rganish sur’ati,va xatoliklari real vaqt rejimida tahlil qilinadi.Natijada,har bir talaba uchun individual ta’lim yo’nalishi shakllanadi.AI asosidagi tizimlar o’quvchilarga moslashtirilgan topshiriqlarni taqdim etadi,ularning rivojlanish dinamikasini kuzatadi va o’qituvchiga tezkor mulohaza (feedback)beradi.Shu orqali ingliz tilini o’rganish jarayoni yanadi samarali ,oson va motivatsion tus oladi.Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki,AI asosidagi ta’lim tizimlari o’quvchilarning o’zlashtirish ko’rsatgichlarini oshiradi va o’rganish jarayoniga jalb etadi.

Shu bilan birga,Martinez va Gomez fikricha,”AI vositalari o’quvchilarning o’rganish jarayononi tahlil qilish,zaif nuqtalarini aniqlash va individual o’sish strategiyasini shakllantirish imkonini beradi,’’ bu esa shaxsga yo’naltirilgan yondashuvni yanada samarali qiladi.

Avtomatlashtirilgan baholash — bu o‘quvchilar yoki talabalar bilimini kompyuter dasturlari va sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida avtomatik tarzda tekshirish, tahlil qilish va baholash jarayoni hisoblanadi. Zamonaviy ta’lim tizimida sun’iy intellekt asosidagi avtomatlashtirilgan baholash vositalari o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, o‘quvchilarning bilim darajasini tez va aniq aniqlash hamda ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi Avtomatlashtirilgan baholash tizimlari o‘qituvchilarga ham katta yordam beradi. Chunki ular ko‘p sonli o‘quvchilar ishini qisqa vaqt ichida tekshirib, natijalarni tezda taqdim etadi. Bu esa o‘qituvchining vaqtini tejaydi va uning asosiy e’tiborini darsni samarali tashkil etish hamda o‘quvchilar bilan individual ishlashga qaratish imkonini yaratadi. Bundan tashqari, avtomatlashtirilgan tizimlar baholash jarayonida inson omilidan kelib chiqadigan subyektivlikni kamaytiradi va baholashning xolis hamda adolatli bo‘lishini ta’minlaydi.

Adaptiv o‘qitish — bu ta’lim jarayonini ta’lim siyosati va zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida har bir o‘quvchining individual ehtiyojlari, bilim darajasi, qobiliyati va o‘rganish sur’atiga mos ravishda tashkil etishga qaratilgan ta’lim modeli hisoblanadi. Ushbu yondashuv ta’lim tizimida teng imkoniyatlar yaratish, ta’lim sifatini oshirish va shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni rivojlantirish kabi ustuvor vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Adaptiv o‘qitish zamonaviy ta’lim tizimida shaxsiylashtirilgan ta’limni rivojlantirishda muhim vosita hisoblanadi. Ayniqsa, chet tillarini o‘rganishda adaptiv tizimlar o‘quvchilarning grammatika, lug‘at boyligi va talaffuz darajasini aniqlab, ularga mos mashqlarni taqdim etadi. Natijada o‘quvchilar bilimni o‘z imkoniyatlariga mos ravishda bosqichma-bosqich egallaydi. Adaptiv o‘qitish tizimlari o‘quvchining dars jarayonidagi faoliyatini tahlil qiladi va uning bilim darajasiga qarab topshiriqlar, mashqlar yoki o‘quv materiallarini avtomatik tarzda moslashtiradi. Ya’ni, o‘quvchi biror mavzuni yaxshi o‘zlashtirsa, tizim unga murakkabroq topshiriqlar beradi; agar qiynalsa, qo‘shimcha tushuntirishlar va sodda mashqlar taqdim etadi. Shu tariqa har bir o‘quvchi individual o‘quv yo‘liga ega bo‘ladi.

Kommunikativ kompetensiya — bu tilni real muloqot jarayonida samarali qo‘llash qobiliyati bo‘lib, u tinglash, gapirish, o‘qish va yozish kabi asosiy til ko‘nikmalarining o‘zaro integratsiyasini o‘z ichiga oladi. Ushbu kompetensiya o‘quvchilarning nafaqat til birliklarini bilishini, balki ularni turli kommunikativ vaziyatlarda to‘g‘ri va maqsadga muvofiq qo‘llash qobiliyatini ham ifodalaydi. Olimlar ta’kidlaganidek, kommunikativ kompetensiya til birliklarini bilish bilan bir qatorda ijtimoiy va madaniy kontekstni tushunish, fikrni aniq ifodalash hamda muloqot jarayonida samarali aloqani ta’minlash qobiliyatini ham qamrab oladi.

Zamonaviy tadqiqotlarda raqamli texnologiyalar, xususan sun’iy intellekt asosidagi interaktiv platformalar va onlayn muloqot vositalari o‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim omil sifatida e’tirof etilmoqda. Bunday platformalar yordamida o‘quvchilar talaffuz, dialog va muloqot mashqlarini muntazam ravishda bajarish orqali real kommunikativ vaziyatlarga yaqin tajribaga ega bo‘ladilar. Natijada ular tilni nafaqat nazariy jihatdan, balki amaliy muloqot jarayonida ham samarali qo‘llash ko‘nikmasini shakllantiradilar.

Ilmiy tadqiqotlarda ham bu holat o‘z tasdig‘ini topgan. Jumladan, Khasanova I. va hamkorlari raqamli vositalar til o‘rganuvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ularni real hayotdagi muloqot vaziyatlariga tayyorlashda muhim pedagogik vosita bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlaydi. Shuningdek, Nasirova U. K. sun’iy intellekt asosidagi ta’lim vositalari ingliz tilini o‘qitishda dialog va muloqot amaliyotini kengaytirib, o‘quvchilarning tilni real kommunikativ muhitda qo‘llash imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirishini qayd etadi.

Ingliz tili o’qitish jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalarining qo’llanilishi o’quv jarayonini individuallashtirish,samaradorlikni oshirish hamda o’quvchilarning motivatsiyasini kuchaytirishda muhim vosita sifatida namoyon bo’lmoqda. Grammarly, Duolingo, Replika va Elsa Speak kabi platformalar til o’rganishning turli bosqichlarida o’quvchining xatolarini aniqlash ,to’g’rilash ,maslaxat berish va til ko’nikmalarini (listening,reading,writing speaking)tahlil qilish imkoniyatini beradi.Bunday vositalar yordamida o’quvchi o’z bilimini mustaqil tahlil qiladi ,natijalarni darhol ko’rish orqali o’rganishga bo’lgan qiziqishi ortadi.Shuningdek,AI texnologiyalari o’qituvchiga ham o’quvchining rivojlanish jarayonini kuzatish,baholash va kerakli didaktik yo’nalishni belgilashda yordam beradi.

Til Replika o’rganishni Duolingo turli platformalari

ELSA (English Learning Speech Assistant) – sun’iy intellekt va nutqni tanib olish texnologiyalariga asoslangan innovatsion ingliz tilini o‘rganish ilovasidir. Ushbu dastur foydalanuvchilarning talaffuzini tahlil qilib, xatolarni aniqlaydi va ularni to‘g‘rilash bo‘yicha aniq tavsiyalar beradi. ELSA tizimi ingliz tilining turli aksentlarida aytilgan nutq namunalarini tanib olishga o‘rgatilgan bo‘lib, bu uning samaradorligini yanada oshiradi. Shuningdek, ilova foydalanuvchining til bilish darajasini aniqlash uchun maxsus diagnostik testlarni taqdim etadi. Natijada o‘quv jarayoni individual yondashuv asosida tashkil etilib, foydalanuvchining talaffuz ko‘nikmalari bosqichma-bosqich rivojlantiriladi. Chatbotlar esa sun’iy intellektga asoslangan zamonaviy muloqot tizimlari bo‘lib, inson va kompyuter o‘rtasida avtomatik suhbatni amalga oshiradi. Ingliz tilini o‘rganishda chatbotlar virtual suhbatdosh sifatida xizmat qiladi. Foydalanuvchilar ular bilan yozma yoki og‘zaki shaklda muloqot qilish orqali til ko‘nikmalarini mustahkamlashlari mumkin. Chatbot tizimlari foydalanuvchi javoblaridagi grammatik xatolarni aniqlab, ularni tuzatish bo‘yicha tavsiyalar beradi hamda xatolarning sabablarini tushuntiradi. Bu esa o‘quvchilarning gap tuzish malakasini rivojlantirishga va ingliz tilida erkin muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.

Duolingo – chet tillarini o‘rganishga mo‘ljallangan mashhur onlayn platformalardan biri bo‘lib, o‘qitish jarayonida o‘yin elementlariga asoslangan metodlardan foydalanadi. Masalan, so‘zlarni moslashtirish, tarjima qilish yoki gaplardagi bo‘sh joylarni to‘ldirish kabi mashqlar orqali til o‘rganish jarayoni qiziqarli va interaktiv tarzda tashkil etiladi. Dastlab foydalanuvchining bilim darajasi test orqali aniqlanadi va shundan so‘ng unga mos o‘quv materiallari taqdim etiladi. Ushbu platforma yordamida grammatika, so‘z boyligi, iboralar va kundalik nutq ko‘nikmalarini samarali rivojlantirish mumkin. Xulosa qilib aytish joizki, sun’iy intellekt asosidagi ta’lim vositalari ingliz tilini o‘qitish jarayonining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Xususan,yuqorida ta’kidlab o’tilgan va shunga o’xshash ilovalar o‘quvchilarning talaffuz, grammatik va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Ushbu texnologiyalar o‘quvchilarga tezkor t aloqa berish orqali ularning xatolarini aniqlash va tuzatish imkonini yaratadi. Shuningdek, bunday ilovalar dars jarayonini yanada qiziqarli, interaktiv va o‘quvchilarni faol jalb qiladigan shaklda tashkil etishga xizmat qiladi. Natijada o‘quvchilarning ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi ortadi va ta’lim jarayoni yanada samarali bo’ladi

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar15 ta adabiyot

  1. Martínez, L., & Gomez, R. Integrating AI Tools for Learner- Centered English Instruction: A Pedagogical Perspective. Journal of Educational Technology and Innovation ,2023. 7(4), 55-68 pages.
  2. Holmes,W , Bialik , M ,&Fadel , Artificial intelligence in education :Promises and implications for teaching and learning .Center for Curriculum Redesign, 2019.
  3. Megala Rajendrana, Vaishnavi Srinivasanb, Ajit Ilangovanb, Anand Binod Singhc, Mamadjanova Zukhra Bakhromdjanovna. Multidisciplinary Review. Exploring anxiety among english learners: A comprehensive literature review . REVIEW ARTICLE Published Online: March 22, 2025 https://doi.org/10.31893/multirev.202527010.31893/multirev.2025270
  4. Zawacki-Richter O., Marín V. I., Bond M., Gouverneur F. Systematic review of research on artificial intelligence applications in higher education // International Journal of Educational Technology in Higher Education. — 2019. — Vol. 16. — Article 39.
  5. Korthagen F. Inconvenient truths about teacher learning: Towards professional development 3.0 // Teachers and Teaching. — 2017. — Vol. 23(4). — P. 387–405.
  6. OECD. Artificial Intelligence and Education: Challenges and Opportunities for Sustainable Development. — Paris: OECD Publishing, 2021.
  7. UNESCO. Guidance for generative AI in education and research. — Paris : UNESCO, 2023
  8. Nasirova, U. K. “Sun’iy intellekt texnologiyalarining chet tilini o‘qitishdagi ahamiyati.” Zamonaviy ta’lim jurnali, 2022.
  9. Godwin-Jones, R. “Emerging Technologies: Artificial Intelligence and Language Learning.” Language Learning & Technology, 2018.
  10. O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). MUSIQA TA’LIMINI BARCHA TALABALAR UCHUN INKLYUZIV TARTIBDA TASHKIL ETISH. “Iqtidorli Talabalar Ilmiy Xabarlari" Ilmiy-Uslubiy Jurnali, 1(2), 3-9.
  11. Muhammadjon o‘g, O. R. A. (2025, December). RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA PEDAGOGIKA YO ‘NALISHI TALABALARI KREATIV FIKRLASH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING INNOVATSION METODIKASI. In Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus (Vol. 1, No. 1, pp. 1156-1159).
  12. Ramziddin Tursunov. (2025). IJTIMOIY ONG VA MA’NAVIYAT TUSHUNCHASI HAMDA UNING MAZMUN- MOHIYATI. Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(2), 36-40.
  13. Tursunov Ramziddin Abdixalil-o’g’li. (2025). JAMIYAT HAYOTIDA IJTIMOIY ONG VA MA’NAVIYAT UYG‘UNLIGI. TA’LIM VA TARAQQIYOT, 4(4), 324-330.
  14. Dehqanova, G. A. (2020). ROLE OFVIDEO MATERIALS IN TEACHING FOREIGN LANGUAGE. Мировая наука, (4 (37)), 23-25.
  15. Dehqanova, G. A. (2024). SAMARALI MULOQOT VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARGA TAYYORLASHNING ILMIY- METODIK JIHATLARINI TAKOMILLASHTIRISH. Academic research in educational sciences, 5(CSPU Conference 1), 550-555.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011672
Nashr sanasi
2026-04-23
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
Jild
1
Son
3
DOI
10.66073/refocus-conf/761
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
502–508
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25