Asosiy mazmunga o‘tish

THE IMPORTANCE OF COMPUTER LITERACY IN MODERN EDUCATION

Ismoilov Islomjon Ilhomjon o‘g‘liNamangan davlat texnika universiteti o‘qituvchisi2026

Konferensiyalar“INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical ConferenceJild 1Son 3Sahifa 259–263

Annotatsiya

Kompyuter savodxonligi zamonaviy ta‘lim tizimining muhim tarkibiy qismidir. Ushbu maqolada kompyuter savodxonligining ta‘lim jarayonidagi ahamiyati, uning talabalarning o‘qish samaradorligini oshirishdagi roli va axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali ta‘lim va masofaviy o‘qitish sifatini oshirish salohiyati tahlil qilinadi. Kompyuter savodxonligi talabalarning axborotni boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish, mustaqil o‘rganish va zamonaviy kasblarga tayyorgarlik ko‘rishda muhim omil ekanligi ta‘kidlanadi.

Boshqa tillarda

inglizchaTHE IMPORTANCE OF COMPUTER LITERACY IN MODERN EDUCATION

Computer literacy is an important component of the modern education system. This article analyzes the importance of computer literacy in the educational process, its role in improving the effectiveness of student learning, and the potential for improving the quality of education and distance learning through the use of information technology. It is argued that computer literacy is an important factor in developing students‘ information management skills, independent learning, and preparation for modern professions.

o‘zbekKOMPYUTER SAVODXONLIGINING ZAMONAVIY TA‘LIMDAGI AHAMIYATI

Kompyuter savodxonligi zamonaviy ta‘lim tizimining muhim tarkibiy qismidir. Ushbu maqolada kompyuter savodxonligining ta‘lim jarayonidagi ahamiyati, uning talabalarning o‘qish samaradorligini oshirishdagi roli va axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali ta‘lim va masofaviy o‘qitish sifatini oshirish salohiyati tahlil qilinadi. Kompyuter savodxonligi talabalarning axborotni boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish, mustaqil o‘rganish va zamonaviy kasblarga tayyorgarlik ko‘rishda muhim omil ekanligi ta‘kidlanadi.

ruschaВАЖНОСТЬ КОМПЬЮТЕРНОЙ ГРАМОТНОСТИ В СОВРЕМЕННОМ ОБРАЗОВАНИИ

Компьютерная грамотность-важная составляющая современной системы образования. В данной статье анализируется значение компьютерной грамотности в образовательном процессе, ее роль в повышении эффективности обучения учащихся, а также возможности повышения качества образования и дистанционного обучения за счет использования информационных технологий. Обосновано, что компьютерная грамотность является важным фактором формирования у учащихся навыков работы с информацией, самостоятельного обучения и подготовки к современным профессиям

Kalit so‘zlar

  • Computer literacy
  • information technology
  • modern education
  • e-learning resources
  • distance learning

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

evoke powerful emotions, convey heartfelt sentiments, and paint vivid pictures in the minds of readers. While literal translations may seem tempting, they often fail to capture the richness and depth of meaning inherent in such expressions. Translators, therefore, face a critical task: to not only translate words, but to translate the spirit, the feeling, and the cultural nuances embedded within each phrase. This requires a deep understanding of both source and target languages, as well as a sensitivity to the cultural context in which these expressions are used. Furthermore, exploring the emotional dimension of phraseological units allows us to appreciate the unique ways in which different languages express affection, joy, sorrow, and other emotions. This understanding can enrich our communication, foster empathy, and create a deeper connection between individuals from different backgrounds. Used literature 1. Virginia Evans “Successful Writing Proficiency” advanced level. 2000. Pages45-48 2. Michael McCarthy, Felicity O‘Dell “ English vocabulary in use” Advanced.2002.pages 154-155 3. Macmillan English Dictionary for Advanced Learners .2021 4. 0nline corpora like Google Ngram Viewer and COCA (Corpus of Contemporary American English) 5. WISDOM E-DICTIONARY. 2024 6. “Idioms for everyday use” Milada Broukal 1975 pages 20-24

KAMPYUTER SAVODXONLIGINING ZAMONAVIY TA’LIMDAGI AHAMIYATI

Ismoilov Islomjon Ilhomjon o‘g‘li Namangan davlat texnika universiteti o‘qituvchisi Quziboyev Elmurod Feruz oʻgʻli Namangan davlat texnika universiteti Talabasi Tel[phone number hidden], [phone number hidden] E-mail: s7279816@gmail.com

Annotatsiya: Kompyuter savodxonligi zamonaviy ta’lim tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ushbu maqolada kompyuter savodxonligining ta’lim jarayonidagi ahamiyati, o‘quvchilarning bilim olish samaradorligini oshirishdagi roli, shuningdek axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali ta’lim sifatini yaxshilash va masofaviy ta’lim imkoniyatlari tahlil qilinadi. Kompyuter savodxonligi o‘quvchilarda axborot bilan ishlash, mustaqil o‘rganish va

zamonaviy kasblarga tayyorlanish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim omil ekanligi asoslab beriladi. Kalit so‘zlar: kompyuter savodxonligi, axborot texnologiyalari, zamonaviy ta’lim, elektron ta’lim resurslari, masofaviy ta’lim.

ВАЖНОСТЬ КОМПЬЮТЕРНОЙ ГРАМОТНОСТИ В СОВРЕМЕННОМ ОБРАЗОВАНИИ Аннотация: Компьютерная грамотность-важная составляющая современной системы образования. В данной статье анализируется значение компьютерной грамотности в образовательном процессе, ее роль в повышении эффективности обучения учащихся, а также возможности повышения качества образования и дистанционного обучения за счет использования информационных технологий. Обосновано, что компьютерная грамотность является важным фактором формирования у учащихся навыков работы с информацией, самостоятельного обучения и подготовки к современным профессиям. Ключевые слова: компьютерная грамотность, информационные технологии, современное образование, ресурсы электронного обучения, дистанционное обучение.

CAMPUS LITERACY AHAMIYA IN MODERN LEARNINGTI Annotation: Computer literacy is an important component of the modern educational system. This article analyzes the importance of computer literacy in the educational process, the role of students in improving the efficiency of learning, as well as improving the quality of education through the use of Information Technology and the possibilities of distance learning. It is justified that computer literacy is an important factor in the formation of skills for students to work with information, learn independently and prepare for modern professions. Keywords: computer literacy, information technology, modern education, e-learning resources, distance learning.

Bugungi kunda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi jamiyatning barcha sohalariga, xususan, ta’lim tizimiga ham katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Zamonaviy ta’lim jarayonida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish nafaqat bilim olish jarayonini yengillashtiradi, balki o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, axborotni izlash va qayta ishlash ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi. Shu sababli kompyuter savodxonligi bugungi kunda har bir o‘quvchi va talaba uchun zarur bo‘lgan muhim kompetensiyalardan biri hisoblanadi.

Kompyuter savodxonligi — bu kompyuter, axborot texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishdir. Bu nafaqat kompyuterni yoqish yoki o‘chirish, balki turli dasturlar bilan ishlash, internet orqali ma’lumot izlash, hujjatlar tayyorlash va axborot xavfsizligiga rioya qilishni ham o‘z ichiga oladi. Bugungi kunda kompyuter savodxonligi har bir o‘quvchi va talaba uchun zarur ko‘nikma hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida ham raqamlashtirish siyosati doirasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. “Raqamli O‘zbekiston –2030” strategiyasi, “Bir million dasturchi” loyihasi, axborot texnologiyalariga oid milliy dasturlar – bularning barchasi yoshlarning zamonaviy kasb va texnologiyalarni egallashiga xizmat qilmoqda. Maktablarda informatika fanining chuqur o‘qitilishi, kompyuter sinflari bilan ta’minlanishi ham muhim omildir. Axborot texnologiyalari ta’lim tizimida juda katta o‘rin egallaydi. Ular ta’lim jarayonini samarali, tezkor va qiziqarli qiladi. Ta’lim sifatini oshiradi. Kompyuter texnologiyalari yordamida darslar ko‘rgazmali va tushunarli bo‘ladi. O‘qituvchilar prezentatsiyalar, videolar va grafiklardan foydalanib mavzuni yaxshiroq tushuntirishlari mumkin. Bugungi kunda ko‘plab elektron darsliklar, onlayn kutubxonalar va ta’lim platformalari mavjud. O‘quvchilar bu resurslar orqali qo‘shimcha bilim olishlari mumkin. Internet orqali turli onlayn kurslar, vebinarlar va video darslar tashkil qilinadi. Bu esa o‘quvchilarga istalgan joyda bilim olish imkonini beradi. Axborot bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantiradi. Kompyuter savodxonligi o‘quvchilarga kerakli ma’lumotni izlash, uni tahlil qilish va to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatadi. Zamonaviy ta’lim jarayonlarida ko‘plab dasturlar qo‘llaniladi: Microsoft Word — matn hujjatlarini yozish va tahrirlash Microsoft PowerPoint — slayd va taqdimotlartayyorlash Microsoft Excel — hisob-kitob va jadval bilan ishlash Internet brauzerlar — ma’lumot izlash va onlayn ta’lim olish Ta’lim platformalari (Google Classroom, Moodle va boshqalar). Kompyuter savodxonligi o‘quvchilar va talabalar uchun quyidagi imkoniyatlar yaratadi ❖ bilim olish jarayonini tezlashtiradi ❖ mustaqil o‘rganish qobiliyatinirivojlantiradi ❖ zamonaviy kasblarni egallashga yordamberadi ❖ ijodkorlik va yangi g‘oyalarni rivojlantiradi ❖ global axborot maydoniga chiqish imkonini beradi Ta’lim tizimida kompyuter savodxonligini rivojlantirish uchun quyidagilar muhim:

❖ maktab va universitetlarda zamonaviy kompyuter sinflarini tashkil qilish ❖ o‘qituvchilarning axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish ❖ elektron darsliklar va multimedia materiallaridan ko‘proq foydalanish Kompyuter savodxonligining asosiy indikatorlari ma’lumotni tez topish, tahlil qilish, ijodiy yechim ishlab chiqish kabilar hisoblanadi. Xulosa qilib shuni aytishimiz munkinki, Kompyuter savodxonligi –bu zamon talabi, ishga joylashish vositasi, bilim olishning kaliti, shaxsiy rivojlanish garovidir. U nafaqat texnik bilim, balki fikrlash madaniyatini, muammo yechish qobiliyatini, zamonaviy axborot muhitida yashash ko‘nikmasini ham beradi. Har birimiz zamon bilan hamnafas bo‘lishni istasak, kompyuter savodxonligini egallash va uni doimiy ravishda rivojlantirib borishimiz shart.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar18 ta adabiyot

  1. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida – Prezident farmoni PF-6079, 2020-yil 5-oktabr.
  2. “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” – Prezident farmoni PF-6108, 2020-yil 6-noyabr.
  3. Axborot texnologiyalarini joriy etishni nazorat qilish va axborot xavfsizligini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” – Prezident qarori PQ-4452, 2019-yil 14-sentabr
  4. Ma’rupov Elmurod Xosiljon o‘g‘li. “Kompyuter savodxonligi- zamon talabi” INTRODUCTION OF NEW INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN EDUCATION OF PEDAGOGY AND PSYCHOLOGY.International online conference. 2025-yil 27 may, 151- 153 bet
  5. Axmedova D. A., G‘ulomov Sh. S. Informatika va axborot texnologiyalari. – Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti, 2019.
  6. Qodirov A. M. Axborot texnologiyalari asoslari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2018.
  7. Normatov T. Kompyuter savodxonligi. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 2018.
  8. Abduvaliyev A. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kompyuter savodxonligini oshirish. – “Ustozlar uchun” ilmiy jurnali, 2025.
  9. Saparboyeva E., Ismoilova D. Ta’limda o‘quv mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishda kompyuter texnologiyalarining ahamiyati. – Ilmiy maqola, 2019.
  10. Петрова Л. А., Иванова М. В. Компьютерная грамотность для школьников. – Москва: Просвещение, 2017.
  11. Полат Е. С. Новые педагогические и информационные технологии в системе образования. – Москва: Академия, 2016.
  12. Warschauer M. Technology and Social Inclusion: Rethinking the Digital Divide. – MIT Press, 2004.
  13. Selwyn N. Education and Technology: Key Issues and Debates. – London: Bloomsbury Academic, 2016.
  14. Cetin O., Cakiroglu M., Bayılmış C., Ekiz H. The Importance of Education for Technological Development and the Role of Internet- Based Learning in Education. – 2023.
  15. Ismoilov I. “Talabalarni axborot ta’limi muhitida kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish bosqichlari”. Inter education global study(2025. Vol.3. №7). 202-208.
  16. Ismoilov I. “Talabalarda kreativlikni shakllantirishga doir ilg‘or xorijiy va mahalliy tajribalar tahlili”. “Xalqaro standartlar asosida maxsulot sifatini ta’minlashda energiya va resurstejamkor zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashning innovatsion usullari” mavzusida o‘tkazilgan respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman. 2025 yil. 445-
  17. Ismoilov.I. “Talabalarni axborot-ta’limi muhitida kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishning mazmun mohiyati”. NamDU Ilmiy Axborotnoma 2025-yil 3-son
  18. Ismoilov I. “Oliy ta’lim talabalariga axborot-ta’lim muhitini yaratishning ijtimoiy zaruriyati”. Qo‘qon DPI Ilmiy xabarlari 2025-yil 2- son C seriya.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011671
Nashr sanasi
2026-04-23
Til
inglizcha
Konferensiyalar
“INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference
Jild
1
Son
3
DOI
10.66073/refocus-conf/760
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
259–263
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25