SHAVKAT RAHMON SHE‘RIYATIDA O‘XSHATISHLARNINGVERBALLASHUV JARAYONI
Yusifjanova Odina Akbarjon kiziNamangan davlat pedagogika institutiO‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 1-bosqich talabasi2026
Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 294–296
Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘zbek zamonaviy she‘riyatining kuychisi Shavkat Rahmon ijodiyotiga oid ijtimoiy o‘xshatishlar va falsafiy qarashlarning ifodasi, tabiat obrazi bilan verballashuvi, o‘xshatish konseptlarining badiiy tahlili “Saylanma” to‘plamidagi she‘rlar orqali yoritilgan. Falsafiy satrlarda jamiyatdagi ijtimoiy vaziyatlarga bo‘lgan munosabat talqin etiladi.
Boshqa tillarda
ruschaПРОЦЕСС ВЕРБАЛИЗАЦИИ СРАВНЕНИЙ В ПОЭЗИИ ШАВКАТА РАХМОНА
В данной статье исследуется выражение аналогий и философских взглядов, вербализация с помощью образа природы, а также художественный анализ концепций аналогии в творчестве поэта современной узбекской поэзии Шавката Рахмона на примере стихотворений из сборника «Saylanma». Философские строки интерпретируют отношение к социальным ситуациям в обществе.
inglizchaTHE PROCESS OF VERBALIZATION OF SIMILARITIES IN SHAVKAT RAHMAN‘S POETRY
This article examines the expression of social analogies and philosophical views in the work of Shavkat Rahmon, a leading poet of modern Uzbek poetry, the verbalization of the image of nature, and the artistic analysis of the concepts of analogy through poems from the collection “Saylanma”. In the philosophical lines, the attitude towards social relations in society is interpreted.
Kalit so‘zlar
- Shavkat Rahmon
- tabiat timsollari
- ruhiy
- kechinmalar
- borliq ruhining verballashuvi
- ramzlar
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
LANGUAGE. European Review of Contemporary Arts and Humanities, 2(3), 3-6.
SHAVKAT RAHMON SHE’RIYATIDA O‘XSHATISHLARNING VERBALLASHUV JARAYONI
Yusifjanova Odina Akbarjon qizi Namangan davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 1-bosqich talabasi E-mail: yusifjanovao@gmail.com Tel: [telefon raqami yashirilgan]
Annotatasiya: Ushbu maqolada o‘zbek zamonaviy she’riyatining kuychisi Shavkat Rahmon ijodiyotiga oid ijtimoiy o‘xshatishlar va falsafiy qarashlarning ifodasi, tabiat obrazi bilan verballashuvi, o‘xshatish konseptlarining badiiy tahlili “Saylanma” to‘plamidagi she’rlar orqali yoritilgan. Falsafiy satrlarda jamiyatdagi ijtimoiy vaziyatlarga bo‘lgan munosabat talqin etiladi. Kalit so‘zlar: Shavkat Rahmon, tabiat timsollari, ruhiy kechinmalar, borliq ruhining verballashuvi, ramzlar. Annotation: this article examines the expression of social analogies and philosophical views in the work of the poet of modern Uzbek poety Shavkat Rahmon, verbalization of the image of nature and artistic analysis of the concepts of analogy through poems from the collection “Saylanma”. In philosophical lines, the attitude towards social relations in society is interpreted. Keywords: Shavkat Rahmon, images of nature, spiritual experiences, verbalization of the spirit of being, symbols. Aннотация: В данной статъу исследуется выражкение аналогий и философских взглядов, вербализация с помощью образа природы, а также художественный анализ концепций аналогии в творчестве поэта современной узбекской поэзии Шавката Рахмона на примере стихотворений из сборника «Saylanma». Философские строки интерпретируют отношение к социальным ситуациям в обществе. Ключевые слова: Шавкат Рахмон, образы природы, духовные переживания, вербализация духа бытия, символы.
Iste’dodli shoir Shavkat Rahmon o‘zining she’riyatida qiyosiychog‘ishtirma uslubga katta e’tibor qaratadi. Shoirning qalamiga oid “Yurak qirralari”, “Abadiyat oralab” kabi to‘plamlari orasida “Saylanma”si hayotlik chog‘idagi eng so‘nggi kitobidir. “She’riy satrlarning ko‘p talqinlarda daraxt, g‘oza, chinor, tog‘, suv quyosh, tuproq, tog‘, chumoli kabi tabiat bilan bog‘liq o‘xshatishlarning aks etishi esa o‘zini hamisha tabiatning bir bo‘lagi deya hisoblab qalam tebratgan
Shavkat Rahmon ijodida yanada yorqin aks etadi” O‘xshatish va qiyoslashlarning konseptini uning barcha she’rlarida ko‘rishimiz mumkin. Tog‘xo‘rsinib yubordi og‘irVodiylarga yugurdi shamol, Yuzlarini yashirdi hilol. Tog‘xo‘rsinib yubordi og‘ir, Teran xobdan uyg‘ondi yurak, Tog‘lar kabi xo‘rsinmoq kerak. Shoirning ushbu satrlari orqali elning ruhiy manzarasini iztirobli satrlarda chizar ekan, “uyg‘ondi yurak” jumlasida beparvolikdan, loqaydlikdan chiqish uchun turtki berayotganini, ya’ni tog‘lar jumlasini - xalq, aholi kabi konseptga bog‘laydi. Shavkat Rahmon she’riyatining kuchini ham aynan ushbu jumlada his qilish mumkin. Shoirning umr yo‘ldoshi Manzura Rahmonova bilan subatda ta’kidlanganidek, “Turkiylar” she’ri haqida: “Yurtning mustaqil bo‘lishini chin dildan istab, qiyinchilik bilan bir oydan ziyod vaqt davomida yozilgan, she’r tugagach uyimizga shoir-yozuvchilar kelishgan, bayramga aylanib ketgan,” - deydi. Kelib chiqadiki, vatan va millat sha’nini yuragida his qilgan, unga farzandlik munosabatini yuksak muhabbat bilan tilga olgan benazir shoir edi. Shunisi alohida e’tiborga molikki, she’riyat ishqibozining yuragidagi dard, davo, va mazmun uyg‘unligida o‘xshatish konseptlari tahlilini samimiyat bilan bog‘lab o‘quvchini ham, tinglovchini ham o‘z dunyosiga tez olib kiradi. Tong ochar ko‘zlarin erinib, Sevinchdan yig‘laydi qiyoqlar, chechaklar jilmayar sevinib, shamolda cho‘milar giyohlar. Mana shu satrlarni o‘qiganda tinglovchi she’riyat chechaklaridan olgan hislar bilan bog‘liq taassurotlar go‘zallik namunasiga aylanadi. Nafaqat gulgun chechaklarning ochilishi ularning jilmayib kulishiga, tong shudringi sokin barglar ustida tomchilagan jarayonni esa yastanib yotgan giyohlarning ajib hislar bilan yuvinishiga qiyos etayotganini ko‘rishimiz mumkin. Tabiat uyg‘unligi bilan bog‘liq konseptlar ruhning bir parchasiga aylanib ulgurgan bo‘lsada, Oy singari to‘la suvloqqa sharsharaday quyilgan yollar Bu yollarni silar mehribon Shabadalar – ma’yus ayollar. kabi barmoq vaznida bitilgan misralarda qalbdan kechirganda yurak, ko‘ngil to‘lqinlanishi bilan birgalikda ayollarga bo‘lgan hurmat va muhabbat tuyg‘ularini e’tirof etish mumkin. Shuningdek, shoir yana bir she’rida muhabbatani chiroyli kapalakka o‘xshatish orqali unga
yetishish yo‘lida juda ham ko‘p mashaqqat borligini, muhabbat jasorattalab tuyg‘u ekanligini rang-barang tasvirlaydi, lekin unga yeta olmagani ham haqiqat rukniga oiddir. Muhabbat – chiroyli kapalak, qo‘rqaman sho‘rlikni tutgani. Kapalak quvganim yodimda, yodimda yo‘q ammo yetganim. “Shavkat Rahmon vatan va millat taqdirini eng ko‘p va xo‘p qalamga olgan, unga farzandlik munosabatini bor harorat va muhabbati, achchiq-chuchuklari bilan tikka ayta olgan yagona shoir edi,” – deya ta’rif beradi shoir va tarjimon Asqar Maxkam. Idrok etish mumkinki, satrlar nutqi shoir nigohida tabiat va borliqning barcha obrazlarini harakatlar va xususiyat uyg‘unligi gavdalantirmoqda. Shunday ekan shorini “tabiat shoiri”, qiyoslash va o‘xshatishlar olamining buyuk kuychisi deb tan olishimiz mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Normatova Sh. Yurt va ozodlik kuychisi// Til va adabiyot ta’limi jurnali. – 2010. – 9-son. – 59-bet. 2. Uldona Ubdurahmonova. Daryodil samoga dil bergan shoir// Til va adabiyot ta’limi jurnali. – 2014. – 6-son. – 45 3. Asqar Maxkam. Shavkat Rahmon zamondoshlari xotirasida // Til va adabiyot ta’limi jurnali. – 2014. – 6-son. – 47 4. Shavkat Rahmon. Saylanma. – T.: Sharq, 1997. 5. www.tilvaadabiyot.uz 6. til@sarkor.uz
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar7 ta adabiyot
- Normatova Sh. Yurt va ozodlik kuychisi// Til va adabiyot ta’limi jurnali. – 2010. – 9-son. – 59-bet.
- Uldona Ubdurahmonova. Daryodil samoga dil bergan shoir//
- Til va adabiyot ta’limi jurnali. – 2014. – 6-son. – 45
- Asqar Maxkam. Shavkat Rahmon zamondoshlari xotirasida //
- Til va adabiyot ta’limi jurnali. – 2014. – 6-son. – 47
- Shavkat Rahmon. Saylanma. – T.: Sharq, 1997.
- www.tilvaadabiyot.uz
Adabiyotlar ro‘yxatidagi 1 ta yozuv matnni ajratishda buzilgan, tuzatilmoqda.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011667
- Nashr sanasi
- 2026-04-23
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
- Jild
- 1
- Son
- 3
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/753
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 294–296
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-13 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25