“ASR LUGAT”DA XORIJIY LEKSIKANINGO‘RNI VA TALQINI
Gafforova Durdona GafforovnaBiznes va fanlar universiteti. O‘qituvchi.2026
Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 183–187
Annotatsiya
Ushbu maqolada til lug‘at tarkibining shakllanishida xorijiy leksikaning o‘rni va ahamiyati “The Century Dictionary” materiallari asosida tahlilga tortilgan. Unda xorijiy so‘zlarni o‘zlashtirma leksikaning alohida qatlami sifatida qarab, ularning diaxronik va sinxronik xususiyatlarini yoritib berilgan. Lug‘atda xorijiy so‘zlarni ajratib ko‘rsatish uchun aniq nazariy mezonlarning mavjud emasligi hamda bu holatning xorijiy leksikani baholashga ta‘siri ochib berilgan
Boshqa tillarda
ruschaМесто и интерпретация иностранного лексикона в «Словаре века»
В данной статье анализируется роль и значение иностранной лексики в формировании языкового словарного запаса на основе материалов «Словаря века». Иностранные слова рассматриваются как отдельный слой усвоенной лексики, и выделяются их диахронические и синхронические характеристики. Выявлено отсутствие четких теоретических критериев для различения иностранных слов в словаре и влияние этой ситуации на оценку иностранной лексики.
inglizchaTHE PLACE AND INTERPRETATION OF FOREIGN LEXICAN IN “THE CENTURY DICTIONARY”
This article analyzes the role and importance of foreign lexicon in the formation of the language vocabulary based on the materials of “The Century Dictionary”. It considers foreign words as a separate layer of the acquired lexicon, and highlights their diachronic and synchronic characteristics. The lack of clear theoretical criteria for distinguishing foreign words in the dictionary and the impact of this situation on the assessment of foreign lexicon are revealed.
Kalit so‘zlar
- Xorijiy leksika
- azaliy so‘zlar
- o‘zlashmalar
- leksikografiya
- mahalliy kolorit
- diaxroniya va sinxroniya
- leksik birlik
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
identity and values. While English fairy tales often portray elements of European historical culture, Uzbek fairy tales emphasize moral principles such as hospitality, wisdom and respect for elders. This comparison helps learners develop a broader worldview and appreciate cultural diversity. Overall, fairy tales can be considered a powerful educational resource in modern foreign language teaching. Their ability to combine linguistic richness, semantic depth and cultural significance makes them particularly suitable for developing comprehensive language competence. Therefore, teachers should actively incorporate fairy tales into their teaching methodology in order to create engaging, culturally enriched and effective language learning environments. References Cameron, L. (2001). Teaching Languages to Young Learners. Cambridge University Press. Kramsch, C. (2013). Language and Culture. Oxford University Press. Nunan, D. (2003). Practical English Language Teaching. McGrawHill. Collie, J., & Slater, S. (2004). Literature in the Language Classroom. Cambridge University Press. Jalolov, J. (2012). Chet til o‘qitish metodikasi. Toshkent. Harmer, J. (2007). How to Teach English. Longman. Ellis, R. (2008). The Study of Second Language Acquisition. Oxford University Press. Hall, G. (2015). Literature in Language Education. Palgrave Macmillan. Carter, R., & Long, M. (1991). Teaching Literature. Longman. Lazar, G. (1993). Literature and Language Teaching. Cambridge University Press. Brumfit, C., & Carter, R. (2000). Literature and Language Teaching. Oxford University Press. Ismailov, A. (2020). The role of folklore in foreign language teaching. Journal of Language and Education. Karimova, D. (2021). Linguocultural aspects of teaching English through folklore texts. International Journal of Linguistics.
“THE CENTURY DICTIONARY”DA XORIJIY LEKSIKANING O‘RNI VA TALQINI
Ulug‘bek Rahmonov Andijon davlat universiteti dotsenti, f.f.f.d. (PhD) Tel: [telefon raqami yashirilgan]
Annotatsiya: Ushbu maqolada til lug‘at tarkibining shakllanishida xorijiy leksikaning o‘rni va ahamiyati “The Century Dictionary” materiallari asosida tahlilga tortilgan. Unda xorijiy so‘zlarni o‘zlashtirma leksikaning alohida qatlami sifatida qarab, ularning diaxronik va sinxronik xususiyatlarini yoritib berilgan. Lug‘atda xorijiy so‘zlarni ajratib ko‘rsatish uchun aniq nazariy mezonlarning mavjud emasligi hamda bu holatning xorijiy leksikani baholashga ta’siri ochib berilgan. Kalit so‘zlar: Xorijiy leksika, azaliy so‘zlar, o‘zlashmalar, leksikografiya, mahalliy kolorit, diaxroniya va sinxroniya. leksik birlik Аннотация: В данной статье анализируется роль и значение иностранной лексики в формировании языкового словарного запаса на основе материалов из «The Century Dictionary». В нем иностранные слова рассматриваются как отдельный слой усвоенного лексикона, с акцентом на их диахронические и синхронические характеристики. Выявлено отсутствие четких теоретических критериев для различения иностранных слов в словаре и влияние этого на оценку иностранной лексики. Ключевые слова: Иностранный лексика, древние слова, заимствования, лексикография, местный колорит, диахрония и синхрония, лексическая единица. Abstract: This article analyzes the role and importance of foreign vocabulary in the formation of the language vocabulary based on materials from “The Century Dictionary”. It examines foreign words as a separate layer of the acquired lexicon, highlighting their diachronic and synchronic characteristics. The lack of clear theoretical criteria for distinguishing foreign words in the dictionary and the impact of this on the evaluation of foreign lexicon are revealed. Keywords: Foreign lexicon, ancient words, borrowings, lexicography, local color, diachrony and synchrony, lexical unit.
Ma’lumki, til lug‘at tarkibining shakllanishi va taraqqiyoti jamiyat tarixi, madaniy aloqalar hamda xalqlar o‘rtasidagi ijtimoiysiyosiy munosabatlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu nuqtai nazardan qaralganda, har bir til leksikasi kelib chiqishiga ko‘ra azaliy va o‘zlashtirma so‘zlar turkumidan iborat bo‘ladi. Bu bo‘linish, avvalo, diaxronik xususiyatga ega bo‘lib, til tarixini o‘rganishda muhim nazariy ahamiyat kasb etadi. Biroq sinxronik holatda ham mazkur bo‘linish o‘ziga xos mazmun bilan namoyon bo‘ladi. O‘zlashtirma so‘zlar tarkibida manba tilning orfoepik va orfografik xususiyatlarini ma’lum darajada saqlab qolgan, to‘la o‘zlashib ketmagan maxsus leksik qatlam – xorijiy so‘zlar alohida o‘rin tutadi. Bunday leksik birliklar ko‘pincha muayyan xalqqa xos madaniy, milliy yoki tarixiy realiyalarni ifodalaydi hamda
tilda “mahalliy kolorit” vazifasini bajaradi. Shu sababli xorijiy leksika nafaqat leksikologiya, balki leksikografiya uchun ham murakkab va bahsli masalalardan biri hisoblanadi. Ma’lumki, tilning so‘zlari kelib chiqish nuqtai nazaridan, qadimdan qolgan (azaliy) so‘zlarga va o‘zlashtirib olingan so‘zlarga bo‘linadilar. Bu diaxronik bo‘linish sinxroniyada ham o‘zgacha tushunishga ega bo‘ladi. O‘zlashtirmalar orasida o‘ziga xos spesifik “xorijiy so‘zlar” guruhi – manba tilning ma’lum orfoepik va orfografik xususiyatlarini saqlab qolgan hosilalar ajratib ko‘rsatiladi (qiyoslang: café, cliché). “The Century Dictionary”ga So‘zboshida Uitni “Lug‘atga yana maxsus terminlar bo‘lmagan xorijiy – lotincha, fransuzcha va boshqa so‘zlarning ancha-muncha soni kiritildi, bular yoki ingliz adabiyotida mustahkam o‘rnashib qolgan so‘zlar, yoki ingliz tilida nomlari yo‘q e’tiborga sazovor narsalarni bildiruvchi so‘zlardir” [2. VI] deb qayd qiladi. Bu fikrni, albatta, yetarli nazariy dalil bo‘la oladigan hukm deb hisoblash mumkin. Ayniqsa, muallif bu yerda, aslida o‘zaro kesishadigan prinsiplar haqida gapiradi va uning birinchi rubrikasi (“ingliz adabiyotida mustahkam o‘rnashib qolgan so‘zlar”) mutlaqo ikkinchi rubrikani istisno qilmaydi va aksincha: qiyoslang, masalan, bungalow “bungalo” – denotat uchun inglizcha nom yo‘q, ammo bungalow – shakshubhasiz “ingliz adabiyotida mustahkam o‘rnashib qolgan” so‘z. Lug‘atda bu masala bo‘yicha eksplitsit nazariy yo‘l-yo‘riqlarning (ko‘rsatmalarning) va mezonlarning yo‘qligi xorijiy leksikani [1. 210-211] “The Century Dictionary”ga muvofiq kiritish muammosini muhokama qilishning o‘zini imkonsiz qilib qo‘yadi. Kiritilayotgan xorijiy so‘zlarning miqdoriy tarkibini aniqlashda ham ancha-muncha qiyinchiliklar vujudga keladi. Qiyinchiliklar yana shu bilan chuqurlashadiki, xorijiy so‘zlar ataylab hech qanday belgilanmaydilar. Bu bizni ba’zi bir kuzatishlar bilangina cheklanib qolishga majbur qiladi. Lug‘atda biz aniqlagan ingliz tili tomonidan oxirigacha o‘zlashtirib olinmagan xorijiy so‘zlar – bular milliy yoki tarixiy tus berilgan “mahalliy koloritdagi”, hodisalarni yoki turmushning tushunchalarini, ijtimoiy tuzumni, xalqning g‘oyasini bildiruvchi, o‘sha xalqning tilidan ingliz tiliga o‘tgan so‘zlardir. Masalan: setto (ital.) – falset (ashula aytishda: ovozning yuqori tovushi), talisman - (arab.) – tumor (diniyxurofiy tushunchaga ko‘ra go‘yo ko‘z tegishidan, balo-ofat, ins-jins va shu k. saqlaydigan, ichiga duo bitilgan qog‘oz joylangan uchburchak narsa (odatda bo‘yinga, qo‘ltiqqa, sochga taqiladi yoki kiyimning ichki qismga tikib qo‘yiladi), bungalow (beng.) – “bungalo” (bir qavatli uy), contrabandist (isp.) – olib kirilishi yoki olib chiqilishi mumkin bo‘lmagan tovarlarning noqonuniy operatsiyalari bilan shug‘ullanuvchi shaxs, copeck – rus pul birligi, tarantella – milliy italyan kuyi (raqs), kumiss
(kumiz) – spesifik (o‘ziga xos ichimlik (tat.), zemstvo – mahalliy administrativ o‘z-o‘zini boshqaruv (Chor Rossiyasida), kimono – yaponlar uchun xarakterli bo‘lgan kiyim turi, mandoline – keng tarqalgan torli musiqa asbobi (ital.). Shunday qilib, Lug‘at tomonidan qayd qilingan xorijiy o‘zlashtirmalarning keltirilgan misollari shundan guvohlik beradiki, Lug‘atning tuzuvchilari tomonidan kiritilgan xorijiy leksika nihoyatda rang-barang. Doiralarning kengligi haqida hukm chiqarish esa qiyindir. Qolaversa, biz olib borgan oralatib tanlov ko‘rsatadiki, “The Century Dictionary”ning tuzuvchilari Ogilvining lug‘ati bilan solishtirganda xorijiy so‘zlarning kirishini bir muncha cheklaganlar, aslini olganda “The Century Dictionary” o‘shandan katta bo‘lgan. [3] Misol uchun, “Sencheri”da Ogilvining lug‘atida qayd qilingan lions, breveté, gardez, gitano, désagrément, enfin va boshqalar yo‘q. Agar Ogilvining lug‘atida xorijiy so‘zlar Ilovada (“Words, Phrases, Noteworthy Sayings, ted Colloquial Expressions, from the Latin, the Greek, and Modern European Languages, Met with in Current English”) ajratib ko‘rsatilgan bo‘lsalar, “Sencheri”da bunday so‘zlar lug‘atning korpusida, o‘zlarining alfavit o‘rnida beriladilar. Amaliy planda oxirgisi (so‘zlarning alfavit o‘rnida berilishi), albatta, zarur so‘zni topishni tezlashtiradi. Biroq bu bir qator hollarda so‘zni xorijiy so‘z sifatida baholashni qiyinlashtiradi, ayniqsa, ilgari ta’kidlab o‘tilganidek, so‘z hech qanday maxsus belgi bilan yoki shriftlar bilan ajratib ko‘rsatilmaydi (ammo, xorijiy so‘zlarni Uebster lug‘atida // belgisidan keyin, yoki, masalan, Concise Oxford Dictionary da kursiv bilan ajratib ko‘rsatishni qiyoslang). Umuman, S. Stegerning bahosi bilan qo‘shilishish mumkin, u “Sencheri” lug‘atida “xorijiy so‘zlar va iboralar, xususan, fransuzcha so‘zlar va iboralar yaxshi ishlab chiqilgan” [2. 88], deb ta’kidlaydi. Shu bilan birga biz yuqorida aytib o‘tgan izohlarni nazarda tutish kerak bo‘ladi. Yuqoridagi tahlillarga tayanib shuni ta’kidlash mumkinki, xorijiy leksika til lug‘at tarkibida alohida va o‘ziga xos qatlamni tashkil etadi. U azaliy va to‘la o‘zlashtirilgan so‘zlar orasida oraliq o‘rin egallab, manba tilning orfoepik, orfografik hamda semantik xususiyatlarini ma’lum darajada saqlab qolishi bilan xarakterlanadi. Bunday leksik birliklar, odatda, muayyan xalqqa xos madaniy, milliy va tarixiy realiyalarni ifodalab, tilda “mahalliy kolorit”ni yuzaga keltiradi. “Sencheri” lug‘ati materiali asosida olib borilgan kuzatishlar xorijiy so‘zlarni kiritishda aniq belgilab qo‘yilgan nazariy mezonlar mavjud emasligini ko‘rsatadi. Lug‘atda xorijiy leksika maxsus belgi yoki shrift orqali ajratilmagani esa ularni to‘la o‘zlashtirilgan so‘zlardan farqlashni qiyinlashtiradi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar13 ta adabiyot
- Cameron, L. (2001). Yosh o'quvchilarga til o'rgatish.
- Cambridge University Press.
- Kramsch, C. (2013). Til va madaniyat. Oxford University Press.
- Nunan, D. (2003). Amaliy ingliz tili o'qitish. McGrawHill.
- Collie, J., & Slater, S. (2004). Tildagi adabiyot. Kembrij universiteti nashriyoti.
- Jalolov, J. (2012). Chet til o'qitish metodikasi. Toshkent.
- Harmer, J. (2007). Ingliz tilini qanday o'qitish kerak. Longman.
- Ellis, R. (2008). Ikkinchi tilni o'zlashtirishni o'rganish. Oxford University Press.
- Hall, G. (2015). Til ta'limida adabiyot. Palgrave
- Carter, R., & Long, M. (1991). Adabiyot o'qitish. Longman.
- Lazar, G. (1993). Adabiyot va til o'qitish. Kembrij universiteti nashriyoti. Brumfit, C., & Carter, R. (2000). Adabiyot va til o'qitish. Oksford universiteti nashriyoti.
- Ismoilov, A. (2020). Chet tillarini o'qitishda folklorning roli. Til va ta'lim jurnali.
- Karimova, D. (2021). Folklor matnlari orqali ingliz tilini o'qitishning lingvomadaniy jihatlari. Xalqaro tilshunoslik jurnali.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011660
- Nashr sanasi
- 2026-04-23
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
- Jild
- 1
- Son
- 3
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/745
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 183–187
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25