OLIY TA‘LIMDA INNOVATSION O‘QITISH METODOLOGIYALARI: TALABALARNING TANQIDIY FIKRLASH KO‘NIKMALARINI OSHIRISH
Abdukahhorova Nigorakhan Sanjarali kizi, Turdimatova Madinakhan Ravshanbek kiziFarg‘ona davlat universitetining birinchi kurs talabasi2026
Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 165–167
Annotatsiya
Ushbu maqolada oliy ta‘limdagi innovatsion o‘qitish metodologiyalari va ularning talabalarning tanqidiy fikrlash qobiliyatlariga ta‘siri o‘rganiladi. Muammoga asoslangan o‘rganish, loyihaga asoslangan o‘rganish, hamkorlikda o‘rganish va texnologiyalarni takomillashtirish kabi usullar talabalarni faol jalb qiladi va tahliliy va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Ushbu yondashuvlar akademik natijalarni yaxshilaydi, shu bilan birga muhim kognitiv va amaliy kompetensiyalarni rivojlantiradi.
Boshqa tillarda
ruschaИННОВАЦИОННЫЕ МЕТОДОЛОГИИ ПРЕПОДАВАНИЯ В ВЫСШЕМ ОБРАЗОВАНИИ: РАЗВИТИЕ НАВЫКОВ КРИТИЧЕСКИМ МЫШЛЕНИЕМ У СТУДЕНТОВ
В данной статье исследуются инновационные методики преподавания в высшем образовании и их влияние на навыки критического мышления студентов. Такие методы, как проблемно-ориентированное обучение, проектное обучение, совместное обучение и обучение с использованием технологий, активно вовлекают студентов и способствуют развитию аналитических способностей и навыков решения проблем. Эти подходы повышают успеваемость, одновременно развивая необходимые когнитивные и практические компетенции.
inglizchaINNOVATIVE TEACHING METHODOLOGIES IN HIGHER EDUCATION: ENHANCING STUDENTS‘ CRITICAL THINKING SKILLS
In this article investigates innovative teaching methodologies in higher education and their impact on students‘ critical thinking skills. Methods such as Problem-Based Learning, Project-Based Learning, Collaborative Learning, and Technology-Enhanced Learning actively engage students and foster analytical and problem-solving abilities. These approaches enhance academic performance while developing essential cognitive and practical competencies.
Kalit so‘zlar
- Innovatsion o‘qitish metodologiyalari
- PBL (Muammoga asoslangan o‘rganish)
- tetiklovchi omillar
- tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari
- PjBL (Loyihaga asoslangan o‘rganish)
- CL (Hamkorlikdagi o‘rganish)
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
8. Комиссаров, В. Н. Теория перевода (лингвистические аспекты). – Москва: Высшая школа, 1990. – 253 с.
INNOVATIVE TEACHING METHODOLOGIES IN HIGHER EDUCATION: ENHANCING STUDENTS’ CRITICAL THINKING SKILLS
Abdukahhorova Nigorakhan Sanjarali kizi Frist year student, Fergana State University nigoraabduqahhorova1@gmail.com Turdimatova Madinakhan Ravshanbek kizi EFL teacher, Fergana State University 19950908tm@gmail.com
Abstract. In this article investigates innovative teaching methodologies in higher education and their impact on students’ critical thinking skills. Methods such as Problem-Based Learning, Project-Based Learning, Collaborative Learning, and Technology-Enhanced Learning actively engage students and foster analytical and problem-solving abilities. These approaches enhance academic performance while developing essential cognitive and practical competencies. Key words: Innovative teaching methodologies, PBL(ProblemBased Learning), triggers, critical thinking skills, PjBL(Project-Based Learning), CL(Collobrative Learning) Annotatsiya. Ushbu maqolada oliy ta’limda innovatsion ta’lim metodologiyalari va ularning talabalar tanqidiy fikrlashini rivojlantirishdagi ta’sirini o‘rganiladidi. Muammoga asoslangan, loyihaga asoslangan, hamkorlikda o‘rganish va texnologiyaga asoslangan yondashuvlar talabalarni faol jalb qiladi hamda analitik va muammo yechish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Ushbu metodologiyalar akademik natijalarni yaxshilash bilan birga kognitiv va amaliy kompetensiyalarni rivojlantiradi. Kalit so‘zlar: Innovatsion ta’lim metodologiyalari, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari, (PBL)muammoga asoslangan ta’lim, (PjBL)loyihaga asoslangan ta’lim (CL)hamkorlikda o‘rganish So‘nggi yillarda oliy ta’lim muassasalarida talabalarning tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish muhim ta’lim natijalaridan biri sifatida qaralmoqda. An’anaviy o‘qitish usullari har doim ham talabalarning tahliliy va mustaqil fikrlashini yetarli darajada rivojlantira olmaydi. Shu sababli, ushbu muammoni hal etishda innovatsion o‘qitish metodologiyalari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunday yondashuvlar faol ta’lim, muammoli vazifalar va talaba markazli o‘qitishni rag‘batlantiradi. Zamonaviy pedagogik strategiyalar
va texnologiyalarni integratsiya qilish orqali samarali ta’lim muhiti yaratiladi. Muammoga asoslangan ta’lim (PBL) jarayonida talabalar muammo holati yoki ssenariydan kelib chiqadigan “triggerlar” (rag‘batlantiruvchi omillar) asosida o‘zlarining o‘quv maqsadlarini mustaqil ravishda belgilaydi. Shundan so‘ng, talabalar mustaqil va o‘zo‘zini boshqaruvchi ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanadi hamda keyinchalik guruhga qaytib, egallangan bilimlarini muhokama qiladi va takomillashtiradi. Shu sababli, ushbu metodologiya muammo yechishga qaratilgan metod bo‘lishdan ko‘ra, mos tanlangan muammolar orqali bilim va tushunchalarni chuqurlashtirishga xizmat qiladigan yondashuv hisoblanadi. Ushbu jarayon aniq belgilangan bosqichlarga ega bo‘lib, o‘xshash ketma-ketlik asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, bu metod talabalarning tayyor bilimlarni passiv qabul qilishidan ko‘ra, muammoli vaziyatlar asosida bilimlarni izlash, tahlil qilish va umumlashtirish jarayonida faol ishtirokini ta’minlaydi. Natijada, ta’lim jarayoni mazmunan chuqurlashib, talabalarda bilimlarga nisbatan ongli va mas’uliyatli munosabat shakllanadi. Loyihaga asoslangan ta’lim (Project-Based Learning – PBL) zamonaviy oliy ta’lim tizimida talabalarning mustaqil fikrlash, tadqiqot olib borish va muammolarni tizimli hal etish kompetensiyalarini rivojlantiruvchi samarali pedagogik yondashuv hisoblanadi. O‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan PBL (Project-Based Learning) qo‘llanmalarida keltirilgan ta’riflarga ko‘ra, loyihalar murakkab vazifalar bo‘lib, ular muammoli yoki murakkab savollar asosida tashkil etiladi hamda talabalarni loyihalash, muammo yechish, qaror qabul qilish yoki tadqiqot faoliyatiga jalb etadi. Bunday loyihalar talabalarga uzoq vaqt davomida nisbatan mustaqil ishlash imkoniyatini yaratadi va yakunda real hayotga yaqin loyihalar yoki taqdimot bilan yakunlanadi (Jones, Rasmussen & Moffitt, 1997; Thomas, Mergendoller & Michaelson, 1999). Ushbu metodologiya talabalarning nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan integratsiya qilishga xizmat qiladi. Talabalar loyihani amalga oshirish jarayonida turli yondashuvlarni sinab ko‘radi, natijalarni tahlil qiladi va taqdim etadi. Shu tarzda, ularda tanqidiy va ijodiy fikrlash ko‘nikmalari rivojlanadi. Masalan, Muhandislik fakultetida talabalarga ekologik barqaror binolarni loyihalash vazifasi berildi. Ular turli qurilish materiallari va energiya samaradorligini ilmiy asosda tahlil qiladi hamda loyiha natijalarini taqdim etadi. Biznes va iqtisod fakultetlarida esa talabalar real yoki simulyatsion kompaniya uchun marketing strategiyasini ishlab chiqish, bozor tahlili va qaror qabul qilish jarayonlarini amalga oshiradi. Natijada, loyiha faoliyatlari orqali talabalar nazariy bilimni real vaziyatlarda tatbiq etadi, mustaqil tadqiqot, guruhda hamkorlik va
tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi, shuningdek, akademik va kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlaydi. Hamkorlikda o‘rganish (Collabrative Learning) talabalarning kichik guruhlarda birgalikda bilim olish jarayoniga asoslangan pedagogik yondashuv hisoblanadi. Hamkorlikda ta’lim (Collaborative Learning) metodining akademik foydalari: 1. CL talabalarning tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. 2. Talabalarni o‘quv jarayonida faol ishtirok etishga jalb qiladi. 3. Sinfdagi o‘quv natijalari yaxshilanadi. 4. Talabalarga muammolarni hal qilishning to‘g‘ri strategiyalarini namoyish etadi. Ushbu metod talabalarga turli fikrlarni muhokama qilish va birgalikda yechim toppish imkonini beradi. Shu bilan birga, guruhdagi faol ishtirok sinf natijalarini yaxshilash va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi. Buning natijasida, talabalar nafaqat nazariy bilimni o‘zlashtiradi, balki amaliy va ijtimoiy kompetensiyalarini ham rivojlantiradi. Shu kabi yondashuvlar talabalarni o‘quv jarayoniga faol jalb qiladi, mustaqil va guruhda muammo yechish ko‘nikmalarini shakllantiradi hamda nazariy bilimlarni real hayotiy vaziyatlarda qo‘llash imkonini yaratadi. Innovatsion metodologiyalarni integratsiya qilish nafaqat akademik natijalarni yaxshilaydi, balki talabalarni kasbiy muvaffaqiyat uchun zarur bo‘lgan kognitiv, ijtimoiy va amaliy kompetensiyalar bilan ta’minlaydi. Xulosa qilib aytganda, oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlarida innovatsion ta’lim strategiyalarini davomli joriy etishi, faol o‘rganishga va talaba markazli yondashuvlarga e’tibor berishi lozim. Shu bilan birga, o‘qituvchilarni rivojlantirish dasturlari va yetarli texnologik resurslarni ta’minlash metodologiyalarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi va innovatsion pedagogik amaliyot orqali tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirgan talabalar zamonaviy murakkab kasbiy muhitda analitik va qaror qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar3 ta adabiyot
- Laal M., Ghodsi S. M. Benefits of collaborative learning //Procedia-social and behavioral sciences. – 2012. – Т. 31. – С. 486-490.
- Thomas J. W. A review of research on project-based learning. – 2000.
- Wood D. F. Problem based learning //Bmj. – 2003. – Т. 326. – №. 7384. – С. 328-330.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011656
- Nashr sanasi
- 2026-04-23
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
- Jild
- 1
- Son
- 3
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/741
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 165–167
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25