Asosiy mazmunga o‘tish

TASVIRIY SAN‘AT O‘QITUVCHILARIDA ILMIY-IJODIYSALOHIYATNI SHAKLLANTIRISHDA PEDAGOGIKTEXNOLOGIYALARNING O‘RNI

Berdiev Doston AbduvoitovichChirchiq davlat pedagogika universitetiTasviriy san‘at va dizayn kafedrasi o‘qituvchisi2026

Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 131–135

Annotatsiya

Maqolada tasviriy san‘at o‘qituvchilarining professional va ijodiy salohiyatini shakllantirishda ilmiy tadqiqot faoliyatining roli tahlil qilinadi. Muallif zamonaviy ta‘lim tizimida raqamli transformatsiya va fanlararo yondashuvlar sharoitida o‘qituvchi-rassomlarning tadqiqot ko‘nikmalariga bo‘lgan ehtiyojini asoslaydi. “Harakat tadqiqoti” usulining ahamiyati, talabalarda tanqidiy va analitik fikrlashni rivojlantirish bosqichlari va innovatsion ilmiy-

Boshqa tillarda

ruschaРОЛЬ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ В ФОРМИРОВАНИИ НАУЧНЫХ И ТВОРЧЕСКИХ КОМПЕТЕНЦИЙ У ПРЕПОДАВАТЕЛЕЙ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНЫХ ИСКУССТВ

В статье анализируется роль научно-исследовательской деятельности в формировании профессионального и творческого потенциала преподавателей изобразительных искусств. Автор обосновывает необходимость исследовательских навыков преподавателей-художников в контексте цифровой трансформации и междисциплинарных подходов в современной системе образования. Рассматривается значение метода «исследования действием», этапы развития критического и аналитического мышления у учащихся, а также инновационные научно-исследовательские подходы.

inglizchaTHE ROLE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE FORMATION OF SCIENTIFIC AND CREATIVE COMPETENCES IN FINE ARTS TEACHERS

The article analyzes the role of scientific research activities in the formation of the professional and creative potential of fine arts teachers. The author substantiates the need for research skills of teacher-artists in the context of digital transformation and interdisciplinary approaches in the modern education system. The significance of the “action research” method, the stages of developing critical and analytical thinking in students, and innovative scientific-

Kalit so‘zlar

  • tasviriy san‘at
  • pedagogik texnologiya
  • ilmiy-ijodiy salohiyat
  • amaliy tadqiqot
  • fanlararo integratsiya
  • innovatsiya
  • badiiy ta‘lim
  • kreativ tafakkur

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

TASVIRIY SAN’AT O‘QITUVCHILARIDA ILMIY-IJODIY SALOHIYATNI SHAKLLANTIRISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI

Berdiyev Doston Abduvoitovich Chirchiq davlat pedagogika universiteti Tasviriy san’at va dizayn kafedrasi o‘qituvchisi [telefon raqami yashirilgan], d.berdiyev@cspu.uz

Annotatsiya: Maqolada tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy va ijodiy salohiyatini shakllantirishda ilmiy-tadqiqot faoliyatining o‘rni tahlil qilingan. Muallif zamonaviy ta’lim tizimidagi raqamli transformatsiya va fanlararo yondashuv sharoitida pedagograssomlarning tadqiqotchilik ko‘nikmalariga bo‘lgan ehtiyojni asoslab beradi. Maqolada “amaliy tadqiqot” (action research) metodining ahamiyati, talabalarda tanqidiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish bosqichlari hamda Chirchiq davlat pedagogika universiteti tajribasidagi innovatsion ilmiy-metodik yondashuvlar yoritilgan. Kalit so‘zlar: tasviriy san’at, pedagogik texnologiya, ilmiy-ijodiy salohiyat, amaliy tadqiqot, fanlararo integratsiya, innovatsiya, badiiy ta’lim, kreativ tafakkur. Аннотация: В статье анализируется роль научноисследовательской деятельности в формировании профессионального и творческого потенциала учителей изобразительного искусства. Автор обосновывает необходимость исследовательских навыков педагогов-художников в условиях цифровой трансформации и междисциплинарного подхода в современной системе образования. Рассматривается значимость метода «прикладного исследования» (action research), этапы развития критического и аналитического мышления у студентов, а также инновационные научно-методические подходы на примере Чирчикского государственного педагогического университета. Ключевые слова: изобразительное искусство, педагогические технологии, научно-творческий потенциал, прикладное исследование, междисциплинарная интеграция, инновации, художественное образование, креативное мышление. Abstract: The article analyzes the role of scientific research activities in the formation of the professional and creative potential of fine arts teachers. The author substantiates the need for research skills of teacher-artists in the context of digital transformation and interdisciplinary approaches in the modern education system. The significance of the “action research” method, the stages of developing critical and analytical thinking in students, and innovative scientific

methodological approaches based on the experience of Chirchik State Pedagogical University are discussed. Keywords: fine arts, pedagogical technology, scientific-creative potential, action research, interdisciplinary integration, innovation, art education, creative thinking.

Jahon arenasi hamda zamonaviy ta’lim tizimida global o‘zarishlar va raqamli texnologiyalarning joriy etilishi ta’lim jarayoniga bo‘lgan talablarni tubdan o‘zgartirmoqda. Bu jarayonda fanlararo yondashuvlar ham ta’lim mazmunini boyitib, murakkab ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga o‘qitish jarayoni orqali yechim topish imkoniyatini kengaytiradi. Bugungi kunda ushbu omillar natijasida oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot faoliyati yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Xususan, pedagogik ta’lim sohasida o‘qituvchi va talabalar doimiy ravishda ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanib, o‘z ilmiy salohiyatini muntazam oshirib turishi kerak. Olimlarning ta’kidlashicha, pedagoglar o‘qitishda ilmiy asoslangan qoidalar va usullarni o‘rganib, uni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasini shakllantirsa, ta’lim beruvchi sifatida mehnat samaradorligi sezilarli darajada oshadi.[1] Ilmiy izlanishlar nafaqat nazariy bilimlarni chuqurlashtiradi, amaliyotdagi ishonchli usullar va malakalarni shakllantirish uchun qimmatli manba hisoblanadi. Masalan, ilmiy-pedagogik tadqiqotlarda qo‘llaniladigan «amaliy tadqiqot» (action research) metodi o‘qituvchilarga o‘z pedagogik faoliyatini tanqidiy tahlil qilish va ularning muammolariga tizimli yondashuvlarni rivojlantirish imkonini beradi. [2] Bu esa bo‘lajak pedagog va talabalarga muammo holatini to‘liq o‘rganib, uni hal etishga yordam beruvchi yechimlarni ilmiy asosda izlashni o‘rgatadi. Shunday qilib, ilmiy tadqiqot jarayoni talabada tanqidiy va tahliliy fikrlash qobiliyatini kuchaytirib, muammolarga ilmiy yechimlar asosida yondashishni mustahkamlaydi. Pedagogik tadqiqotlar ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg‘or metod va innovatsion yondashuvlarni aniqlashda muhim rol o‘ynaydi. Pedagogik tadqiqot - bu pedagogik jarayonda yangilikni izlash va topishdir. Bunday ijodning birinchi bosqichi - o‘zi uchun yangilikni kashf etish, pedagogik vazifalarni hal etishning nostandart vositalarini bilib olishdan iborat.[3] Tadqiqotlar orqali sinalgan yangi ta’lim-usullari va texnologiyalari amaliyotga kiritiladi, natijada o‘quv jarayonining samaradorligi yuksaladi. Ilmiy-izlanishlar asosida shakllantirilgan pedagogik yondashuvlar ta’lim jarayonining har tomonlama takomillashishiga xizmat qilmoqda: yangi metodika va dasturlar ishlab chiqiladi, tarbiyaviy ta’sirni kuchaytiruvchi pedagogik vositalar aniqlanadi. Ilmiy tadqiqotlar pedagogika uchun kerakli salohiyatli xodimlar hamda ta’lim muassasalariga yangi yechimlar taqdim etadi.

Ilmiy asoslangan va bahsli amaliy o‘qish usullari ta’lim jarayonlarining sifatini va samaradorligini aniqlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot jarayonida ilmiy muammoni to‘g‘ri belgilash va rejani aniqlash juda muhimdir. Jumladan, masalaning dolzarbligini asoslash, ilmiy muammoni aniqlash, tadqiqot obyekti va predmetini belgilash hamda maqsad va vazifalarni aniq ifodalash tadqiqotning poydevorini tashkil qiladi. Mazkur bosqichlar asosida tuzilgan tadqiqot rejasi orqali ilmiy jarayon tartibli, tizimli va mantiqiy rivojlanadi hamda izlanish natijalari maqsadga muvofiq aniqlanadi. Binobarin, ko‘rsatilgan har bir bosqich tadqiqotdan ko‘zlangan aniq manzilga olib boradi va natijada har qanday pedagogik muammoni ilmiy asosda tahlil qilish va yechish imkoniyatini yaratadi. Shuningdek, pedagogik tadqiqotlar natijalari san’at va madaniyat sohalaridagi ta’lim jarayonlariga ham qo‘llaniladi. Badiiy ta’limning mazmuni shaxsiy ijodiy faollik va estetik tarbiya bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, u talabalarning ijodiy fikrlashi, madaniy saviyasi va o‘ziga xosligini rivojlantiradi. UNESCO rasmiy saytidagi ma’lumotlarda, madaniyat va san’at ta’limi insonning o‘z madaniy merosi va an’analarini qadrlash va saqlash jarayonida muhim rol o‘ynashi ta’kidlab o‘tilgan. Bu nuqtai nazardan, oliy ta’lim muassasalarida badiiy ta’lim sohasida olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar ta’lim mazmunini boyitish, yangi innovatsion pedagogik usullar yaratish hamda madaniy merosni jamiyat oldiga samarali yetkazishda muhim hissa qo‘shadi. Pedagogik ta’lim tizimida ilmiy tadqiqotlarning ahamiyatini chuqur anglash, avvalo, ta’limning mazmuni va maqsadlarini qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi. Ilmiy tadqiqot orqali pedagogika yo‘nalishidagi badiiy ta’lim faqat nazariy asoslarda emas, amaliyotda ham mukammal samara ko‘rsatadigan yondashuvlarni shakllantirish imkoniga ega bo‘ladi. Zamonaviy pedagogik tadqiqotlar, ayniqsa, talabalar faolligini oshirish va mustaqil izlanish ko‘nikmalarini rivojlantirish, interfaol metodlar, raqamli ta’lim texnologiyalarini tatbiq etish bilan ajralib turibdi. Bunday izlanishlar oliy ta’lim muassasalarida ta’lim mazmunini yangilash, o‘qitish va tarbiya jarayonlarini samarali tashkil etishga xizmat qiladi. Jumladan, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan Chirchiq davlat pedagogika universiteti ”San’asthunoslik” fakultetidagi “Art Innova” ilmiy-tadqiqot markazi, “O‘rgatib-o‘rganamiz” va “Ijodiy tafakkur” kabi zamonaviy ilmiy metodlar faol qo‘llanilmoqda. Ushbu usullar ta’limdagi muammolarni hal etishda nazariy bilimlar bilan amaliyotni bog‘lovchi muhim vositalar hisoblanadi. Ilmiy tadqiqot ta’limda quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: - Pedagogik jarayonda tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi; - Ta’limning mazmuni va shakllarini takomillashtiradi;

- Ilmiy-metodik innovatsiyalar yaratishga xizmat qiladi; - Talabalarda mustaqil fikrlash va izlanish qobiliyatini shakllantiradi; - Ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish uchun ilmiy yechimlar taklif etadi. Badiiy ta’limda, ilmiy tadqiqotlar talabalarning dunyoqarashi, tasviriy san’atga bo‘lgan ongli munosabati, estetik hissiyot va badiiy qadriyatlarni anglash qobiliyatini shakllantirishda hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Ilmiy izlanishlar jarayonida talabalar nafaqat amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar, balki san’at asarlarini tahlil qilish, ular orqali ijtimoiy, tarixiy va madaniy mazmunni anglash, uni ta’lim mazmuni bilan uyg‘unlashtirish salohiyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa ulardagi obrazli tafakkur, kreativ yondashuv va badiiy idrokini rivojlantirib, tasviriy san’atga nisbatan shaxsiy va ilmiy munosabatni mustahkamlaydi. Pedagogik tadqiqot natijalari asosida yuzaga kelgan innovatsion yondashuvlar, ijodiy muhit va klaster tizimlari ta’lim samaradorligini oshirmoqda. Bu jarayonda tasviriy san’at ta’limi uchun xos bo‘lgan to‘garaklar, amaliy mashg‘ulotlar va amaliy yondashuvlar ilmiy asoslangan shaklda tashkil etiladi. Ta’limdagi fanlararo integratsiya jarayonlarida ilmiy izlanishlar asosiy rol o‘ynab, murakkab masalalarga kompleks yondashishni ta’minlaydi. Xususan, ilmiy tadqiqot faoliyatining ta’limga ta’siri quyidagicha baholanadi: - Ta’lim sifatiga ta’siri: ilmiy asoslangan pedagogik yondashuvlar ta’lim mazmunini boyitadi, talabalarning individual rivojlanishiga xizmat qiladi; - Innovatsion pedagogik texnologiyalarni yaratish: tadqiqot orqali yangi metodlar, strategiyalar, elektron ta’lim vositalari rivojlanadi; - Kasbiy yetuklik va mutaxassis tayyorlash: ilmiy faoliyat orqali talabalarda kasbiy-metodik ko‘nikmalar shakllanadi; - Milliy ta’lim modelini takomillashtirish: milliy va milliymadaniy qadriyatlarga asoslangan pedagogik modellar yaratiladi. Shunday qilib, tasviriy san’at o‘qituvchilarini tayyorlashda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish nafaqat o‘qitish samaradorligini oshiradi, balki bo‘lajak mutaxassislarning ilmiy-ijodiy salohiyatini chuqurroq shakllantirishga xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, ta’lim jarayonini faqat reproduktiv (takrorlovchi) faoliyatdan produktiv (yaratuvchi) faoliyatga o‘tkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur jarayonda o‘qituvchi – ilmiy rahbar, talaba esa – faol tadqiqotchi sifatida ishtirok etadi. Bunda o‘qituvchi faqat bilim manbai emas, balki yo‘naltiruvchi, motivatsiya beruvchi va reflektiv fikrlashni rivojlantiruvchi shaxs sifatida ko‘riladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar9 ta adabiyot

  1. Stanovich, P.J. (2003). Using Research and Reason in Education: How Teachers Can Use Scientifically Based Research to Make Curricular & Instructional Decisions. – Washington, DC: National Institute of Child Health and Human Development (NICHD), U.S. Department of Education,
  2. Center for Advanced Research on Language Acquisition (CARLA) (2022). Module 4: What is Action Research? – University of Minnesota.
  3. Usmanov N.N. (2023). Ilmiy tadqiqot metologiyasi fanidan ma’ruzalar. Uslubiy qo‘llanma. 108-b.
  4. Berdiyev, D. A. (2026). Tasviriy san'at o‘qituvchisining kasbiy va ijodiy faoliyatida ilmiy tadqiqotning o‘rni. Mugallim ham uzliksiz bilimlendiriu, 1, 172-176.
  5. Berdiyev, D. A. Tasviriy san’at ta’limida ilmiy-tadqiqot va ijodiy faoliyat uyg‘unligini ta’minlash muammolari. (2026). Qo‘qon DPI. Ilmiy Xabarlar Jurnali, 8(01), 615-
  6. https://doi.org/10.70728/qdpi.v08.i01.08510.70728/qdpi.v08.i01.085
  7. Eralievich, S. K., Shuhratovich, I. U., Abduvoitovich, B. D., Mirpulatovna, I. U., Toyir, B. F., Shuhrat, A. A., & Khimmataliev, D. O. (2025). Innovative approaches to training modern competitive specialists in art education for sustainable development goals (sdgs) through science and technology integration. Journal of Engineering Science and Technology, 20(6), 1871-1876.
  8. Abduvoitovich, B. D. (2025). Problems of Ensuring the Harmony of Scientific Research and Creative Activity in Fine Arts Education. Nvpubhouse Library for European International Journal of Pedagogics, 5(08), 22-25.
  9. Berdiyev Doston Abduvoitovich. (2025). Bo‘lajak tasviriy san'at o‘qituvchilarida kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishda ustoz- shogird tizimi va zamonaviy yondashuvlar. https://doi.org/10.5281/zenodo.17441923 ОБРАЗ ЖЕНЩИНЫ В КОНТЕКСТЕ ВОЙНЫ И НРАВСТВЕННОГО ВЫБОРА: МЕТОДИКА ФОРМИРОВАНИЯ КУЛЬТУРНО-КОММУНИКАТИВНОЙ КОМПЕТЕНЦИИ ПРИ ОБУЧЕНИИ ИНОСТРАННОМУ ЯЗЫКУ НА МАТЕРИАЛЕ ПРОИЗВЕДЕНИЙ В. РАСПУТИНА “ЖИВИ И ПОМНИ” И “САИДА АХМАДА” ГОРИЗОНТ Ходжаев Комилхон Юнусович Доцент кафедры прикладных иностранных языков Андижанского государственного педагогического института10.5281/zenodo.17441923

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011648
Nashr sanasi
2026-04-23
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
Jild
1
Son
3
DOI
10.66073/refocus-conf/732
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
131–135
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25