Asosiy mazmunga o‘tish

AKSIOLOGIK DIDAKTIKA NUQTAI NAZARIDAN INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARIDA MADANIYATLARARO MULOQOT KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH

Akhmedova Dildora Abdiraxim qiziNamangan davlat pedagogika instituti, Xorijiy tillar kafedrasi O‘qituvchisi2026

Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 113–118

Annotatsiya

Ushbu maqola bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini aksiologik yondashuv asosida rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda kognitiv, affektiv va konativ komponentlar orqali madaniyatlararo kompetensiyani shakllantirish metodlari tahlil qilinadi. Web-quest va interaktiv darslar orqali til elementlari va madaniyatni integratsiyalashning samaradorligi ko‘rsatildi. Tadqiqot natijalari bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining lingvistik, madaniy va kommunikativ kompetensiyalarini mustahkamlashda amaliy tavsiyalar beradi.

Boshqa tillarda

ruschaРАЗВИТИЕ КОМПЕТЕНЦИИ В ОБЛАСТИ МЕЖКУЛЬТУРНОЙ КОММУНИКАЦИИ У ПРЕПОДАВАТЕЛЕЙ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА С ТОЧКИ ЗРЕНИЯ АКСИОЛОГИЧЕСКОЙ ДИДАКТИКИ

Статья посвящена изучению дидактических возможностей развития межкультурной коммуникационной компетенции будущих преподавателей английского языка на основе аксиологического подхода. Исследуются методы формирования компетенции через когнитивные, аффективные и конативные компоненты. Эффективность интеграции языковых элементов и культуры показана на примере Web-quest и интерактивных занятий. Результаты исследования предоставляют практические рекомендации для укрепления лингвистических, культурных и коммуникативных компетенций будущих преподавателей английского языка.

inglizchaDEVELOPMENT OF INTERCULTURAL COMMUNICATION COMPETENCE IN ENGLISH TEACHERS FROM THE POINT OF VIEW OF AXIOLOGICAL DIDACTIC

This article investigates the didactic opportunities for developing intercultural communication competence of future English language teachers based on an axiological approach. Methods of competence formation through cognitive, affective, and conative components are analyzed. The effectiveness of integrating linguistic elements and culture is demonstrated through Web-quest and interactive lessons. The study results provide practical recommendations for strengthening future English teachers‘ linguistic, cultural, and communicative competencies.

Kalit so‘zlar

  • madaniyatlararo muloqot
  • kompetensiya
  • aksiologik yondashuv
  • ingliz tili o‘qituvchisi
  • Web-quest
  • didaktik strategiyalar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

AKSIOLOGIK DIDAKTIKA NUQTAI NAZARIDAN INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARIDA MADANIYATLARARO MULOQOT KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH

Axmedova Dildora Abdiraxim qizi Namangan davlat pedagogika Institute, Xorijiy tillar kafedrasi O'qituvchisi

Annotatsiya. Ushbu maqola bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini aksiologik yondashuv asosida rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda kognitiv, affektiv va konativ komponentlar orqali madaniyatlararo kompetensiyani shakllantirish metodlari tahlil qilinadi. Web-quest va interaktiv darslar orqali til elementlari va madaniyatni integratsiyalashning samaradorligi ko‘rsatildi. Tadqiqot natijalari bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining lingvistik, madaniy va kommunikativ kompetensiyalarini mustahkamlashda amaliy tavsiyalar beradi. Kalit so‘zlar: madaniyatlararo muloqot, kompetensiya, aksiologik yondashuv, ingliz tili o‘qituvchisi, Web-quest, didaktik strategiyalar. Аннотация. Статья посвящена изучению дидактических возможностей развития межкультурной коммуникационной компетенции будущих преподавателей английского языка на основе аксиологического подхода. Исследуются методы формирования компетенции через когнитивные, аффективные и конативные компоненты. Эффективность интеграции языковых элементов и культуры показана на примере Web-quest и интерактивных занятий. Результаты исследования предоставляют практические рекомендации для укрепления лингвистических, культурных и коммуникативных компетенций будущих преподавателей английского языка. Ключевые слова: межкультурная коммуникация, компетенция, аксиологический подход, преподаватель английского языка, Web-quest, дидактические стратегии. Abstract. This article investigates the didactic opportunities for developing intercultural communication competence of future English language teachers based on an axiological approach. Methods of competence formation through cognitive, affective, and conative components are analyzed. The effectiveness of integrating linguistic elements and culture is demonstrated through Web-quest and interactive lessons. The study results provide practical recommendations for strengthening future English teachers’ linguistic, cultural, and communicative competencies.

Keywords: intercultural communication, competence, axiological approach, English language teacher, Web-quest, didactic strategies.

Kirish (introduction). Zamonaviy globalizatsiya sharoitida ingliz tili o‘qituvchilarining madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini shakllantirish dolzarb masala hisoblanadi. Madaniyatlararo kompetensiya (MMK) talabalarda boshqa madaniyat vakillari bilan samarali muloqot qilish, ularning qadriyatlarini hurmat qilish va to‘g‘ri munosabatda bo‘lish qobiliyatini rivojlantiradi (Byram, 1997; Lewis, 2006). Ushbu tadqiqotning maqsadi — bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining MMKni aksiologik yondashuv asosida rivojlantirishning didaktik strategiyalarini aniqlash va ularni ta’lim jarayonida samarali qo‘llash imkoniyatlarini tadqiq qilish. Vazifalar: 1. Madaniyatlararo kompetensiyaning kognitiv, affektiv va konativ komponentlarini aniqlash. 2. Ingliz tilidagi madaniy elementlarni integratsiyalash orqali MMKni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish. 3. Web-quest va interaktiv metodlarning didaktik samaradorligini baholash. Tadqiqot obyekti sifatida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari olingan bo’lib, tadqiqot predmetini MMKni shakllantirishdagi aksiologik yondashuv va didaktik strategiyalar tashkil etadi. Madaniyatlararo kompetensiyani rivojlantirishda til elementlarining roli alohida ahamiyatga ega hisoblanadi. Masalan, ingliz tilida muayyan ifodalar va frazeologizmlar mavjud boʻlib, ular faqatgina oʻsha til madaniyatiga xosdir va ularni tushunish uchun kontekst talab etiladi. Agar talabalar ushbu elementlarning mazmunini toʻgʻri anglasalar, bu ularga oʻzga madaniyat vakillari bilan yanada samaraliroq muloqot qilish imkoniyatini beradi. Shu sababli, til oʻqitish jarayonida lingvistik elementlarni madaniyat bilan bogʻlab oʻrgatish alohida eʼtiborga loyiq, deb ayta olamiz. Adabiyotlar sharhi (literature review). Madaniyatlararo muloqotni tadqiq etuvchi olimlar (Furmanova, Ter-Minasova, Jalolov, Saydaliyev) uni “madaniyatlarning o‘zaro yaqinlashuvi va tushunish jarayoni” sifatida ta’riflaydilar. Byram (1997) MMKni bilim, qobiliyat, fahmlash, madaniy tajriba va tanqidiy madaniy ong komponentlari orqali tavsiflaydi. K.Kramsh va M.Bayram til va madaniyatni bir-biriga uzviy bog‘liq deb hisoblab, til elementlari yordamida talabalarda madaniyatlararo xabardorlikni rivojlantirishni tavsiya qiladilar. Web-quest va rolli

o‘yinlar MMKni amaliy shakllantirishning samarali vositalari sifatida ko‘rsatildi (Saydaliyev, 2018; Axmedova, 2020). Metodologiya (methodology) Tadqiqot usullari: Kuzatish va interaktiv mashg‘ulotlar Test va so‘rovnomalar Web-quest asosidagi amaliy mashg‘ulotlar Natijalar (results). Til oʻqitish jarayonida ingliz tilining madaniy elementlarini talabalarga oʻrgatish orqali ular nafaqat til oʻrganadi, balki oʻzga madaniyatlar haqida ham kengroq tushuncha hosil qiladi. Til oʻzi bilan birga oʻsha madaniyatning anʼanalarini, qadriyatlarini va urfodatlarini ham olib keladi hamda bu jarayonda talabalarning madaniyatlararo kompetensiyasini shakllantirish/rivojlantirish, ularga xalqaro muloqotda yanada muvaffaqiyat qozonish imkoniyatini beradi. Madaniyatlararo kompetensiyani rivojlantirishda til elementlarining roli alohida ahamiyatga ega hisoblanadi. Masalan, ingliz tilida muayyan ifodalar va frazeologizmlar mavjud boʻlib, ular faqatgina oʻsha til madaniyatiga xosdir va ularni tushunish uchun kontekst talab etiladi. Agar talabalar ushbu elementlarning mazmunini toʻgʻri anglasalar, bu ularga oʻzga madaniyat vakillari bilan yanada samaraliroq muloqot qilish imkoniyatini beradi. Shu sababli, til oʻqitish jarayonida lingvistik elementlarni madaniyat bilan bogʻlab oʻrgatish alohida eʼtiborga loyiq, deb ayta olamiz. Madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirish nafaqat til oʻqitishda, balki talabalarning ijtimoiy hayotida ham katta ahamiyatga ega boʻlib, taʼlim jarayonida talabalarning ingliz tilidagi lingvistik koʻnikmalarini oshirish bilan birga, ularga ushbu til orqali oʻsha madaniyatni anglashni oʻrgatish ularning dunyoqarashini kengaytiradi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, til elementlarini oʻrgatish faqat grammatik yoki leksik bilimlarni oshirish emas, balki boshqa madaniyatni ham oʻzlashtirishga yordam beruvchi jarayon sifatida qaraladi. Demak, ingliz tilidagi madaniy elementlarni oʻqitishda talabalar madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirish orqali global maydonda faol va muvaffaqiyatli ishtirokchi boʻla oladilar. Shu bilan birga, bu jarayon ularga oʻz madaniyatini oʻzga madaniyatlar bilan qiyoslab, oʻzaro anglashuvni chuqurlashtirish imkonini ham berar ekan. Madaniyatlararo kompetensiyani rivojlantirish uchun til elementlarining qoʻllanilishi, talabalarga nafaqat til oʻrgatish, balki madaniy ongni ham shakllantirish imkonini beradi. Bu jarayonda asosiy vazifalardan biri talabalarga boshqa madaniyat vakillari bilan muloqotga tayyor shaxs sifatida shakllantirishdir.

Natijalar uch asosiy komponent bo‘yicha tahlil qilindi: Kompon Ko‘rsatkic Qo‘llaniladi Natijalar ent hlar gan metodlar Talabalar Ma’ruza, 85% madaniy Madaniy Kognitiv matn tahlili, leksika va bilim, leksika madaniy testlar frazeologizmlarni tushundi 78% Bag‘rikeng talabalar boshqa Rolli o‘yin, Affektiv lik, madaniy madaniyatga diskussiya hurmat nisbatan ochiq fikrlilik ko‘rsatdi Talabalar 72% vaziyatga Ssenariy Muloqot mos Konativ yaratish, strategiyalari strategiyalarni simulyatsiya qo‘llashni o‘rganishdi Talabalarn Shaxsning Tanqidi Esse, ing 65% madaniy madaniyatga y madaniy ong taqqoslama tahlil tafovutlarni munosabati tahlil qila oldi Qo‘shimcha natija: Web-quest texnologiyasi kognitiv va konativ komponentlarni 15– 20% samaraliroq rivojlantirishga yordam berdi. Madaniyatlararo kompetensiya ingliz tilidagi madaniy elementlarni o‘rgatish orqali sezilarli darajada oshdi. Muhokama (discussion). Natijalarni boshqa ilmiy tadqiqotlar bilan solishtirish shuni ko‘rsatadiki, ular M. Bayram va M. Fleming (2015) tomonidan ilgari surilgan qarashlar bilan uyg‘unlik kasb etadi. Mazkur olimlar ta’kidlaganidek, madaniyat va tilni integratsiyalash asosida madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini shakllantirish samarali natija beradi. Tadqiqot jarayonida aynan shu yondashuvning samaradorligi yana bir bor tasdiqlandi. Xususan, kognitiv komponent doirasida talabalar ingliz tilidagi frazeologizmlar hamda madaniy kodlarni o‘zlashtirish orqali boshqa madaniyat vakillarining dunyoqarashi va kommunikativ xususiyatlarini chuqurroq anglash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Affektiv komponent esa rolli o‘yinlar, munozaralar va interaktiv muloqotlar orqali talabalarda bag‘rikenglik, empatiya hamda boshqa madaniyatlarga nisbatan hurmat tuyg‘ularini

kuchaytirishga xizmat qildi. Konativ komponent doirasida qo‘llangan ssenariylar va kommunikativ simulyatsiyalar talabalarning real hayotiy vaziyatlarda samarali muloqot qilish strategiyalarini shakllantirishga yordam berdi. Shu bilan birga, o‘quv jarayonida tanqidiy madaniy ong ham rivojlandi: talabalar turli madaniyatlar o‘rtasidagi farqlarni tahlil qilish, ularni to‘g‘ri talqin qilish hamda global kommunikativ muhitda samarali faoliyat yuritishga tayyorlanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tadqiqot natijalari asosida bir qator amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Avvalo, ingliz tili ta’limi jarayonida madaniy komponentlarni muntazam ravishda o‘quv materiallariga integratsiya qilish muhim hisoblanadi. Shuningdek, web-quest, rolli o‘yinlar va boshqa interaktiv metodlardan keng foydalanish talabalarning faolligini oshirib, ularning madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, talabalarda madaniyatlararo xabardorlikni shakllantirish uchun turli matnlar, kommunikativ vaziyatlar va madaniy misollarni tahlil qilish usullarini qo‘llash zarur. Nihoyat, baholash jarayonida faqat lingvistik bilimlarni emas, balki madaniy kompetensiyalarni ham integratsiyalash orqali talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini yanada samarali rivojlantirish mumkin. Xulosa (conclusion). Xulosa qilib aytganda, aksiologik yondashuv asosida madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini (MMK) rivojlantirish samarali pedagogik natijalarni ta’minlaydi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, kognitiv, affektiv va konativ komponentlarning o‘zaro integratsiyasi talabalarning global madaniy muhitda samarali muloqot qilish qobiliyatini sezilarli darajada oshiradi. Shu bilan birga, ta’lim jarayonida web-quest hamda boshqa interaktiv metodlardan foydalanish didaktik samaradorlikni kuchaytirib, talabalarning faolligini va mustaqil fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiladi. Natijada, til elementlari orqali boshqa madaniyatlarni anglash, ularga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish hamda madaniyatlararo hamkorlikni amalga oshirish ko‘nikmalari shakllanadi. Foydalanilgan adabiyotlar (references) − Byram, M. (1997). Teaching and assessing intercultural communicative competence. Multilingual Matters. − Lewis, R. D. (2006). When cultures collide. Nicholas Brealey Publishing. − Saydaliyev, S. S. (2018). Interaktiv texnologiyalar yordamida madaniyatlararo kompetensiya. T.: Fan. − Jalolov, J. J. (2015). Milliy ta’lim tizimida madaniyatlararo yondashuv. Toshkent.

Ahmadjonovna, D. G. (2024). The importance and role of lexical − competence in teaching foreign languages to students. Ethiopian International Journal of Multidisciplinary Research, 11(5), 16-23. − Barro, A. (2014). Ethnographic approach to language teaching. Cambridge University Press. − Bennett, M. (1993). Towards ethnorelativism. Intercultural Press. − Gudykunst, W., & Kim, Y. (2003). Communicating with strangers. McGraw-Hill. − Dehkhonova, G. A. (2024). THE CLASSIFICATION OF LEXICAL UNITS WITH FINANCIAL POSITION ACCORDING TO SCIENTISTS VIEW. Academic research in educational sciences, 5(CSPU Conference 1), 542-549. − DADABAYEV, Z. (2024). TALABALARGA INGLIZ TILIDA SOHAGA OID MATNLARNI O‘QISHGA O‘RGATISHNING NAZARIY ASOSLARI. «ACTA NUUz», 1(1.9), 73-75. − Kramsh, C. (1998). Language and culture. Oxford University Press. − Parmonova, N. (2017). Intercultural communication skills development. Moscow: Academic. − Nosirova, S. Y., & Umarjonova, S. (2025, December). THE ROLE OF COMICS IN TEACHING ENGLISH TO YOUNG LEARNERS. In International Conference Platform (No. 6, pp. 171-172). − Avezova, D., Sobirova, F., Sotiboldiyev, A., Muminjonova, S., Tursunboyeva, M., Sobirova, R., ... & Kibriyev, B. (2026). Exploring Genetic and Epigenetic Influences on Language Acquisition and Cognitive Development. Genetics and Molecular Research, 25(1).

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar26 ta adabiyot

  1. Byram, M. (1997). Teaching and assessing intercultural communicative competence. Multilingual Matters.
  2. Lewis, R. D. (2006). When cultures collide. Nicholas Brealey Publishing.
  3. Saydaliyev, S. S. (2018). Interaktiv texnologiyalar yordamida madaniyatlararo kompetensiya. T.: Fan.
  4. Jalolov, J. J. (2015). Milliy ta’lim tizimida madaniyatlararo yondashuv. Toshkent.
  5. Ahmadjonovna, D. G. (2024). The importance and role of lexical competence in teaching foreign languages to students. Ethiopian
  6. International Journal of Multidisciplinary Research, 11(5), 16-23.
  7. − Barro, A. (2014). Ethnographic approach to language teaching.
  8. Cambridge University Press.
  9. − Bennett, M. (1993). Towards ethnorelativism. Intercultural
  10. − Gudykunst, W., & Kim, Y. (2003). Communicating with strangers. McGraw-Hill.
  11. − Dehkhonova, G. A. (2024). THE CLASSIFICATION OF
  12. LEXICAL UNITS WITH FINANCIAL POSITION ACCORDING TO
  13. SCIENTISTS VIEW. Academic research in educational sciences, 5(CSPU
  14. Conference 1), 542-549.
  15. − DADABAYEV, Z. (2024). TALABALARGA INGLIZ TILIDA
  16. SOHAGA OID MATNLARNI O‘QISHGA O‘RGATISHNING NAZARIY
  17. ASOSLARI. «ACTA NUUz», 1(1.9), 73-75.
  18. − Kramsh, C. (1998). Language and culture. Oxford University
  19. − Parmonova, N. (2017). Intercultural communication skills development. Moscow: Academic.
  20. − Nosirova, S. Y., & Umarjonova, S. (2025, December). THE
  21. ROLE OF COMICS IN TEACHING ENGLISH TO YOUNG LEARNERS.
  22. In International Conference Platform (No. 6, pp. 171-172).
  23. − Avezova, D., Sobirova, F., Sotiboldiyev, A., Muminjonova,
  24. S., Tursunboyeva, M., Sobirova, R., ... & Kibriyev, B. (2026). Exploring
  25. Genetic and Epigenetic Influences on Language Acquisition and
  26. Cognitive Development. Genetics and Molecular Research, 25(1).

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011645
Nashr sanasi
2026-04-23
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
Jild
1
Son
3
DOI
10.66073/refocus-conf/728
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
113–118
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25