Asosiy mazmunga o‘tish

RAQAMLI TA‘LIM TEXNOLOGIYALARI ORQALI INGLIZ TILI O‘QITISH SAMARADORLIGI

Khoshimova Aydina Shuhrat kizi1, Nabiyeva Navbahor Batirali qizi22026

  1. 1Namangan davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi
  2. 2Namangan davlat pedagogika instituti Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi 4-bosqich talabasi

Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 718–722

Annotatsiya

Ushbu maqolada raqamli platformalardanfoydalanish orqali ingliz tilini o‘rgatishda o‘quvchi qiziqishinioshirishning zamonaviy pedagogik strategiyalari batafsil yoritilgan.Shuningdek, platformalarning didaktik funksiyalari, interaktivmetodlardan to‘g‘ri foydalanish, gamifikatsiya mashg‘ulotlari orqalioquvchilarni ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish,moslashtirilgan ta‘lim, ilg‘or yondashuvlar, onlayn baholash tizimlarikabi raqamli strategiyalar ham atroflicha bayon etilgan.

Boshqa tillarda

ruschaЭФФЕКТИВНОСТЬ ПРЕПОДАВАНИЯ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА С ПОМОЩЬЮ ЦИФРОВЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ

В данной статье подробно рассматриваютсясовременные педагогические стратегии повышения вовлеченностистудентов в изучение английского языка с помощью цифровыхплатформ. Также обсуждаются дидактические функции платформ,правильное использование интерактивных методов, дальнейшееповышение интереса студентов к английскому языку посредствомигровых упражнений, персонализированного обучения, передовыхподходов и систем онлайн-оценки

inglizchaEFFICIENCY OF ENGLISH TEACHING THROUGH DIGITAL EDUCATIONAL TECHNOLOGIES

This article discusses in detail modern pedagogicalstrategies for increasing student engagement in English languageteaching through the use of digital platforms. It also discusses thedidactic functions of the platforms, the proper use of interactive methods,further increasing students‘ interest in English through gamificationexercises, personalized learning, advanced approaches, and onlineassessment systems

Kalit so‘zlar

  • raqamli texnologiya
  • interaktivlik
  • gamifikatsiya
  • Google Classroom
  • Moodle
  • sun‘iy intellekt
  • Memrise
  • so‘z kartochkalari

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

RAQAMLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ORQALI INGLIZ TILI O‘QITISH SAMARADORLIGI

Xoshimova Oydina Shuhrat qizi Namangan davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi Tel: [telefon raqami yashirilgan] E-mail: oydinakhoshimova@gmail.com Nabiyeva Navbahor Botirali qizi Namangan davlat pedagogika instituti Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Tel: [telefon raqami yashirilgan] E-mail: nabiyevanavbahor77@gmail.com

Annotatsiya: ushbu maqolada raqamli platformalardan foydalanish orqali ingliz tilini o‘rgatishda o‘quvchi qiziqishini oshirishning zamonaviy pedagogik strategiyalari batafsil yoritilgan.

Shuningdek, platformalarning didaktik funksiyalari, interaktiv metodlardan to‘g‘ri foydalanish, gamifikatsiya mashg‘ulotlari orqali oquvchilarni ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, moslashtirilgan ta’lim, ilg‘or yondashuvlar, onlayn baholash tizimlari kabi raqamli strategiyalar ham atroflicha bayon etilgan. Kalit so‘zlar: raqamli texnologiya, interaktivlik, gamifikatsiya, Google Classroom, Moodle, sun’iy intellekt, Memrise, flashcard, Abstract: this article discusses in detail modern pedagogical strategies for increasing student engagement in English language teaching through the use of digital platforms. It also discusses the didactic functions of the platforms, the proper use of interactive methods, further increasing students' interest in English through gamification exercises, personalized learning, advanced approaches, and online assessment systems. Key words: digital technology,interactivty, gamification, Google Classroom, Moodle, artificial intelligence, Memrise, flashcards. Аннотация: В данной статье подробно рассматриваются современные педагогические стратегии повышения вовлеченности студентов в изучение английского языка с помощью цифровых платформ. Также обсуждаются дидактические функции платформ, правильное использование интерактивных методов, дальнейшее повышение интереса студентов к английскому языку посредством игровых упражнений, персонализированного обучения, передовых подходов и систем онлайн-оценки. Ключевые слова: цифровые технологии, интерактивность, геймификация, Google Classroom, Moodle, искусственный интеллект, Memrise, карточки для запоминания слов

Kirish. Bugungi kunda ta’limning globallashuvi va raqamlashuvi natijasida xorijiy tillarni o‘rganish, xususan ingliz tilini o‘rganish nafaqat zarurat, balki hayot tarziga aylandi. Raqamli platformalar(LMS Learning Management Systems) o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi masofani qisqartirib, dars jarayonini interaktiv shaklga o‘tkazish imkonini bermoqda. Interaktivlik - bu shunchaki muloqot emas, balki o‘rganuvchining o‘quv muhiti bilan doimiy aloqada bo‘lishi demakdir. Dars jarayonini interaktiv qilish shunchaki qiziqarli o‘yinlar o‘tkazish degani emas, balki bu - kognitiv faollashtirish va ijtimoiy konstruktivizm nazariyalariga asoslangan ilmiy yondashuvdir. Shu nuqtayi nazardan olib qaraganda, darsda shunchaki bir metodni qo‘llash orqali uning samaradorligini oshirish imkonsiz, bu jarayonga zamonaviy ta’lim texnologiyalari vositalari, yondashuvlarini olib kirsak, samaradorlik ko‘rsatkichi sezilarli darajada yuqorilashi amaliy jihatdan isbotlanib kelinmoqda. Shuningdek, raqamli texnologiyalar o‘qituvchining

samarali ish koeffisentini ko‘taribgina qolmay, o‘quvchi uchun ham bir qator qulayliklarni yaratadi. O‘quvchi faqatgina o‘qituvchini tinglab emas, balki raqamli texnologiyalar bilan integratsiya qilingan gamifikatsiya elementlari orqali dars jarayonidagi ma’lumotlarni yanada mustahkamlashlari mumkin bo‘ladi. Asosiy qism. Raqamli platformalar orqali ingliz tilini o‘qitishda interaktivlikni ta’minlash- bu ekranga qarab gapirish emas, balki o‘rganuvchini jarayonning markaziga olib chiqishdir. Bu jarayonni tizimli amalga oshirish uchun o‘qituvchining mobil texnologiyalardan foydalana olish qobiliyati talab etiladi. Buning yorqin misoli sifatida 2019-yilda qabul qilingan “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini keltirishimiz mumkin. Ayni paytda ushbu strategiya mamalakatimizda raqamlashtirish siyosatining asosiy hujjati sifatida e’tirof etiladi. Unda barcha sohalar qatori ta’lim tizimini ham zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish, elektron ta’lim platformalarini yaratish, onlayn kurslar, virtual kutubxonalar va raqamli o‘quv resurslarini keng joriy etish belgilab berilgan[1]. Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi hamda sohalardagi qamrovining ortib borishi bevosita bu tizim bilan hamohang ravishda ishlash zarurligini jamiyat hayotida yaqqol ko‘rsatmoqda. Albatta, buni xorijiy tillar o‘qitish va o‘rgatish tizimida tahlil qiladigan bo‘lsak, haqiqatan ham, oflayn tayyorlov kurslaridan ko‘ra yoshlar va o‘rta qatlam vakillarining onlayn formatda til o‘rganishlariga ehtiyojning ortib borayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Chet tilini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o‘rganish va o‘qitish bugungi kun ta’lim jarayonlarining asosiy vazifasi va majburiyati desak bo‘ladi. Jumladan, onlayn o‘qitish platformalari, til o‘rganish mobil ilovalari, video va multimedia texnologiyalari, onlayn muloqot vositalari, interaktiv o‘yin va test platformalari hamda sun’iy intellekt asosidagi texnologiyalar orqali o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida integratsiyalashgan mustahkam poydevor o‘rnatilib,ikkala tomon uchun ham samaradorlik ko‘rsatkichini oshirmoqda. Onlayn o‘qitish platormalari Google Classroom ( dars materiallarini joylash, topshiriqlar berish va baholash uchun), Moodle ( testlar, kurslar va interaktiv vazifalar yaratish uchun) yordam beradi. O‘quvchilar uchun mustaqil tarzda chet tili o‘rganishlari uchun ko‘plab mobil ilovalar yaratilgan bo‘lib, ulardan eng samaralilari Duolingo (o‘yin shaklida so‘z boyligini oshirish), Memrise (yangi so‘zlarni yodlash va talaffuzni o‘rganish), Quizlet (flashcard va testlar orqali so‘zlarni mustahkamlash) hisoblanib, ular orqali o‘rganuvchilar xohlagan chet tilini mustaqil ta’lim sharoitida o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi[2]. Til o‘rganishda hozir butun dunyoda, shuningdek, yurtimizda ham juda ko‘p onlayn platformalarning ishga tushganligi talab borligini anglatadi. Birgina “Ibrat farzandlari” qisqa vaqt ichida YouTube`da qariyb 320 mingdan ortiq o‘rganuvchiga ega bo‘ldi. Sahifada

e’lon qilingan darslarning umumiy ko‘rishlar soni 12 mln dan oshdi. Raqamlardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonda yoshlar o‘rtasida chet tilini rivojlantirish muhim o‘rin tutadi va bu yo‘nalishda bepul onlayndarslarga talab yuqori. Loyiha O‘zbekistonning chekka hududlaridagi iste’dodli yoshlarga, moliyaviy tomondan imkoniyati cheklangan, lekin chet tillarini o‘rganishga ishtiyoqi baland o‘quvchilarga ham xorijiy tillarni o‘rgatish, ularning tillar bo‘yicha savodxonligini oshirishga xizmat qilmoqda [3]. Bu ham unda mavjud bo‘lgan qulayliklar sababli rivoj topmoqda. Ushbu platformada dastavval onlayn dars mashg‘ulotini kuzatadi hamda bilimlarini mustahkamlash uchun testlarni bajarib boradi. Bu kabi uslub ish va o‘qishdan bo‘sh vaqtlarda qo‘shimcha til o‘rganish uchun juda qulay hisoblanadi, Shuning uchun ham til o‘rganish bo‘yicha tanlov amalga oshirishda ko‘pchlik shu tizimga murojaat etmoqda. Til o‘rganishda yana bir muhim jihatga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, lug‘atlar bilan ishlashni aytib o‘tish zarur. Lekin lug‘atni ham hozirgi yosh avlod avvalgidek kitobchalar orqali emas, dasturlar, ilova lug‘atlari orqali o‘rganishni o‘zlari uchun afzal bilmoqdalar. Shuningdek, yana bir muhim jihatni nazardan chetga surmasligimiz lozim. Bu – sun’iy intellekt. So‘nggi 5 yil davomida sun’iy intellekt ham anchayin rivoj topib, aholi orasida ommalashmoqda. Bu esa o‘z navbatida til o‘rganish tizimini yangi bosqichga olib chiqishda yangicha muhitni shakllantirmoqda. Bu jarayonga bevosita davlat siyosati darajasida e’tiborning qaratilayotganligini barcha sohalarda qamrovning ta’minlanayotganligida ham ko‘rishimiz mumkin. Xususan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot kabi sohalarda su’niy intellekt integratsiyasi anchayin yuqori. Xorijiy tillar tizimida nafaqat yurtimizda, balki butun dunyo tizimida ham sun’iy intellekt texnologiyalari faol ravishda qo‘llanilmoqda. AQSH Taʼlim Departamenti “Milliy taʼlim texnologiyalari rejasi 2010 (NETP2010)” ni eʼlon qildi, oʻquvchilarning oʻqishini yaxshilash uchun kundalik shaxsiy va kasbiy hayotimizda qoʻllaniladigan ilgʻor texnologiyalarni butun taʼlim tizimimizga tatbiq etishga qaratilgan; Buyuk Britaniya ta’limda texnologiyadan foydalanishning afzalliklari haqida odamlarning xabardorligini oshirish uchun "Texnologiyalarni qo‘llash strategiyasi va keyingi avlod o‘quv kampaniyasi" ni boshladi; Xitoy, shuningdek, texnologiyani ta’limga integratsiyalashuvini kuchaytirish uchun "Ta’limni raqamlashtirishning o‘n yillik rejasi (2011-2020)"ni ham chiqardi[4]. Bundan ko‘rinib turibdiki, raqamli texnologiyalar jamiyat hayotini uzviy bir bo‘g‘iniga aylanib bormoqda. Undan unimli hamda o‘rinli foydalanish esa har bir insonning o‘ziga bog‘liq jihat sifatida e’tirof etilmoqda. Xulosa. Xulosa qilib aytganda, raqamli ta’lim texnologiyalari ingliz tilini o‘qitish jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga olib

chiqmoqda. Interaktiv platformalar, mobil ilovalar, gamifikatsiya elementlari hamda sun’iy intellekt asosidagi vositalar o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshirib, ularning bilimni o‘zlashtirish samaradorligini sezilarli darajada kuchaytiradi. Shu bilan birga, bunday texnologiyalar o‘qituvchiga ta’lim jarayonini individuallashtirish, o‘quvchilarning ehtiyoj va qobiliyatlariga moslashgan holda dars tashkil etish imkonini beradi. Raqamli platformalarning didaktik imkoniyatlaridan to‘g‘ri va maqsadli foydalanish, interaktiv metodlarni samarali qo‘llash hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlarni integratsiya qilish orqali ingliz tilini o‘qitish yanada samarali va natijador bo‘ladi. Ayniqsa, onlayn baholash tizimlari va mustaqil ta’lim imkoniyatlari o‘quvchilarning o‘z ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Kelajakda ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni yanada keng joriy etish, o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyalarini oshirish hamda innovatsion yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlash ingliz tilini o‘qitish samaradorligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar6 ta adabiyot

  1. Baxraminova D. Ta’lim tizimida axbarot texnalogiyalarini qo‘llashning ilmiy pedagogi masalalar; 6- tom 3-son/ 2022-yil/15-mart.
  2. https://www.gazeta.uz/oz/2023/08/05/ibrat-academy/
  3. file:///C:/Users/Win11/Downloads/13-17.pdf
  4. Xoshimova O. OLAMNING LISONIY MANZARASIDA NOMINATSIYANING O ‘RNI VA RANGLAR IFODASI //Ижтимоий- гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences. – 2025. – Т. 5. – №. 2. – С. 332-338.
  5. Xoshimova O. PRAGMATIC ASPECTS OF COLOR-EXPRESSING LEXEMES: A COMPARATIVE STUDY OF ENGLISH AND UZBEK // Journal of Advanced Linguistic Studies. – New Delhi, 2025. – Vol. 12. – № 2. – P. 1335–1350. ISSN: 2231-4075.
  6. Xoshimova O. KOGNITIV TILSHUNOSLIKDA LINGVORANGLI OLAM TUSHUNCHASI // Ilm sarchashmalari. – 2025. – Mart soni. – С. 33–35.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011642
Nashr sanasi
2026-04-23
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
Jild
1
Son
3
DOI
10.66073/refocus-conf/723
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
718–722
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25