Asosiy mazmunga o‘tish

O‘QUVCHILARNING INGLIZ TILIDA MULOQOT QILISH MALAKASINI RIVOJLANTIRISHDA MASHQ VA TOPSHIRIQLARNING AHAMIYATI HAMDA ULARNING TAHLILIY ASOSLARI

Saydaliyeva Mashhura Anvarjon kiziNamangan davlat peadagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi2026

Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 82–91

Annotatsiya

Ushbu maqolada boshlangi‘ich sinf ingliz tili darslarida og‘zaki nutq kompetensiyalarini rivojlantirish uchun mo‘ljallangan mashqlar hamda topshiriqlarning turlari va ularning samarali usullari o‘rganilgan. Chet til o‘rganishda og‘zaki va yozma nutqiy mashqlar ahamiyati tahlil qilingan. Chet tilni o‘rganish jarayonida mashqlarning tutgan o‘rni va ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Mashq tushunchasini statik va dinamik jihatlarda izohlangan hamda mashqlar sistemasini til va nutq ko‘nikmalarini shakllantirish vositasi sifatida talqin etilgan. Shuningdek, chet til o‘qitishda nutq faoliyati turlarini (gapirish, tinglab tushunish, o‘qish va yozuv) egallash ko‘rsatkichlarining metodik ahamiyati asoslab berilgan.Maqola chet til metodikasi bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar, o‘qituvchilar va talabalarga mo‘ljallangan.

Boshqa tillarda

ruschaВажность упражнений и заданий в развитии коммуникативных навыков студентов на английском языке и их аналитическая основа.

Аннотатция. В данной статье исследуются виды упражнений и заданий, предназначенных для развития устной речевой компетенции на уроках английского языка в начальных классах, а также эффективные методы их применения. Анализируется значение устных и письменных речевых упражнений в изучении иностранного языка. Роль и значение упражнений в процессе обучения иностранному языку раскрываются с научно-теоретической точки зрения. Понятие упражнения интерпретируется в статическом и динамическом аспектах, а система упражнений рассматривается как средство формирования языковых и речевых навыков. Кроме того, обосновывается методическая значимость показателей овладения видами речевой деятельности (говорение, аудирование, чтение и письмо) в обучении иностранному языку. Статья предназначена для исследователей, преподавателей и студентов, занимающихся методикой преподавания иностранных языков.

inglizchaTHE IMPORTANCE OF EXERCISES AND ASSIGNMENTS IN DEVELOPING STUDENTS‘ COMMUNICATION SKILLS IN ENGLISH AND THEIR ANALYTICAL BASIS

This article examines the types of exercises and tasks designed to develop oral communicative competence in primary school English lessons, as well as effective methods for their implementation. The importance of oral and written speech exercises in foreign language learning is analyzed. The role and significance of exercises in the process of foreign language acquisition are discussed from a scientific and theoretical perspective. The concept of an exercise is interpreted in both static and dynamic aspects, and the system of exercises is viewed as a means of forming linguistic and speech skills. In addition, the methodological importance of indicators for mastering the types of speech activity (speaking, listening, reading, and writing) in foreign language teaching is substantiated. The article is intended for researchers, teachers, and students involved in foreign language methodology.

Kalit so‘zlar

  • O‘quv metodik kategoriya
  • mashqlar sistemasi
  • interferensiya
  • aktiv bilish
  • passiv bilish
  • yakkanutq
  • juftnutq

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

O‘QUVCHILARNING INGLIZ TILIDA MULOQOT QILISH MALAKASINI RIVOJLANTIRISHDA MASHQ VA TOPSHIRIQLARNING AHAMIYATI HAMDA ULARNING TAHLILIY ASOSLARI

Saydaliyeva Mashhura Anvarjon qizi Namangan davlat peadagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasi katta o’qituvchisi Tel: [telefon raqami yashirilgan] Email: mashhura.saydaliyeva@bk.ru ORCID: 0009-0002-3708-2030 UDK: 37.1174

Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlangi’ich sinf ingliz tili darslarida og’zaki nutq kompetensiyalarini rivojlantirish uchun mo’ljallangan mashqlar hamda topshiriqlarning turlari va ularning samarali usullari o’rganilgan. Chet til o’rganishda og’zaki va yozma nutqiy mashqlar ahamiyati tahlil qilingan. Chet tilni o‘rganish jarayonida mashqlarning tutgan o‘rni va ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Mashq tushunchasini statik va dinamik jihatlarda izohlangan hamda mashqlar sistemasini til va nutq ko‘nikmalarini shakllantirish vositasi sifatida talqin etilgan. Shuningdek, chet til o‘qitishda nutq faoliyati turlarini (gapirish, tinglab tushunish, o‘qish va yozuv) egallash ko‘rsatkichlarining metodik ahamiyati asoslab berilgan.

Maqola chet til metodikasi bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar, o‘qituvchilar va talabalarga mo‘ljallangan. Kalit so’zlar: O’quv metodik kategoriya, mashqlar sistemasi, interferensiya, aktiv bilish, passiv bilish, yakkanutq, juftnutq.

THE IMPORTANCE OF EXERCISES AND TASKS IN DEVELOPING STUDENTS’ COMMUNICATION SKILLS IN ENGLISH AND THEIR ANALYTICAL FOUNDATIONS.

Abstract. This article examines the types of exercises and tasks designed to develop oral communicative competence in primary school English lessons, as well as effective methods for their implementation. The importance of oral and written speech exercises in foreign language learning is analyzed. The role and significance of exercises in the process of foreign language acquisition are discussed from a scientific and theoretical perspective. The concept of an exercise is interpreted in both static and dynamic aspects, and the system of exercises is viewed as a means of forming linguistic and speech skills. In addition, the methodological importance of indicators for mastering the types of speech activity (speaking, listening, reading, and writing) in foreign language teaching is substantiated. The article is intended for researchers, teachers, and students involved in foreign language methodology. Key words: Educational-methodical category, system of exercises, interference, active knowledge, passive knowledge, monologue speech, dialogue speech

ЗНАЧЕНИЕ УПРАЖНЕНИЙ И ЗАДАНИЙ В РАЗВИТИИ КОММУНИКАТИВНЫХ НАВЫКОВ УЧАЩИХСЯ ПО АНГЛИЙСКОМУ ЯЗЫКУ И ИХ АНАЛИТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ.

Аннотатция. В данной статье исследуются виды упражнений и заданий, предназначенных для развития устной речевой компетенции на уроках английского языка в начальных классах, а также эффективные методы их применения. Анализируется значение устных и письменных речевых упражнений в изучении иностранного языка. Роль и значение упражнений в процессе обучения иностранному языку раскрываются с научно-теоретической точки зрения. Понятие упражнения интерпретируется в статическом и динамическом аспектах, а система упражнений рассматривается как средство формирования языковых и речевых навыков. Кроме того, обосновывается методическая значимость показателей овладения видами речевой деятельности (говорение, аудирование, чтение и письмо) в обучении иностранному языку. Статья

предназначена для исследователей, преподавателей и студентов, занимающихся методикой преподавания иностранных языков. Ключевые слова: Учебно-методическая категория, система упражнений, интерференция, активное знание, пассивное знание, монологическая речь, диалогическая речь.

Kirish: Bugungi globallashuv sharoitida chet tillarni, ayniqsa ingliz tilini o‘rganish jamiyatning muhim ijtimoiy ehtiyojlaridan biriga aylanib bormoqda. Xalqaro hamkorlikning kuchayishi, axborot almashinuvi, ta’lim va fan sohalaridagi integratsiya jarayonlari chet tilini erta yoshdan boshlab samarali o‘qitishni taqozo etmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda mustahkam nutqiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish muhim metodik vazifa hisoblanadi. Bu jarayonda mashqlar sistemasining to‘g‘ri tashkil etilishi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, chet tilni o‘zlashtirish jarayoni psixolingvistik qonuniyatlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bunda reseptiv va reproduktiv nutq faoliyati, ko‘nikma va malakalarning avtomatlashuvi, ijobiy va salbiy ko‘chish (transfer va interferensiya) kabi hodisalar muhim o‘rin tutadi. Til birliklarini dastlab og‘zaki shaklda idrok etish, so‘ng yozma shaklda mustahkamlash, mavhum tafakkur bosqichiga o‘tish va yana amaliy nutqqa qaytish jarayoni bilish nazariyasi qonuniyatlariga mos holda amalga oshiriladi. Shu nuqtayi nazardan, mazkur maqolada chet tilni o‘qitishda mashqlarning tutgan o‘rni va ahamiyati, mashq tushunchasining statik va dinamik jihatlari, mashqlar sistemasi hamda nutq faoliyati turlarini egallash ko‘rsatkichlarining metodik ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan yoritiladi. Tadqiqot natijalari chet til metodikasi bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar, o‘qituvchilar va talabalar uchun nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Adabiyotlar tahlili. Boshlang’ich ta’lim tizimida ingliz tili o’rganayotgan o’quvchilarning ingliz tilida muloqot qilish malakasini rivojlantirishda mashq va topshiriqlarning ahamiyati, bo‘yicha dunyodagi yetakchi olimlar o‘z ilmiy izlanishlarini olib borishgan. Ushbu izlanishlar asosan ta’lim jarayonining ijtimoiy ehtiyojlarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, ingliz olimlaridan Maykl Keneyl, Merril Sveyn, Rod Ellis, Jeyn Villis, Peter Skehan, rus olimlaridan E.I.Passov, I.L.Bim, A.N.Shukin, tomonidan tadqiqotlar olib borilgan. Xususan AQSH olimi til o‘rganishda “understandable input” va “affective filter” nazariyalari orqali til o‘rganish jarayoniga psixologik omillarni kiritgan. Rossiyalik olim Shatilov chet til o‘qitishda og‘zaki nutqni shakllantirish bosqichlari, mashq turlari (reproduktiv, produktiv, transformativ) tizimini ishlab chiqqan. O‘zbekiston chet til metodistlaridan J.Jalolov, T.Sattorov,

A.Soynazarovlar tomonidan 1970-80-yillarda bajarilgan ilmiy tadqiqodlarida chet tillar o‘qitishda mashqlar sistemasini o‘zbekcha terminlar bilan shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi va takomillashtiruvchi mashqlar turlariga bo‘linishi aniqlangan. Tadqiqot metodologiyasi. Mazkur tadqiqot chet til o‘qitishda mashqlar sistemasining nazariy-metodik asoslarini yoritish hamda nutq faoliyati turlarini egallash jarayonidagi ahamiyatini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, unda bir qator umumilmiy va maxsus metodlardan foydalanildi. Avvalo, nazariy tahlil metodi qo‘llanildi. Ushbu metod orqali chet el va mahalliy metodist olimlarning (I.V. Raxmanov, V.A. Buxbinder, J. Jalolov, T. Sattorov, A. Soynazarov, S.F. Shatilov va boshqalar) mashqlar sistemasi, ko‘nikma va malakalar, reseptiv va reproduktiv nutq faoliyati, interferensiya hamda ko‘nikmalarning ko‘chishi haqidagi ilmiy qarashlari o‘rganildi va tahlil qilindi. Shuningdek, psixolingvistika va bilish nazariyasiga oid manbalar asosida til birliklarini o‘zlashtirish bosqichlari (jonli mushohada, mavhum tafakkur va amaliyot) metodik nuqtayi nazardan izohlandi. Taqqoslash (komparativ) metodi yordamida turli metodistlar tomonidan taklif etilgan mashqlar tasniflari (til va nutq mashqlari, informatsion–operatsion–motivatsion mashqlar, shakllantiruvchi– rivojlantiruvchi–takomillashtiruvchi mashqlar) o‘zaro solishtirildi hamda ularning umumiy va farqli jihatlari aniqlandi. Bu metod mashqlar sistemasining eng maqbul modelini asoslashga xizmat qildi. Tasniflash va tizimlashtirish metodi orqali mashqlar turlari nutq faoliyati turlari (gapirish, tinglab tushunish, o‘qish, yozuv) hamda til materiali (leksika, grammatika, talaffuz) asosida guruhlandi. Shuningdek, mashqlarning statik va dinamik jihatlari, reseptiv va reproduktiv xarakteri izchil ravishda tizimga solindi. Tadqiqotda, shuningdek, me’yoriy-huquqiy va dasturiy hujjatlarni tahlil qilish metodi qo‘llanilib, umumta’lim maktablari uchun chet tili o‘quv dasturlarida belgilangan nutq faoliyati turlarini egallash ko‘rsatkichlari (gapirish, tinglab tushunish, o‘qish va yozuv) mazmunan o‘rganildi va ularning metodik ahamiyati asoslab berildi. Mazkur metodlar majmuasi tadqiqotning nazariy asoslanganligi, izchilligi va xulosalarning ishonchliligini ta’minlashga xizmat qildi. Natijalar va ularning tahlili Chet til o‘rganishni mashqlar bajarishdan iborat jarayondir deyilsa, mubolag‘a yoki xato bo‘lmaydi. Bu mashqlar tizimining dinamika (harakat) tarafi hisoblanadi. Uning statikadagi jihati - darslikda o‘quv materialining tashkiliy qismlari hisoblangan leksikani, grammatikani va talaffuzni o‘rgatish tarzida tashkil etilganligidadir.

Statikadagi mashq deganda, chet til darsligida muayyan raqam yoki harf bilan belgilangan yoki maxsus ajratib ko‘rsatilgan, ikki qismdan iborat, dars tarkibini tashkil etadigan o‘quv-metodik kategoriya tushuniladi. Mashqning qismlari metodik adabiyotlarda „mashq talabi (sarlavhasi)“ va „mashq materiali" deb yuritiladi. Mashq materiali darslikda yozilgan (harf, so‘z, jumla, grafik matn) yoki o‘quvchi nutqining mahsuli (tovush, so‘z, jumla, og‘zaki matn) bo‘lishi mumkin. Dinamikadagi mashq deganda, chet tilda o‘quvchi bajaradigan, harf yozish yoki tovushni talaffuz etishdan tortib, to matnni idrok etib tushunish yoki o‘z fikrini bemalol bayon etishgacha bo‘lgan o‘quv amalidir. Mashqlarning statikadagi ko‘rinishi darslik muallifining ijod mahsulidir, dinamikada esa nutq ko‘nikma va malakalari hosil qilish yo‘lidagi amaliy xatti-harakatlari va urinishlaridir. ,,Mashq“ tushunchasining qisqacha taʼrif-tavsifidan so‘ng „mashqlar sistemasi“ terminini ko‘rib chiqamiz. Mazkur mavzu chet til metodistlari orasida to‘xtovsiz munozaralarga sabab bo‘lib keladi. Professor Igor Vladimirovich Raxmanov barcha mashqlarni til va nutq mashqlari nomlari bilan ajratib yuritgan. Ayrim metodistlar asarlarida ikkala termin orasida „nutqqacha bo‘lgan mashqlar“ nomini ham qo‘llashadi. Professor Vulf Abramovich Buxbinder informatsion, operatsion va motivatsion mashqlar haqida tadqiqotlar olib borgan. Sodda qilib, ularni bilim, ko‘nikma va malaka berish mashqlari, deyish joizdir. I.V.Raxmanov tasnifi Shvetsariyalik tilshunos olim Ferdinand de Sossoyur til va nutq dixotomiyasi taʼlimoti taʼsiri natijasi, deb qaralmog‘i maʼqul. [1]. V.A.Buxbinderning mashqlar nazariyasi psixolingvistika maʼlumotlariga asoslangan bo‘lib, maktabda chet til o‘qitish voqeligini aniqroq aks ettiradi. R. Ellis mashq va topshiriqlarni o‘quvchilarni real muloqotga jalb etuvchi asosiy vosita deb hisoblab, ular orqali ingliz tilida kommunikativ malaka shakllanishini ta’kidlaydi.[2] J. Willis topshiriqlarga asoslangan yondashuvda mashqlar o‘quvchilarning ingliz tilida erkin muloqot qilish malakasini rivojlantirishini qayd etadi.[3] P. Skehan mashq va topshiriqlar kognitiv jihatdan muvozanatli bo‘lib, nutqning ravonligi va aniqligini rivojlantirishga xizmat qilishini asoslaydi.[4] S. Krashen nazariyasiga ko‘ra, ingliz tilida muloqot qilish malakasi tushunarli kirish materiali (comprehensible input) orqali shakllanadi; mashq va topshiriqlar esa o‘quvchini tabiiy nutqiy muhitga yaqinlashtirib, tilni ong osti darajasida o‘zlashtirishga xizmat qiladi. [5] E.I. Passov chet til o‘qitishda mashqlar muloqotga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerakligini ta’kidlab, ular orqali o‘quvchilarda nutqiy malaka shakllanishini asoslagan bo‘lsa, I.L. Bim mashq va topshiriqlar tizimi til

bilimlarini nutqiy faoliyatda qo‘llashga o‘rgatib, o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishini qayd etadi. A.N. Shukin esa mashqlarni bilim, ko‘nikma va malakani bosqichma-bosqich shakllantiruvchi metodik vosita sifatida talqin qiladi. O‘zbekiston chet til metodistlaridan J.Jalolov, T.Sattorov, A.Soynazarovlar tomonidan 1970-80-yillarda bajarilgan ilmiy tadqiqodlarida chet tillar o‘qitishda mashqlar sistemasini o‘zbekcha terminlar bilan shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi va takomillashtiruvchi mashqlar turlariga bo‘linishi aniqlangan. “Chet tilni o‘qitishda mashqlar sistemasi shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi va takomillashtiruvchi mashqlardan iborat bo‘lib, ularning izchil ketma-ketligi bilim, ko‘nikma va malakalarni barqaror shakllantirishni ta’minlaydi.” [6] “Chet tilni o‘rganishda og‘zaki nutqni shakllantirish izchil bosqichlar asosida olib borilishi kerak. Mashqlar reproduktivdan produktivga, so‘ng transformativ bosqichga o‘tishi orqali o‘quvchilarda mustahkam nutq malakalari hosil qilinadi.” [7] S.F. Shatilovning ushbu fikri chet tilni o‘qitishda og‘zaki nutqni shakllantirish tasodifiy yoki bir martalik mashqlar asosida emas, balki qat’iy izchillik va bosqichmabosqichlik tamoyiliga tayangan holda tashkil etilishi zarurligini ilmiy asoslaydi. Olim “og‘zaki nutqni shakllantirish izchil bosqichlar asosida olib borilishi kerak” deb ta’kidlar ekan, u nutq malakasining hosil bo‘lishi ruhshunoslikdagi ko‘nikmadan malakaga o‘tish qonuniyati bilan bog‘liq ekanini ko‘zda tutadi. Ya’ni, o‘quvchi dastlab tayyor til birliklarini ongli ravishda takrorlaydi, keyinchalik esa ularni mustaqil va erkin qo‘llash darajasiga ko‘tariladi. Shatilov tomonidan ajratilgan reproduktiv, produktiv va transformativ mashqlar ketma-ketligi og‘zaki nutqni rivojlantirishning mantiqiy modeli hisoblanadi: Reproduktiv mashqlar o‘quvchining tayyor nutq namunalarini takrorlashi orqali talaffuz, intonatsiya va grammatik shakllarni dastlabki darajada avtomatlashtirishga xizmat qiladi va ko‘nikmani shakllantirishga yo‘naltiriladi. Produktiv mashqlarda o‘quvchi tayyor qoliplarga tayangan holda qisman mustaqil gaplar tuzib, nutqiy vaziyatga mos til birliklarini tanlashni o‘rganadi; bu bosqich ko‘nikmani rivojlantirishga xizmat qiladi. Transformativ mashqlar esa til materialini o‘zgartirish (zamon, shaxs, shakl) orqali grammatik moslashuvchanlik va ijodiy nutqni rivojlantirib, malakani Shakllantiruvchi mashqlar leksik, grammatik va talaffuz materialini o‘zlashtirishga, rivojlantiruvchi mashqlar ularni nutqda qo‘llashga, takomillashtiruvchi mashqlar esa chet tilda fikrni ifodalash va boshqalar nutqini tushunishga xizmat qiladi. Bu mashqlar bilim,

ko‘nikma va malakani rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, nutqni egallash jarayonida reseptiv va reproduktiv mashqlar sifatida amalga oshiriladi. [8] “Kommunikativ kompetensiya nafaqat grammatik bilimlar majmuasi, balki o‘quvchining real muloqot jarayonida til birliklarini vaziyatga mos holda qo‘llay olish qobiliyatidir. Shu bois mashq va topshiriqlar o‘quvchini sun’iy emas, balki hayotiy nutqiy vaziyatlarga tayyorlashi lozim.” [9] Demak kommunikativ kompetensiya mohiyatan faqat grammatik qoidalarni bilish bilan emas, balki o‘quvchining til birliklarini real muloqot sharoitida vaziyatga mos, maqsadga muvofiq va funksional tarzda qo‘llay olish qobiliyati bilan belgilanishini ko‘rsatadi. Shu nuqtai nazardan, mashq va topshiriqlar tizimi sun’iy, hayotdan uzilgan materiallarga emas, balki o‘quvchini haqiqiy muloqotga tayyorlaydigan mazmunli va vaziyatga yo‘naltirilgan nutqiy faoliyatga asoslanishi zarurligi metodik jihatdan asoslanadi. Tahlil natijalari mashqlar sistemasi kichik sistemalardan tashkil topgan murakkab didaktik tuzilma ekanligini ko‘rsatdi. Ular nutq faoliyati turlari (gapirish, tinglab tushunish, o‘qish, yozuv) hamda til materiali (leksika, grammatika, talaffuz) asosida guruhlanadi. Shuningdek, mashqlar reseptiv va reproduktiv xarakterga ega bo‘lib, sezgi va analizatorlar ishtirokiga qarab differensiallashadi. Bu holat chet tilni o‘qitishda bilish nazariyasining “jonli mushohada – mavhum tafakkur – amaliyot” bosqichlari bilan to‘liq mos kelishi aniqlandi. Chet til o‘qitishda amaliyot - gapirish, tinglab tushunish, o‘qish va yozuv, ularning mahsuli - o‘quvchilar uchun yangi maʼlumot olish va undan o‘z hayotida foydalanishdan iborat. Chet tilni o‘rgatish ushbu tilda nutqning sodir bo‘lishi yoki idrok etilishi jarayonini tashkil qilishdir. Nutq terminining maʼnosi fikrning shakllanishi va ifodalanishi usulini bildiradi. Til esa fikrni ifodalash va hosil qilish vositasidir. Fikrni ifodalash psixolingvistikada (re)produktiv nutq faoliyati deyiladi, bunga gapirish va yozuv kiradi. Ifodalangan fikrni (gapirish va yozuv mahsulini) idrok etish retseptiv nutq hisoblanadi. Fikr bayon etuvchi va idrok etuvchilar kommunikant nomi bilan yagona terminda umumlashtiriladi. Kommunikant, o‘z navbatida, (re)produksent (gapiruvchi va yozuvchi - fikr bayon etuvchi) va retsepient (fikrni idrok etuvchi - tinglovchi va o‘quvchi)larga ajratiladi. Ruhshunoslikda chet tillarni egallash ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iboratdir. Ko‘nikma terminiga quyidagicha taʼrif berish mumkin: Ko‘nikma ongli holda bajariladigan faoliyatning avtomatlashgan tarkibiy qismidir. Ong ishtirokisiz avtomatlashgan faoliyat malaka deb taʼriflanadi. Bilim tushunchasi chet tildagi nutqda leksika, grammatika va talaffuzni o‘zlashtirish va ularga oid sodda qoidalarni bilishni ifodalaydi.

Til o‘rgatish ruhshunosligida nutqning leksik, grammatik va talaffuz ko‘nikmalari va gapirish, tinglab tushunish, o‘qish va yozuv malakalari to‘g‘risida ilmiy fikrlar bayon etiladi. Shuningdek, til texnikasi (o‘qish, yozish, aytish, tanib olish) ko‘nikmalari haqida ham fikr yuritish mumkin. Ko‘nikma va malaka masalalarini chet til metodistlaridan professor Sergey Filipovich Shatilov tomonidan g‘oyat sinchkovlik bilan tadqiq etilgan. Chet tillarni o‘rganishda so‘zning maʼnosi, birika olishi, grammatik shakl kabilarga oid bilimlar, ularni nutqda qo‘llanilishi paytida o‘zlashtiriladi. Mavhum nazariy qoidalar bayon etish va yodlash tavsiya qilinmaydi. Bilim, shunday qilib, til texnikasi ham, ko‘nikma tarkibida ham ishtirok etadi. Quyida ko‘nikma va malakalarning mufassalroq tahlili beriladi. Ruhshunoslikka oid keng tarqalgan taʼriflardan biri, ko‘nikmani „ongli avtomatlashgan harakat“ sifatida baholanadi.[10]. Xuddi shu taʼrifni boshqa ibora bilan taʼlimshunoslikda uchratish mumkin: ko‘nikmaga ,,u yoki bu harakatda bilimlarni ongli va to‘g‘ri qo‘llash“ [11], degan qarashlar ham bor. Yana boshqa mualliflar ko‘nikmani ,,u yoki bu aqliy harakatni bir xil sharoitda ko‘p marta takrorlash natijasida hosil qilinadigan ongli faoliyatdagi avtomatlashgan qism“ shaklida taʼriflaydilar, malakani esa ,,o‘zga sharoitda qo‘llanadigan ko‘nikmaning harakat usuli“ deyishadi. [12]. Ruhshunoslik va taʼlimshunoslikda mavjud nuqtai nazarlardan birining taʼrificha, malaka insonning olgan bilim va ko‘nikmalarni amaliy faoliyat chog‘ida sobitqadamlik bilan va ijodiy qo‘llay olish qobiliyatidir. Ko‘nikma va malaka tushunchalarining ruhshunoslik va ta’limshunoslikdagi talqinlari asosida olib borilgan tahlil shuni ko‘rsatdiki, ko‘nikma ongli avtomatlashgan harakat sifatida, malaka esa o‘zga sharoitda ham ijodiy qo‘llaniladigan yuqori darajadagi avtomatlashtirilgan faoliyat sifatida namoyon bo‘ladi. Demak, chet til o‘qitishda faqat bilim berish emas, balki ularni nutqiy faoliyatda qo‘llashga yo‘naltirilgan mashqlar ustuvor bo‘lishi zarur. Shuningdek, nutq faoliyati turlarini egallash ko‘rsatkichlari tahlili shuni ko‘rsatdiki, o‘quv dasturlarida belgilangan oraliq va yakuniy ko‘rsatkichlar mashqlar sistemasini loyihalashda muhim metodik mezon bo‘lib xizmat qiladi. Gapirish, tinglab tushunish, o‘qish va yozuv bo‘yicha ko‘rsatkichlarning izchil berilishi mashqlar mazmunini maqsadga muvofiq rejalashtirish imkonini yaratadi. Xulosa. Xulosa qilib aytganda, chet tillar o‘qitishda ko‘nikma nutq faoliyatining avtomatlashgan qismi, nutq faoliyatining o‘zi esa malaka sifatida talqin etilishi maqsadga muvofiqdir. Mashq jarayoni til materialini taqdim etishdan boshlanib, jonli muloqot bilan yakunlanishi

orqali til birliklarini nutq amaliyotida egallashni ta’minlaydi. Bu yondashuv chet til o‘qitishning amaliy maqsadiga xizmat qiladi. Shuningdek, nutq faoliyatining asosiy turlari — gapirish, tinglash, o‘qish va yozuv - o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, til materiali bir faoliyat turidan boshqasiga uzviy ravishda o‘tib boradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. Jalolov J.J. Chet til o‘qitish metodikasi. –T., O‘qituvchi, 2012. – 432 b. 2. Shatilov, S.F. Методика обучения иностранным языкам в средней школе. -е изд., дораб. – М.: Просвещение,1986. 3. Rubinshteyn S.L. Основы общей психологии. - М.: Учпедгиз, 1946. - 47-бет. 4. Keneyl, M., Swain, M. Theoretical Bases of Communicative Approaches to Second Language Teaching and Testing. Oxford University Press. Buyuk Britaniya. 1980 5. Yesipova B.P. Основы дидактики. Под ред. - М.: Просвещение, 1967.-93-б. 6. Shukinoy G.I. Педагогика школы. Под ред. -М.: Просвещение, 1977. 7. Ellis R. Task-Based Language Learning and Teaching.Oxford: Oxford University Press, 2003. 8. Willis J. A Framework for Task-Based Learning.Harlow: Longman, 1996. 9. Skehan P. A Cognitive Approach to Language Learning.Oxford: Oxford University Press, 1998. 10. Krashen S. Principles and Practice in Second Language Acquisition.Oxford: Pergamon Press, 1982. 11. Passov E.I. Коммуникативный метод обучения иноязычному говорению. Москва: Просвещение, 1991. 12. Bim L.I. Теория и практика обучения иностранным языкам в средней школе. Москва: Просвещение, 1988. 13. Zakirovich, D. Z. (2025). INTEGRATIVE LANGUAGE TEACHING TO STUDENTS OF CHEMISTRY FACULTY. PROSPECTS OF TEACHING ENGLISH FOR PROFESSIONAL PURPOSES IN NON–PHILOLOGICAL HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS: PROBLEMS AND SOLUTIONS, 383-389. 14. Dehqanova, G. A., & Polvanova, M. F. (2022). National-cultural specificity of phraseological units in english and uzbek languages. research and education, 1(4). 15. Megala Rajendrana, Vaishnavi Srinivasanb, Ajit Ilangovanb, Anand Binod Singhc, Mamadjanova Zukhra Bakhromdjanovna.

Multidisciplinary Review. Exploring anxiety among english learners: A comprehensive literature review. REVIEW ARTICLE Published Online: March 22, 2025 https://doi.org/10.31893/multirev.2025270

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar15 ta adabiyot

  1. Jalolov J.J. Chet til o‘qitish metodikasi. –T., O‘qituvchi, 2012. – 432 b.
  2. Shatilov, S.F. Методика обучения иностранным языкам в средней школе. -е изд., дораб. – М.: Просвещение,1986.
  3. Rubinshteyn S.L. Основы общей психологии. - М.: Учпедгиз, 1946. - 47-бет.
  4. Keneyl, M., Swain, M. Theoretical Bases of Communicative Approaches to Second Language Teaching and Testing. Oxford University Press. Buyuk Britaniya. 1980
  5. Yesipova B.P. Основы дидактики. Под ред. - М.: Просвещение, 1967.-93-б.
  6. Shukinoy G.I. Педагогика школы. Под ред. -М.: Просвещение, 1977.
  7. Ellis R. Task-Based Language Learning and Teaching.Oxford: Oxford University Press, 2003.10.65961/ajelt-2003-1-009
  8. Willis J. A Framework for Task-Based Learning.Harlow: Longman, 1996.
  9. Skehan P. A Cognitive Approach to Language Learning.Oxford: Oxford University Press, 1998.10.1177/003368829802900209
  10. Krashen S. Principles and Practice in Second Language Acquisition.Oxford: Pergamon Press, 1982.
  11. Passov E.I. Коммуникативный метод обучения иноязычному говорению. Москва: Просвещение, 1991.
  12. Bim L.I. Теория и практика обучения иностранным языкам в средней школе. Москва: Просвещение, 1988.
  13. Zakirovich, D. Z. (2025). INTEGRATIVE LANGUAGE TEACHING TO STUDENTS OF CHEMISTRY FACULTY. PROSPECTS OF TEACHING ENGLISH FOR PROFESSIONAL PURPOSES IN NON–PHILOLOGICAL HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS: PROBLEMS AND SOLUTIONS, 383-389.
  14. Dehqanova, G. A., & Polvanova, M. F. (2022). National-cultural specificity of phraseological units in english and uzbek languages. research and education, 1(4).
  15. Megala Rajendrana, Vaishnavi Srinivasanb, Ajit Ilangovanb, Anand Binod Singhc, Mamadjanova Zukhra Bakhromdjanovna.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011638
Nashr sanasi
2026-04-23
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
Jild
1
Son
3
DOI
10.66073/refocus-conf/716
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
82–91
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25