ALOLIDDIN MANGUBERDI TIMSOLINING ONOMASTIK VA LINGVOPOETIK TAHLILI
Ikramova Muhtaram Botirjon qiziNamDPI o‘qituvchisi, PhD2026
Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 41–48
Annotatsiya
Maqolada Maqsud Shayxzoda yaratgan “JaloliddinManguberdi” tragediyasi bosh timsoli ismi va laqabining onomastiktahlili, tarixiy jasorati va buni asarda yoritish, tasvirlash borasidagishoirning mahorati ham lisoniy (lingvistik), ham poetik jihatdanyoritilgan.
Boshqa tillarda
ruschaОномастический и лингвопоэтический анализ имени Алолиддина Мангуберди
В статье рассматривается ономастический анализ имени и прозвища главного героя трагедии «Джалолиддин Мангуберди», созданной Максудом Шейхзаде, его историческая смелость, а также мастерство поэта в освещении и изображении этого в произведении, как лингвистически, так и поэтически.
inglizchaONOMASTIC AND LINGUOPOETIC ANALYSIS OF THE NAME OF ALOLIDDIN MANGUBERDI
The article examines the onomastic analysis of the name and nickname of the protagonist of the tragedy "Jaloliddin Manguberdi" created by Maqsud Shaikhzadeh, his historical courage, and the poet‘s skill in illuminating and depicting this in the work, both linguistically and poetically.
Kalit so‘zlar
- tragediya
- bosh timsol (obraz)
- ism
- laqab
- lingvopoetik
- lingvomadaniyat
- ohang
- qofiya
- qofiyadosh so‘z
- inversiya
- gradatsiya
- ritorika
- ritorik murojaat
- ritorik so‘roq
- o‘xshatish (tashbeh)
- ta‘zod (antiteza)
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Toshkent gumanitar fanlar universiteti,“. CURRENT ISSUES OF SCIENCE: PROBLEMS AND SOLUTIONS.
UDK:1751:81 JALOLIDDIN MANGUBERDI TIMSOLINING ONOMASTIK VA LINGVOPOETIK TAHLILI
Ikramova Muhtaram Botirjon qizi, NamDPI o‘qituvchisi, PhD E-mail: muhtaramikramova@gmail.com
Annotatsiya. Maqolada Maqsud Shayxzoda yaratgan “Jaloliddin Manguberdi” tragediyasi bosh timsoli ismi va laqabining onomastik tahlili, tarixiy jasorati va buni asarda yoritish, tasvirlash borasidagi shoirning mahorati ham lisoniy (lingvistik), ham poetik jihatdan yoritilgan. Kalit so‘zlar: tragediya, bosh timsol (obraz), ism, laqab, lingvopoetik, lingvomadaniyat, ohang, qofiya, qofiyadosh so‘z, inversiya, gradatsiya, ritorika, ritorik murojaat, ritorik so‘roq, o‘xshatish (tashbeh), ta’zod (antiteza).
ONOMASTIC AND LINGUOPOETIC ANALYSIS OF THE IMAGE OF JALALUDDIN MANGUBERDI
Abstract. In the article, the onomastic analysis of the name and nickname of the main character of the tragedy “Jalaluddin Manguberdi” created by Maqsud Sheikhzadeh, historical courage and the poet's skill in covering and describing it in the work are covered both linguistically and poetically. Key words: tragedy, main character (image), name, nickname, linguopoetic, linguoculture, tone, rhyme, rhyming word, inversion, gradation, rhetoric, rhetorical appeal, rhetorical question, analogy (allegory), contrast (antithesis).
ОНОМАСТИЧЕСКИЙ И ЛИНГВОПОЭТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ХАРАКТЕРА ДЖАЛОЛИДДИНА МАНГУБЕРДИ
Абстрактный. В стате ономастический анализ имени и прозвища главного героя трагедии “Джалалуддин Мангуберди”, созданной Максудом Шейхзаде, историческое мужество и мастерство поэта в его освещении и описании в произведении освещаются как лингвистически, так и поэтически.
Ключевые слова: трагедия, главный герой (образ), имя, прозвище, лингвопоэтика, лингвокултура, тон, рифма, рифмующееся слово, инверсия, градация, риторика, риторическое обращение, риторический вопрос, аналогия (аллегория), контраст (антитеза).
Kirish. Mo‘g‘ul istilosi davrida Movarounnahrda katta jasorat ko‘rsatgan Jaloliddin haqida Maqsud Shayxzodaga qadar birorta badiiy asar yaratilmagan, sho‘ro tarixchilarining ilmiy asarlarida esa uning nomi ham, jangovar jasorati ham tilga olinmagan. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Maqsud Shayxzoda bu qahramon haqidagi Shahobuddin Muhammad Nasaviyning “Siyrat assulton Jaloliddin Mangburni” va Alouddin Atomalik Juvayniyning “Tarixi jahongushoyi Juvayniy” kabi tarixiy asarlar asosida “Jaloliddin Manguberdi” tragediyasini yaratgan. Mazkur drama o‘zbek adabiyotidagi sara asarlardan hisoblanadi. Quyidagi ayrim fikrlar ham buni tasdiqlaydi. Temur Ubaydullo adib dramaturgiyasi xususida fikr yurititar ekan: “Shayxzoda dramaturgiyasi... Shu so‘zlar tilga olinishi bilan ikki tarixiy nom, o‘zbek xalqi tarixidagi ikki yulduz ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi: Jaloliddin Manguberdi va Mirzo Ulug‘bek. Ikkala tarixiy shaxs Shayxzoda domlaning muborak qalami bilan abadiyat topdi. Mirzo Ulug‘bekni Shekspirning tengsiz “Ottello”si bilan bir qatorga qo‘yadilar. Men bunga sirayam ajablanmayman. “Jaloliddin Manguberdi”ni esa, adabiyotchi ustozlarimiz ma’zur tutsinlar, “Gamlet” bilan tenglashtiraman. Ikkala qahramonning ham qismatida ma’lum darajada o‘xshashliklar, uyg‘unliklar bor. Shayxzoda dramaturgiyasi deganda manaman degan fojianavislarning qalami bunyod etgan beadad zo‘r shoh asarlar – alp tog‘lariga husn bo‘la oladigan bir juft azamat qoyani tasavvur qilaman. Zero, bu qoyalar bo‘lmaganda edi, tog‘lar ham g‘arib bo‘lib qolgan bo‘lur edi”, [1] – deb yozadi. Tragediyaga bosh timsol sifatida tanlangan tarixiy qahramonning to‘liq ismi Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad bo‘lib, 33 yil umr ko‘rgani va shundan 11 yili turli janglarda o‘tganligi maьlum. Manbalarda keltirilishicha Jaloliddin tug‘ilganda bobosi Tekesh Xorazmshoh Najmiddin Kubrodan nabirasiga munosib ism topib berishni iltimos qiladi. Alloma bolaning kelajagi xususida bashorat qilib, qilich bobida mashhur va jahongashta bo‘lishini aytib Jaloliddin ismini bergan. Jaloliddin 13 yoshiga qadar ustozi, piri Najmiddin Kubrodan tasavvuf, harb ilmini mufassal o‘rganadi va shu zaylda “yo Vatan, yo
sharofatli o‘lim” mazmunidagi kubroviya tariqati bilan kamol topadi, shuningdek dushman bilan ilk dafьa 13 yoshida jangga kiradi [2]. Jaloliddin antroponimining lug‘aviy asosi arabcha bo‘lib, dinning ulug‘vorligi, shavkati, shukuhi; dinning buyukligi, mukammalligi yoki dinning ulug‘, shavkatli farzandi ma’nolarini anglatadi [3]. Tadqiqot metodologiyasi. Jaloliddinning laqabi manbalarda turlicha berilgan va izohlangan. Ensiklopedik lug‘atda izohlanishicha, Jaloliddinning burnida xoli (mank) bo‘lgani uchun Mankburni laqabi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzi o‘zgarib “Manguberdi” nomi bilan mashhur bo‘lib ketgan [2]. Bizningcha, Mankburni laqabining Manguberdi variantiga o‘zgarishi ancha ishonarsiz. Quyidagi dalillar va manbalar ham bu mulohazamizni tasdiqlaydi. Tahlil va natijalar. XVI asrda yashagan Gʻozi Ahmad Gʻafforiy “Jahonoro” asarida o‘zidan oldin o‘tgan tarixchilarning fikrlarini jamlab, bunday izoh beradi: “Sulton Jaloliddin ibn Sulton Alouddin Muhammad burnida xoli bo‘lgan, Mankburni nomi bilan tanilgan mashhur odam edi” [4]. Shahobuddin Muhammad Nasaviyning asarida mashhur sarkarda Jaloliddin Mangburni deb atalgan. Demak, “Mangburni” sarkardaning laqabi. “Mangburni” laqabini ayrim tarixchilar “burnida xoli bor”, “xoldor” deb talqin qiladilar. N.Karimov fikricha, Maqsud Shayxzoda o‘z asarida Jaloliddinni tarixiy manbalardan farqli o‘laroq, “Manguberdi” deb atagan va Nasaviy kitobidagi “Mangburni” so‘zini shunday tarjima qilgan va mashhur sarkarda o‘zbek xalqi o‘rtasida hanuzgacha shu nom bilan yashab keladi [5]. Albatta, Nasaviyning kitobidagi “Mangburni” laqabini “Manguberdi” tarzida tarjima qilinishi ham ishonarsiz, chunki laqab yuqorida qayd etilganidek, burnida xoli bor, xoldor, xolli ma’nolarini anglatadi. Manguberdi antroponimining lug‘aviy asosi tarixiy-etimologik jihatdan o‘zbekcha bo‘lib, umri uzoq qilib berilgan bola yoki manguga berilgan ma’nolarini anglatadi [3:207]. Oybek va Gʻafur Gʻulom “Jaloliddin” dramasi haqida: “Shoir Shayxzoda o‘z dramasida qahramonlik taronasini kuyladi. Bu qahramonlikning jonli ruhi – Jaloliddin”, – deb yozishgan [6]. Chindan, vatanparvarlik, mardlik ruhi Jaloliddin timsolining yorqin, mardona va ulug‘vorlik yog‘ilib turuvchi insoniy qiyofasida jamuljam. Bu timsolning realistik ruhi unga ta’sirchanlik va joziba bag‘ishlagan, kurashchanlik, nekbinlik, ma’naviy jihatdan Manguberdi ismiga mos tushgan va uni mangu tirik timsolga aylantirgan [7]. Maqsud Shayxzodaning shogirdi Muhsin Zokirovning aytishicha, dramaning nomlanishi xususida muallif quyidagicha fikr bildirgan: “AsNasaviy “Mengburni – burnida xoli bor, xoldor debdi, men esa uning xalqimizning qahramonona kurashi tarixida abadiy qolishini umid qilib
“Jaloliddin Manguberdi” deb nom qo‘ydim. Menimcha, tomoshabinlarga ma’qul kelsa kerak”. Demak, Maqsud Shayxzoda Mengburni laqabini tarjima qilmagan, balki yaratilajak asarning g‘oyaviy mazmuni, o‘z maqsadi, bosh timsolning xarakteriga mutanosib tarzda ezgu maqsadlar bilan uni Manguberdi deb atagan va ta’kidlash joiz, bu maqsadga erishgan. Tarixiy qahramon asrlar davomida Manguberdi nomi bilan yashab kelmoqda va yashaydi. Samarqandda Xorazmshohning muhtasham saroyida uning qizi Sultonbegim bilan amir Badriddinning to‘y-nikoh bazmlari avjiga chiqqan bir nash’ali onda mash’um xabar keladi. Chingiz elchilari farmon olib kelib, taslim bo‘lishni, boj to‘lash lozimligini talab qiladi. Ammo Jaloliddin yovga qarshi jangga chiqish lozimligini, o‘zi shu ish yo‘lida shay ekanini otasiga quyidagicha izhor qiladi: Bizning xonadonga bu nomus, bu or, Taxtishin bo‘lgandan sulhu rohatda, O‘lkaga bo‘laylik sarvari ofatda. Emas vatanimiz Xorazm faqat, Kunchiqar tomonda Sirdaryo sarhad. Buyuring sipohga bo‘lay sarkarda, Safarda tug‘ildim, o‘sdim egarda. Qilichim hassadir, tulporim o‘rtoq, Menga koshonadan chodir yaxshiroq, Qo‘shinni bering menga, boshlay jangu jahd, Shahanshoh noyibi, menman valiahd! [8:306-b.] Shoir Jaloliddinning bu ruhiy holatini lingvopoetik jihatdan olmosh va sinonim so‘zlardan tarkib topgan birikmalar (Bizning xonadonga bu nomus, bu or) takrori vositasida ta’kid, orginal o‘xshatishlar (Qilichim hassadir, tulporim o‘rtoq), inversiya bilan, ohangdosh sulhu rohatda – sarvari ofatda; faqat – sarhad; sarkarda – egarda; o‘rtoq – yaxshiroq, jangu jahd – valiahd kabi suhbat mavzusida aloqador juft, mustaqil va yordamchi so‘zlar, so‘z va so‘z shakllari qofiyadoshligi asosida ritorik murojaat, gradatsiya (istak va maqsadni bir-ketin kuchaytirib borish) usulida ifoda etgan. Maqsud Shayxzoda Jaloliddinni zukko, aqlli, fidoyi farzand sifatida gavdalantiradi va buni shayxona mahorat bilan aynan timsolning nutqida hikmatlar vositasida ifoda etadi: Kishi tug‘ilmaydi boshda toj bilan, Tug‘ilar erklikka ehtiyoj bilan, Boshimning tojidir onamga qasam! [8:307-b.] Ko‘rinadiki, shoir bosh timsolning ezgu maqsadini o‘zbek lingvomadaniyatiga xos tarzda hikmatli va yana onaga qasam bilan ifoda etadi. Bu, albatta, ta’sirchan va betakror chiqqan.
Banddan-bandga, misradan misraga o‘tgan sari bosh timsol Jaloliddinning vatanparvarligi, mardligi tasviri, ifodasi orttib, uning hikmatli so‘zlari sirasi va mazmuni boyib, to‘lishib boradi: El-o‘lka sog‘bo‘lsa, toj kelib ketar! [8:309-b.] Yoki: Viloyatning kim saqlasa udir hukmron, Ko‘kragimga oshnodir selob-u bo‘ron. Bu qasrning sohibi siz, mayli, bemalol O‘tiringiz devon ichra va lekin Jalol – Shu og‘ayin sipohlar-la jangga tayyordir, Kim eliga g‘amxo‘r bo‘lsa, el unga yordir! Sizga izzat va ehtirom, to‘smangiz yo‘lim, Sipohlarning xil’atidir men uchun so‘lim Va bilingki, sipohlarning bir odati bor, Jang chog‘ida sustkash yorni biz deymiz ag‘yor. [8:314-b.] Maqsud Shayxzoda tragediyaning har bir bandiga qofiya san’ati bilan sayqal bergan. U qofiya yaratish bobida alohida iqtidor va mahoratga ega. Adib tomonidan o‘rinli topqirlik bilan shakl va ma’no uyg‘unligida qo‘llangan qofiyadosh so‘zlar nutqning ohangdorligi, musiqiyligi hamda ta’sirchanligini ta’minlagan. Qofiya uchun so‘zlar zo‘rma-zo‘raki tanlanmagan, har bir qofiyadosh so‘z mavzu, g‘oya va mazmunning yorqin ifodasi, to‘kisligi uchun xizmat qilgan. Ona Vatan kabi ulug‘, muqaddas! Onaning vasiyati, duosi ham ulug‘. Maqsud Shayxzoda ham hayotdagi kabi yo‘l tutadi. Jang oldidan Jaloliddinni onasi bilan uchrashtiradi: Jaloliddin Ona,so‘yla, kim haqli, otam yoki men? Qarorimga ishonay, so‘yla, toki sen! Ona (tumor beradi) O‘g‘lim, javob tumorni armug‘on qilish, Otang bo‘lsam berardim dudama qilich! Tiz cho‘kmaysan do‘zaxdan kelsa fotih ham, Oq sutimni oqlagin, senga fotiham! Jaloliddin Xorazmshoh yo‘q desa, ha der xotini, Jaloliddin onasi derlar otini. Bu dunyoda onasiz tug‘ilgan kim bor? Jon berganga jon bermoq mardlarga darkor! Onamizning onasi shu bo‘lsa shu Vatan – Ko‘rlik afzal bu yurtni asir ko‘rmoqdan. [8:348-b.] Shoir Jaloliddin nutqini ritorika va gradatsiya vositasida ta’sirchanligi hamda betakrorligini ta’minlagan.
Banddagi Jaloliddinning nutqiga xos “Bu dunyoda onasiz tug‘ilgan kim bor?” ritorik so‘roq gapi, “Jon berganga jon bermoq mardlarga darkor!”, “Onamizning onasi shu bo‘lsa shu Vatan – Ko‘rlik afzal bu yurtni asir ko‘rmoqdan” kabi ta’sirchanlikni ta’minlagan gradasion jumlalar fikrimizning yorqin dalilidir. Bugina emas, Jaloliddinning “Ko‘rlik afzal bu yurtni asir ko‘rmoqdan” jumlasi butun asar mohiyat-mazmunini ifoda etadi. Jaloliddining bu hikmatli so‘zlari faqat mazkur asarning emas, balki Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodining ham mohiyatini ifodalagan so‘zlardir, desak xato bo‘lmaydi [5:139]. Adib Jaloliddinning xalqqa suyanib, o‘zining erk yo‘lidagi kurashida yovga, zo‘rlikka zig‘ircha yon bermasligini milliy ruhda obrazli ifodalaydi: Nifoqlarga oshyon qasringiz, ey shoh, Qinga qaytmas qilichim, shohiddir olloh, Birlashmasa bu ellar, beklar, o‘lkalar Xorazmshoh taxtiga pes mo‘g‘ul kelar... Javobim shu... Keraksa eshiting yana! Tepib tursa yurak rost, cho‘kmaydi siyna. Ulug‘davlat tiz cho‘kmas, botir yolbormas, Chinor sinar, egilmas, bedov ot hormas. Chingizxondan qo‘rqmoqlik – kurashsiz o‘lim, Sizga hamroh emasman, o‘zgadir yo‘lim. [8:346-b.] Muallif Jaloliddinning dushmanga nafratini aynan uning nutqida sarkazm, ya’ni achchiq zaharxanda, ta’na, piching bilan beradi va o‘zini ham ta’rifu tavsif etadi: Afsus, badbaxt bo‘lsa, bir o‘lka agar, Uning o‘g‘illari ko‘r bo‘lur yo kar. Shunday buzuqlarni fitnakor Chingiz Makr ila tuzoqqa oldi u xunrez. Ammo menga botmas nayzayu xanjar, Meni o‘ldirolmas qilich yo zahar, Suvlarga cho‘kmayman, jardan yiqilmam, Nomard qo‘lidagi xanjardan ne g‘am? [8:365-b.] Band boshdan oxir qofiyani ta’minlash, fikrni ta’kidli ifodalash maqsadida inversiya bilan sayqal topgan. Birinchi to‘rt misrada shayxona mahorat, topqirlik bilan agar – kar, Chingiz – xunrez so‘zlari qofiya qilib olingan. Bu, albatta, e’tiborga molik bo‘lib, bandning nafaqat ohangdorligini, mazmuniy to‘kisligini ham ta’minlagan. Keyingi misralarda bosh timsol o‘zi tomonidan mubolag‘aning tablig‘turi bilan nayzayu xanjar botmas, qilich yo zahar o‘ldirolmas, suvga cho‘kmas, jardan yiqilmas qahramon ekanligi ifodalangan.
Dramatik asarlarda ko‘pincha bosh timsolning xarakter xususiyatlarini nafaqat uning o‘z nutqi, boshqalar bilan suhbati yoki o‘zga timsollarning nutqi – ta’rifu tavsifi orqali ham ochib beriladi. Maqsud Shayxzoda ham shunday yo‘l tutadi. Tarixiy voqealarni yozib borayotgan Nasaviy tilidan Jaloliddinning jasoratini quyidagicha bayon etadi: Xorazmshoh voz kechdi jangdan, janggohdan, Laqqa baliq qochganday yutqich timsohdan. Xarob bo‘ldi Buxoro, mahv o‘ldi Urganch, Pok tuproqni toptadi majusiy jirkanch. Ammo sher Jaloliddin tortdi na’rasin, Tig‘sug‘irib o‘pirdi mo‘g‘ul marrasin. Beshta urug‘janglarda qochdi yov – vahshiy, Rost debdilar: mo‘g‘ulni qochirgan kishi!. [8:361-362-b.] Jaloliddin xiyonatkor, sotqin, xoin Badriddinning qo‘rqoqlarcha uzri, tavbasiga javoban quyidagilarni aytadi: Qo‘rqoq o‘lar, har lahza, mard faqat bir gal. Soya yang‘lig‘yuradi biz bilan ajal. Undan qochsang quvadi, quvsang qochadi, Yalinmoqni, ajabo, bormi hojati? [8:402-b.] Mazkur xalq maqollariga monand ta’zod san’ati-la sayqal topgan misralar mard Jaloliddinning ahdi misoli yangraydi. Shoir Jaloliddin timsolini betakror o‘xshatishlar (Men Amudaryoman), sifatlashlar (o‘jar, qasoskor) bilan ifoda etadi: Men ham Amudaryoman, o‘jar, qasoskor, Yo‘llarimda har to‘g‘on bo‘lur tor-tor. [8:403-b.] Xulosa. Gʻafur Gʻulomning ta’biri bilan aytganda, “... Jaloliddin xalq, vatan, erk bayroqdori kabi qasos qilichini ko‘tardi” [9]. Bizningcha, bu eьtirofda mubolag‘a yo‘q. Buyuk tarixiy haqiqat, voqelik, jasorat va uning sohibi – xalq qahramoni Jaloliddin Manguberdi timsoli Maqsud Shayxzodaning mahorati bilan nafaqat badiiy adabiyotda, sahnada va turkiy xalqlar, jumladan, o‘zbek xalqi ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotida mangulikka, abadiyatga doxil bo‘ldi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Shayxzoda M. Dunyo boqiy. – Toshkent: Gʻ.Gʻulom Ubaydullo, Temur. Sarg‘aymas sahifalar: (Suhbatlar, esselar). – Toshkent: O‘zbekiston, 1990. – B. 70. 2. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2002. – 3-j. – B.436. 3. Begmatov E.A. O‘zbek ismlari izohi. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2016. – B.132.
4. Bunyodov Z. Anushtagin Xorazmshohlar davlati (1097-1231). – Toshkent: Gʻ.Gʻulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1998. – B.22. 5. Karimov N. Maqsud Shayxzoda.Ma’rifiy-biografik roman. – Toshkent: Sharq, 2010. – B.113-114. 6. Oybek, Gʻ.Gʻulom. “Jaloliddin” dramasi haqida // Qizil O‘zbekiston, 1945, 18 fevral. 7. Dehqanova, G. A., & Polvanova, M. F. (2022). Nationalcultural specificity of phraseological units in english and uzbek languages. research and education, 1(4). 8. Imomov B., Jo‘rayev Q., Hakimova H. O‘zbek dramaturgiyasi tarixi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1995. – B. 172. 9. nomidagi Adabiyot va san’at nashryoti, 1988. – 424 b. 10. Gʻafur Gʻulom. Adabiy-tanqidiy maqolalar. – Toshkent: Fan, 1971. – B.315. 11. Dehqanova, G. A. (2020). ROLE OFVIDEO MATERIALS IN TEACHING FOREIGN LANGUAGE. Мировая наука, (4 (37)), 23-25. 12. Ahmadjonovna, D. G. (2024). The importance and role of lexical competence in teaching foreign languages to students. Ethiopian International Journal of Multidisciplinary Research, 11(5), 16-23. 13. Zakirovich, D. Z. (2025). INTEGRATIVE LANGUAGE TEACHING TO STUDENTS OF CHEMISTRY FACULTY. PROSPECTS OF TEACHING ENGLISH FOR PROFESSIONAL PURPOSES IN NON–PHILOLOGICAL HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS: PROBLEMS AND SOLUTIONS, 383-389.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar24 ta adabiyot
- Shayxzoda M. Dunyo boqiy. – Toshkent: Gʻ.Gʻulom
- Ubaydullo, Temur. Sarg‘aymas sahifalar: (Suhbatlar, esselar). –
- Toshkent: O‘zbekiston, 1990. – B. 70.10.1179/014703790788763893
- O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2002. – 3-j. – B.436.
- Begmatov E.A. O‘zbek ismlari izohi. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2016. – B.132
- Bunyodov Z. Anushtagin Xorazmshohlar davlati (1097-1231). – Toshkent: Gʻ.Gʻulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1998. –
- Karimov N. Maqsud Shayxzoda.Ma’rifiy-biografik roman. –
- Toshkent: Sharq, 2010. – B.113-114.
- Oybek, Gʻ.Gʻulom. “Jaloliddin” dramasi haqida // Qizil
- O‘zbekiston, 1945, 18 fevral.
- Dehqanova, G. A., & Polvanova, M. F. (2022). Nationalcultural specificity of phraseological units in english and uzbek languages. research and education, 1(4).
- Imomov B., Jo‘rayev Q., Hakimova H. O‘zbek dramaturgiyasi tarixi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1995. – B. 172.
- nomidagi Adabiyot va san’at nashryoti, 1988. – 424 b.
- Gʻafur Gʻulom. Adabiy-tanqidiy maqolalar. – Toshkent: Fan,
- 1971. – B.315.
- Dehqanova, G. A. (2020). ROLE OFVIDEO MATERIALS IN
- TEACHING FOREIGN LANGUAGE. Мировая наука, (4 (37)), 23-25.
- Ahmadjonovna, D. G. (2024). The importance and role of lexical competence in teaching foreign languages to students. Ethiopian
- International Journal of Multidisciplinary Research, 11(5), 16-23.
- Zakirovich, D. Z. (2025). INTEGRATIVE LANGUAGE
- TEACHING TO STUDENTS OF CHEMISTRY FACULTY. PROSPECTS
- OF TEACHING ENGLISH FOR PROFESSIONAL PURPOSES IN
- NON–PHILOLOGICAL HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS:
- PROBLEMS AND SOLUTIONS, 383-389.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011632
- Nashr sanasi
- 2026-04-23
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
- Jild
- 1
- Son
- 3
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/684
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 41–48
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 32026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25