Asosiy mazmunga o‘tish

MADANIYATLARARO MULOQOT KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLASHTIRISHNING AHAMIYATI

Sobirova Mahbuba Yusupdjanovnapedagogika fanlari doktori, professor Namangan davlat pedagogika instituti2026

Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 8–15

Annotatsiya

Maqolada madaniyatlararo muloqotkompetensiyasining lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik va ijtimoiymadaniy yo‘nalishlarda tadqiq qilishga ehtiyoj, madaniyatlararomuloqotda madaniyatning o‘rni, tildan foydalanishdagi madaniyfarqlarni tushunish muammolari bo‘yicha izlanishlar, raqamlashtirishsharoitida madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini shakllantirish varivojlantirishda qaratiladigan masalalar tahlil qilinadi.

Boshqa tillarda

ruschaВАЖНОСТЬ ЦИФРОВИЗАЦИИ В РАЗВИТИИ КОМПЕТЕНЦИИ В МЕЖКУЛЬТУРНОЙ КОММУНИКАЦИИ

В статье анализируется необходимость исследований межкультурной коммуникативной компетенции в лингвистическом, социолингвистическом, прагматическом и социокультурном направлениях, роль культуры в межкультурной коммуникации, исследования проблем понимания культурных различий в использовании языка, а также вопросы, которые необходимо решить при формировании и развитии межкультурной коммуникативной компетенции в контексте цифровизации.

inglizchaTHE IMPORTANCE OF DIGITALIZATION IN DEVELOPING INTERCULTURAL COMMUNICATION COMPETENCE

The article analyzes the need for research into intercultural communication competence in linguistic, sociolinguistic, pragmatic and sociocultural directions, the role of culture in intercultural communication, research on the problems of understanding cultural differences in language use, and issues to be addressed in the formation and development of intercultural communication competence in the context of digitalization.

Kalit so‘zlar

  • raqamlashtirish
  • raqamlashtirish ahamiyati
  • raqamli texnologiya yo‘nalishlari
  • madaniyatlararo muloqot
  • muloqot kompetensiyasi

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

MADANIYATLARARO MULOQOT KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLASHTIRISHNING AHAMIYATI

Sobirova Mahbuba Yusupdjanovna pedagogika fanlari doktori, professor Namangan davlat pedagogika instituti [telefon raqami yashirilgan] davronjon.uzb@gmail.

Annotatsiya: maqolada madaniyatlararo muloqot kompetensiyasining lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik va ijtimoiymadaniy yo’nalishlarda tadqiq qilishga ehtiyoj, madaniyatlararo muloqotda madaniyatning o’rni, tildan foydalanishdagi madaniy farqlarni tushunish muammolari bo’yicha izlanishlar, raqamlashtirish sharoitida madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini shakllantirish va rivojlantirishda qaratiladigan masalalar tahlil qilinadi. Kalit so’zlar: raqamlashtirish, raqamlashtirish ahamiyati, raqamli texnologiya yo’nalishlari, madaniyatlararo muloqot, muloqot kompetensiyasi.

Bugun barcha sohalarda xalqaro aloqalarning rivojlanishi, turli millat va xalqlar o’rtasidagi madaniyatlararo muloqot jarayonlarining o’zaro integratsiyalashuvi, o’qitishda xalqaro ta’lim dasturlarining keng qo’llanishi nafaqat tilni amaliy jihatdan bilish, balki turli madaniyat vakillari bilan samarali nutqiy muloqot qila olish malakalariga ega bo’lishini ham taqozo qilmoqda. Shu boisdan, madaniyatlararo muloqot kompetensiyasining lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik va ijtimoiymadaniy yo’nalishlarda tadqiq qilishga ehtiyoj sezilmoqda. Ayniqsa bugun Respublikamizga chet ellik yoshlarning bilim olish va kasb egallash maqsadida kelishlarining ko’payishi ularni kasbiy tayyorlashda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirish masalasi dolzarbligini oshirmoqda. Dunyoda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirish dolzarbligining yana bir omili – bu tilni o’qitishda grammatik va leksik bilimlar bilan cheklanmay, balki talabalarning nutqiy muloqotda turli madaniy kontekstlarni anglay olish, madaniyatlararo muloqotning verbal va noverbal vositalarini tushunish, millatlararo tolerantlik, bag’rikenglik, hayotiy vaziyatlarda xalqaro ziddiyatlarning oldini olish asosida nutqiy muloqot olib borish qobiliyatlarini ham rivojlantirish zarurdir. Shunday ekan, millatlararo muloqot madaniyatini rivojlantirish, millatlararo totuvlik, bag’rikenglik, turli xalqlar hamda etnik birliklarga mansub yoshlarning ijtimoiymadaniy hamkorligi, o’zaro muloqotini rivojlantirish ham dolzarb ahamiyatga egadir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026-yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”[1], 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi farmonlari [2], 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”[3], 2018-yil 5-iyundagi PQ- 3775-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning

mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”[4], 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”[5] qarorlari va mazkur faoliyatga tegishli boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga e’tibor qaratilmoqda. Madaniyatlararo muloqotda madaniyatning o’rni, tildan foydalanishdagi madaniy farqlarni tushunish muammolari N.P.Jakbarova[6], Q.Sh.Maxmudov[7], N.V.Ruzmetova[8], A.Y.Narshabayeva[9], P.X.Omanov[10], Sh.N.Ubaydulla- yev[11], Z.A.Shirnazarova[12], E.A.Menlimuratova[13] kabi tadqiqotchilar tomonidan o’rganilgan. Ularning tadqiqotlarida til o’rganuvchilarni madaniyatlararo muloqotga tayyorlash zamonaviy jamiyatda muhim ijtimoiy ehtiyojga aylangani ta’kidlanadi. Pedagogik yondashuvlar va metodik vositalar esa bu kompetensiyani shakllantirishda asosiy vosita sifatida e’tirof etilgan. Tahlillarimiz shuni ko’rsatmoqdaki, turli til muhitlarida, jumladan, ingliz, nemis, frnsuz, rus, qoraqalpoq va o’zbek tillarida madaniyatlararo muloqot kompetensiyasining turli jihatlari chuqur o’rganilmoqda. Yurtimizdagi ilmiy izlanishlarda asosan oliy ta’lim talabalari, kasb-hunar kolleji o’quvchilari yoki bo’lajak mutaxassislar diqqat markazida bo’lib kelgan. Bilamizki, til orqali inson o’z madaniy tajribasini ifodalaydi, madaniyat esa tilning tuzilishiga, semantikalariga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Bu holat, ayniqsa, madaniyatlararo muloqotda yaqqol ko’zga tashlanadi. Chunki har bir madaniyat o’ziga xos til birliklari, metaforalar, qadriyatlar va sotsiomadaniy kontekstlar bilan bog’langan. Madaniyat tushunchasi qadimdan turli sohalarda turlicha talqin qilingan. Eronlik faylasuflardan boshlab Yunon falsafasi, keyinchalik G’arb antropologiyasi va zamonaviy ta’limshunoslikda bu tushunchaga bo’lgan yondashuvlar boy va xilma-xildir. Masalan, G.Alred, M.Byram va M.Fleming kabi olimlar madaniyatni tasviriy, tarixiy, psixologik, struktural hamda genetik jihatdan talqin etganlar [14]. Ular madaniyatni inson faoliyati, axloqiy qadriyatlar, ijtimoiy me’yorlar, me’yorlar, til va san’at orqali ifodalangan ko’p qatlamli tizim deb bilishgan. Madaniyatlararo muloqot termini XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab sotsiologiya, antropologiya, lingvistika va ta’limshunoslikda alohida tushuncha sifatida shakllana boshlaganini kuzatish mumkin. Raqamli texnologiya sharoitida lingvodidaktik nuqtai nazardan madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini shakllantirishda asosiy e’tibor quyidagilarga qaratiladi: ➢ til va madaniyatning ajralmas bog’liqligi;

➢ kommunikativ yondashuv asosida o’rgatish; ➢ autentik madaniy kontekstlardan foydalanish; ➢ refleksiya va interaktiv yondashuvlar. Madaniyatlararo muloqot konsepsiyasi lingvistik, psixologik va pedagogik jihatlardan boy ilmiy asosga ega bo’lib, u til o’rganish jarayonining markazida turib, talabani nafaqat tilni o’rganishga, balki boshqa madaniyatni tushunishga va unga hurmat bilan yondashishga undaydi. Uning tarixiy-nazariy rivoji – klassik antropologik yondashuvlardan tortib, hozirgi lingvodidaktik integratsiyagacha bo’lgan yo’l hisoblanib, hozirgi zamon til o’rgatish metodikasi aynan shu konsepsiyalar asosida shakllanmoqda. Dunyoda til ta’limini modernizatsiyalashning didaktik parametrlarini aniqlashtirish, yoshlarda zamonaviy tasvirlash vositalari bilan ishlay olish borasidagi amaliy hamda nazariy kompetentsiyalarini rivojlantishning innovatsion texnologiyalarini takomillashtirish, til o’rganish va o’qitishga doir elektron darslik va multimediali ilovalarni yaratishning metodik tizimini takomillashtirishga doir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, til ta’limida integratsion yondashuvlarni joriy etishning metodik jihatlarini aniqlashtirish, yoshlarning badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirishda arttexnologiyalardan foydalanish, raqamli ta’lim sharoitida ta’lim oluvchilarda nutq o’stirishni rivojlantirishning pedagogik mexanizmini takomillashtirish muhim dolzarblik kasb etadi. Shuningdek, til o’qitish metodikasida raqamli resurslardan foydalanish ta’limning innovatsion elementini til o’rganuvchilar uchun qiziqarli, ko’rgazmali, tushunarli bo’lishini ta’minlab qolmasdan, o’quv jarayonlarining yuqori darajada sifatli bo’lishiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Raqamli qurilmalardan unumli foydalanish esa mustaqil izlay olish, kerakli ma’lumotni qisqa muddat ichida qidirib topish, o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida muntazam fikr almashib turish kabi imkoniyatlarni yaratib berish orqali ma’lumotlarni muntazam takrorlanib turishini ta’minlaydi va shu orqali “mustahkam bilim” shakllanishini ta’minlaydi. Til ta’limi darslarini raqamli texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etishning bugungi ahvolini quyidagi yo’nalishlarda ko’rib chiqishimiz mumkin: – multimedia yordamida tashkil etiladigan darslar. Auditoriyada bitta kompyuter mavjud, o’qituvchi uni «elektron doska» sifatida ishlatadi. – butunjahon Internet tarmog’iga kirish imkoniyatiga ega bo’lgan darslar (ham multimedia, ham kompyuter yordami bilan tashkil etilishi mumkin).

– kompyuter yordamida tashkil etiladigan darslar. Bunday darslar bir nechta kompyuterlar (odatda kompyuter sinfida) yordamida tashkil etiladi, barcha o’rganuvchilar ularda bir vaqtning o’zida yoki navbat bilan ishlashi bilan amalga oshiriladi. Shu o’rinda raqamli texnologiyalarni tasniflashda uning xususiyatlarini ham inobatga olish zarur. Raqamli texnologiyalar ta’rifi barcha elektron vositalarni, avtomatik tizimlarni, texnologik qurilmalarni va ma’lumotlarni ishlab chiqaradigan yoki saqlaydigan resurslarni o’z ichiga oladi. Ilmiy kuzatishlarimiz, o’zimizning ish tajribalarimiz, shu bilan birga, tahlil qilingan va dunyo tajribasida keng qo’llanilgan tajribalar asosida shuni aytish mumkinki, o’qituvchilar til ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni integratsiya qilishda turli vositalardan foydalanganlar. Lekin biz ularni xususiyatlaridan kelib chiqib, rastrli grafika, vektor grafikasi, video tahrirlash dasturi va interaktiv turlarga ajratdik. O’quv auditoriyasida foydalanish imkoniyatlaridan kelib chiqib esa birinchi guruh materiallarini uch guruhga bo’lish mumkin: onlayn interaktiv dasturlar; oflayn interaktiv o’quv vositalari; gibrid o’quv vositalari. Til ta’limi darslarida foydalaniladigan raqamli texnologiyalarni tizimlashtirish o’quv jarayonida maqsadli yondashuv hamda zaruriy kompetensiyalarni shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Raqamli texnologiyalar juda keng qamrovli bo’lib, tizimlashtirish orqali yoshlarga ayni qanday tizimdagi texnologiyani o’rgatishni tanlashda yordam beradi. Albatta, bu o’rinda ta’lim jarayonini tashkil etishda quyidagi tamoyillarga asoslanish ta’limni to’g’ri tashkil etishda ko’maklashadi: – o’quv badiiy-ijodiy faoliyatning ifodali vositalarini boyitish tamoyili; – ko’p badiiy xarakterga ega ijodkorlik ta’lim tamoyili; – o’quv jarayonida kompyuter dasturlari foydalanuvchisining interaktiv rolini badiiy ma’lumotlarni boshqarish orqali oshirish tamoyili; – o’quv-badiiy-ijodiy faoliyat muhitining muxtorligi tamoyili. Til ta’limi darslarida raqamli texnologiyalardan foydalanishda yoshlarning o’zlarini ijodiy namoyon qila olishlarini rag’batlantiradigan usullardan foydalanish, ijodiy amaliyot bilan tanishtirishga qaratilgan usullardan foydalanish, tegishli faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan bilimlar bilan tanishtirishga qaratilgan usullardan foydalanish maqsadga muvofiq. Ta’kidlash joizki, hozirgi oliy ta’lim tizimini raqamlashtirish sharoitida tillarni o’rganish faqatgina kommunikativ ko’nikmalarni

rivojlantirish bilan cheklanmay, balki boshqa madaniyatni kengroq tushunish, uni to’g’ri qabul qilish va internet va boshqa turli tarmoqlar orqali samarali muloqot olib borishni ham o’z ichiga oladi. Bu jarayonda tilshunoslik va madaniyatshunoslikning kesishgan nuqtasida joylashgan lingvomadaniy kompetensiya tushunchasi muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan shu kompetensiyani rivojlantirishda lingvistik birliklar orqali madaniy kodlarni anglash va yechish ko’nikmalari yetakchi o’ringa chiqadi. Fonetik birliklar tilning eng quyi darajadagi, ammo madaniy identifikatsiyada muhim o’rin tutuvchi qismidir. Masalan, Toshkent va Namangan shevalari farq qilgani kabi ingliz tilidagi britancha va amerikacha shevalari orasidagi farq nafaqat talaffuzda, shu bilan birga ularning ijtimoiy-madaniy identitetini anglatadi. Leksik birliklar esa ma’lum bir xalq tilida mavjud bo’lgan so’zlar, frazeologik birliklar, metaforalar ularning dunyoqarashi, qadriyatlari va tarixiy tajribasini ifodalaydi. Grammatik birliklar ham madaniy tushunchalar ma’nosiga ta’sir qiladi. Masalan, yapon tilida gapni tugatishdagi hurmat darajasini bildiruvchi formal qo’shimchalar ijtimoiy ierarxiyani ifodalasa, ingliz tilida artikllar va zamonlar orqali subektga bo’lgan munosabat, e’tibor yoki rasmiylik darajasi aniqlanadi. Diskursiv birliklar (gap bo’laklari tartibi, gaplar bog’lanishi, muloqot uslublari, matn tuzilishi,) orqali esa jamiyatda mavjud bo’lgan kommunikativ odatlar, ya’ni kim gapni boshlaydi, qanday ohangda, qanday tartibda fikr yuritiladi kabilar aniqlanadi. Onomastik birliklar, ya’ni joy nomlari, ism-shariflar, etnonimlar xalqning tarixiy xotirasi va qadriyatlar tizimining belgilari hisoblanadi. Diniy va tarixiy joy nomlari lingvomadaniy kod sifatida xalq xotirasini, mentalitetini va diniy qadriyatlarini saqlab qoladi. Til o’rgatishda lingvistik birliklarni madaniy kontekstda tushuntirish talabaning lingvomadaniy kompetensiyasini rivojlantiradi. Leksik birliklar orqali kontekstual tafakkurni shakllantirish, loyiha va lokatsiya metodlariga asoslangan yondashuvlar bu borada yuqori samaradorlik ko’rsatgan. Respublikamiz olimlaridan M.Y.Sobirova tillarni o‘qitishda raqamli texnologiyalardan foydalanish samaralariga oid[15,16], M.M.Yakubbayev nemis tili o’qitilishida lingvomadaniy kompetensiyani oshirishga qaratilgan metodikani ishlab chiqib, interfaol metodlar yordamida til va madaniyatni integratsiyalashgan holda o’rgatish modelini yaratgan.[17] Bu model til va madaniyat o’rtasidagi bog’liqlikni didaktik jihatdan asoslab, lingvistik birliklarni kontekstual ravishda tushuntirish orqali madaniy tafakkurni kengaytirishni maqsad qilgan.

Demak, raqamli sharoitdagi kommunikativ yondashuv talabani faqat bilim egasi emas, balki faol muloqotchi sifatida shakllantiradi. Mazkur yondashuvning ustun jihati shundaki, u til o’rganishni faqatgina sun’iy grammatika mashqlari bilan chegaralab qo’ymaydi, balki ijtimoiymadaniy muhitda samarali muloqot olib borish, fikr almashish va o’zaro anglashuvni shakllantirish imkonini beradi. Natijada, talabalar nafaqat lingvistik bilimlarni, balki madaniyatlararo kompetensiyani ham rivojlantirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar18 ta adabiyot

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28- yanvardagi “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son farmoni.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030 strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmoni, 2023-yil 12-sentabr.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20- apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son qarori.
  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son qarori.
  5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-4623-son qarori.
  6. Jakbarova N.R. Ingliz tili darslarida Akademik litsey o’quvchilarining madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirish. Ped.fan. bo‘yicha falsafa dok.(PhD) diss. avt. – Namangan, 2024.
  7. Maxmudov Q.Sh. Ingliz tilini o‘qitishda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini shakllantirish metodikasini takomillashtirish. Ped.fan. bo‘yicha falsafa dok.(PhD) diss.avt. – Chirchiq, 2024.
  8. Dehkhonova, G. A. (2024). THE CLASSIFICATION OF LEXICAL UNITS WITH FINANCIAL POSITION ACCORDING TO SCIENTISTS VIEW. Academic research in educational sciences, 5(CSPU Conference 1), 542-549.
  9. Narshabayeva A.Y. Ingliz tilini o‘rganish jarayonida talabalarda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini takomillashtirishning pedagogik asoslari. Ped.fan. bo‘yicha falsafa dok.(PhD) diss. avt. – Nukus, 2022.
  10. Omanov P.X. Ingliz tilini o‘qitishda talabalar ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini autentik videomateriallar vositasida rivojlantirish. Ped.fan. bo‘yicha falsafa dok.(PhD) diss. avt. – Toshkent, 2021.
  11. Ubaydullayev Sh.N. Kab-hunar kolleji o‘quvchilariga madaniyatlararo muloqotni o‘rgatish (nemis tili materialida). Ped.fan. bo‘yicha falsafa dok.(PhD) diss. avt. – Toshkent, 2009.
  12. Shirnazarova Z.A. Nemis tilini o‘qitishda talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini shakllantirish metodikasini takomillashtirish. Ped.fan. bo‘yicha falsafa dok.(PhD) diss. avt. – Chirchiq, 2023.
  13. Menlimuratova E.A. Ingliz tilini o‘rganish jarayonida talabalarda madaniyatlararo munosabatlarni takomillashtirishning pedagogik asoslari. Ped.fan. bo‘yicha falsafa dok. (PhD) diss. avt.. – Chirchiq, 2022.
  14. Alred G., Byram M., Fleming M. Intercultural experience and education. – Clevedon: Multilingual Matters, 2002. – 256 p. – DOI:
  15. Sobirova M. Tillarni o‘qitishda raqamli texnologiyalardan foydalanish samaralari. “Oliy ta’limda tillarni o‘qitishning zamonaviy tendensiyalari: yangicha yondashuv va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konf. materiallari. 1-to‘plam. – Namangan. 28-fevral 2025- yil. – B. 74-80.
  16. Sobirova M. Antroposentrik yondashuv asosidagi til ta’limida raqamli ta’lim vositalarining o‘rni. “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnal. 13.00.00 – Pedagogika fanlari jurnali. NamSPI.UZ. ISSN:2992- 9008; UDK:37. 2025-yil 4-son. 216-227-betlar.
  17. Dehqanova, A. G., & Azimov, M. S. (2024). Axborot va uning mazmuni, axborotdalashish davrida xorijiy tillar va ularning axborotlashgan jamiyat taraqqiyotidagi o’rni va ahamiyati 214-219 Toshkent gumanitar fanlar universiteti,“. CURRENT ISSUES OF SCIENCE: PROBLEMS AND SOLUTIONS.
  18. Yakubbayev M. M. Nemis tilini o‘qitish jarayonida talabalarda lingvomadaniy kompetentlikni rivojlantirish metodikasi: Ped. fan. dokt... diss. – Namangan: NamDChTI, 2024. – 206 b. ФОРМИРОВАНИЕ ЛИНГВОСТРАНОВЕДЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНЦИИ В ПРОЦЕССЕ ОБУЧЕНИЯ РУССКОМУ ЯЗЫКУ Наримонова Гулноза Наримон кизи Убайдуллаев Шухрат Нарзуллаевич (НамГПИ)

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011626
Nashr sanasi
2026-04-23
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
Jild
1
Son
3
DOI
10.66073/refocus-conf/645
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
8–15
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25