XORIJIY TIL O‘QITISH JARAYONIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH ZAMON TALABI
Dadabayev Zafar ZakirovichNamangan davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasi mudiri, p.f.f.d. (PhD)2026
Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 6–8
Annotatsiya
Bugungi kunda chet til ta‘limi jarayonida ko‘plabzamonaviy texnologiyalar va metodlardan foydalaniladi. Turli xil nazariyva amaliy muammolar interfaol metodlar orqali tahlil etilgandao‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalari kengayishi vachuqurlashishiga erishiladi. Mazkur maqolada talabalarning nutqiykompetensiyalarini rivojlanishida ushbu zamonaviy interfaol metodlarnio‘rni haqida so‘z yuritamiz.
Boshqa tillarda
ruschaИспользование педагогических технологий в процессе обучения иностранным языкам — требование времени.
Сегодня в процессе обучения иностранным языкам используется множество современных технологий и методов. Анализ различных теоретических и практических проблем с помощью интерактивных методов позволяет расширить и углубить знания, навыки и компетенции студентов. В данной статье мы рассмотрим роль этих современных интерактивных методов в развитии речевых компетенций студентов.
inglizchaTHE USE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE PROCESS OF FOREIGN LANGUAGE TEACHING IS A DEMAND OF THE TIME
Today, many modern technologies and methods are used in the process of foreign language education. When various theoretical and practical problems are analyzed through interactive methods, students‘ knowledge, skills, and competencies are expanded and deepened. In this article, we will discuss the role of these modern interactive methods in the development of students‘ speech competencies.
Kalit so‘zlar
- pedagogik texnologiya
- interfaol metodlar
- chet tili o‘qitish
- ingliz tili o‘qitish
- talaba
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
XORIJIY TIL O’QITISH JARAYONIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH ZAMON TALABI
Dadabayev Zafar Zakirovich Namangan davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasi mudiri, p.f.f.d. (PhD) e-mail: zucker_ru@mail.ru
Annotatsiya: Bugungi kunda chet til ta’limi jarayonida ko’plab zamonaviy texnologiyalar va metodlardan foydalaniladi. Turli xil nazariy va amaliy muammolar interfaol metodlar orqali tahlil etilganda o’quvchilarning bilim, ko’nikma, malakalari kengayishi va chuqurlashishiga erishiladi. Mazkur maqolada talabalarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlanishida ushbu zamonaviy interfaol metodlarni o’rni haqida so’z yuritamiz. Kalit so’zlar: pedagogik texnologiya, interfaol metodlar, chet tili o’qitish, ingliz tili o’qitish, talaba. Abstract: Today, many modern technologies and methods are used teaching foreign languages. When different theoretical and practical issues are analysed using interactive approaches, students’ knowledge, skills, and talents are expanded and deepened. In this article, we will discuss the role of these modern interactive methods in the development of students’ speaking competences. Key words: pedagogical technology, interactive methods, foreign language teaching, English language teaching, student.
Zamonaviy ta’lim texnologiyalarining maqsad va vazifalari yangi tahrirdagi “Ta`lim to`g`risida”gi qonun ta`lim xodimlari zimmasiga o`ta ma`suliyatli vazifalarni yuklaydi. Bu vazifani amalgam oshirish jarayonida o`quvchilarni o`qitishga yangicha yondashish, o`qituvchilarni o`z kasbiga va o`quvchilarga o`ta talabchanlik bilan munosabatda bo`lishni taqozo etadi. Pedagogik jarayonning eskirib qolgan texnologiyasini yangisiga almashtirish, ta`limga davr talablari asosida yondashish, darsga esa yangicha usullarning loyihasini tadbiq etish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylandi. Pedagogik texnologiya - ta’lim texnologiyasi, yangi pedagogik tajriba, yangi pedagogic texnologiya, zamonaviy pedagogik texnologiya, axborot texnologiyasi, yangi tajriba, ta’lim-tarbiya metodlari tushunchalarini qamrab oladi. Demak, pedagogik texnologiya didaktik vazifalarni samarali amalga oshirish, shu sohadagi maqsadga erishish yo’li bo’lib hisoblanadi. Pedagogik texnologiya - bu o`qituvchining turli vositalari yordamida o`quvchiga muayyan sharoitda va ma`lum ketma-ketlikda ta`sir etish va aks ta`sir mahsuli sifatida ularda oldindan berilgan shaxs
sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir. Shuningdek, pedagogik texnologiya deyilganda - ta`lim-tarbiya jarayonining tizimga solingan, ilmiy-uslubiy asoslangan, eng ilg`or vosita, usul va mazmun uyg`unligi asosida maqsad, vazifa va pedagogik faoliyat natijasining yaxlitligi nazarda tutiladi. Ta’lim amaliyotida foydalanilayotgan har bir interfaol metodni sinchiklab o’rganish va amalda qo’llash o’quvchilarning fikrlashini kengaytiradi hamda muammoning to’g’ri yechimini topishlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. O’quvchilarning ijodkorligini va faolligini oshiradi. Turli xil nazariy va amaliy muammolar interfaol metodlar orqali tahlil etilganda o’quvchilarning bilim, ko’nikma, malakalari kengayishi va chuqurlashishiga erishiladi. Bu metodlarni tasniflashda ularni interfaol metodlar, interfaol ta’lim strategiyalari, interfaol grafik organayzerlarga ajratish mumkin. Talabalarga ingliz tilidagi sohaga oid matnlarni o‘qishni o‘rgatish strategiyalari, interfaol ta’lim metodlari quyidagilar sanaladi: 1. Interfaol metodlar: “case study” (yoki “O’quv keyslari”), “Blistquestion”, “Modelling”, “Creative work”, “Problematic situation” va b. 2. Interfaol ta’lim strategiyalari. “Brainstorming”, “Bumerang”, “ART”, “Zigzag”, “Analysingquestioning”, “Ice-break”, “Rotation”, “scaffolding” va h.k.. Bu strategiyalar ta’lim jarayonlarida talabalarning barcha nutqiy kompetensiyalarini rivojlanishiga xizmat qiladi shuningdek, talabalarning til o’rganish jarayonlarida talabalarning o’qish kompetensiyalari ham rivojlnishiga interfaol ta’lim metodlarining o’rni juda beqiyos. Ushbu “Fishbone”, “KWL”, “Conceptual-table”, “Venn diagram”, “T-table”, “Insert”, “Cluster”, “W?W?W?”, “H?” va boshqa interfaol grafik organayzerlar nafaqat tilni o’rganishda boshqa fanlarda talabalarni taqdim etilayotgan bilimni yanada o’zlashtirishlari uchun xizmat qiladi. Interfaol grafik organayzerlarni ajratishda bunday mashg’ulotlarda asosiy fikrlar turli grafik shakllarda yozma ko’rinishda ifodalanishiga asoslaniladi. Aslida bu grafik organayzerlar bilan ishlash ham ko’proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo’lib, ularning orasida boshqa farqlar yo’q.Interfaol ta’lim metodlarini ko’pincha turli shakllardagi o’quv mashg’ulotlari texnologiyalari bilan bir vaqtda qo’llanishi darsning samaradorligini oshiradi. Bu metodlarni qo’llash mashg’ulot ishtirokchilarining faolliklarini oshirib, ta’lim samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi hamda til o’rganish ko’nikmlari takomillashadi. Til o’qitishning interfaol usullarini izlashda ta’lim maqsadi, talabalarning qiziqishlari, talabalar soni hamda talabalarni va o’quv tashkilotining darslarga tayyorgarligi, ta’limning bosqichlari, o’qituvchining pedagogic mahorati hamda talabalarning layoqatlari e’tiborga olinadi. Shu munosabat bilan, talabalarga ingliz
tilidagi sohaga oid matnlarni o‘qishni o‘rgatishda interfaol ta’lim metodlarini o’quv mashg’ulotlarida qo’llash talabalarning o’qish tezligi, mavzuni tez anglashi hamda lug’at boyliklari rivojlanishiga hissa qo’shadi. Shu bilan bir qatorda talabalarga ingliz tilidagi sohaga oid matnlarni o‘qishni o‘rgatishda kichik guruhlar uslubida mashg’ulot olib borilsa quyidagilarga erishiladi: - har bir talabani faol ishtiroki ta’minlanadi va ularning faoliyatini nazorat qilish va baholash imkoniyati ortadi; - muammoni tez hal etish usuli ta’minlanadi. Talabalar qisqa vaqt ichida ko’plab yangi g’oyalar ijodkori bo’lishadi; - mashg’ulotning istalgan vaqtida talabalarning qiziqishini ortirish va butun katta guruh bo’yicha muhokama qilish imkoniyati ta’minlanadi; -ayrim talabalar o’zlarining mavzuga oid ushbu muammo bo’yicha shaxsiy fikrlarini o’qituvchiga aytishdan tortinishadi, kichik guruhlarda esa ular guruhdoshlari bilan erkin fikr almashishadi, ya’ni mashg’ulotda faol ishtiok etishadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. Abdixalikovna, E. F. (2024). Nofilologik yo’nalishlarda ingliz tilini o’qitish muammo va yechimlari. Science and innovation, 3(Special Issue 28), 90-92. 2. DADABAYEV, Z. (2024). TALABALARGA INGLIZ TILIDA SOHAGA OID MATNLARNI O‘QISHGA O‘RGATISHNING NAZARIY ASOSLARI. «ACTA NUUz», 1(1.9), 73-75. 3. Ahmadjonovna, D. G. (2024). The importance and role of lexical competence in teaching foreign languages to students. Ethiopian International Journal of Multidisciplinary Research, 11(5), 16-23. 4. Laplante, J. P., & Nolin, C. (2014). Consultas and socially responsible investing in Guatemala: A case study examining Maya perspectives on the Indigenous right to free, prior, and informed consent. Society & Natural Resources, 27, 231–248. https://doi.org/10.1080/08941920.2013.861554 5. Jerrentrup, A., Mueller, T., Glowalla, U., Herder, M., Henrichs, N., Neubauer, A., & Schaefer, J. R. (2018). Teaching medicine with the help of “Dr. House.” PLoS ONE, 13(3), Article e0193972.
MADANIYATLARARO MULOQOT KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLASHTIRISHNING AHAMIYATI
Sobirova Mahbuba Yusupdjanovna pedagogika fanlari doktori, professor Namangan davlat pedagogika instituti [telefon raqami yashirilgan] davronjon.uzb@gmail.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar11 ta adabiyot
- Abdixalikovna, E. F. (2024). Nofilologik yo’nalishlarda ingliz tilini o’qitish muammo va yechimlari. Science and innovation, 3(Special
- Issue 28), 90-92.
- DADABAYEV, Z. (2024). TALABALARGA INGLIZ TILIDA
- SOHAGA OID MATNLARNI O‘QISHGA O‘RGATISHNING NAZARIY
- ASOSLARI. «ACTA NUUz», 1(1.9), 73-75.
- Ahmadjonovna, D. G. (2024). The importance and role of lexical competence in teaching foreign languages to students. Ethiopian
- International Journal of Multidisciplinary Research, 11(5), 16-23.
- Laplante, J. P., & Nolin, C. (2014). Consultas and socially responsible investing in Guatemala: A case study examining Maya perspectives on the Indigenous right to free, prior, and informed consent.10.1080/08941920.2013.861554
- Society & Natural Resources, 27, 231–248. https://doi.org/10.1080/08941920.2013.86155410.1080/08941920.2013.861554
- Jerrentrup, A., Mueller, T., Glowalla, U., Herder, M., Henrichs,
- N., Neubauer, A., & Schaefer, J. R. (2018). Teaching medicine with the help of “Dr. House.” PLoS ONE, 13(3), Article e0193972.10.1371/journal.pone.0193972
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011625
- Nashr sanasi
- 2026-04-23
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
- Jild
- 1
- Son
- 3
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/642
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 6–8
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 42026-09-25 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25