Asosiy mazmunga o‘tish

O‘ZBEK XALQINING SHAKLLANISHIDA MILLIY MADANIYATNING O‘RNI (VI–VII ASRLAR)

Yigitaliyev Shahbozbek Yashnarjon ogluNamangan davlat pedagogika instituti, Yoshlar bilan ishlash, ma‘naviyat va ma‘rifat bo‘limi mutaxassisi2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 1086–1088

Annotatsiya

Ushbu maqolada VI–VII asrlarda o‘zbek xalqining shakllanishida milliymadaniyatning o‘rni tahlil qilinadi. Maqola davrning siyosiy, ijtimoiy va madaniy konteksti, turkiyqabilalarning birlashuvi va mahalliy xalqlar bilan madaniy sintezi orqali milliy o‘zlikning shakllanishiniko‘rsatadi. Shuningdek, madaniy markazlar, san‘at, adabiyot, me‘morchilik va urf-odatlarning o‘zbekmadaniyatiga qo‘shgan hissasi yoritilgan. Tadqiqot natijalari o‘rta asr madaniyatining bugungi o‘zbekmilliy madaniyatidagi ahamiyatini ta‘kidlaydi.

Boshqa tillarda

ruschaРОЛЬ НАЦИОНАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЫ В ФОРМИРОВАНИИ УЗБЕКИСТАНСКОГО НАРОДА (VI–VII ВЕКА)

В данной статье анализируется роль национальной культуры в формировании узбекского народа в VI–VII веках. Рассматривается формирование национальной идентичности в политическом, социальном и культурном контексте того периода, объединение тюркских племен и их культурный синтез с местными народами. Также освещается вклад культурных центров, искусства, литературы, архитектуры и традиций в узбекскую культуру. Результаты исследования подчеркивают важность средневековой культуры в современной узбекской национальной культуре.

inglizchaTHE ROLE OF NATIONAL CULTURE IN THE FORMATION OF THE UZBEKISTAN PEOPLE (VI–VII CENTURIES)

This article analyzes the role of national culture in the formation of the Uzbek people in the 6th–7th centuries. The article shows the formation of national identity through the political, social and cultural context of the period, the unification of Turkic tribes and their cultural synthesis with local peoples. It also highlights the contribution of cultural centers, art, literature, architecture and traditions to Uzbek culture. The results of the study emphasize the importance of medieval culture in today‘s Uzbek national culture.

Kalit so‘zlar

  • O‘zbek xalqi
  • milliy madaniyat
  • etnik shakllanish
  • tarix
  • o‘rta asrlar
  • qadriyat
  • madaniy meros
  • madaniyatshunoslik

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

O‘ZBEK XALQINING SHAKLLANISHIDA MILLIY MADANIYATNING O‘RNI (VI–VII ASRLAR)

Yigitaliyev Shahbozbek Yashnarjon o‘g‘li Namangan davlat pedagogika instituti, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi mutaxassisi shahbozy0203@gmail.com

Kalit so‘zlar: O‘zbek xalqi, milliy madaniyat, etnik shakllanish, tarix, o‘rta asrlar, qadriyat, madaniy meros, madaniyatshunoslik. Anotatsiya: Ushbu maqolada VI–VII asrlarda o‘zbek xalqining shakllanishida milliy madaniyatning o‘rni tahlil qilinadi. Maqola davrning siyosiy, ijtimoiy va madaniy konteksti, turkiy qabilalarning birlashuvi va mahalliy xalqlar bilan madaniy sintezi orqali milliy o‘zlikning shakllanishini ko‘rsatadi. Shuningdek, madaniy markazlar, san’at, adabiyot, me’morchilik va urf-odatlarning o‘zbek madaniyatiga qo‘shgan hissasi yoritilgan. Tadqiqot natijalari o‘rta asr madaniyatining bugungi o‘zbek milliy madaniyatidagi ahamiyatini ta’kidlaydi.

РОЛЬ НАЦИОНАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЫ В ФОРМИРОВАНИИ УЗБЕКСКОГО НАРОДА (VI–VII ВЕКА)

Аннотация: В данной статье анализируется роль национальной культуры в формировании узбекского народа в VI–VII веках. Показаны политический, социальный и культурный контексты эпохи, объединение тюркских племён и культурный синтез с местным населением, приведшие к становлению национальной идентичности. Также освещается вклад культурных центров, искусства, литературы, архитектуры и обычаев в развитие узбекской культуры. Результаты исследования подчеркивают значение средневековой культуры в современной национальной культуре узбекского народа. Ключевые слова: узбекский народ, национальная культура, этническое формирование, история, средние века, ценности, культурное наследие, культурология.

THE ROLE OF NATIONAL CULTURE IN THE FORMATION OF THE UZBEK PEOPLE (6TH–7TH CENTURIES)

Abstract: This article analyzes the role of national culture in the formation of the Uzbek people during the 6th–7th centuries. It explores the political, social, and cultural context of the era, the unification of Turkic tribes, and their cultural synthesis with local populations, which contributed to the development of national identity. The article also highlights the contributions of cultural centers, art, literature, architecture, and traditions to the evolution of Uzbek culture. The research results emphasize the significance of medieval culture in shaping today’s national culture of the Uzbek people. Keywords: Uzbek people, national culture, ethnic formation, history, Middle Ages, values, cultural heritage, cultural studies.

Kirish. O‘zbek xalqining shakllanishi jarayoni Markaziy Osiyo tarixida o‘ziga xos murakkab ijtimoiy-siyosiy va madaniy taraqqiyot natijasidir. VI–VII asrlar davri esa o‘zbek xalqining etnik tarkibi, milliy madaniyatining asoslari va ijtimoiy ongining rivojlanishida muhim bosqich bo‘lgan. Bu davrda turkiy qabilalarning birlashuvi, mahalliy xalqlar bilan madaniy sintez, shuningdek diniy va ma’naviy

qadriyatlarning uyg‘unlashuvi kuzatilgan. Maqolaning maqsadi – o‘rta asrlarda milliy madaniyatning o‘zbek xalqining shakllanishidagi o‘rnini tahlil qilish. VI–VII asrlar tarixiy konteksti VI–VII asrlarda Markaziy Osiyo hududi turkiy qabilalar va mahalliy xalqlararo siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar markazida bo‘lgan. Turk xoqonligi siyosiy jihatdan yuksalib, hududiy birlashuv jarayonlari o‘zbek xalqining etnik shakllanishiga ta’sir qilgan. Shu davrda savdo yo‘llari rivojlanib, shahar markazlari iqtisodiy va madaniy jihatdan mustahkam poydevor yaratgan. Qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilikning rivojlanishi xalqning turmush tarziga va madaniy hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Shuningdek, bu davrda turkiy qabilalarning siyosiy tuzilmalari va hukmronligi milliy birlashuvni kuchaytirib, madaniy va etnik o‘zlikning shakllanishiga zamin yaratgan. Milliy madaniyatning shakllanishi O‘zbek xalqining milliy madaniyati VI–VII asrlarda shakllanish bosqichiga kirgan. Bu davrda turkiy qabilalar va mahalliy xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalar natijasida til, adabiyot, san’at, hunarmandchilik va urf-odatlarda o‘ziga xoslik paydo bo‘lgan. Shu davrning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1. Til va og‘zaki ijod Turkiy qabilalarning til va shevalari mahalliy tillar bilan aralashib, yangi xalq tilining asoslarini yaratgan. Og‘zaki ijod orqali rivoyatlar, qo‘shiqlar, ertaklar va afsonalar avloddan-avlodga yetkazilgan. Masalan, qadimgi turkiy runiy yozuvlarda yozilgan rivoyatlar xalqning tarixiy xotirasini saqlashda muhim manba bo‘lgan. 2. Adabiyot va yozma meros Bu davrda yozma an’analar shakllana boshlagan. Kutubxonalar va ilmiy maktablar madaniy merosni to‘plash va tarqatishda muhim rol o‘ynagan. Qabilalar o‘rtasidagi savdo va siyosiy aloqalar, shuningdek diniy madaniyatning tarqalishi adabiyot va yozma ijodning rivojlanishiga yordam bergan. 3. San’at va hunarmandchilik Me’morchilik, bezak ishlari, gilam to‘qish, metall va yog‘och ishlari orqali madaniyatning vizual ifodasi paydo bo‘lgan. Masalan, Buxoro va Samarqandda o‘rta asrlarga oid arxitektura yodgorliklari xalq ijodining rivojlanganligini ko‘rsatadi. Hunarmandchilik va san’atning rivojlanishi ijtimoiy tabaqalanish va iqtisodiy boylik bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. 4. Urf-odat va diniy qadriyatlar O‘zbek xalqining o‘ziga xos urf-odatlari va diniy qadriyatlari bu davrda shakllana boshlagan. Turkiy qabilalar va mahalliy xalqlar o‘rtasidagi uyg‘unlashuv xalqning ma’naviy hayotida mustahkam asos yaratgan. Bayramlar, to‘y marosimlari, diniy marosimlar va urf-odatlar xalqning ijtimoiy madaniyatini boyitgan. 5. Madaniy sintez va etnik o‘zlik Turkiy qabilalarning siyosiy birlashuvi va mahalliy xalqlar bilan madaniy sintez natijasida xalq o‘ziga xos etnik va madaniy o‘zlikka ega bo‘lgan. Bu jarayon til, adabiyot, san’at, hunarmandchilik va urfodatlarda aks etib, milliy madaniyatning poydevorini tashkil qilgan. Xalq og‘zaki ijodi, qo‘shiq va rivoyatlar, hunarmandchilik asarlari orqali madaniy qadriyatlar avloddan-avlodga yetkazilgan. Shu davrda turkiy runiy yozuvlar keng tarqalib, ularning madaniy va tarixiy ahamiyati katta bo‘lgan. Bu yozuvlar orqali o‘zbek xalqining tarixiy voqealari, urf-odatlari va qadriyatlari saqlanib qolgan Shu tariqa, VI–VII asrlar milliy madaniyatning shakllanishida markaziy rol o‘ynagan. Madaniyatning har bir tarkibiy qismi – til, adabiyot, san’at, hunarmandchilik va urf-odatlar – o‘zbek xalqining milliy o‘zligini belgilovchi asos bo‘lib xizmat qilgan. Bu davr madaniyatining merosi bugungi o‘zbek madaniyati va tarixiy ongida ham sezilarli iz qoldirgan. Madaniy markazlar va ularning ahamiyati Buxoro, Samarqand, Xorazm, Termiz va Farg‘ona vodiysi o‘rta asr madaniyatining markazlari bo‘lib, nafaqat iqtisodiy, balki ilmiy, diniy va san’at markazlari sifatida rivojlangan. Buxoro va Samarqand: ilmiy maktablar, kutubxonalar va madrasalar orqali madaniy tafakkur shakllanishida muhim rol o‘ynagan. Xorazm va Termiz: diniy va ilmiy markazlar sifatida xalqning ma’naviy va ilmiy merosini rivojlantirishga hissa qo‘shgan. Farg‘ona vodiysi: iqtisodiy va madaniy jihatdan strategik ahamiyatga ega bo‘lib, turkiy qabilalar va mahalliy xalqlar o‘rtasidagi madaniy almashinuvning muhim markazi bo‘lgan.

Etnik shakllanish jarayoni VI–VII asrlarda turkiy qabilalar bilan mahalliy xalqlarning sintezi o‘zbek xalqining etnik tarkibini shakllantirgan. Turkiy qabilalarning siyosiy birlashuvi va madaniy aloqalar orqali birlashgan qadriyatlar bugungi milliy madaniyatning poydevorini yaratgan. O‘zbek xalqining etnik shakllanishi urug’chilik jamoasidan to hozirgi davrda yetuk millat darajasiga ko’tarilgan juda uzoq va murakkab jarayonni o’z boshidan kechirdi. Aslida urug‘bir ota-onadan tarqalgan qon-qarindoshlarning uyushuvi natijasida shakllangan jamoadir. Tirikchilik tashvishi va tashqi dushmanlardan saqlanish zaruriyati kishilarning qon-qarindoshlikka asoslangan birlashuviga olib kelgandi. Urug‘chilik jamoasi eng qadimgi odamlar to‘dasiga nisbatan mustahkamroq va tashkiliyroq bo‘lib, shu yo‘l orqali kishilarning teng huquqliligi, asosiy ishlab chiqarish qurollarining umumiy mulkligi, jamoa mehnati va iste’mol qilishning umumiyligi ta’minlangan, nikoh va diniy marosimlar tartibga solinib turilgan, joriy urf-odatlar buzilganda aybdorlar jazolangan. Urug‘jamoasi o‘zining eng aqlli va botir jangchilaridan birini shu urug‘ning boshlig‘i etib tayinlagan. Bir hududda yashagan bir necha urug‘jamoalari birlashib qabilaga aylangan. Qabilalar yagona qabilaviy tilga (shevaga), kengashga va harbiy boshliqqa ega bo‘lgan. Urug‘boshliqlari qabila kengashi tarkibiga kirgan, eng kuchli urug‘boshlig‘i esa qabila rahnamosi deb e’lon qilingan. Elat deyilganda qabilalar ittifoqi kishilarning til, hudud, iqtisodiy va madaniy jihatdan tarixan tarkib topgan birligi tushiniladi. Aksariyat holatlarda qabilalar ittifoqi yaylov va suv uchun tez-tez bo’lib turadigan janglarda o’zini himoya qilishi yoki g’olib chiqish maqsadida barpo etilgan. Elatni xalqning millat bo’lib shakllanishidan oldingi bosqichi deyish mumkin. Kishilarning bir hududda elat bo’lib yashashlari qonqarindoshlik, umumiy manfaatdorlik his-tuyg’ularini kuchaytirgan. Umumiy manfaatdorlik hissi va uni himoya qilish ma’suliyati esa davlatni vujudga keltirgan. Xalq deyilganda ko‘proq el, elat, millat, aholi, olomon, bir guruh kishilar tushiniladi. Xalq so‘zi falsafiy nuqtai-nazardan qaralsa, uni tarixning barcha bosqichlarida jamiyat vazifalarini hal etishga qodir, yurt yumushiga yaroqli va qobiliyatli qatlam, ijtimoiy birlik, tarix ijodkori deyish mumkin. Demak, balog‘atga yetmaganlar aholi soniga kirsa ham xalq safiga kirishga hali erta. Hozirgi o‘zbek millati ham urug‘chilik va qabilachilik davrlarini, elat, xalq va millat shakllanishi jarayonlarini o‘z boshidan kechirgan. Diniy va ma’naviy qadriyatlarning uyg‘unlashuvi xalqning o‘ziga xos o‘zligini yanada mustahkamlagan. Shu bilan birga, madaniy va til birligi, san’at va urf-odatlar orqali xalq o‘z tarixiy merosini saqlagan. Madaniy meros va zamonaviy ahamiyat O‘rta asr madaniy merosi bugungi kunda ham o‘zbek milliy madaniyatida aks etadi. Me’morchilik, san’at, adabiyot va urf-odatlar bugungi madaniyatshunoslik tadqiqotlari uchun muhim manba hisoblanadi. Shuningdek, bu meros milliy o‘zlikni anglash va xalqning tarixiy ildizlarini tushunishda asosiy vosita sifatida xizmat qiladi. O‘rta asr madaniy merosi orqali hozirgi o‘zbek madaniyati o‘zining ildizlari bilan bog‘langanligini ko‘rish mumkin. Xulosa VI–VII asrlar o‘zbek xalqining shakllanishida muhim bosqich bo‘lib, turkiy qabilalarning siyosiy birlashuvi, madaniy sintez va diniy qadriyatlarning uyg‘unlashuvi natijasida milliy madaniyat asoslari shakllangan. O‘rta asr madaniyati bugungi o‘zbek xalqining milliy o‘zligini belgilovchi asosiy manba sifatida ahamiyatga ega.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar8 ta adabiyot

  1. Karimov I.A. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q”. – Toshkent: O‘zbekiston, 1998.
  2. Mavlonov O. “O‘zbek xalqining etnik tarixi”. – Toshkent: Fan, 2004.
  3. Bartold V.V. “Turkiston v epoxu mongolskogo nashestviya”. – Moskva: Nauka, 1963.
  4. Qosimov B. “O‘zbek madaniyati tarixi”. – Toshkent: Universitet, 2010.
  5. Asqarov A. “O‘zbek xalqining shakllanishi”. – Toshkent: Fan, 2007.
  6. Tolstov S.P. “Drevniy Xorezm”. – Moskva: Izdatelstvo AN SSSR, 1948.
  7. Raxmonov T. “O‘rta asr Markaziy Osiyo madaniyati”. – Toshkent: Fan, 2012.
  8. Sultonov H. “Madaniyatshunoslik tadqiqotlari”. – Toshkent: Ilm, 2015.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011602
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/615
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
1086–1088
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25