MAKTABGACHA TA‘LIM YOSHIDAGI BOLALARDA MADANIY QADRIYATLARGA HURMAT HISSINI SHAKLLANTIRISH
A. Kholmatova1, Iroda Nabiyeva22025
- 1University of Business and Scince oliy ta‘lim muassasasi Maktabgacha/boshlang‘ich ta‘lim va sport faoliyati kafedrasi o‘qituvchisi
- 2University of Business and Science oliy ta‘lim muassasasi Maktabgacha ta‘lim yo‘nalishi talabasi
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 1050–1052
Annotatsiya
Maqolada O‘zbekistonda yangi jamiyatni barpo etish eng avvalo insonlarimizdabugungi murakkab zamonda turli yo‘llar bilan kirib kelayotgan yod g‘oyalarga qarshi sog‘lomkurashish,milliy qadriyatlarimizga suyanishni talab qiladi.Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida maktabgachayoshdagi bolalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashning mazmuni bolalarda milliy qadriyatlarvositasida axloqiy sifatlarni shakllantirish, an‘analar, udumlar,milliy qadriyatlarimizni o‘rgatish haqidaso‘z boradi.
Boshqa tillarda
ruschaФОРМИРОВАНИЕ ЧУВСТВА УВАЖЕНИЯ К КУЛЬТУРНЫМ ЦЕННОСТЯМ У ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА
В статье говорится, что построение нового общества в Узбекистане требует, прежде всего, здоровой борьбы с чужеродными идеями, которые различными путями проникают в наш народ в сегодняшние сложные времена, и опоры на наши национальные ценности. Содержание воспитания детей дошкольного возраста на основе национальных ценностей в дошкольных образовательных организациях заключается в формировании нравственных качеств у детей посредством национальных ценностей, обучении традициям, обычаям и национальным ценностям.
inglizchaFORMING A SENSE OF RESPECT FOR CULTURAL VALUES IN PRESCHOOL CHILDREN
The article states that building a new society in Uzbekistan requires, first of all, a healthy struggle against foreign ideas that are entering our people in various ways in today‘s complex times, and reliance on our national values. The content of educating preschool children on the basis of national values in preschool educational organizations is to form moral qualities in children through national values, teach traditions, customs, and national values.
Kalit so‘zlar
- Milliy qadriyatlar
- tarbiya
- an‘ana
- madaniyat
- hurmat
- urf-odatlar
- madaniy qadriyatlar
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARDA MADANIY QADRIYATLARGA HURMAT HISSINI SHAKLLANTIRISH
University of Business and Scince oliy ta’lim muassasasi Maktabgacha/boshlang‘ich ta’lim va sport faoliyati kafedrasi o‘qituvchisi A.Xolmatova University of Business and Scince oliy ta’lim muassasasi Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabasi Iroda Nabiyeva
Annotatsıya: Maqolada O‘zbekistonda yangi jamiyatni barpo etish eng avvalo insonlarimizda bugungi murakkab zamonda turli yo‘llar bilan kirib kelayotgan yod g‘oyalarga qarshi sog‘lom kurashish,milliy qadriyatlarimizga suyanishni talab qiladi.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashning mazmuni bolalarda milliy qadriyatlar vositasida axloqiy sifatlarni shakllantirish, an’analar, udumlar,milliy qadriyatlarimizni o‘rgatish haqida so‘z boradi.
Kalıt so‘zlar: Milliy qadriyatlar, tarbiya, an’ana, madaniyat, hurmat, urf-odatlar, madaniy qadriyatlar.
ФОРМИРОВАНИЕ ЧУВСТВА УВАЖЕНИЯ К КУЛЬТУРНЫМ ЦЕННОСТЯМ У ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА
Аннотация: В статье рассматривается мысль о том, что построение нового общества в Узбекистане требует, прежде всего, здоровой борьбы с чуждыми идеями, проникающими в наш народ различными путями в нынешнее сложное время, и опоры на наши национальные ценности. Содержание воспитания детей дошкольного возраста на основе национальных ценностей в дошкольных образовательных организациях заключается в формировании у детей нравственных качеств через национальные ценности, обучении их традициям, обычаям, национальным ценностям. Ключевые слова: Национальные ценности, воспитание, традиции, культура, уважение, обычаи, культурные ценности.
FORMING A SENSE OF RESPECT FOR CULTURAL VALUES IN PRESCHOOL CHILDREN
Annotation: The article discusses the idea that building a new society in Uzbekistan requires, first of all, a healthy fight against foreign ideas that are entering our people in various ways in today's complex times, and relying on our national values. The content of educating preschool children on the basis of national values in preschool educational organizations is to form moral qualities in children through national values, teach traditions, customs, and national values. Keywords: National values, upbringing, tradition, culture, respect, customs, cultural values.
KIRISH. O‘zbekistonda yangi jamiyatni barpo etish, avvalo, insonlarning ongini yotg‘oyalardan asrash va milliy qadriyatlarga tayanish bilan chambarchas bog‘liqdir. Bugunki murakkab davrda har bir fuqaro milliy o‘zligini anglab , ajdodlar merosiga hurmat bilan qarashi, sog‘lom dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo‘lishi zarur. Ana shundagina jamiyat taraqqiyoti barqaror va ma’naviy boy bo‘ladi. Qadriyatlar deganda –inson jamiyat va millat hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ma’naviy, axloqiy, madaniy, tarixiy va ijtimoiy boyliklar tushiniladi.Ular insonlarning hayotga, mehnatga, Vatanga, oilaga, an’anaga bo‘lgan munosabatini belgilaydi.Qadriyatlar millatning o‘ziga xosligini saqlaydi, yosh avlodni tarbiyalashda asosiy mezon bo‘lib xizmat qiladi: Milliy va madaniy qadriyatlarni hurmat qilish- Bu o‘z xalqing tarixi,tili,dini,urf- odati, an’anasi va madaniyatiga e’tibor bilan qarash, ularni asrab-avaylab,kelajak avlodga yetkazish demakdir. Bu hurmat insonda milliy g‘urur va vatan-parvarlik tuyg‘usini kuchaytiradi, jamiyatda birlik va totuolikni mustahkamlaydi. Milliy qadriyatlarga sadoqat-ma’naviy barkamollikning eng muhim belgilardan biridir. Madaniy qadriyatlarni hurmat qilish esa xalqning tarixiy merosi, urf odatlari, an’analari, san’atitili va diniy e’tiqodlarni qadrlash hamda ularni asrab-avaylash demakdir. O‘zbek xalqining asriy an’analari, jumladan, tarbiya sohasidagi an’analari ajdodlarimizning tabarruk dini bilan bog‘liq. Yoshi kattalarga salom berish, ularni hurmat qilish, Yoshi kichiklar va kuchsizlarni avaylash, ilm olish va kasb o‘rganishga undash, halol mehnatga chaqirish qo‘shnilar bilan xushmuomalada bo‘lish kabi an’analar o‘zbeklar oilalarida, yosh avlodga singdirib kelingan, ya’ni milliy qadriyatlar, urf-odatlar ajdodlarimizdan meros bo‘lgan ezgu fazilatlar ta’lim va tarbiya jarayonida yoshlarga o‘rgatilmoqda. NATIJA VA TAHLIL Yosh avlod tarbiyasida milliy qadriyatlaridan foydalanishning ahamiyati va o‘rni beqiyos. Milliy qadriyat deganda, muayyan xalqning aksariyat qismi tomonidan e’zozlanishiga loyiq bo‘lgan inshootlar, milliy kiyimlar, uy ro‘zg‘or buyumlar, ro‘zg‘or tutishlari aytiladi. Masalan, o‘zbeklarning mehnatsevarligi, mehmon-do‘stligi xushxulqligi va muloyimligi, g‘ayratli va itoatgo‘yligi, turli toifadagi odamlar bilan o‘zaro inoqlashib ketishligi, kechirimliligi mulohaza va tafakkur bilan ish ko‘rishi, tinchliksevarligi o‘zbek milliy qadriyatlari nazarda tutiladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobilyatlarining milliy shakllarini rivojlantirish maktabgacha ta’lim tashkiloti oldiga qo‘yilgan muhim vazifalaridandir. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobilyatlari ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlari nazarda tutgan holda, tarbiyachilarning tarbiyalanuvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o‘zaro amaliy
va nazariy muloqotida namoyon bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashda uning mohiyatini tushinib yetish kerak. Qadriyatlar o‘zining mohiyatiga ko‘ra bir necha turga bo‘linadi: Jumladan, inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi: Inson yo‘q joyda biror narsaning qadr-qiymati haqida so‘zlashish be’manilikdir. Shuning uchun ham inson qadr-qimmatini e’zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini rivojlantirish, sog‘ligini saqlash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining asosiy yo‘nalishini tashkil etadi. Jamiyatimizda ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlarning islohotlarining barchasi kishilar hayoti to‘q, boy, go‘zal bo‘lishi, inson o‘zini chinakam erkin his etishi, o‘z mehnati natijasining, o‘z taqdirining, o‘z mamlakatining egasi bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan. Har bir xalq qadrlagan narsa yoki hodisa, birinchi navbatda, uning milliy ma’naviyati bilan bog‘liq bo‘ladi. Milliy qadriyatlar ham qandaydir o‘zgarmas hodisa emas. Milliy ta’lim taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy iqtisodiy, ma’naviy hayotning takomillashib borishi, yashash va mehnat qilish sharoitlari o‘zgarishi bilan milliy qadriyatlar ham rivojlanib borishiga imkon yaratiladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash, bu yosh avloddan milliy g‘oya asosida tarbiyalash, bu yosh avloddan milliy g‘oya asosidagi tafakkur, chuqur bilim va ixtisoslikni talab qilmoqda. Uning negizi-milliy qadriyatlarimizdir. “Yangicha yashash”, ozod va obod Vatan erkin va farovon hayot qurish tuyg‘usi esa yosh avlod oldiga keksa avlodga qaraganda mas’uliyatliroq vazifalarni o‘z oldiga qo‘ymoqda. Xususan ong va tafakkur hamda ma’naviy qadriyatlardagi o‘zgarishlar hayot talabidan orqada qolayotganligi ma’naviy saloxiyatdagi qusurlar bilan bog‘liqdir. Zamonaviy taraqqiyot bizning yoshlarimiz dunyo qarashiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda albatta, ana shunday sharoitda ham biz kattalar yoshlarning barkamol bo‘lib shakllanishiga katta e’tibor yaratib ularning milliy qadriyatlarini e’zozlashga o‘rgatib bormog‘imiz asosiy vazifalarimizdan biridir. Bugungi kun yoshlari milliyligimizni chuqur anglamog‘i lozim. Ana shundagina kelajak avlod o‘zbek madaniyatini saqlab qoladigan, vatanni himoya qiladigan inslonlar bo‘lib yetishadilar. XULOSA:Xulosa qilib aytganda milliy qadriyatlar yoshlar tarbiyasida katta ahamiyatgaega, chunki ular yoshlarni o‘z vataniga bo‘lgan sevgi, hurmat, mehnatsevarlik va vijdonli fuqarolar sifatida tarbiyalashda muhim ro‘l o‘ynaydi. Milliy qadriyatlar, o‘z xalqining tarixiy merosi ma’daniyati va an’analarini aniqlash orqali yoshlarni o‘zlikni hurmat qilishga milliy birlik va totuvchilikka intilishlariga undaydi. Shuningdek bu qadriyatlar yoshlarni o‘z hayotlarida mas’uliyatlik odatlik va oriyatlik bo‘lishiga o‘rgatadi bu esa ular uchun mustahkam asos bo‘lib kelajakda jamiyatning muvaffaqiyatlik va barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni madaniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash – ularning shaxsiy kamoloti, milliy o‘zligining shakllanishi va vatanparvarlik tuyg‘ularining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega jarayonidir. Bu davrda bola atrof – muhitni, xulq – atvorlarini, an’analarini va milliy qadriyatlarini o‘yin, suhbat ertak hamda san’at vositalari orqali o‘zlashtiradi. Shuning uchun tarbiyachilar va ota-onalar bolalarda madaniy qadiriyatlarini hurmat qilish kattalarga hurmat, kichiklarga mehr, tabiatga ehtirom kabi fazilatlarini shakillantirishga alohida e’tibor berishlari zarur. Bunday tarbiya jarayoni orqali bolalar nafaqat milliy, balki umuminsoniy qadiriyatlarga sodiq, ma’naviy yetuk va madaniyatli shaxslar bo‘lib voyaga yetadilar. Ayni paytda madaniyat qadiriyatlarini hurmat qilishga yo‘naltirilgan tarbiya – maktabgacha ta’lim tizimining asosiy vazifalaridan biri bo‘lib, u kelajak jamiyatlarining ma’naviy poydevori mustahkamlashgan xizmat qiladi:
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- Maktabgacha pedagogika Sh.Sodikova Toshkent “2019”
- Abdurahmonova.X Maktabgacha yoshidagi bolalarda axloqi va madaniy qadriyatlarini shakllantirish yo‘llari –Toshkent “2022”.
- Xo‘jayev.A, Qurbonova.D “Maktabgacha yoshdagi ta’lim metodikasi” – T: “Fan va texnologiya” 2021
- To‘xtayeva.N Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy qadiriyatlarini singdirish metodikasi –Toshkent ,
- Ilm –ziyo –zakovat “2023”
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011590
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/603
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 1050–1052
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-12 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25