DORIVOR MAYDA GULLI TOG‘ RAYHON (ORIGANUM TYTTANTHUM G.) XOMASHYOSINING FITOKIMYEVY TARQIBI VA FARMAKOLOGIK AHAMIYATI
Boboyeva Khurshida BurkhanovnaSamarqand davlat veterinariya mediysinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 1043–1046
Annotatsiya
Ushbu maqolada Origanum tyttanthum L. (mayda gulli tog‘ rayhon) turiningSamarkand vohasi sharoitida introduksiya qilinishi, uning efir moyi tarkibidagi asosiy bioaktivkomponentlar (karvakrol, γ-terpinene, o-cymene, β-caryophyllene va α-terpineol) miqdori hamdafarmakologik ahamiyati o‘rganildi. GC–MS tahlil natijalari o‘simlikning fitokimyoviy tarkibi ekologiksharoitga mos ravishda o‘zgarishini va introduksiya jarayoni bioaktiv moddalarning miqdorini oshirishgaxizmat qilishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari dorivor xom-ashyo sifatini yaxshilash va farmatsevtikasanoatida qo‘llaniladigan tabiiy preparatlar yaratishda muhim ahamiyatga ega
Boshqa tillarda
ruschaФитохимический состав и фармакологическое значение лекарственного сырья — мелкоцветкового горного базилика (Origanum tyttanthum G.).
В данной статье изучается интродукция Origanum tyttanthum L. (мелкоцветковый горный базилик) в Самаркандском оазисе, содержание основных биологически активных компонентов (карвакрол, γ-терпинен, о-цимен, β-кариофиллен и α-терпинеол) в его эфирном масле, а также его фармакологическое значение. Результаты ГХ-МС анализа показали, что фитохимический состав растения изменяется в зависимости от условий окружающей среды и что процесс интродукции способствует увеличению содержания биологически активных веществ. Результаты исследования имеют большое значение для повышения качества лекарственного сырья и создания натуральных препаратов, используемых в фармацевтической промышленности.
inglizchaPHYTOCHEMICAL COMPOSITION AND PHARMACOLOGICAL SIGNIFICANCE OF THE MEDICINAL SMALL-FLOWERED MOUNTAIN BASIL (ORIGANUM TYTTANTHUM G.) RAW MATERIAL
This article studies the introduction of Origanum tyttanthum L. (small-flowered mountain basil) in the Samarkand oasis, the content of the main bioactive components (carvacrol, γ-terpinene, o-cymene, β-caryophyllene and α-terpineol) in its essential oil, and its pharmacological significance. The results of GC–MS analysis showed that the phytochemical composition of the plant changes in accordance with environmental conditions and that the introduction process serves to increase the content of bioactive substances. The results of the study are of great importance for improving the quality of medicinal raw materials and creating natural preparations used in the pharmaceutical industry.
Kalit so‘zlar
- Origanum tyttanthum
- efir moyi
- karvakrol
- introduksiya
- fitokimyo
- farmakologik ahamiyat
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
обучения, виртуальная и дополненная реальность (VR/AR), анализ больших данных (Big Data) и искусственный интеллект (AI) в развитии туристических компетенций. Ключевые слова: туризм, цифровое обучение, инновации.
Turizm sektori raqamli transformatsiya va texnologik innovatsiyalar tufayli misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar bilan yuzlashmoqda. An’anaviy turizm ta’limi asosan auditoriya darsi va amaliy stajirovkaga tayanardi, ammo bugungi raqamli muhitda mutaxassislar tayyorlash uchun bu yetarli emas. Wu va boshq. (2024) ta’kidlaganidek, aqlli turizm rivojlanishi raqamli vositalar, ma’lumotlarni tahlil qilish va texnologiyalar yordamida mijoz bilan samarali ishlashni talab qiladi [2].Turizmda raqamli ta’lim e-learning platformalari, virtual sinflar va aralash (blended) ta’limni o‘z ichiga oladi. Ayrish joizki MOOC (Massive Open Online Courses) xalqaro turizm bilimlari va ko‘nikmalariga kirish imkonini beradi, geografik chegaralarni yo‘q qiladi. Virtual reallik (VR) va simulyatsiyalar talabalarni mehmonxona boshqaruvi, aeroport operatsiyalari yoki madaniy meros turlarida amaliy tajriba bilan ta’minlaydi. Adeyinka-Ojo (2020) ta’kidlaganidek, raqamli savodxonlik onlayn kommunikatsiya, ma’lumotlarni boshqarish va raqamli marketing ko‘nikmalari - turizm va mehmondo‘stlik sohasida ishga joylashish uchun muhim hisoblanadi. [1] Sun’iy intellekt (AI), Internet narsalar (IoT) va katta ma’lumotlar tahlili (Big Data) turizm iste’molchilarining xatti-harakatlarini oldindan bashorat qilish va shaxsiy xizmatlar yaratishda yordam beradi. Kompetensiyaga asoslangan o‘quv dasturlarida ushbu texnologiyalar integratsiya qilinadi. Masalan, AI yordamida talabalar sayohat tendensiyalarini tahlil qilish, mehmonxonalarda resurslarni optimallashtirish yoki barqaror turizm yechimlarini yaratishni o‘rganadilar. Hall va Williams (2020) qayd etganidek, turizmdagi innovatsiya faqat texnologiyani qo‘llashdan iborat emas, balki bilim yaratish, raqamli ekotizimlar va innovatsion pedagogik usullarni o‘z ichiga oladi [3] . Ilmiy-ta’lim markazlari ushbu yangi paradigmada muhim rol o‘ynaydi. Ular sanoat bilan hamkorlikni rivojlantiradi, amaliy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlaydi va zamonaviy raqamli infratuzilmaga kirish imkonini beradi. Shuningdek, o‘qituvchilar uchun uzluksiz kasbiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish zarur. Raqamli tengsizlik, texnologiya tez eskirishi va barqaror turizm prinsiplari bilan uyg‘unlashuv kabi muammolar mavjud. Dziţac va boshq. (2025) ma’lumotiga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi tashabbuslari raqamli ta’lim va innovatsiyalarni birlashtirib, turizmning raqobatbardoshligini oshirishda muvaffaqiyatli natijalarga erishgan [4] . Raqamli ta’lim va innovatsiyalarni samarali integratsiya qilish uchun uch asosiy yo‘nalish mavjud. Birinchisi, raqamli infratuzilma va vositalar bo‘lib, unga e-learning platformalari, virtual va kengaytirilgan reallik (VR/AR) texnologiyalari, simulyatsion dasturlar va turli tahlil vositalari kiradi. Bu vositalar o‘quv jarayonini interaktiv va samarali qilishga xizmat qiladi. Ikkinchisi, o‘quv dasturi va pedagogika bo‘lib, u kompetensiyaga asoslangan, aralash va tajribaga yo‘naltirilgan ta’limni ta’minlaydi, bu esa talabalarni amaliyotga tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi. Uchinchisi esa sanoat va ilmiy hamkorliklarni rivojlantirish bo‘lib, turizm biznesi, innovatsion markazlar va davlat idoralari bilan yaqin integratsiyani nazarda tutadi. Ushbu yondashuv orqali bitiruvchilar nafaqat raqamli savodxonlikka ega bo‘ladi, balki real turizm muhitida innovatsion yechimlarni amaliyotga tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘lib, sektor raqobatbardoshligini oshiradi va ilmiy-texnologik taraqqiyotga hissa qo‘shadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Adeyinka-Ojo, S. (2020). Hospitality and tourism education in an emerging digital era: digital literacy and employability skills. Worldwide Hospitality and Tourism Themes, 12(2), 113-125. 2. Wu, W., Xu, C., Zhao, M., Li, X., & Law, R. (2024). Digital Tourism and Smart Development: State-of-the-Art Review. Sustainability, 16(23), 10382. 3. Hall, C. M., & Williams, A. M. (2020). Tourism and Innovation (2nd ed.). Routledge. 4. Dziţac, S., Simut, R., Badulescu, D., Simut, C., & Badulescu, A. (2025). The role of education and digitalization in tourism development: evidence for the European Union. Technological and Economic Development of Economy, 31(4), 1181–1205.
DORIVOR MAYDA GULLI TOG’ RAYHON (ORIGANUM TYTTANTHUM G.) XOMASHYOSINING FITOKIMYEVY TARQIBI VA FARMAKOLOGIK AHAMIYATI
Boboyeva Xurshida Burxonovna Samarqand davlat veterinariya mediysinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
___________________________________________________________________ 1043
Annotatsiya. Ushbu maqolada Origanum tyttanthum L. (mayda gulli tog’ rayhon) turining Samarkand vohasi sharoitida introduksiya qilinishi, uning efir moyi tarkibidagi asosiy bioaktiv komponentlar (karvakrol, γ-terpinene, o-cymene, β-caryophyllene va α-terpineol) miqdori hamda farmakologik ahamiyati o’rganildi. GC–MS tahlil natijalari o’simlikning fitokimyoviy tarkibi ekologik sharoitga mos ravishda o’zgarishini va introduksiya jarayoni bioaktiv moddalarning miqdorini oshirishga xizmat qilishini ko’rsatdi. Tadqiqot natijalari dorivor xom-ashyo sifatini yaxshilash va farmatsevtika sanoatida qo’llaniladigan tabiiy preparatlar yaratishda muhim ahamiyatga ega. Kalit so’zlar: Origanum tyttanthum, efir moyi, karvakrol, introduksiya, fitokimyo, farmakologik ahamiyat.
ИНТРОДУКЦИЯ, СОСТАВ ЭФИРНОГО МАСЛА И ФАРМАКОЛОГИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ ЛЕКАРСТВЕННОГО МЕЛКОЦВЕТКОВОГО ГОРНОГО ДУШИЦЫ (ORIGANUM TYTTANTHUM G.)
Boboyeva Xurshida Burxonovna Samarkand State University of Veterinary Medicine, Animal Husbandry and Biotechnology, xurshidaboboyeva60@gmail.com
Аннотация: В данной статье изучено интродуцирование вида Origanum tyttanthum L. (мелкоцветный горный душицa) в условиях Самаркандской долины, а также определён состав эфирного масла и его фармакологическое значение. Результаты анализа GC–MS показали, что содержание основных биоактивных компонентов (карвакрол, γ-терпинен, o-цимен, β-кариофиллен, α-терпинеол) изменяется в зависимости от экологических условий. Интродукция способствует обогащению фитохимического состава и повышению биологической активности растения. Полученные данные важны для улучшения качества лекарственного сырья и разработки природных фармацевтических препаратов. Ключевые слова: Origanum tyttanthum, эфирное масло, карвакрол, интродукция, фитохимия, фармакологическое значение.
INTRODUCTION, ESSENTIAL OIL COMPOSITION AND PHARMACOLOGICAL SIGNIFICANCE OF MEDICINAL SMALL-FLOWERED MOUNTAIN OREGANO (ORIGANUM TYTTANTHUM G.)
Бобоева Хуршида Бурхоновна ¹Самаркандский государственный университет ветеринарной медицины, животноводства и биотехнологий, xurshidaboboyeva60@gmail.com Abstract: This study investigates the introduction of Origanum tyttanthum L. (small-flowered mountain oregano) under the ecological conditions of the Samarkand valley, focusing on the composition of its essential oil and pharmacological significance. GC–MS analysis revealed that the major bioactive compounds (carvacrol, γ-terpinene, o-cymene, β-caryophyllene, and α-terpineol) vary depending on environmental adaptation. The introduction process enhanced the phytochemical profile and increased the biological activity of the plant. These findings are important for improving the quality of medicinal raw materials and developing natural pharmaceutical products. Keywords: Origanum tyttanthum, essential oil, carvacrol, introduction, phytochemistry, pharmacological importance.
Kirish qismi. So’nggi yillarda butun dunyoda tabiiy, ekologik toza, sintetik moddalarga muqobil dorivor o’simliklardan olingan bioaktiv komponentlarga talab keskin ortmoqda. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO) hamda Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST/WHO) ma’lumotlariga ko’ra, dunyo aholisining 80 foizdan ortig’i turli kasalliklarni davolashda o’simlik asosidagi tabiiy preparatlardan foydalanadi.[1] Shu nuqtai nazardan, Lamiaceae oilasiga mansub o’simliklar, xususan Origanum turkumi vakillari, farmatsevtika, oziq-ovqat, parfyumeriya va kosmetika sanoatida alohida e’tiborga ega. Ularning efir
___________________________________________________________________ 1044
moylari antioksidant, antimikrob, yallig’lanishga qarshi, antigistamin va hatto saraton hujayralariga qarshi faol moddalarga boy.[1,4] Dorivor o’simliklarning bioaktiv moddalari farmatsevtika, xalq tabobati hamda oziq-ovqat sanoatida keng qo’llanilib, inson salomatligini mustahkamlashda muhim rol o’ynaydi. Ularning kimyoviy tarkibini o’rganish, tabiiy asosli preparatlar yaratish, shuningdek, introduksiya orqali bioaktiv komponentlarni boyitish uchun ilmiy asos yaratadi.[3] Origanum tyttanthum G. (mayda gulli tog’rayhon) – labguldoshlar (Lamiaceae) oilasiga mansub dorivor o’simlik bo’lib, uning efir moyi tarkibida karvakrol (2-methyl-5-(methylethyl)phenol), γ-terpinene, o-cymene, β-caryophyllene va α-terpineol kabi biologik faol moddalar mavjud. Ushbu moddalar yallig’lanishga qarshi, antiseptik, antioksidant va mikrobarga qarshi ta’siri bilan ajralib turadi.[1.4] Samarkand vohasi tabiiy-iqlim sharoiti o’simliklarning biokimyoviy tarkibiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli, Origanum tyttanthum G. turining mazkur hududda introduktsiya qilinishi va uning efir moyi tarkibi o’zgarishini o’rganish ilmiy va amaliy jihatdan dolzarb hisoblanadi. Materiallar va usullar Origanum tyttanthum G. o’simligining AK-1 va AK-2M shtammlaridan efir moylari (EM) gidrodistillyatsiya usuli yordamida, atmosfer bosimda, 3 soat davomida Klevenger apparatida olindi. Olingan distillyat n-geksan bilan ekstraktsiya qilindi va suvsiz natriy sulfat bilan quritildi. Erituvchi bug’latilib, toza efir moyi hosil qilindi. Efir moyi 4 °C haroratda, qattiq yopilgan shishalarda muzlatkichda saqlangan.Efir moyining tarkibiy komponentlari gaz xromatografiya–mass-spektrometriya (GC–MS) usuli bilan tahlil qilindi. Tadqiqotlar Agilent 7890 GC xromatografi va Agilent 5975C Inert MSD mass-spektrometrida amalga oshirildi. Komponentlar Agilent HP-INNOWax kvarts kapillyar kolonkasi-da ajratildi. Mass-spektrlar Wiley va NIST elektron kutubxonalari bilan solishtirildi. Natijalar va muhokama Tahlil natijalariga ko’ra, Samarkand vohasi sharoitida introduktsiya qilingan Origanum tyttanthum G. o’simligining efir moyi tarkibida karvakrol miqdori eng yuqori darajada aniqlandi. Quyida AK-1 va AK- 2M shtammlari uchun asosiy komponentlar keltirilgan.
Jadval 1. AK-1 efir moyi tarkibi (GC–MS tahlili asosida) № Komponent nomi RI RT Miqlori,% 1 2-methyl-5-(methylethyl)phenol 2049 23.792 87.51 (Karvakrol) 2 γ-Terpinene 1181 3.091 5.13 3 o-Cymene 1202 3.338 1.94 4 β-Caryophyllene 1521 10.728 1.37 5 α-Terpineol 1604 12.907 0.16 Jami: 98,23
Jadval 2. AK-2M efir moyi tarkibi (GC–MS tahlili asosida) № Komponent nomi RI RT Miqlori,% 1 2-methyl-5-(methylethyl)phenol 2049 23.792 66.74 (Karvakrol) 2 γ-Terpinene 1181 3.091 16.00 3 o-Cymene 1202 3.338 5.09 4 β-Caryophyllene 1521 10.728 3.28 5 α-Terpineol 1585 12.419 0.26 Jami: 97.86 Efir moyidagi ushbu komponentlarning mavjudligi Origanum turiga xos bo’lib, ularning miqdoriy tafovuti o’simlikning ekologik sharoit va adaptatsion javobiga bog’liq. Karvakrol va γ-terpinene yuqori kontsentratsiyasi efir moyining antioksidant va yallig’lanishga qarshi faolligini oshiradi. Shuningdek, ocymene va β-caryophyllene mikrobga qarshi xususiyatlarni kuchaytiradi. Introduktsiya natijasida AK-1 va AK-2M shtammlaridagi karvakrol va γ-terpinene miqdorining ortgani ushbu turning Samarkand vohasi sharoitiga biokimyoviy moslashuvini tasdiqlaydi. Xulosa.
___________________________________________________________________ 1045
Samarkand biotexnologiyalar universiteti laboratoriyasida o’tkazilgan GC–MS tahlillari natijasida Origanum tyttanthum G. turining efir moyi tarkibidagi asosiy biologik faol moddalarining miqdori oshgani aniqlandi. AK-1 shtammi-da karvakrol 87.51%, AK-2M shtammi-da esa 66.74% ni tashkil etdi. Shuningdek, γterpinene (5.13–16.00%) va o-cymene (1.94–5.09%) miqdorining ortgani efir moyining biologik faolligini oshirdi.Bu natijalar introduktsiya jarayonining nafaqat ekologik moslashuv nuqtai nazaridan, balki fitokimyoviy tarkibni boyitish orqali dorivor qiymatni oshirishda ham muhim ahamiyatga ega ekanini ko’rsatadi. Shunday qilib, Origanum tyttanthum G. turini Samarkand vohasi sharoitida introduktsiya qilish uning bioaktiv moddalar tarkibini optimalashtrish, yuqori sifatli dorivor xom-ashyo yetishtirish va farmatsevtika sanoati uchun istiqbolli yo’nalish hisoblanadi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- Isikov V.P., Rabotyagov V.D., Xlipenko L.A. Aromatik va dorivor o’simliklarni introduksiya qilish va tanlash. – Yalta: Nikitskiy botanika bog’i, 2009. – 110 b.
- Isikov V.P., Ovcharenko N.S. Qrimda yetishtirilayotgan aromatik va dorivor o’simliklardagi zamburug’lar // Nikitskiy botanika bog’i ishlari (Trudy Nikitskogo Bogsada). – 2011. – T.133. – B. 62–90.
- Libus O.K., Rabotyagov V.D., Kutko S.P., Xlipenko L.A. Efir moyi beruvchi va aromatik o’simliklar. – Xerson: Aylant, 2004. – 270 b.
- Xojimatov O.K., Xamraeva D.T., Xujanov A.N., Bussmann R.W. O’zbekistonning etnomedik dorivor o’simliklariga umumiy nazar // Ethnobotany Research & Applications. – 2020. – B. 1–19.
- Ismoilova S. Farmatsevtika sanoati uchun noyob dorivor o’simliklarni yetishtirish // Science and Education. – 2020. – T.1, №3. – B. 111.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011587
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/600
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 1043–1046
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25