Asosiy mazmunga o‘tish

ROSSIYA IMPERIYASINING NAMANGAN UYEZDIDA SUD-HUQUQ TIZIMINING O‘RNATILISHI

Farkhodjonov Farruh Oybek ogluNamangan davlat pedagogika instituti, tayanch doktoranti2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 1040–1042

Annotatsiya

Ushbu maqolada XIX asrning ikkinchi yarmida Namangan uyezdida Rossiyaimperiyasi tomonidan joriy etilgan sud-huquq tizimi tarixiy jihatdan tahlil etiladi. Unda yangi ma‘muriyboshqaruv tizimining shakllanishi, sudlarning tuzilishi va vakolatlari, “Turkiston o‘lkasini idora qilishto‘g‘risidagi Nizom” asosida amalga oshirilgan huquqiy islohotlar yoritilgan. Tadqiqotda mirovoy sud,viloyat sudlari hamda xalq sudlarining o‘rni va faoliyati tahlil qilinib, ularning mahalliy jamiyat hayotigata‘siri ko‘rsatib berilgan.

Boshqa tillarda

ruschaСОЗДАНИЕ СУДЕБНОЙ СИСТЕМЫ В УЭЗ НАМАНГАН РОССИЙСКОЙ ИМПЕРИИ

В данной статье представлен исторический анализ судебной системы, введенной Российской империей в Наманганской области во второй половине XIX века. Рассматривается формирование новой административно-административной системы, структура и полномочия судов, а также правовые реформы, проведенные на основе «Постановления об управлении Туркестанской областью». В исследовании анализируется роль и деятельность гражданского суда, областных судов и народных судов, а также показано их влияние на жизнь местного общества.

inglizchaESTABLISHMENT OF THE JUDICIAL SYSTEM IN THE NAMANGAN UEZ OF THE RUSSIAN EMPIRE

This article provides a historical analysis of the judicial system introduced by the Russian Empire in the Namangan region in the second half of the 19th century. It covers the formation of a new administrative-administrative system, the structure and powers of the courts, and the legal reforms implemented on the basis of the “Regulations on the Administration of the Turkestan Region”. The study analyzes the role and activities of the civil court, regional courts, and people‘s courts, and shows their impact on the life of local society.

Kalit so‘zlar

  • sud
  • Nizom
  • Mirovoy sud
  • xalq sudi
  • huquqbuzarliklar
  • uyezd
  • Turkiston

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

ROSSIYA IMPERIYASINING NAMANGAN UYEZDIDA SUD-HUQUQ TIZIMINING O‘RNATILISHI

Farxodjonov Farruh Oybek o‘g‘li Namangan davlat pedagogika instituti, tayanch doktoranti email:farxodjonov1998nd@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada XIX asrning ikkinchi yarmida Namangan uyezdida Rossiya imperiyasi tomonidan joriy etilgan sud-huquq tizimi tarixiy jihatdan tahlil etiladi. Unda yangi ma’muriyboshqaruv tizimining shakllanishi, sudlarning tuzilishi va vakolatlari, “Turkiston o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizom” asosida amalga oshirilgan huquqiy islohotlar yoritilgan. Tadqiqotda mirovoy sud, viloyat sudlari hamda xalq sudlarining o‘rni va faoliyati tahlil qilinib, ularning mahalliy jamiyat hayotiga ta’siri ko‘rsatib berilgan. Kalit so‘zlar: sud, Nizom, Mirovoy sud, xalq sudi, huquqbuzarliklar, uyezd, Turkiston.

УСТАНОВЛЕНИЕ СУДЕБНО-ПРАВОВОЙ СИСТЕМЫ В НАМАНГАНСКОМ УЕЗДЕ РОССИЙСКОЙ ИМПЕРИИ

Фарходжонов Фаррух Ойбек угли Наманганский государственный педагогический институт, докторант email:farxodjonov1998nd@gmail.com

Аннотация. В статье представлен исторический анализ судебно-правовой системы, введенной Российской империей в Наманганской области во второй половине XIX века. Рассматривается формирование новой административно-хозяйственной системы, структура и полномочия судов, а также правовые реформы, проведенные на основе «Положения об управлении Туркестанским краем». В исследовании анализируются роль и деятельность гражданского суда, окружных судов и народных судов, а также показано их влияние на жизнь местного общества. Ключевые слова: суд, Положение,Мировой суд, народный суд, уезд, правонарушения, Туркестан.

THE ESTABLISHMENT OF THE JUDICIAL AND LEGAL SYSTEM IN THE NAMANGAN DISTRICT OF THE RUSSIAN EMPIRE

Farxodjonov Farruh Oybek o‘g‘li Namangan state pedagogical institute, PhD student email:farxodjonov1998nd@gmail.com

Annotation.This article provides a historical analysis of the judicial system introduced by the Russian Empire in the Namangan region in the second half of the 19th century. It covers the formation of a new administrative-administrative system, the structure and powers of the courts, and the legal reforms

implemented on the basis of the “Regulations on the Administration of the Turkestan Region”. The study analyzes the role and activities of the civil court, regional courts, and people's courts, and shows their impact on the life of local society. Keywords: court, Nizam, Mirovoy court, people's court, offenses, region, Turkestan.

XIX asrning ikkinchi yarmi Markaziy Osiyo xalqlari tarixida tub o‘zgarishlar davri bo‘lib, ayniqsa bu jarayon Rossiya imperiyasining mintaqadagi harbiy ekspansiyasi va siyosiy maydonini kengaytirishi bilan chambarchas bog‘liq edi. 1860-1880- yillarda Farg‘ona vodiysi, jumladan Namangan hududi ham Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinib, yangi ma’muriy –boshqaruv tizimi joriy qilindi. Bu o‘zgarishlar nafaqat siyosiy tuzilmalarga, balki mahalliy jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Namangan uyezdining shakllanishi, va unda Rossiya boshqaruv tizimining joriy etilishi imperiyaning mintaqaviy siyosatini amalga oshirishdagi muhim vositalardan bir edi, shu jumladan harbiyma’muriy boshqaruv, soliqqa tortish tizimi, sud-huquq islohotlari va mahalliy aholi bilan munosabatlar – bularning barchasi tadqiq etilishi lozim bo‘lgan muhim tarixiy masalalardandir. Imperiya hukumati ma’muriy boshqaruv va soliqqa tortish tizimida bo‘lgani kabi sud huquq tizimida ham juda katta o‘zgarishlar olib bordi. Turkiston o‘lkasida sud hokimiyati mirovoy sudi, viloyat sudi va hukumron senatida bo‘lgan. Mahalliy aholi orasida esa xalq tomonidan saylangan maxsus qoidalar asosida xalq sudlari faoliyat yuritgan.[1: 16] Ushbu sudlari Turkiston o‘lkasi aholisining barcha bo‘g‘ini rusiyzabon xalqlar hamda mahalliy xalq orasida sodir bo‘lgan ishlarni ko‘rib chiqqan. 12- iyun 1886-yilda qabul qilingan “Turkiston o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizomga” ko‘ra viloyat sud tizimi xalq –harbiy boshqaruvidan chiqarilib Adliya vazirligi tasarufiga o‘tkaziladi. Har bir uyezdda shu qatori Namangan uyezdida ham bittadan Mirovoy sud sudyalari va ularning yordamchilari bo‘lgan. Tergov ishlari Mirovoy sud sudyalari yordamchisi tarafidan yuritilgan. Agarda uyezdda Mirovoy sud yordamchilari bo‘lmasa tergov ishlarini ham uyezd Mirovoy sud sudyalarining o‘zlari amalga oshirishgan. [2. 33] Ushbu sudyalar hamda ularning yordamchilarining ma’lum hududlarga tayinlanishi boshqa hududga o‘zgartirlishi Adliya vazirligi ruhsati orqali viloyat sudyalari tomonidan belgilangan. “Turkiston o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizomining” 141 va 142 moddasiga ko‘ra Agar mahalliy aholi vakillari davlat va xristian diniga, davlat boshqaruviga, davlat buyruq va qarorlariga ish qilganda, aholiga tinchligini buzganda, karantin qoidalariga bo‘sinilmaganda, yolg‘on ma’lumotlar berilganda, hufiyona ayg‘oqchilik amalga oshirilganda, qochqinlar yashirilganda, telegraf liniyasi hamda yo‘llarni buzganda, qotillik amalga oshirilganda, zo‘rlaganlikda, birovning mulkini o‘zlashtirish va talon taroj qilinganda, o‘grilik sodir etsa, davlat pulini o‘zlashtirganda, birovning uyini qasddan yoqib yuborganda Mirovoy sud tomonidan ko‘rib chiqib aybli deb topilgan. Shuningdek mahalliy aholi tomonidan yuqorida ko‘rsatib o‘tilganlardan boshqa qonunbuzarliklar ruslar aholi punktlarida yoki ruslarga aloqador holda sodir etilgan bo‘lsa xalq sudi tomonidan emas balki Mirovoy sudi orqali ko‘rib chiqilgan. Shu bilan birga agar boshqa - boshqa xalq sudyalariga ega bo‘lgan mahalliy aholi hamda mahalliy aholiga aloqasi bo‘lmagan shaxs tomonidan qandaydir qonunbuzarliklar amalga oshirilsa, barchasi Mirovoy yoki viloyat sudi tomonidan hal etilgan. [1. 20] Uyezdalarda eng quyi sud tizimi esa xalq sudi bo‘lib “Turkiston o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizomining” 141 va 142 moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikdan tashqari sodir bo‘lgan kichik huquqbuzarliklar xalq sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan. Xalq sudi sudyalari har uch yilda mahalliy aholi orasidan obro‘etiborga ega sudlanmagan shaxs xalq tomonidan saylangan. [1. 28] Xalq sudyalari soni o‘troq aholi yashaydigan volostlar bittadan ko‘p bo‘lmasligi hamda ko‘chmanchi aholi yashaydigan volostlarda esa to‘rtdan ko‘p bo‘lmagan yoki ovul jamoasi soniga teng bo‘lishi lozim edi. 1887-yilda Namangan uyezdida xalq sudyalari 55 tani tashkil qilgan.[2. 35] “1886 yilgi “Nizom” loyihasi tartiblari uyezd maʼmuriyati mavqeyini tushirib yozuv ishlarini k o‘paytirdi. Uyezd boshliqlarini boshqarayotgan hududni tez-tez aylanib turishni cheklab quydi, sud tizimidagi oʼzgarishlar xalq sudyalari huquqlarini kengaytirib uyezd boshliqlari huquqlarini pasaytirib yubordi. Mahalliy aholi vakillari k o‘z o‘ngida rus hukumatining taʼsiri tushib ketganligi k o‘rinib turibdi”deb Russkiy Turkestan gazetasining 1898 yilgi 16-sonida yozib o‘tiladi. [3.] Turkiston general gubernatori baron Verevskiy esa “1886 yilgi “Nizom” loyihasi asosida hokimiyatni bhuquqbuzarliklib yuborilishi yerlik aholi khuquqbuzarlikz huquqbuzarlikngida mustaxkam ko‘rinishdagi hokimiyatni zaiflashtirib qhuquqbuzarlikydi” deydi. [4. 59]

XIX asrning ikkinchi yarmida Namangan uyezdida joriy etilgan sud-huquq tizimi Rossiya imoeriyasining mintaqadagi siyosiy va ma’muriy strategiyasining ajralmas qismi bo‘ldi. Bu tizim orqali imperiya mahalliy jamiyatni nazorat qilish, ularning siyosiy-huquqiy erkinliklarini chegaralash hamda rus qonunlarini singdirishga intildi. Shu bilan birga, xalq sudlarining faoliyatini saqlab qolish orqali mahalliy aholining ehtiyojlarini ham qisman hisobga olishga majbur bo‘ldi. Natijada, ikki xil huquqiy tizim – rus imperiyasi qonunlari va xalq sudlari o‘rtasidagi muvozanat yuzaga kelib, bu jarayon o‘lkadagi ijtimoiysiyosiy munosabatlarga murakkab ta’sir ko‘rsatdi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Положение об управление Туркестанского края,Том 2, часть 2. – Санкт-Петербург,: 1886 г –с 52
  2. Обзор Ферганской области за 1887 год. –Новый Маргелан.: Типография Ферганского областного правления, 1889 г. –c 78
  3. Русский туркестан. 1898, 30 октября, №16.
  4. Тиллабоев С. Б. XIX аср охоири -XX аср бошларида Туркистон ўлкасининг Маъмурий Худудий бошқарув тизими ва унда махаллий ахоли вакиларининг иштроки( Фарғона вилояти мисолида)
  5. Всеподнейший отчет .... 1889 -1895. –С 63

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011585
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/598
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
1040–1042
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25