VERBAL NOVERBAL ALOQANI IFORLAYDIGAN BIRLIKLARNING ALOQA JIHATLARI
Maftunakhon Rakhmonkulova Takhirjon qiziFarg‘ona davlat universiteti https://ror.org/0190ze4632025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 967–968
Annotatsiya
Ushbu tezisda verbal va nonverbal muloqotning mohiyati, turlari hamda ularningkommunikatsiya jarayonidagi o‘rni yoritilgan. Noverbal vositalarning hissiy ifoda, ma‘no uzatish vamadaniy talqin jihatlari tahlil qilinib, ularning o‘zaro uyg‘unligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Boshqa tillarda
ruschaКОММУНИКАТИВНЫЕ АСПЕКТЫ ЕДИНИЦ, ВЫРАЖАЮЩИХ НЕВЕРБАЛЬНОЕ ОБЩЕНИЕ
В данной диссертации исследуются природа и типы вербальной и невербальной коммуникации, а также их роль в коммуникативном процессе. Анализируются аспекты эмоционального выражения, передачи смысла и культурной интерпретации невербальных средств, а также демонстрируется их взаимная совместимость.
inglizchaCOMMUNICATION ASPECTS OF UNITS EXPRESSING NONVERBAL COMMUNICATION
This thesis examines the nature and types of verbal and nonverbal communication, as well as their role in the communication process. The emotional expression, meaning transfer, and cultural interpretation aspects of nonverbal means are analyzed, and their mutual compatibility is demonstrated.
Kalit so‘zlar
- noverbal muloqot
- verbal muloqot
- kommunikatsiya
- imo-ishora
- mimika
- hissiy ifoda
- madaniy kontekst
- axborot uzatish
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Maftunakhon Rakhmonqulova Takhirjon qizi, Fergana State University raxmonqulova@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu tezisda verbal va nonverbal muloqotning mohiyati, turlari hamda ularning kommunikatsiya jarayonidagi o‘rni yoritilgan. Noverbal vositalarning hissiy ifoda, ma‘no uzatish va madaniy talqin jihatlari tahlil qilinib, ularning o‘zaro uyg‘unligi ko‘rsatib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: noverbal muloqot, verbal muloqot, kommunikatsiya, imo-ishora, mimika, hissiy ifoda, madaniy kontekst, axborot uzatish.
КОММУНИКАТИВНЫЕ АСПЕКТЫ ЕДИНИЦ, ВЫРАЖАЮЩИХ НЕВЕРБАЛЬНОЕ ОБЩЕНИЕ
Аннотация: В данной тезисной работе раскрыта сущность вербального и невербального общения, их виды и роль в процессе коммуникации. Проанализированы эмоциональновыразительные, смысловые и культурные аспекты невербальных средств, а также показано их взаимное взаимодействие. Ключевые слова: невербальное общение, вербальное общение, коммуникация, жест, мимика, эмоциональное выражение, культурный контекст, передача информации.
COMMUNICATIVE ASPECTS OF UNITS EXPRESSING NONVERBAL COMMUNICATION
Abstract: This thesis explores the essence and types of verbal and nonverbal communication, as well as their role in the communication process. The emotional, semantic, and cultural aspects of nonverbal means are analyzed, and their interrelation is highlighted. Keywords: nonverbal communication, verbal communication, communication, gesture, facial expression, emotional expression, cultural context, information transfer.
Nonverbal muloqot tushunchasi deganda so‘zlardan foydalanmasdan amalga oshadigan axborot almashinuvi jarayoni nazarda tutiladi. U insonning imo-ishoralari, yuz ifodalari, nigohi, tana harakatlari, ovoz ohangi, masofa saqlash uslubi yoki hatto tashqi ko‘rinishi orqali hsm muloqotda ma‘lum bir ma‘noni ifodalashi mumkin. Nonverbal muloqot inson fikrini, hissiyotini va munosabatini tabiiy tarzda namoyon etadi. Tadqiqotchilar ta’kidlashicha, og‘zaki nutq orqali yetkaziladigan ma’lumotning atigi bir qismi verbal shaklda bo‘lib, asosiy qismi imo-ishora, mimika, nigoh, ovoz ohangi va tana harakatlari orqali ifodalanadi. Nonverbal vositalar inson nutqining ajralmas qismi bo‘lib, ular ko‘pincha so‘zlar orqali ifodalanadigan muloqotdan ham kuchliroq ta‘sir o‘tkazadi. Masalan, inson “hammasi joyida” deb aytgan bo‘lsa-da, uning yuzida xavotir ifodasi sezilsa, bu noverbal belgilar orqali boshqa, ichki holatni bildiradi. Shuningdek, boshni qimirlatish rozilikni, qoshni chimirish esa norozilikni ifodalovchi tabiiy imo-isha-ralar hisoblanadi. Bunday belgilar turli madaniyatlarda turlicha talqin qilinadi. Masalan, ayrim mamlakatlarda ko‘zga tik qarash ishonchlilik belgisi hisoblanadi, boshqa joylarda esa bu odobsizlik deb qabul qilinadi. Shu bois noverbal muloqotni to‘g‘ri talqin qilish uchun madaniy va ijtimoiy omillarni e‘tiborga olish zarur. Nonverbal muloqotning bir nechta turlari mavjud va ularga yuz ifodalari, tana harakatlari, nigoh, ovoz ohangi, masofa va tashqi ko‘rinish elementlari kiradi. Yuzdagi mimik o‘zgarishlar — qosh, ko‘z, lab va yonoq muskullarining harakati orqali insonning hissiy holati ifodalanadi. Masalan, tabassum quvonchni, qoshni chimirish norozilikni, ko‘z qisish esa samimiyat yoki yaqinlikni bildiradi. Shuningdek, qo‘l, barmoq yoki tana harakatlari orqali fikr ifodalanadi, masalan, qo‘l silkitish xayrlashish, boshni egish hurmat, yelkani qisish esa befarqlik belgisi sifatida qabul qilinadi. Ko‘z orqali muloqotda nigohning yo‘nalishi, davomiyligi muhim axborot beradi: to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarash ishonch ramzi bo‘lsa, nigohni chetga burish tortinchoqlik yoki noqulaylikni anglatadi. Suhbatdoshlar orasidagi masofa ham aloqaning mohiyatini ifodalaydi – yaqin masofa odatda samimiyatni, uzoq masofa esa rasmiylik yoki begonalikni bildiradi. Paralingvistik vositalar — ya‘ni ohang, urg‘u yoki nutq tezligi so‘zning ma‘nosini chuqurlashtiradi, masalan, bir xil so‘zni balandroq yoki pastroq ohangda aytish uning hissiy mazmunini o‘zgartiradi. Insonning tana holati ham muloqotda sezilarli ahamiyatga ega: tik turgan holat ishonchlilik va qat‘iyatni, bukchaygan tana esa sustlikni anglatadi. Shuningdek, kiyinish uslubi, soch turmagi va atrof-muhit unsurlari kabi ekstralingvistik belgilar ham muloqotning noverbal qatlamiga kiradi — rasmiy kiyim jiddiyatni, rang-
barang liboslar esa erkinlik va ijodkorlikni ifodalaydi. Noverbal birliklar kommunikatsiya tizimida bir necha vazifani bajaradi: ular so‘zli nutqni to‘ldiradi, unga emotsional tus beradi, ba’zan esa mustaqil ma’no tashuvchi vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan, suhbat davomida insonning tabassumi yoki nigohining yo‘nalishi uning ichki hissiy holati va munosabatini ochib beradi Nonverbal muloqotning “kommunikativ jihatlari” deganda ushbu birliklarning muloqot jarayonida qanday ma‘no uzatishi, qanday vazifani bajarishi va insonlar o‘rtasidagi tushunishni qanday ta‘minlashi tushuniladi. Noverbal vositalar muloqot jarayonida axborot uzatishning turli ko‘rinishlarini amalga oshiradi. Ular so‘zli nutqqa qo‘shimcha ma‘no yuklash, hissiy holatni ifodalash, so‘z o‘rnini bosish kabi vazifalarni bajaradi. Masalan, boshni qimirlatish orqali “ha” degan ma’no berilishi nutqni to‘ldiruvchi noverbal ishora sanaladi. Shuningdek, insonning yuz ifodasi orqali hissiyot va kayfiyat ifodalanadi: tabassum quvonchni, yuzni burish esa jirkanishni anglatadi. Ba‘zan imo-ishoralar suhbat jarayonini boshqaruvchi omil sifatida ham qo‘llaniladi, masalan, qo‘l harakati bilan so‘z so‘rash yoki suhbatni yakunlashni bildiruvchi harakatlar bunga misol bo‘ladi. Shu bilan birga, ayrim noverbal belgilar to‘liq so‘z o‘rnini egallab, mustaqil ma’no beradi, masalan, boshni chayqash “yo‘q” degani sifatida qabul qilinadi. Noverbal signallarning mazmuni ko‘pincha madaniy kontekstga bog‘liq bo‘lib, bir xil imo yoki harakat turli xalqlarda turlicha ma’noni ifodalashi mumkin. Masalan, boshni yuqoriga silkish ayrim xalqlarda rozilik, boshqalarda esa inkor sifatida tushuniladi. Shu jihatdan, noverbal vositalarning to‘g‘ri talqin qilinishi muloqot samaradorligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Verbal va nonverbal muloqot insonlar o‘rtasida aloqa o‘rnatishning asosiy shakllaridan hisoblanadi. Har ikkisi ham fikr almashish, his-tuyg‘ularni ifodalash va axborot yetkazish jarayonida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, kommunikatsiya tizimida bir-birini to‘ldirib turuvchi vositalar sifatida namoyon bo‘ladi. Ularning o‘xshash jihati shundaki, ikkala muloqot turi ham ma’no uzatish, munosabat bildirish va o‘zaro tushunishni ta’minlashga xizmat qiladi. Verbal muloqotda bu jarayon so‘z, gap va tilning grammatik qurilishlari orqali amalga oshsa, nonverbal muloqotda tana harakati, yuz ifodasi, ovoz ohangi, nigoh va masofa kabi belgilar vositasida ro‘y beradi. Farqlovchi jihatlariga kelsak, verbal muloqot til tizimiga asoslangan bo‘lib, so‘zlar orqali fikrni aniq va mantiqiy tarzda yetkazish imkonini beradi. Nonverbal muloqot esa so‘zlardan foydalanmasdan, imo-ishora, holat, nigoh yoki ohang orqali axborot uzatadi. Verbal aloqa mantiqiy aniqligi bilan ajralib tursa, nonverbal muloqot hissiy ta’sir kuchi va tabiiy ifoda vositalari bilan ustunlik qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati Головин Б.Н. Введение в языкознание. – Москва: Высшая школа, 1980. – 320 б. [Головин, 1980, 112-б.] Жумаев М. Нутқ маданияти ва коммуникатив компетенция. – Тошкент: Фан, 2010. – 156 б. [Жумаев, 2010, 57-б.] Каримова Д. Психолингвистика асослари. – Тошкент: Фан ва технология, 2014. – 210 б. [Каримова, 2014, 89-б.] Mehrabian A. Nonverbal Communication. – New Brunswick: Aldine Transaction, 2007. – 220 p. [Mehrabian, 2007, p. 45] Poyatos F. Nonverbal Communication Across Disciplines. Vol. 1: Culture, Sensory Interaction, Speech, Conversation. – Amsterdam: John Benjamins, 2002. – 395 p. [Poyatos, 2002, p. 134]
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar9 ta adabiyot
- Головин Б.Н. Введение в языкознание. – Москва: Высшая школа, 1980. – 320 б. [Головин, 1980,
- Жумаев М. Нутқ маданияти ва коммуникатив компетенция. – Тошкент: Фан, 2010. – 156 б.
- [Жумаев, 2010, 57-б.]
- Каримова Д. Психолингвистика асослари. – Тошкент: Фан ва технология, 2014. – 210 б.
- [Каримова, 2014, 89-б.]
- Mehrabian A. Nonverbal Communication. – New Brunswick: Aldine Transaction, 2007. – 220 p.
- [Mehrabian, 2007, p. 45]
- Poyatos F. Nonverbal Communication Across Disciplines. Vol. 1: Culture, Sensory Interaction, Speech,
- Conversation. – Amsterdam: John Benjamins, 2002. – 395 p. [Poyatos, 2002, p. 134]
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011559
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/570
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 967–968
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25