O‘QITUVCHILARNING IJODIY SALOHIYATINI OSHIRISHDA ILG‘OR TAJRIBALAR
Shamurato‘va Dilnoza Sharapot qiziChirchiq davlat pedagogika Universiteti Turizm yo‘nalishi 2- kurs2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 964–966
Annotatsiya
Mazkur maqolada ijodiy salohiyatning shakllanishi tug‘ma imkoniyatlar bilan birqatorda ijtimoiy muhit, ta‘lim tizimi, o‘qituvchining metodik yondashuvi va o‘quvchi faoliyati bilanchambarchas bog‘liq. Har bir bola tabiatan qiziqadigan, izlanishga intiladigan, tasavvur qiladigan vao‘ylaydigan mavjudot sifatida dunyoga keladi. Lekin bu tabiiy salohiyatni to‘laqonli shakllantirish varivojlantirish uchun unga to‘g‘ri yo‘naltirilgan pedagogik ta‘sir, qulay shart-sharoit va motivatsion muhitzarur haqida yoritilgan.
Boshqa tillarda
ruschaПередовые методы повышения творческого потенциала учителей
В данной статье рассматривается тот факт, что формирование творческого потенциала, наряду с врожденными способностями, тесно связано с социальной средой, системой образования, методическим подходом учителя и деятельностью ученика. Каждый ребенок рождается от природы любознательным, пытливым, обладающим воображением и способным мыслить существом. Однако для полного формирования и развития этого природного потенциала необходимо обеспечить ему правильное педагогическое воздействие, благоприятные условия и мотивирующую среду.
inglizchaADVANCED PRACTICES IN ENHANCING TEACHERS‘ CREATIVE CAPACITY
This article discusses the fact that the formation of creative potential, along with innate abilities, is closely related to the social environment, the education system, the teacher‘s methodological approach and the student‘s activity. Every child is born as a naturally curious, inquisitive, imaginative and thinking being. However, in order to fully form and develop this natural potential, it is necessary to provide it with the right pedagogical influence, favorable conditions and a motivating environment.
Kalit so‘zlar
- Ijodiy salohiyat
- fikr
- tashabbuskor
- ijodkor shaxs
- interaktiv metod
- integratsiya
- mustaqil fikrlash
- qobiliyat
- kasbiy kampetensiya
- g‘oya
- o‘zaro baholash
- diagnostik tahlil
- mativatsiya
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
O‘QITUVCHILARNING IJODIY SALOHIYATINI OSHIRISHDA ILG‘OR TAJRIBALAR
Shamuratoʻva Dilnoza Sharapot qizi Chirchiq davlat pedagogika Universiteti Turizm yoʻnalishi 2- kurs Shamuratovadilnoz494@gmail.com [telefon raqami yashirilgan]
Annotatsiya.: Mazkur maqolada ijodiy salohiyatning shakllanishi tug‘ma imkoniyatlar bilan bir qatorda ijtimoiy muhit, ta’lim tizimi, o‘qituvchining metodik yondashuvi va o‘quvchi faoliyati bilan chambarchas bog‘liq. Har bir bola tabiatan qiziqadigan, izlanishga intiladigan, tasavvur qiladigan va o‘ylaydigan mavjudot sifatida dunyoga keladi. Lekin bu tabiiy salohiyatni to‘laqonli shakllantirish va rivojlantirish uchun unga to‘g‘ri yo‘naltirilgan pedagogik ta’sir, qulay shart-sharoit va motivatsion muhit zarur haqida yoritilgan. Kalit so’zlar. Ijodiy salohiyat, fikr, tashabbuskor, ijodkor shaxs, interaktiv metod, integratsiya, mustaqil fikrlash, qobiliyat, kasbiy kampetensiya, gʻoya, oʻzaro baholash, diagnostik tahlil, mativatsiya.
BEST PRACTICES IN IMPROVING THE CREATIVE POTENTIAL OF TEACHERS
Chirchik State Pedagogical University Tourism 2nd Shamuratova Dilnoza Sharapot qizi Shamuratovadilnoz494@gmail.com [telefon raqami yashirilgan]
Abstract: This article discusses the formation of creative potential, along with innate abilities, is closely related to the social environment, the education system, the teacher's methodological approach and the student's activities. Every child is born as a naturally curious, inquisitive, imaginative and thinking being. However, in order to fully form and develop this natural potential, it is necessary to provide him with the right pedagogical influence, favorable conditions and a motivational environment. Keywords. Creative potential, thought, initiative, creative person, interactive method, integration, independent thinking, ability, professional competence, idea, mutual assessment, diagnostic analysis, motivation.
ЛУЧШИЕ ПРАКТИКИ РАЗВИТИЯ ТВОРЧЕСКОГО ПОТЕНЦИАЛА ПЕДАГОГОВ
Чирчикский государственный педагогический университет Туризм, 2 курс Шамуратова Дилноза Шарапот кызы Shamuratovadilnoz494@gmail.com [telefon raqami yashirilgan]
Аннотация: В данной статье рассматривается формирование творческого потенциала, который, наряду с врождёнными способностями, тесно связан с социальной средой, системой образования, методическим подходом педагога и деятельностью ученика. Каждый ребёнок рождается от природы любознательным, пытливым, изобретательным и мыслящим существом. Однако для полного формирования и развития этого природного потенциала необходимо обеспечить ему правильное педагогическое воздействие, благоприятные условия и мотивационную среду. Ключевые слова. Творческий потенциал, мысль, инициатива, творческая личность, интерактивный метод, интеграция, самостоятельное мышление, способности, профессиональная компетентность, идея, взаимооценка, диагностический анализ, мотивация.
Kirish. Bugungi tez o‘zgarayotgan dunyoda ta’lim sifati va unga qo‘yilayotgan talablar ortib bormoqda. Zamonaviy ta’limdan ko‘zlangan asosiy maqsad – bilimli, ijodkor, tashabbuskor, muammolarni noodatiy yo‘l bilan hal qila oladigan shaxsni tarbiyalashdir. Bu esa eng avvalo o‘qituvchining kasbiy mahorati, pedagogik qobiliyati va ayniqsa, ijodiy salohiyatiga bog‘liq. Shu bois o‘qituvchilarning ijodiy
imkoniyatlarini rivojlantirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganib, ularni amaliyotga joriy etish dolzarb vazifalardan biridir. Ijodiy salohiyatning mohiyati. Ijodiy salohiyat – bu o‘qituvchining yangicha g‘oyalar topishi, ta’lim jarayonini takomillashtirishga bo‘lgan intilishi, o‘quvchilarda qiziqish uyg‘ota olishi hamda o‘z faoliyatida innovatsion yondashuvlarni qo‘llay bilishidir. Ijodkor o‘qituvchi o‘quv jarayonida stereotip va andozalardan chetga chiqa oladi, darsni hayotiy misollar, muammoli vaziyatlar, bahs va loyihalar orqali boyitadi. Bu esa o‘quvchilarning mustaqil va kreativ fikrlash ko‘nikmalarini kuchaytiradi. Kasbiy rivojlanishning ahamiyati. O‘qituvchilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishning asosiy omillaridan biri – uzluksiz kasbiy o‘sishdir. Bugungi kunda o‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslari, seminarlar, konferensiyalar, onlayn ta’lim platformalarining joriy etilgani ularning yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishiga keng imkon yaratmoqda. Masalan, onlayn treninglar va metodik markazlar orqali o‘qituvchilar interfaol texnologiyalar, raqamli ta’lim vositalaridan foydalanishni o‘rganmoqda. Natijada darslarga innovatsion yondashuv kuchayib, o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi oshmoqda. Innovatsion texnologiyalarning roli. Ta’limda Project-based learning, STEAM yondashuvi, aqliy hujum, rolga kirish, debat kabi metodlarning qo‘llanishi o‘quvchilar faolligini oshiradi. Ayniqsa, STEAM loyihalari orqali fanlararo bog‘liqlikni shakllantirish va muammoli vaziyatlar orqali ijodiy fikrlashni kuchaytirish hozirgi kunda o‘z samarasini bermoqda. Ilg‘or tajribalardan ma’lumki, raqamli o‘quv platformalaridan foydalanish ham o‘qituvchilar ijodiy faoliyatini yengillashtiradi, darsni qiziqarli, hayotga yaqin shaklga keltiradi. Tadqiqotchilik faoliyatining o‘rni. O‘qituvchi o‘z faoliyatiga ilmiy yondashgan taqdirdagina yangilik yaratadi. Kuzatish, tahlil, eksperiment, statistik monitoring kabi usullar orqali dars jarayoni takomillashtiriladi. Shuningdek, o‘z metodik ishlanmalarini chop ettirish, tajribalarni keng jamoatchilikka taqdim etish ham pedagogning ijodiy salohiyatini oshiruvchi omildir. Bir qator maktablarda o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv qo‘llanmalar va kichik ilmiy tadqiqotlar o‘quvchilar motivatsiyasini ko‘tarishga xizmat qilmoqda. Ijodiy muhitning yaratilishi. O‘qituvchi ijodi uning faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasasi muhitiga ham bevosita bog‘liq. Tashabbusni qo‘llab-quvvatlovchi, yangilikka ochiq, hamkorlikka tayyor pedagogik jamoa o‘qituvchining o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon etishiga zamin yaratadi. Ustoz-shogird tizimi, metodik birlashmalar, ochiq darslar, master-klasslar ijodkorlikni mustahkamlaydi va tajriba almashinuvi uchun imkon beradi. To‘sqinlik qiluvchi omillar va ularni bartaraf etish. O‘qituvchilarning ijodiy rivojiga ba’zan ma’muriy yuklama ko‘pligi, resurs yetishmasligi, yangilikdan qo‘rqish yoki befarqlik kabi omillar to‘sqinlik qiladi. Bu muammolarni hal etish uchun motivatsiya va rag‘batlantirish tizimini kuchaytirish, zamonaviy texnik vositalar bilan ta’minlash, menejmentning ijodiy faoliyatga ijobiy munosabatini shakllantirish lozim. O‘qituvchini “yangilik yaratish”ga yo‘naltiruvchi grantlar, tanlovlar, professional mukofotlar bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻqituvchidan nafaqat bilim berish, balki o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, kreativlik, tashabbuskorlik kabi kompetensiyalarni shakllantirish talab etiladi. Bu esa o‘qituvchidan o‘z kasbiy mahoratini doimiy rivojlantirishi, ijodiy salohiyatini kengaytirishni taqozo etadi. Demak, ijodiy o‘qituvchi — zamonaviy ta’limning bosh talabi. Ilg‘or tajribalar: asosiy yo‘nalishlar 1. Uzluksiz kasbiy rivojlanish Hozirgi vaqtda quyidagi shakllar eng samarali sanaladi: Onlayn malaka oshirish (Coursera, ZiyoNET, EdX kurslari) Metodik markazlar tomonidan beriladigan treninglar O‘quv-uslubiy seminarlar Peer-to-peer o‘qitish — o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashish Misol: Toshkent shahridagi bir qator maktablarda Google Classroom, Quizizz, Genially kabi texnologiyalar bo‘yicha ichki treninglar joriy etilib, o‘qituvchilar dars samaradorligini 15–20% oshirishga erishgan. 2. Innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish Ijodkorlikning eng muhim manbai — yangilikka intilish. Shundan kelib chiqib, ta’limda quyidagi metodlar o‘zini oqlamoqda: STEAM yondashuvi Fanlarni integratsiya qilish Muammoli vazifalarni ijodiy hal qilish Project-based learning Loyihaviy topshiriqlar Mustaqil izlanish va jamoaviy fikr
Case-study Hayotiy vaziyatlar tahlili Qaror qabul qilish ko‘nikmasi Aqliy hujum, klaster Erkin fikrlash Faollik va kreativlik oshishi 3. Tadqiqotchilik faoliyati O‘qituvchi o‘z darsini ilmiy izlanish sifatida ko‘ra bilishi kerak. Buning uchun: statistik tahlillar, metodik tajribalar, eksperiment darslar, maqola va tezislar chop ettirish kabi faoliyatlar olib boriladi. 4. Ijodiy muhit va hamkorlik madaniyati Pedagogik jamoada erkin fikr uchun qulay sharoit bo‘lishi shart: rahbariyat tomonidan yangilikka ochiq bo‘lish, tashabbusni qo‘llab-quvvatlash, ochiq darslar, master-klasslar tashkil etish, mentorlik tizimi. Bu jarayon nafaqat o‘qituvchining balki butun maktabning intellektual salohiyatini rivojlantiradi. O‘qituvchilarning ijodiy salohiyatini oshirishda ilg‘or tajribalar orasida o‘qituvchilarni qo‘llabquvvatlash, malakasini oshirish va ta’lim jarayonidagi rolini oshirish, shuningdek, ta’lim samarasini baholashda innovatsiyalardan foydalanish kiradi. Bu tajribalar o‘qituvchilarga yangi usul va vositalarni o‘rgatish hamda ularning ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni tadbiq etishga yordam beradi. Ijodiy salohiyatni oshirishga qaratilgan asosiy yo‘nalishlar: O‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash: O‘qituvchilarning malakasini oshirishga qaratilgan turli dasturlarni joriy etish. Ta’lim jarayonidagi o‘qituvchilarning rolini yanada kuchaytirishga yordam beradigan usullarni qo‘llash. Innovatsiyalar va baholash: O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini har tomonlama baholashga qaratilgan yangi usullar va vositalarni ta’limga tatbiq etish. Ta’lim samaradorligini baholashning innovatsion yondashuvlarini qo‘llab-quvvatlash. Zamonaviy ta’lim usullari: Xalqaro tajribalar asosida o‘qituvchilarga zamonaviy va ijodiy usullarni o‘rgatish. O‘quv jarayonini hamda o‘qituvchilarning ijodiy faoliyatini rag‘batlantiradigan muhit yaratish. Xulosa. Xulosa qilib aytganda, o‘qituvchilarning ijodiy salohiyatini oshirish – ta’lim sifatini yuksaltirishning bosh omilidir. Ijodiy fikrlaydigan pedagog o‘z ishida samarali metodlardan foydalanadi, o‘quvchini mustaqil fikrlashga undaydi va ta’lim jarayonini jozibador qiladi. Jamiyatning intellektual rivoji, kelajak avlodning bilim saviyasi aynan ijodkor o‘qituvchiga bevosita bog‘liq. Shu sababli o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularga ijodiy o‘sish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish uzluksiz davom etishi zarur.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- Абдуллаев С. Х., Турсунова Ш. Б. Технологик таълим сифатини оширишда бўлажак ўқитувчи касбий компетенциясининг ўрни //Ижодкор ўқитувчи. Тошкент. – 2021.
- Tursunova, S. B. T. S. B., & Abdurazzaqova, G. (2024). TEXNOLOGIYA DARSLARI ORQALI OQUVCHILARDA TEXNIK FIKRLASH QOBILYATLARINI RIVOJLANTIRISH. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 1(12), 535-537.
- Hasanboyeva O., Yo‘ldosheva Sh. Pedagogik mahorat. – Toshkent: Fan, 2021.
- Zahiriddinov R. Innovatsion ta’lim texnologiyalari. – Toshkent, 2022.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011558
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/569
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 964–966
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25