Asosiy mazmunga o‘tish

YUQORI SINF O‘QUVCHILARGA MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA KUYLASH VA UNI O‘RGATISH USLUBIYOTI

Mamajonov Ulugbek MakhammattolibovichAndijon davlat pedagogika instituti dotsenti2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 960–963

Annotatsiya

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta‘lim maktablari o‘quvchilarining musiqa tinglash,qo‘shiq kuylash faoliyatini shakillantirish, shuningdek, musiqa madaniyati darslarini interfaol uslublardanfoydalangan holda tashkil etish xususida fikrlar bildirilgan.

Boshqa tillarda

ruschaМетоды обучения пению на уроках музыкальной культуры для учащихся старших классов

В данной статье представлены идеи по формированию у учащихся средних школ навыков слушания музыки и пения, а также по организации уроков музыкальной культуры с использованием интерактивных методов.

inglizchaMETHODS OF TEACHING SINGING IN MUSIC CULTURE LESSONS FOR HIGHER-GRADE STUDENTS

This article presents ideas on the formation of music listening and singing activities of secondary school students, as well as the organization of musical culture lessons using interactive methods.

Kalit so‘zlar

  • qo‘shiq
  • kuy
  • ashula
  • qobiliyat
  • ijrochilik
  • san‘at
  • musiqa madaniyati
  • metod
  • estetika
  • his-tuyg‘u
  • mashg‘ulot

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

YUQORI SINF O’QUVCHILARGA MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA KUYLASH VA UNI O’RGATISH USLUBIYOTI

Mamajonov Ulug’bek Maxammattolibovich Andijon davlat pedagogika instituti dotsenti Emaill: mamajonovulugbek9906@gmaill.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining musiqa tinglash, qo’shiq kuylash faoliyatini shakillantirish, shuningdek, musiqa madaniyati darslarini interfaol uslublardan foydalangan holda tashkil etish xususida fikrlar bildirilgan.

Kalit so’zlar: qo’shiq, kuy, ashulla, qobiliyat, ijrochilik, san’at, musiqa madaniyati, metod, estetika, his-tuyg’u, mashg’ulot.

METHODS OF TEACHING SINGING IN MUSIC CULTURE LESSONS FOR HIGHERGRADE STUDENTS

Mamajonov Ulugbek Makhammattolibovich Associate Professor, Andijan State Pedagogical Institute Emaill: mamajonovulugbek9906@gmaill.com

Abstract: The article presents ideas on the formation of musical-listening and singing activities of students in comprehensive schools, as well as the organization of musical culture lessons using interactive methods. Key words: song, melody, chant, skill, performance, art, musical culture, method, aesthetics, emotion, practice.

МЕТОДИКА ОБУЧЕНИЯ ПЕНУ НА УРОКАХ МУЗЫКАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЫ СТАРШИХ КЛАССОВ.

Мамаджонов Улугбек Махамматтолибович Доцент, Андижанский государственный педагогический институт Emaill: mamajonovulugbek9906@gmaill.com

Аннотация: В статье представлены идеи формирования музыкально-слушательской и певческой деятельности учащихся общеобразовательных школ, а также организации уроков музыкальной культуры с использованием интерактивных методов. Ключевые слова: песня, мелодия, распев, умение, исполнение, искусство, музыкальная культура, метод, эстетика, эмоция, обучение.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida ta’lim bilan tarbiyani birgalikda olib boorish masalasi asosiy vazifa etib belgilangan. Bugun dunyoda barcha sohalar qatori ta’lim tizimini rivojlantirishga juda katta e’tibor qaratilib kelinayotgan bir davrda mamlakatimizda ham malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash va bu borada ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni har jihatdan bilimli, dunyoqarashi keng, ma’naviy jihatdan barkamol avlod etib tarbiyalash, onavatanga munosib farzand, kelajakda oilasini halol boshqarish, to‘kin yashashi hamda, oliy ma’lumotli kadr bo‘lb yetishishi uchun barcha shartsharoitlarni yaratmoqda. Qo’shiq kuylash o’quvchilar ongini o’stirishda katta ahamiyatga ega. Beshinchi-oltinchi sinf o’quvchilarining kuylash ko’nikmalarini shakllantirish musiqa darsi oldida turgan muhim masalalardan biridir. Ko’pchilik bo’lib qo’shiq kuylash musiqaviy qobiliyatning rivojlanishida ijrochilik malakalarining shakllanishida, shu jumladan beshinchi-oltinchi sinf o’quvchilarining kuylash ko’nikmalarini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etib, kuylovchiga faqat estetik zavq berib qolmasdan, balki eshitish qobilyatining rivojlanishiga ham ta’sir ko’rsatib nafas yo’llarini rivojlantiradi. Ma’lumki qo’shiqni kuylash davomida o’qituvchi quyidagi vazifalarni hal etish yo’llarini belgilab olishi kerak. kuylash to’g’risida boshlang’ich tushunchalar orqali o’quvchilarda hissiy taassurotlar shakllantirish; ijro etish rejasini to’zishga qaratilgan musiqa yo’nalishini tahlil qilish; asarni kichik bo’laklarga bo’lib ishlash hamda aytish malakalarini shakllantirish yo’llarini rejalashtirish; ayrim jumlalarni puxta o’rganish maqsadida takrorlash hamda ifodalikuylashga zamin yaratadigan mashqlardan foydalanish; asarning badiiy qimmatini tinglovchiga yetkazib kuylash bu vazifalarni o’qituvchilarning bilim doirasini ya’ni kuylash madaniyatini shakllantirmasdan turib, oshirib bo’lmaydi. Kuylash malakalarini shakllantirish har bir bolaning o’z xususiyati va chilik qobiliyatiga bog’liqdir. Chunki, Beshinchi-oltinchi sinf o’quvchilarining kuylash ko’nikmalarini shakllantirishda musiqaga, aytishga bo’lgan munosabati undagi kuylash malakalarini shakllanishi sifatiga ta’sir qiladi.

Ma’lum bir asarning musiqaviy yo’nalishi orqali o’quvchilarda kuylash malakalarini shakllanib borishiga katta e’tibor beriladi. Buning uchun esa quyidagi bosqichlar orqali maqsadga erishish rejalashtiriladi: oddiy va elementar kuylashni o’rganishga erishish; oddiylikdan murakkablikka ko’chadigan mashqlar ustida ishlash; hosil bo’lgan mahoratdan o’rinli foydalanish. Birinchi bosqichdan boshlab o’quvchilarga kuylash yo’llari o’rgatilib boriladi. Ikkinchi bosqichning maqsadi o’quvchilarning nafas yo’llarida erkinlik hosil qilish, ovoz yorqinligini puxta ta’minlash, tovushlarda hamohanglikni yaxshilashdan iborat. Bunda turli gammalarda foydalaniladi. SHuningdek nafas olishni to’g’ri taqsim etish va to’la shakllantirish yo’llari o’stida ish olib boriladi. Har ikkala bosqichda shakllangan kuylash malakalari uchinchi bosqichda yanada mustahkamlanadi. CHunki, bu bosqich davrida o’kuvchilar chuqur musiqiy his-tuyg’u tushunchasiga ega bo’ladilar, hamda qo’shiqni to’g’ri aytish yo’llarini ancha yaxshi o’zlashtirishga erishadilar. Bu davrga kelib, tovushlarning katta sakrashlarini o’z ichiga olgan ayrim mashqlardan bevosita foydalanish maqsadga muvofiqdir. Natijada o’quvchilarning kuylashlari orasida uzviylik, izchillik aloqasi vujudga keladi. Masalan, musiqa eshitish qobiliyatining rivojlanish darajasi ovoz sifatiga, ovoz hosil qilish usuliga shuningdek, boshqa kuylash malakalariga ta’sir etadi. Malakalarni shakllantirib borishda kuylash mashqlari tez-tez takrorlanib turish va o’quvchilarni guruhlarga bo’lib kuylashni joriy etish foydalidir. O’quvchi yoshlar va ularning qobiliyatlarini o’sishi ustoz tomonidan uyushtiriladigan faoliyatda: qo’shiq, ritmika, muzika kuylash va muziqa asboblarini chalishda sodir bo’ladi. O’quvchi yoshlaro’zlarining musiqa eshitish tajribalari asosida o’z tasavvurlarini qo’shiq, o’yin, raqs ijodida namoyon qilishga va musiqa savodining oddiy elemantlarini egallashga qodirdir. Shu bilan birga o’quvchi yoshlar faoliyatining har bir turi umuman musiqa qobiliyatlarining o’sishiga, maxsus qobiliyatlarning shakllanishiga, masalan: qo’shiq aytish, kuylash ovozi qobiliyatining tarkib topishiga yordam beradi. Bularning barchasi turli tashkiliy formalarda: mashg’ulotlarda, o’qishdan tashqari ishlarda (o’quvchi yoshlarlar bog’chasi xayotida musiqa) va mustaqil faoliyatlarida bo’lib o’tadi. Barcha o’quvchi yoshlar bilan bir vaqtda va musiqa amaliyotining barcha turlari bo’yicha rejali olib boriladigan mashg’ulotlar ishning eng muhim formasi hisoblanadi. Pedagog o’zini rejalashtirar ekan, o’quvchi yoshlarlar bilan bo’ladigan har bir uchrashuvning aniq vazifalari unga ravshan bo’lishi kerak, o’quv materiallarini butun o’quv davriga taqsimlaydi. U butun jamoaga murojaat mashg’ulotini dinamik, variantlab olib borishga, o’quvchi yoshlarlar e’tiborini ustalik bilan boshqa tomonga burishga, unga ijro etilayotgan musiqa xarakterini to’g’ri idrok etishga yo’llashga majbur qiladi. SHu bilan birga mashg’ulot yagona reja bilan birikkan bo’lishi kerak. Amaliyot jarayonida mashg’ulotlar o’tkazishning quyidagi tartibi shakllangan. U o’quvchi yoshlarlarni kuylash qobiliyatini, e’tiborini to’plab jamoani yaxshi uyushtiradigan musiqali – ritmik mashg’ulotlardan boshlanadi. SHundan keyin o’quvchi yoshlarlar sokin, e’tiborini chetga qochirmay o’tirib, qo’shiq aytadilar va musiqa tinglaydilar. Ular o’zlarini, o’rtoqlarini, pedagogning ko’rsatmalarini tinglab, qo’shiq aytish improvizatsiyalari uchun ijodiy topshiriqlarni bajaradilar, o’zlariga yaxshi tanish bo’lgan kuy va qo’shiqlarni takrorlaydilar, yangi qo’shiqlar o’rganadilar. Mashg’ulot oxiriga yaqinlashganda tinch xarakatlar bilan yakunlanadigan o’yin, raqs, jamoalari bilan kuylash mashg’ulotlari o’tkaziladi. Musiqali-estetik tarbiya bir qator muhim vazifalarni amalga oshiradi va shu bilan birga o’quvchi yoshlar hissiyotini va fikrlarini takomillashtiradi. O’quvchi yoshlarlar tinglaydigan yoki ijro etadigan musiqa asarlari o’z xarakteri, janri, takror bayon qilish usullariga ko’ra har xildir va ular o’rtasidagi aloqa o’xshashligi va farqi, muvofiq va zidligiga ko’ra o’rganiladi. Musiqa asarlari pedagogik maqsadlarda quyidagicha tanlanadi: musiqa, qo’shiqlar, tekstlar xarakterida va rejali cholg’u kuy va qo’shiqlarning normalarida ochib beriladigan emotsional-obrazli mazmunga, mavzuga yo’nalganlikka; - janrga-lirik vazmin, qahramona tantanali, hazil – quvnoq; - strukturasiga - ayrim qismlar, iboralar muqqadima, xotima. - ifodali vositalariga - yuqori laddan eshitishga, registr - dinamik templi - ritmik tembrga e’tibor berish lozim. Shunday qilib, o’quvchi yoshlarlar musiqa asarlarini umumlashgan holda idrok etish usullarini aynglaydilar va o’zlashtirib olishlarida muxim vosita xisoblanadi.

Dars jarayonida o‘quv materialining o‘quvchilar bilim va tajribasiga mosligi, o‘quvchilar ovozining rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olgan holda nota qonuniyatlarini to‘g‘ri o‘rgatish, asarlarni o‘quvchilarni fikriy qobilyatiga mos tahlil qilish va boshqalar – darsning ilmiylik faoliyatini tashkil qiladi. O‘quvchilarning kuylash va tinglash faoliyati uchun asarlarni, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, qabul qilish malakalariga qarab sodda mashqlar darajasida tanlab va ularni soddadan – murakkabga, ma’lumdan – noma’lumga qarab o‘zlashtirishni ta’minlash – faoliyati demakdir. Darsning har bir elementi, kelgusi mashg‘ulotlarning mantiqiy davomi bo‘lib, faoliyatning maqsadlarni amalga oshirishi esa davomiylik demakdir. Musiqa tinglash va uni idroki kishi o‘quvchining darv damoida olgan bilimlari hayotida tajribasini boyitadi, voqeylikni badiiy his etib, bilish qobilyatini o‘stiradi, fikrlash xususiyatini rivojlantiradi. SHuni ta’kidlash lozimki, musiqa san’atlari ichida o‘ziga xos xususiyat va imkoniyatga ega. Musiqa tinglovchi ham kuylovchisi, ijrochisi ham bastakor berilgan sur’at (temp)ga sozlanishi, shu maromda kuylash shart. Musiqa tinglash faoliyatini ko‘rsatmalilik asosida tashkil etish musiqani o‘qitishning ham muhim qonuniyati hisoblanadi, chunki bu fanning tabiati ko‘rsatmalilikni ko‘proq talab etiladi. “Musiqa pedgogikasi” fani nomayondalaridan biri N.L.Grodzenskayaning ta’kidlashicha: “Musiqa tarbiyasida musiqaning o‘zi o’ziga ko‘rgazmali vositadir. Chunki, u ko‘z bilan emas, balki quloq bilan idrok etiladi. Masalan o‘quvchi mashq yoki qo‘shiq ohangini chalib, kuylab ko‘rsatganda ohang va so‘z asosan quloq bilan “eshitib” qabul qiladi. Musiqa tinglaganda ham asar tahlilida ham ohang ko‘rgazmasifatida chalib ko‘rsatiladi”. O‘quvchining chalishiga qo‘l harakatlari, dirijyorligi, yuz ifodasi, doskaga ilingan qo‘shiq plakati, mashq yozuvi ham ko‘rgazmali vositadir, ammo u musiqa sadosi ko‘rgazmaliliga yordamchi, ikkinchi darajali vositadir. O‘quvchilarning darsda ongli ravishda ishtiroki va ularning faolligi ayniqsa, aytim malakalarini shakllantirish uchun zarur. Bunda o‘qituvchining tushuntirish vositalari maqsadga muvofiqligi, aniq va ravshanligi, bolalar nutq boyligiga mosligi, qo‘shiqlar esa ular ovoziga mos tushuntirish vositalari maqsadga muovfiqdir, aniq va ravshanligi, bolalar nutq boyligiga mosligi, qo‘shiqlar esa ular ovoziga mos tushishi shart. Notalarni o‘rganishda esa ongli ravishda faolik ko‘rsatishi musiqaning nazariy va amaliy jihatdan to‘g‘ri o‘rganish va o‘zlashtirishni osonlashtiradi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida musiqa darsining asosiy maqsadi –o‘quvchilarga musiqa san’atini go‘zallik qonunlari asosida o‘rganish malakasini singdirish va ularda musiqa madaniyatini tarkib toptirishdan iborat. Mazkur maqsad o‘qtuvchi oldiga o‘quvchilarda musiqaviy-badiiy did axloqiy-estetik his-tuyg‘ularni tarkib toptirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda musiqa san’atiga nisbatan qiziqishni va musiqaviy faoliyatida badiiy ehtiyojni kuchaytirish, musiqa savodxonligi madaniyatini shakllantirish, musiqa-davr, hayot, inson his-tuyg‘ulari va orzu-umidlari ifodasi ekanligi haqida tushuncha hosil qilish kabi qator vazifalar qo‘yadi. O‘quvchilarda musiqaga mehr va havas uyg‘otish, ularning musiqa saviyasini oshirish uchun ashula va musiqa sohasida olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarni har tomonlama kuchaytirish lozim. Musiqa aniq vaqt o‘lchovi bilan bog‘langan san’atdir. SHuning uchun, ijro etilayotgan musiqa tempiga sozlanib, uning har bir elementini diqqat bilan tinglamasak, asarni mukammal idrok etamiz. Mumtoz asarni qayta-qayta tinglaganda uning yangi-yangi badiiy qirralarini his etamiz. Xulosa Xulosa qilib aytganda, musiqa madaniyati darslarida kuylash va uni o'rgatish uslubi o'quvchilarga musiqa bilan chuqur aloqada bo'lishga yordam beradi, ularning ijodiy va ijro etish qobiliyatlarini rivojlantiradi, shuningdek, estetik va madaniy tafakkurini oshiribgina qolmasdan, kuylash dars davomidagi barcha faoliyatlari nazariy va amaliy jihatdan bir biriga bog’laydi. Beshinchi-oltinchi sinf o’quvchilarining kuylash ko’nikmalarini shakllantirish o’quvchilarga aniq va yuqori kuylash saviyalash shakllantiradi. Musiqa darslari samaradorligini yanada oshirish ularni ilmiy va amaliy nuqtai nazardan o’rganish bugungi kun musiqa pedagogining dolzrab vazifalaridan biridir.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni”. - T.: O’zRQ-637. 2020 yil 23 sentyabr.
  2. Yo’ldoshev J.G’., Usmonov S.A. Pedagog texnologiya asoslari. Toshkent “O’qituvchi” 2004 yil.
  3. Tolipov Q., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari. Toshkent “Fan” 2006 yil.
  4. Karimova V.M., Akramova F.A. Psixologiya. Ma’ruzalar matni. Toshkent FTDK, DITAF 2000 YIL.
  5. Mavlyanova, To’raeva O., Xolikberdiev K. Pedagogika. Toshkent “O’qituvchi” 2001 yil.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011557
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/568
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
960–963
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25