INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT SOHASIGA OID TERMINLAR NEOLOGIZMI
Azimova Dildora MakhmudjonovnaNamangan davlat texnika universiteti, PhD katta o‘qituvchisi2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 955–958
Annotatsiya
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida buxgalteriya hisobi hamda audit sohasidashakllanayotgan zamonaviy neologizmlar tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda iqtisodiy, texnologik va huquqiyo‘zgarishlar natijasida sohada ko‘plab yangi terminlar paydo bo‘lib, ular buxgalteriya amaliyotiniraqamlashtirish, sun‘iy intellektni joriy etish va xalqaro standartlarni tatbiq etish jarayonlari bilan bog‘liq.Maqolada ushbu neologizmlarning mazmuni, inglizcha shakllari va amaliy qo‘llanilishi misollar bilanyoritilgan.
Boshqa tillarda
ruschaЯвляются ли термины бухгалтерского учета и аудита на английском и узбекском языках неологизмами?
В данной статье анализируются современные неологизмы в области бухгалтерского учета и аудита на английском и узбекском языках. В последние годы, в результате экономических, технологических и правовых изменений, в этой области появилось множество новых терминов, связанных с процессами цифровизации бухгалтерской практики, внедрением искусственного интеллекта и реализацией международных стандартов. В статье рассматриваются содержание, англоязычные формы и практическое применение этих неологизмов на примерах.
inglizchaARE THE ACCOUNTING AND AUDITING TERMS IN ENGLISH AND UZBEKISTAN NEOLOGISMS?
This article analyzes modern neologisms in the field of accounting and auditing in English and Uzbek. In recent years, as a result of economic, technological and legal changes, many new terms have appeared in the field, which are associated with the processes of digitization of accounting practices, the introduction of artificial intelligence and the implementation of international standards. The article discusses the content, English forms and practical application of these neologisms with examples.
Kalit so‘zlar
- neologizm
- buxgalteriya hisobi
- audit
- termin
- raqamli iqtisodiyot
- kriptoaktivlar
- sun‘iy intellekt
- xalqaro standartlar
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
denotat esa bu jihatda o‘ta murakkab xarakterli hisoblanib, uning denotatini ma’lum leksik muqobil bilan almashtirib bo’lmaydi. Chunki oksimaronlar shunday o‘ziga xos birliklarki, murakkab, qiyin vaziyatlarni o‘ziga xos ta‘sirchan ifodalovchilardir. Badiiy matnda emotsionallikning ifodalovchisi sifatida antisemik birliklar asosida tuzilgan noodatiy birliklarning kompanentlaridan birining “belgi” bildiruvchi so‘zlardan iborat bo‘lishi ko‘proq kuzatiladi. Ba’zan ma’lum belgi orqali ifodalan Bu holatda belgi bildiruvchi so‘zlardagi konkret mazmun abstraktlashib boradi. Bu abstrakt mazmun so‘zning konkret mazmundagi ma’no qirralari asosida yuzaga keladi. Bunda ijodkor o‘zida kechayotgan anglab bo’lmas holatlarni yorqin aks ettiradi. Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, biz ilmiy kuzatishlarimiz jarayonida shu narsaga amin bo’ldikki, oksimaron holatida munosabatga kirishayotgan ko‘chma ma’no ifodalashga xizmat qilayotgan birliklar, ma’lum bir sezgi orqali idrok etilishi lozim bo‘lgan tushunchalar farqli tuyg‘ular orqali ifodalanganda betakror, favqulodda kuchli okkazionallik bo‘yog’iga ega bo‘lgan g‘ayriodatiy birikmalar yuzaga keladi. Aynan shu o‘rinda oksimaronli sinestezik metaforalar hosil bo‘ladi, ya’ni oksimaroniya va sinesteziya hodisalari o‘zaro to‘qnashadi va ular qorishig‘ida o‘ta kuchli emotsionallikka boy bo‘lgan yangi bir okkozional butunlik yuzaga keladi. Masalan, So‘ldirdi umrimning gulin bu zamon Qaynoq qahratonning yellari shoshqin. Atrof tuman yo‘li, qarshilar sovuq. Zimiston qa’riga cho’kmishdir hayot.(R.Parfi.) Adabiyotlar: 1. Абдуллаев А. Ўзбек тилида экспрессивликнинг ифодаланиши. Тошкент: Фан, 1983. – 41 б. 2. Абдураҳмонов Х., Маҳмудов Н. Сўз эстетикаси. ‒ Тошкент: Фан, 1981. – 59 б. 3. Аҳмад С. Танланган асарлар. III жилд. – Тошкент: Шарқ, 2000. 4. Аристотель. Поэтика. – Тошкент: Ғофур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1980. – 74 б. 5. Ҳакимов М. Ўзбек прагмалингвистикаси асослари. – Тошкент: Академнашр, 2013. – 91 б.
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT SOHASIGA OID TERMINLAR NEOLOGIZMI
Аzimova Dildora Maxmudjonovna Namangan davlat texnika universiteti, PhD katta o‘qituvchisi https://orcid.org/0009-0003-7179-6202
Annotatsiya. Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida buxgalteriya hisobi hamda audit sohasida shakllanayotgan zamonaviy neologizmlar tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda iqtisodiy, texnologik va huquqiy o‘zgarishlar natijasida sohada ko‘plab yangi terminlar paydo bo‘lib, ular buxgalteriya amaliyotini raqamlashtirish, sun’iy intellektni joriy etish va xalqaro standartlarni tatbiq etish jarayonlari bilan bog‘liq. Maqolada ushbu neologizmlarning mazmuni, inglizcha shakllari va amaliy qo‘llanilishi misollar bilan yoritilgan. Kalit so‘zlar: neologizm, buxgalteriya hisobi, audit, termin, raqamli iqtisodiyot, kriptoaktivlar, sun’iy intellekt, xalqaro standartlar.
NEOLOGISMS OF ACCOUNTING AND AUDITING TERMINOLOGY IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES
Azimova Dildora Makhmudjonovna Namangan State Technical University, PhD Senior teacher https://orcid.org/0009-0003-7179-6202
Abstract. This article analyzes modern neologisms emerging in the fields of accounting and auditing in the English and Uzbek languages. In recent years, due to economic, technological, and legal changes, numerous new terms have appeared in these areas. They are closely related to the processes of digitalization of accounting practices, the implementation of artificial intelligence, and the adoption of
___________________________________________________________________ 955
international standards. The article explores the meanings of these neologisms, their English equivalents, and practical applications supported by relevant examples. Keywords: neologism, accounting, audit, terminology, digital economy, crypto assets, artificial intelligence, international standards.
НЕОЛОГИЗМЫ ТЕРМИНОВ В ОБЛАСТИ БУХГАЛТЕРСКОГО УЧЁТА И АУДИТА В АНГЛИЙСКОМ И УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКАХ
Азимова Дильдора Махмуджоновна Наманганский государственный технический университет, PhD старший преподаватель https://orcid.org/0009-0003-7179-6202
Аннотация. В данной статье анализируются современные неологизмы, формирующиеся в английском и узбекском языках в сфере бухгалтерского учёта и аудита. В последние годы в результате экономических, технологических и правовых изменений в данной области появляются многочисленные новые термины, связанные с цифровизацией бухгалтерской практики, внедрением искусственного интеллекта и применением международных стандартов. В статье раскрывается содержание этих неологизмов, их английские эквиваленты и практическое применение, приведены соответствующие примеры. Ключевые слова: неологизм, бухгалтерский учёт, аудит, термин, цифровая экономика, криптоактивы, искусственный интеллект, международные стандарты.
Bugungi globallashuv davrida buxgalteriya hisobi va audit sohalari sezilarli darajada o‘zgarib bormoqda. Xalqaro moliyaviy tizimlarning uyg‘unlashuvi, axborot texnologiyalarining jadal rivoji hamda iqtisodiyotning raqamli shaklga o‘tishi bu sohalarning terminologik tizimida ham yangilanishlarni keltirib chiqarmoqda. O‘zbek tilida buxgalteriya hisobi va audit sohasiga oid terminlarni milliylashtirish harakati mavjud bo‘lsa-da, ingliz tilidagi terminlar ustuvorlik kasb etmoqda. Audit va buxgalteriya terminlarining ayrimlari uchun to‘liq semantik ekvivalent topish qiyin, masalan, material misstatement. Tilning har qanday sohasidagi terminologik o‘zgarishlar jamiyatda sodir bo‘layotgan texnologik va iqtisodiy taraqqiyot bilan chambarchas bog‘liq. Yangi iqtisodiy hodisalar bilan birga yangi terminlar shakllanmoqda. Masalan, fintech, cloud accounting, blockchain accounting yangi termin 21-asr boshida raqamli buxgalteriyaga javoban paydo bo‘lgan. Buxgalteriya hisobi va audit terminlarining rivojlanishi tilda yangi terminlarni paydo bo‘lishiga ta’sir qiladi. M.M.Baxtin aytganidek, “...odamlarning barcha sohalardagi faoliyati tildan qanday foydalanish bilan bog‘liq” hamda buxgalteriya hisobi va audit sohasi ham bundan mustasno emas. Buxgalteriya hisobi va audit sohasi, har kuni yangi rivojlanishlar va oʻzgarishlar bilan tanishadi. Bu oʻzgarishlarni ifodalash uchun yangi soʻzlar va frazalar paydo bo‘lishiga olib keladi, ya’ni neologizmlarga. Tadqiqotimizda buxgalteriya sohasidagi yangi soʻz va ifodalarni oʻrganishni va ularning oʻzbek tiliga taʼsirini tahlil qilishni maqsad qilganmiz. Buxgalteriya hisobi va audit sohasida zamonaviy iqtisodiy, texnologik va huquqiy o‘zgarishlar tufayli yangi terminlar – neologizmlar paydo bo‘lmoqda. Quyida sohaga oid neologizmlardan namunalar keltirilgan: Buxgalteriya hisobi va audit sohasiga oid neologizmlar № Termin Inglizcha ekvivalenti Izoh 1 Xalqaro moliyaviy hisobot IFRS – International Moliyaviy hisobotni xalqaro standartlari Financial Reporting standartlar asosida tayyorlash Standards tizimi 2 Elektron buxgalteriya E-accounting Moliyaviy hujjatlarni raqamli formatda yuritish 3 Bulutli buxgalteriya Cloud accounting Internet orqali buxgalteriya dasturlaridan foydalanish 4 Avtomatlashtirilgan Automated accounting Buxgalteriya ishlarini avtomatik buxgalteriya tizimi system bajarayotgan dasturiy vositalar
___________________________________________________________________ 956
5 Kriptoaktivlar hisobi Crypto asset accounting Kriptovalyutalar kabi raqamli aktivlarni hisobga olish 6 Kriptovalyuta Cryptocurrency Davlat tomonidan boshqarilmaydigan raqamli valyuta 7 Elektron valyuta E-currency Raqamli tizimlarda ishlatiladigan to‘lov vositasi 8 Blokcheyn Blockchain Elektron reyestr, moliyaviy yoki boshqa jarayonlarni nazorat qiladi 9 Kiber-hudud Cyberspace Iqtisodiy sohada axborot xavfsizligi bilan bog‘liq tushunchalar 10 Raqamli moliya Digital finance Raqamli platformalarda muomalada bo‘lgan moliyaviy aktivlar 11 Forensik audit Forensic audit Moliyaviy jinoyatlarni aniqlash uchun o‘tkaziladigan tekshiruv 12 Ichki audit Internal audit Tashkilot ichidagi nazorat tizimini baholash 13 Ekologik audit Environmental audit Atrof-muhitga ta’sirini tekshiruvchi audit turi 14 Raqamli audit Digital audit Sun’iy intellekt yordamida o‘tkaziladigan audit 15 Xavfga asoslangan audit Risk-based audit Tashkilotdagi xavflarni inobatga olib o‘tkaziladigan audit usuli
Bundan tashqari bugungi kunda umumiste’moldagi ommalashgan neologizmlar ham mavjud, masalan, oylik maoshni hisoblash uchun turli dasturlar paydo bo‘lmoqda asbo, moliyachi, bot, yoki pul bilan bog‘liq turli o‘tkazmalar klik, paynet, payme kabilar. Bu soʻzlar va ifodalarning asosiy maʼnolari, buxgalteriya sohada oʻzgarishlarni va yangiliklarni tushuntirishda yordam beradi. Yangi paydo bo‘layotgan so‘zlar faqatgina til boyligini oshiribgina qolmay, balki iqtisodiy sohadagi muhim jarayon va tendensiyalarni tushunish hamda ularni tahlil qilish imkonini beradi. Shuning uchun ham buxgalteriya va audit sohalaridagi neologizmlarni o‘rganish, ularning ahamiyatini tahlil qilish va o‘zbek tilidagi mos ifodalarini ishlab chiqish bugungi kunda dolzarb masala sanaladi. Ushbu neologizmlarning ingliz va o‘zbek tillaridagi semantik o‘xshashlik va farqlarini o‘rganish nafaqat tilshunoslik nuqtayi nazaridan, balki kasbiy tarjima amaliyotida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ular zamonaviy buxgalteriya tilining terminologik tizimini boyitib, xalqaro muloqotda yagona ilmiy uslubni shakllantirishga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. IFRS Foundation. International Financial Reporting Standards (IFRS). London, 2023. 2. Warren, C. S., Reeve, J. M., Fess, P. E. Accounting Principles. New York: Cengage Learning, 2022. 3. Porter, B., Simon, J., & Hatherly, D. Principles of External Auditing. Wiley, 2021. 4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun. Toshkent, 2021. 5. Azimova D. M. Ingliz va o‘zbek tillaridagi buxgalteriya hisobi va audit terminlarining leksik-semantik tadqiqi. (dissertatsiya materiali), 2025. 6. Makhmudjanovna, A.D. (2023). The Role of Accounting and Auditing Terminology in the Language System. 7. Azimova, D. (2023). Ingliz tilida so ‘z yasalishining buhgalteriya hisobi va audit terminlari materiali asosida tahlili. In Fergana state university conference (pp. 167-167). 8. Makhmudjanovna, A.D. (2023). Approaches to Studying Accounting and Auditing Terms. Best Journal of Innovation in Science, Research and Development, 2(11), 573-576 9. Azimova, D. (2023). Buxgаlteriya hisobi vа аudit soxаsigа oid terminlаrning leksikogrаfik tаdqiqi. In Fergana state university conference (pp. 210-210).
___________________________________________________________________ 957
10. Аzimova Dildora Maxmudjonovna. (2025). DIACHRONY OF ACCOUNTING AND AUDITING TERMS IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES. Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.14781548 11. Azimova, D.М. (2016). The real purpose of implementation of distance learning. Молодой ученый, (2), 763-765. 12. Azimova, D. (2023). Buxgаlteriya hisobi vа аudit soxаsigа oid terminlаrning leksikogrаfik tаdqiqi. In Fergana state university conference (pp. 210-210).
TALABALAR FAOLIYATINI FAOLLASHTIRISHDA ILG‘OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
Jumaboyeva Sevinch Rashid qizi Bozorboyeva Kumushoy Shuhrat qizi Circhiq davlat pedagogika universiteti Turizm Fakulteti: Xorijiy til va adabiyoti yo’nalishi talabalari Email: Jumaboyevasevinch6@icloud.com Email: kumushbozorboyeva136@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada talabalarning ta’lim jarayonidagi faolligini oshirishda ilg‘or pedagogik texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Pedagogik texnologiyalar ta’limni boshqarishning tizimli yondashuvi sifatida, talabaning mustaqil fikrlashi, ijodiy faoliyatini va o‘zlashtirish samaradorligini oshiradi. Maqolada interaktiv o‘qitish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, loyihaviy va muammoli o‘qitish uslublari kabi ilg‘or texnologiyalarning amaliy jihatlari, shuningdek, ularni qo‘llashdagi samaradorlik shartlari yoritilgan. Kalit so‘zlar: ilg‘or pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, raqamli ta’lim, innovatsiya, mustaqil o‘qish, talaba faolligi, kreativ fikrlash.
ADVANCED PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN ACTIVATING STUDENT ACTIVITY
Jumaboyeva Sevinch Rashid qizi Bozorboyeva Kumushoy Shuhrat qizi Chirchik State Pedagogical University Faculty of Tourism:Students of the Foreign Language and literature department Email: Jumaboyevasevinch6@icloud.com Email: kumushbozorboyeva136@gmail.com
Abstract: This article examines the role and significance of advanced pedagogical technologies in enhancing students’ engagement and activity in the learning process. Pedagogical technologies are viewed as a systematic approach to managing education that helps develop students’ independent thinking, creativity, and learning efficiency. The article discusses interactive teaching, information and communication technologies, project-based and problem-based learning, and provides insights into their practical application and effectiveness. Keywords: advanced pedagogical technologies, interactive learning, digital education, innovation, student engagement, independent learning, creative thinking.
ПЕРЕДОВЫЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ТЕХНОЛОГИИ АКТИВИЗАЦИИ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ УЧАЩИХСЯ
Джумабоева Севинч Рашид кизи Бозорбоева кумушой Шухрат кизи Чирчикский государственный педагогический университет Факультет туризма: студенты направления «Иностранный язык и литература» Электронная почта: Jumaboyevasevinch6@iclod.com Электронная почта: kumushbozorboyeva136@gmail.com
Аннотация: В статье рассматривается роль и значение передовых педагогических технологий в повышении активности студентов в учебном процессе. Педагогические технологии
___________________________________________________________________ 958
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar14 ta adabiyot
- IFRS Foundation. International Financial Reporting Standards (IFRS). London, 2023.
- Warren, C. S., Reeve, J. M., Fess, P. E. Accounting Principles. New York: Cengage Learning, 2022.
- Porter, B., Simon, J., & Hatherly, D. Principles of External Auditing. Wiley, 2021.
- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun. Toshkent, 2021.
- Azimova D. M. Ingliz va o‘zbek tillaridagi buxgalteriya hisobi va audit terminlarining leksik-semantik tadqiqi. (dissertatsiya materiali), 2025.
- Makhmudjanovna, A.D. (2023). The Role of Accounting and Auditing Terminology in the Language
- Azimova, D. (2023). Ingliz tilida so‘z yasalishining buhgalteriya hisobi va audit terminlari materiali asosida tahlili. In Fergana state university conference (pp. 167-167).
- Makhmudjanovna, A.D. (2023). Approaches to Studying Accounting and Auditing Terms. Best Journal of Innovation in Science, Research and Development, 2(11), 573-576
- Azimova, D. (2023). Buxgаlteriya hisobi vа аudit soxаsigа oid terminlаrning leksikogrаfik tаdqiqi. In
- Fergana state university conference (pp. 210-210)10.Аzimova Dildora Maxmudjonovna. (2025). DIACHRONY OF ACCOUNTING AND AUDITING
- TERMS IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES. Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.1478154810.5281/zenodo.14781548
- 11.Azimova, D.М. (2016). The real purpose of implementation of distance learning. Молодой ученый,
- Azimova, D. (2023). Buxgаlteriya hisobi vа аudit soxаsigа oid terminlаrning leksikogrаfik tаdqiqi. In
- Fergana state university conference (pp. 210-210).
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011555
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/566
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 955–958
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25