Asosiy mazmunga o‘tish

SINESTEZIK METAFORALARDA OKKOZIONALLIK

Oripova Mavludakhan BahriddinovnaAlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2-kurs doktoranti2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 953–955

Annotatsiya

Badiiy ijodda muallif o‘zida yoki qahramonlar ruhiy olamida kechayotgan o‘zigaxos jarayonlarni tasvirlash maqsadida tildan yangi imkoniyatlarni izlaydi va u o‘zi ko‘zlagan badiiymaqsadni realizatsiyasini ta‘minlash uchun ko‘chimlarga murojaat qiladi. Chunki ko‘chimlar o‘zida nutqiyta‘sirchanlikni ko‘proq ta‘minlashga xizmat qiladi. Ushbu maqolada oksimoron hodisasi orqali voqelangansinestezik metaforalarning kuchli okkozional ma‘nolar yaratishdagi roli ochib berilgan.

Boshqa tillarda

ruschaЭКСТРАВИЗИОННОСТЬ В СИНТЕСТИЧЕСКИХ МЕТАФОРАХ

В художественном творчестве автор ищет новые языковые возможности для описания конкретных процессов, происходящих в нём самом или в духовном мире его персонажей, и прибегает к метафорам для обеспечения достижения поставленной художественной цели. Ведь метафоры служат для большей выразительности речи. В данной статье раскрывается роль синестетических метафор, реализуемых через феномен оксюморона, в создании сильных, случайных смыслов.

inglizchaOCCASIONALITY IN SYNTHESTIC METAPHORS

In artistic creation, the author seeks new opportunities in language in order to describe specific processes taking place in himself or in the spiritual world of his characters, and he resorts to metaphors to ensure the realization of the artistic goal he has set. Because metaphors serve to provide greater expressiveness of speech. This article reveals the role of synesthetic metaphors realized through the phenomenon of oxymoron in creating strong incidental meanings.

Kalit so‘zlar

  • sinestezik metaforalar
  • oksimoron
  • uzual ma‘no
  • okkozional ma‘no

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

samarali va xavfsiz yoʼlidir [3]. Ushbu tizim 0.3 mikrongacha boʼlgan kichik zarralarni tutib havodagi PM25 darajasini sezilarli darajada kamaytiradi. Gibrit quvvat tizimi kamroq elektr istemoli bilan ishlashini taminlaydi.Global havo tozlagich bozori 2023- yilda 15.94 milliard AQSH dollari tashkil qildi va 2030 yilga kelib 25.5 miliard AQSH dollariga oshib, 7.1% oʼsishi pragnoz qilinmoqda. Bundan tashqari Xitoy shimolidagi Shensi provinsiyasida dunyodagi eng katta havo tozalagich boʼlib , balandligi 100 metrdan oshiqroq. Agar Oʼzbekiston havosini tozalash uchun minoralar olib kelinsa 1 dona minora uchun 25-30 ming AQSH dollari sarf harajat qilinadi. Lekin bu texnalogiyani oʼzimizda yaratish imkoniyati mavjud. Filtr , ionizator va sorbent modda ishlab chiqarishni oʼzimizda yoʼlga qoʼyish mumkin. Mablagʼmasalasi xorijdan olib kelinganda 20-30 ming dollar atrofida boʼlsa , oʼzimizda ishlap chiqarsak 5 yoki 7 baravar arzon bolishi mumkin. Bu texnalogiyalar oʼrnatilgandan soʼng o’sha zonalardagi havo 15%, 20%gacha tozalashi kutiladi. Xulosa qilib aytganda, atmosferaning tozaligi inson salomatligi, tabiiy muhit barqarorligi hamda iqtisodiy rivojlanishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Oʻzbekistonda havo ifloslanishining asosiy manbalari sifatida transport vositalaridan chiqayotgan zaharli gazlar, sanoat korxonalarining chiqindilari, qishki mavsumda ko‘mir va boshqa yoqilg‘ilarning ko‘plab yoqilishi, qishloq xo‘jaligi faoliyati hamda keng ko‘lamli qurilish jarayonlari ko‘rsatib o‘tiladi. Ushbu omillar havodagi zararli moddalarning ko‘payishiga, ekologik muvozanatning buzilishiga va aholining hayot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, zamonaviy filtrlash texnologiyalari, ekologik toza transport vositalaridan foydalanish, yashil hududlarni kengaytirish, shuningdek, sorbsiya usullariga asoslangan havo tozalash minoralarini qo‘llash orqali havo ifloslanishini samarali darajada kamaytirish mumkin. Ayniqsa, sorbsiya texnologiyalari ekologik xavfsizlikni ta’minlash, havodagi chang va zararli gazlarni ushlab qolish hamda havoning sifatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston sharoitida bunday texnologiyalarni joriy etish, ularni mahalliy xomashyo va texnik baza asosida ishlab chiqish imkoniyati mavjud. Bu esa nafaqat ekologik muhitni sogʻlomlashtirish, balki iqtisodiy jihatdan ham tejamkorlikka erishishga xizmat qiladi. Shu sababli, toza havo muammosini hal etishda texnologik yechimlar, davlat siyosati va aholining ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan kompleks yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. Qizi, M. D. O. (2022). ATROF-MUHITING IFLOSLANISHIDA AVTOMOBIL VA UNDAN CHIQADIGAN OG‘IR METALLARNING TA’SIRI HAMDA EKOLOGIK HOLATNING O‘ZGARISHIGA OLIB KELUVCHI SABABLAR. Инновационные подходы, проблемы, предложения и решения в науке и образовании, 1(1), 84-88. 2. DeCoste, J. B. va Peterson, G. W. (2014). Zaharli kimyoviy moddalarni havoni tozalash uchun metall-organik ramkalar. Kimyoviy sharhlar , 114 (11), 5695-5727. 3. Tan, Y. S., Li, T. J. va Tan, K. (2009). Toza, yashil va ko'k: Singapurning atrof-muhit va suv barqarorligi sari sayohati . Janubi-Sharqiy Osiyo tadqiqotlari instituti.

Oripova Mavludaxon Baxriddinovna Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2-kurs doktoranti Email: mavludaxonoripova85@gmail.com

Annotatsiya: Badiiy ijodda muallif o‘zida yoki qahramonlar ruhiy olamida kechayotgan o‘ziga xos jarayonlarni tasvirlash maqsadida tildan yangi imkoniyatlarni izlaydi va u o‘zi ko‘zlagan badiiy maqsadni realizatsiyasini ta’minlash uchun ko‘chimlarga murojaat qiladi. Chunki ko‘chimlar o‘zida nutqiy ta’sirchanlikni ko‘proq ta’minlashga xizmat qiladi. Ushbu maqolada oksimoron hodisasi orqali voqelangan sinestezik metaforalarning kuchli okkozional ma’nolar yaratishdagi roli ochib berilgan. Kalit so’zlar: sinestezik metaforalar, oksimoron, uzual ma’no, okkozional ma’no

Oripova Mavludaxon Baxriddinovna Alisher Navai Tashkent State University of the uzbek Language and Literture 2 year of a doctoral Email: mavludaxonoripova85@gmail.com

Abstract: In literary creativity,the author seeks new possibilities within language to depict unique processes occurring w occasional meanings ithin themselvesor in the inner world of their characters and turns to figurative exspressions to realize their intended artistic goals. This article reveals the role of synesthetic metaphors manifested throught the phenomen of oxymoron in creating powerful occasional meanings. Keywords: Synesthetic metaphors, oxymoron, usual meaning, occasional meaning

ОККАЗИОНАЛИЗМ В СИНЕСТЕТИЧЕСКИХ МЕТАФОРАХ

Oripova Mavludaxon Baxriddinovna Ташкентской государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои 2-курс докторант Email: mavludaxonoripova85@gmail.com

Аннотация: В своём художественном творчестве автор обращается к новым языковым возможностям с целью описания своеобразных процессов, происходящих в ево внутреннем мире или в психологии героев. Для реализации постовленных художественных целей он прибегает к тропам, так как именно они способствуют уселению выразительности речи. В данной статье раскрыта роль синестетических метафор, реализованных посредсвом оксюморонов, в создании ярких окказиональных значений. Ключовые словa: синестетическая метафора, оксюморон, узуальное значение, оказиональное значение

So‘zlarni noodatiy tarzda bog‘lab asar muhitiga olib kirish asarda emotsionallikni yuzaga keltiradi va turli ma’no nozikliklarini, qirralarini ochib beradi.Mantiqiy qurshovdagi bunday birikmalar kitobxonni tezda o‘ziga jalb qiladi. Natijada ijodkorning badiiy maqsadini chuqurroq anglashga zamin yaratiladi. Bunday noodatiy bog‘lanishlarning biri sifatida oksimaron hodisasini keltirish mumkin [Zaynutdinova D.T.,1990:48]. Ayrim hollarda ma’nolari bir-biriga mutlaqo zid bo‘lgan so‘zlarni o‘zaro bog‘lash bilan g‘ayriodatiy birikmalar hosil qilinadi. Bunda birikma juda yuqori ekspressivlik va emotsionallik kasb etadi, kuchli emfatik intonatsiyaga ega bo‘ladi, bu oksimoron nomi bilan yuritiladi. So‘zlarni noodatiy tarzda bog‘lab asar muhitiga olib kirish asarda emotsionallikni yuzaga keltiradi va turli ma’no nozikliklarini, qirralarini ochib beradi.Mantiqiy qurshovdagi bunday birikmalar kitobxonni tezda o‘ziga jalb qiladi. Natijada ijodkorning badiiy maqsadini chuqurroq anglashga zamin yaratiladi. Bunday noodatiy bog‘lanishlarning biri sifatida oksimaron hodisasini keltirish mumkin. Demak, oksimaron – bu kontektsda mantiqiy zid munosabatlar asosiga quriladigan ko‘chma ma’nodagi “ohorlangan” sintaktik va stilistik figuradir. Oksimaron hodisasini o‘ziga xos tarzda tadqiq qilgan G.G.Kuregin bunga yangicha usulda yondashib, mazkur hodisani nominativ birliklar darajasida talqin qiladi. Olim ushbu hodisani mohiyat jihatidan frazeologik birliklar bilan bir qatorda olish mumkinligini ta’kidlaydi: “Qo’llanish darajasi va ekspressivlikka ko‘ra ular frazeologizmlarga yaqin turadi, ammo to‘liq darajada emas. Mualliflik oksimoronlari haqida shunday savol tug’iladi: balki nutqda tez-tez qo‘llanganligi sababli ayrim oksimaronlar okkazionallikni yo’qotgan va shu sababli ularni frazeologizmlar qatoriga qo‘shish mumkindir?”[ Kuregin.G.,2007:9]. Tilshunos oksimaronning naminativ birlik ekanligining isboti sifatida hodisa zamirida yangi tushuncha yuzaga kelishiga e’tiborni qaratadi: “ Oksimaron – bu eski material ustiga qurilgan yangi hodisadirki, bu uning umumiy belgilari orasidan nominatsiyaning alohida birligi sifatida ajratishga yo‘l beradi”-deydi. Haqiqatdan ham ba’zi oksimaronlar odatiy nutq vositasi sifatida qo‘llanilib, g‘ayriodatiylik bo‘yog‘ini yo‘qotib bo‘lgan. Masalan, tirik murda, tiriklayin o‘dirmoq shu kabi bir qator oksimaronlarning nutqda qo‘llanishining ommalashgani va tinglovchiga oson tushinish imkoniyatini berganligi sababli bularning vazifalari frazeologik birliklarga juda yaqin turadi. Tursunboy changalzorlar orasida tirik murdaga aylanib bo‘lgan edi (A.Q., «Qochoq») Ammo shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, frazemalar o‘zining leksik muqobiliga ega, ya’ni frazemafrazema bilan, frazema- leksema bilan sinonimik munosabatga kirisha oladi. Oksimaronlar ifodalayotgan

denotat esa bu jihatda o‘ta murakkab xarakterli hisoblanib, uning denotatini ma’lum leksik muqobil bilan almashtirib bo’lmaydi. Chunki oksimaronlar shunday o‘ziga xos birliklarki, murakkab, qiyin vaziyatlarni o‘ziga xos ta‘sirchan ifodalovchilardir. Badiiy matnda emotsionallikning ifodalovchisi sifatida antisemik birliklar asosida tuzilgan noodatiy birliklarning kompanentlaridan birining “belgi” bildiruvchi so‘zlardan iborat bo‘lishi ko‘proq kuzatiladi. Ba’zan ma’lum belgi orqali ifodalan Bu holatda belgi bildiruvchi so‘zlardagi konkret mazmun abstraktlashib boradi. Bu abstrakt mazmun so‘zning konkret mazmundagi ma’no qirralari asosida yuzaga keladi. Bunda ijodkor o‘zida kechayotgan anglab bo’lmas holatlarni yorqin aks ettiradi. Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, biz ilmiy kuzatishlarimiz jarayonida shu narsaga amin bo’ldikki, oksimaron holatida munosabatga kirishayotgan ko‘chma ma’no ifodalashga xizmat qilayotgan birliklar, ma’lum bir sezgi orqali idrok etilishi lozim bo‘lgan tushunchalar farqli tuyg‘ular orqali ifodalanganda betakror, favqulodda kuchli okkazionallik bo‘yog’iga ega bo‘lgan g‘ayriodatiy birikmalar yuzaga keladi. Aynan shu o‘rinda oksimaronli sinestezik metaforalar hosil bo‘ladi, ya’ni oksimaroniya va sinesteziya hodisalari o‘zaro to‘qnashadi va ular qorishig‘ida o‘ta kuchli emotsionallikka boy bo‘lgan yangi bir okkozional butunlik yuzaga keladi. Masalan, So‘ldirdi umrimning gulin bu zamon Qaynoq qahratonning yellari shoshqin. Atrof tuman yo‘li, qarshilar sovuq. Zimiston qa’riga cho’kmishdir hayot.(R.Parfi.)

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Абдуллаев А. Ўзбек тил��да экспрессивликнинг ифодаланиши. Тошкент: Фан, 1983. – 41 б.
  2. Абдураҳмонов Х., Маҳмудов Н. Сўз эстетикаси. ‒ Тошкент: Фан, 1981. – 59 б.
  3. Аҳмад С. Танланган асарлар. III жилд. – Тошкент: Шарқ, 2000.
  4. Аристотель. Поэтика. – Тошкент: Ғофур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1980. – 74 б.
  5. Ҳакимов М. Ўзбек прагмалингвистикаси асослари. – Тошкент: Академнашр, 2013. – 91 б.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011554
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/565
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
953–955
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-12 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25