Asosiy mazmunga o‘tish

TOZA HAVO SARI: O‘ZBEKISTON VA DUNYO TAJRIBASI

Tursunboyeva SevaraNamangan davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo yo‘nalishi talabasi2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 951–953

Annotatsiya

Ekologik muammolar atrof muhitga ifloslantiruvchi muammolarning chiqarilishisanoatlashtirish, iqlim o‘zgarishi, aholining ko‘payishi va modernizatsiya tufayli ushbu asrning muhimmuammolaridan biriga aylandi. Bulardan eng dolzarbi toza havo haqida to‘xtalamiz

Boshqa tillarda

ruschaЦикл чистого воздуха: опыт Узбекистана и всего мира

Экологические проблемы стали одной из важнейших проблем этого столетия из-за выбросов загрязняющих веществ в окружающую среду в результате индустриализации, изменения климата, роста населения и модернизации. Наиболее актуальной из них является проблема чистого воздуха.

inglizchaCLEAN AIR CYCLE: EXPERIENCE OF UZBEKISTAN AND THE WORLD

Ecological problems have become one of the most important problems of this century due to the release of pollutants into the environment due to industrialization, climate change, population growth and modernization. The most urgent of these is clean air.

Kalit so‘zlar

  • Ekalogiya
  • toza havo
  • sorbsiya
  • havo tozalash minoralari

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

ommalashtirishga intiladilar. Ularning ma’naviy pozitsiyasi - ma’naviyatni o‘ldirish va “narsalarga qullik” ni rag‘batlantirishdir. Amerikaning taniqli adibi R. Bredberi aytganidek, «ommaviy madaniyat» maktabidan o‘tgan avlod uchun hayotning ma’nosi - avtomobil, televizor, muzlatkichga ega bo‘lish. Agar televizor ikkita bo‘lsa, ularga shuncha yaxshi. “Ommaviy madaniyat”da “Pop (ommaviy)-muzika” alohida o‘rin tutadi. “Pop-muzika”ni “Yangi rok” belgilaydi. «Yangi rok», ta’bir joiz bo‘lsa, kuchaytirilgan ritmik tuzilmali musiqadir. Ya’ni jazavali ritm, zarb, shovqin ushbu musiqaning qiyofasidir. Bu musiqa tinglashga, qalbdan huzurlanishga emas, balki vujud harakatiga, talvasali raqsga yo‘naltirilgan. “Ommaviy madaniyat”dagi texnik-ijro vositalari musiqa imkoniyatlarini nihoyatda toraytirmoqda, polifonizm - musiqiy sadolar boyligi va rang-barangligini yo‘qqa chiqarmoqda. “Pop-muzika” namoyandalari ijro etadigan qo‘shiq matnlari esa, avvalo, she’riyatning oddiy talablariga javob bermaydi yoki ular ko‘proq ko‘chada mavjud behayo, jargon iboralarga - qadriyatlarni, insoniy ezguliklarni kinoya, mazax qiladigan so‘zlarga asoslangan. Kiyinishini aytmaysizmi? Maykada, ba’zan yalang‘och holatda. Ular millionlab tomoshabinlar oldida uyalmaydi, biz esa aka-uka, opa-singlimiz oldida yerga kirib ketgudek bo‘lib, boshqa kanalga olamiz. So‘zimiz umumiy bo‘lmasin, isboti bilan: “Rep” yo‘nalishini “titratgan” Shaxriyor “Do‘stmisan” videoroligi.” Misollar cheksiz. Xullas, erkinlik, demokratiya «namunalari» deb tavsiya etilayotgan “pop-muzika” matnlari bilan haqiqiy she’riyat hamda asl xalqchil did, sog‘lom ruhiyat, ma’naviyat o‘rtasida yer bilan osmoncha farq bor. To‘g‘ri, biz demokratiya davrida yashayapmiz. Jamiyatimizda qiziqish va mayllarga hurmat bilan qaraladi. Ammo xatarli qiziqish va mayllardan davlat va jamiyat o‘zini himoya qilishi lozim. Buning uchun esa, eng avvalo, reklama va ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi davlatimiz qonunlarining talablari qat’iy bajarilishi kerak. Ya’ni “reklama”chilar va jurnalistlar davlatimiz, jamiyatimiz havfsizligiga yo‘l qo‘ymasliklari kerak. Afsuski, bunday holatlar yuz berayapti. Qolaversa, dunyoqarash tarbiyasi imkoniyatlarini rivojlantirishimiz lozim. Masalan, “ma’naviy tahdidlardan ogoh etish” iborasining ma’nolarini bugungi zamon sharoitidan kelib chiqib, ancha keng miqyosda tushunishimizga to‘g‘ri keladi. bugungi ogohlik xalqimiz, ayniqsa, yoshlar dilini, ruhiyatini, aql-idroki va umuman ma’naviyatini diniyaqidaparastlik, jaholatparastliklar xataridan tashqari, ayni paytda, jahonda yuz berayotgan siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy va estetik manfaatlar yo‘nalishidagi oshkora va xufiyona kurashlarning keng miqyosdagi xatarli jihatlaridan, jumladan, “ommaviy madaniyat” ning yemiruvchi ta’siridan muhofaza qilishni ham o‘z ichiga oladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Sh. Mirziyoyev. “Yangi O`zbekiston taraqqiyot strategiyasi. -T.: “O`zbekiston” nashriyoti, 2023. 266- bet. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasidagi ma’ruzasi. 1993 yil 28 sentabr, Nyu-York 3. Abdurahmonov M.,Rahmonov N. Madaniyatshunoslik:o‘quv qo‘llanma. - T., “A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti” -2011.-130 b. TOZA HAVO SARI: OʻZBEKISTON VA DUNYO TAJRIBASI Tursunboyeva Sevara Namangan davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo yoʻnalishi talabasi E-mail: nurmuhammadovaosiyo@gmail.com Annotatsiya: Ekologik muammolar atrof muhitga ifloslantiruvchi muammolarning chiqarilishi sanoatlashtirish, iqlim oʼzgarishi, aholining koʼpayishi va modernizatsiya tufayli ushbu asrning muhim muammolaridan biriga aylandi. Bulardan eng dolzarbi toza havo haqida to’xtalamiz. Kalit soʼzlar: Ekalogiya, toza havo, sorbsiya, havo tozalash minoralari. ЧИСТЫЙ ВОЗДУХ: ОПЫТ УЗБЕКИСТАНА И МИРА Турсунбоева Севара Студентка химического факультета естественных наук Наманганского государственного педагогического института

Аннотация: Экологические проблемы, выбросы загрязняющих веществ в окружающую среду в результате индустриализации, изменения климата, роста населения и модернизации, стали одной из важнейших проблем нашего столетия. Наиболее актуальной из них является чистый воздух. Ключевые слова: Экология, чистый воздух, сорбция, воздухоочистные башни.

CLEAN AIR: EXPERIENCE OF UZBEKISTAN AND THE WORLD

Tursunboyeva Sevara Student of Chemistry, Faculty of Natural Sciences, Namangan State Pedagogical Institute E-mail: nurmuhammadovaosiyo@gmail.com

Annotation: Ecological problems, the release of pollutants into the environment due to industrialization, climate change, population growth and modernization, have become one of the most important problems of this century. The most relevant of these is clean air. Keywords: Ecology, clean air, sorption, air purification towers.

Oʼzbekistonda havo ifloslanishining asosiy sabablaridan biri avtomobillar chiqindilari. Eski benzin yoki dizelda ishlaydigan mashinalar, ular havoga CO2, azot oksidlari va qattiq zarrachalarni chiqaradi [1]. Toshkent, Namangan,Fargʼona kabi yirik shaxarlarda mashinalar soni juda ko’p, bu ifloslanish darajasini keskin oshiradi. Masalan: oddiygina tirbandlik vaqtida bir soat davomida mashinalar havoga minglab gramm zaharli gaz chiqaradi. Keyingi oʼrinda esa sanoat korxonalari, zavod va fabrikalar ham havo ifloslanishining muhim manbasi. Metallurgiya kimyo sement paxta tozalash zavodlari tutun chang va gazlarni chiqaradi. Bazi joylarda filtr tizimlari ishlamaydi yoki eskirgan, shuning uchun chiqindilar toʼliq tozalanmaydi. Qish oylarida esa koʼmir va yoqilgʼini koʼp yoqilishi havoda oltingugurt dioksidi (SO 2) va kul zarralarini koʼpaytiradi.Qishloq xoʼjaligida esa oʼsimlik qoldiqlarini yoqish oʼgʼit va pestitsid (zaharli organizmlarga qarshi kimyoviy modda)dan foydalanish ham havoga zararli gazlarni chiqaradi va tuproqdagi changlarni shamol bilan kotarilib atmosferani changlatadi. Manashu changlarning juda katta qismini esa Oʼzbekistonda boʼlayotkan qurilish ishlarining havoga tasiridir. Qurilish maydonlarida sement,qum, shagʼal, gʼisht kabi materiallar ishlatiladi. Bu materiallar tashish aralashtirish yoki maydalash jarayonida chang zarralari havoga chiqadi.Natijada nafaqat qurilish joyida, balki atrofdagi mahallalarda ham havo sifati yomonlashadi. Qurilish uchun koʼplap daraxtlar qirqiladi, yashil hududlar kamayadi. Havo oʼzgarishining yana bir omili bu iqlim va tabiiy omillar. Yurtimizning ayrim hududlarida quruq iqlim va shamolli ob-havo changni uzoq saqlab turadi. Masalan: Qoraqalpogʼiston va Navoiy viloyatlarida Orol dengizi qurishi tufayli paydo bolgan shoʼr changlar ham havo sifatini yomonlashtiradi. Bugungi kunda havo ifloslanishi muammosini bartaraf etish uchun chet el davlatlari qilayotkan ishlarini bir koʼrip chiqamiz. Saʼnoat va chiqindilarni kamaytirish. AQSH, Yaponiya, Germaniya kabi davlatlarda zavod va fabrikalarda maxsus filtrlash tizimlari oʼrnatilgan. Bu tizimlar havoga chiqayotgan uglerod azot va oltingugurt oksidlarini ushlab qoladi.Transportdan chiqadigan gazlarni kamaytirish uchun esa Norvegiya, Shvetsiya, Niderlandiya kabi mamlakatlarda elektromobillar keng tarqalgan. Yevropa ittifoqida benzinli mashinalarni 2035- yilgacha bosqichma- bosqich taqiqlash rejalashtirilgan.Yashil hududlarni koʼpaytirish, bunda Xitoy har yili millionlap daraxt ekadi.Bu "Yashil devor loyihasi" deb ataladi.Shahar havosini tozalovchi texnalogiyalar Janubiy Korea, Xitoy va Singapurda maxsus havo minoralari (Air purification towers ) oʼrnatilgan. Bu minoralar havodagi chang, tutun va zaharli gazlarni sorbsiyalab (bir modda boshqa moddaning ichida yoki yuzasida singib qolishi ) tozalaydi. Sorbsiya - bu ifloslikni ushlab qolish yoki tozalash mehanizmidir. Sorbsiya havo tozalashning turli usullari ichida eng samarali va xavfsiz hisoblanadi [2]. Hayotimizda qanday sorbsiyalar qoʼllaniladi? Sanoat korxonalaridan chiqayotgan tutunlar maxsus sorbsiya filtrlari orqali tozalanadi. Shu tufayli havoga chiqayotgan gazlar miqdori kamayadi. Gaz niqoblari respiratorlar ichida ham sorbsiya materiali boladi. Sorbsiyaning eng katta foydasi tabiatga zarar yetkazmasdan havo sifatini yaxshilashidir. U kimyoviy reaksiya bilan zararli gazlarni yoʼq qilmaydi balki barchasini oʼziga yutib havoni sof holatga keltiradi. Sorbsiyaga asoslangan texnalogiyalar bu inson va tabiat sogʼligini saqlashdagi muhim qadamdir. Shu oʼrinda Singapurning (air purification tower)minoralari bu ekologik muammoni bartaraf etishning eng

samarali va xavfsiz yoʼlidir [3]. Ushbu tizim 0.3 mikrongacha boʼlgan kichik zarralarni tutib havodagi PM25 darajasini sezilarli darajada kamaytiradi. Gibrit quvvat tizimi kamroq elektr istemoli bilan ishlashini taminlaydi.Global havo tozlagich bozori 2023- yilda 15.94 milliard AQSH dollari tashkil qildi va 2030 yilga kelib 25.5 miliard AQSH dollariga oshib, 7.1% oʼsishi pragnoz qilinmoqda. Bundan tashqari Xitoy shimolidagi Shensi provinsiyasida dunyodagi eng katta havo tozalagich boʼlib , balandligi 100 metrdan oshiqroq. Agar Oʼzbekiston havosini tozalash uchun minoralar olib kelinsa 1 dona minora uchun 25-30 ming AQSH dollari sarf harajat qilinadi. Lekin bu texnalogiyani oʼzimizda yaratish imkoniyati mavjud. Filtr , ionizator va sorbent modda ishlab chiqarishni oʼzimizda yoʼlga qoʼyish mumkin. Mablagʼmasalasi xorijdan olib kelinganda 20-30 ming dollar atrofida boʼlsa , oʼzimizda ishlap chiqarsak 5 yoki 7 baravar arzon bolishi mumkin. Bu texnalogiyalar oʼrnatilgandan soʼng o’sha zonalardagi havo 15%, 20%gacha tozalashi kutiladi. Xulosa qilib aytganda, atmosferaning tozaligi inson salomatligi, tabiiy muhit barqarorligi hamda iqtisodiy rivojlanishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Oʻzbekistonda havo ifloslanishining asosiy manbalari sifatida transport vositalaridan chiqayotgan zaharli gazlar, sanoat korxonalarining chiqindilari, qishki mavsumda ko‘mir va boshqa yoqilg‘ilarning ko‘plab yoqilishi, qishloq xo‘jaligi faoliyati hamda keng ko‘lamli qurilish jarayonlari ko‘rsatib o‘tiladi. Ushbu omillar havodagi zararli moddalarning ko‘payishiga, ekologik muvozanatning buzilishiga va aholining hayot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, zamonaviy filtrlash texnologiyalari, ekologik toza transport vositalaridan foydalanish, yashil hududlarni kengaytirish, shuningdek, sorbsiya usullariga asoslangan havo tozalash minoralarini qo‘llash orqali havo ifloslanishini samarali darajada kamaytirish mumkin. Ayniqsa, sorbsiya texnologiyalari ekologik xavfsizlikni ta’minlash, havodagi chang va zararli gazlarni ushlab qolish hamda havoning sifatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston sharoitida bunday texnologiyalarni joriy etish, ularni mahalliy xomashyo va texnik baza asosida ishlab chiqish imkoniyati mavjud. Bu esa nafaqat ekologik muhitni sogʻlomlashtirish, balki iqtisodiy jihatdan ham tejamkorlikka erishishga xizmat qiladi. Shu sababli, toza havo muammosini hal etishda texnologik yechimlar, davlat siyosati va aholining ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan kompleks yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. Qizi, M. D. O. (2022). ATROF-MUHITING IFLOSLANISHIDA AVTOMOBIL VA UNDAN CHIQADIGAN OG‘IR METALLARNING TA’SIRI HAMDA EKOLOGIK HOLATNING O‘ZGARISHIGA OLIB KELUVCHI SABABLAR. Инновационные подходы, проблемы, предложения и решения в науке и образовании, 1(1), 84-88. 2. DeCoste, J. B. va Peterson, G. W. (2014). Zaharli kimyoviy moddalarni havoni tozalash uchun metall-organik ramkalar. Kimyoviy sharhlar , 114 (11), 5695-5727. 3. Tan, Y. S., Li, T. J. va Tan, K. (2009). Toza, yashil va ko'k: Singapurning atrof-muhit va suv barqarorligi sari sayohati . Janubi-Sharqiy Osiyo tadqiqotlari instituti.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Qizi, M. D. O. (2022). ATROF-MUHITING IFLOSLANISHIDA AVTOMOBIL VA UNDAN
  2. CHIQADIGAN OG‘IR METALLARNING TA’SIRI HAMDA EKOLOGIK HOLATNING O
  3. ‘ZGARISHIGA OLIB KELUVCHI SABABLAR. Инновационные подходы, проблемы, предложения и решения в науке и образовании, 1(1), 84-88.
  4. DeCoste, J. B. va Peterson, G. W. (2014). Zaharli kimyoviy moddalarni havoni tozalash uchun metall-organik ramkalar. Kimyoviy sharhlar , 114 (11), 5695-5727.10.1021/cr4006473
  5. Tan, Y. S., Li, T. J. va Tan, K. (2009). Toza, yashil va ko'k: Singapurning atrof-muhit va suv barqarorligi sari sayohati . Janubi-Sharqiy Osiyo tadqiqotlari instituti

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011553
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/564
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
951–953
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25