MA‘NAVIY XAVFSIZLIK: “OMMAVIY MADANIYAT” HAVFI
Karimov Elmurod SalimjonovichAndijon davlat pedagogika instituti dotsenti2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 949–951
Annotatsiya
Ushbu maqolada insoniyat tarixi davomida mavjud bo‘lgan turli xavf-xatarlarorasida ma‘naviy tahdidlarning o‘rni va ahamiyati yoritib berilgan.
Boshqa tillarda
ruschaМОРАЛЬНОЕ СТРАХОВАНИЕ: ОПАСНОСТЬ «ПОП-КУЛЬТУРЫ»
В этой статье подчеркивается роль и значение духовных угроз среди различных опасностей, существовавших на протяжении всей истории человечества.
inglizchaMORAL INSURANCE: THE DANGER OF "POP CULTURE"
This article highlights the role and importance of spiritual threats among the various dangers that have existed throughout human history.
Kalit so‘zlar
- ma‘naviy tahdidlar
- ommaviy madaniyat
- yoshlar tarbiyasi
- ma‘naviyat
- axloq
- g‘arb madaniyati
- ta‘lim tizimi
- ma‘naviy xavfsizlik
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
9. Rozikova, Z. (2024). CASE IN ENGLISH AND GERMAN LANGUAGES. Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal
MA’NAVIY XAVFSIZLIK: “OMMAVIY MADANIYAT” HAVFI
Karimov Elmurod Salimjonovich Andijon davlat pedagogika instituti dotsenti Email: elmurod4267575@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada insoniyat tarixi davomida mavjud bo‘lgan turli xavf-xatarlar orasida ma’naviy tahdidlarning o‘rni va ahamiyati yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: ma’naviy tahdidlar, ommaviy madaniyat, yoshlar tarbiyasi, ma’naviyat, axloq, g‘arb madaniyati, ta’lim tizimi, ma’naviy xavfsizlik.
MORAL INSURANCE: THE DANGER OF "POP CULTURE"
Karimov Elmurod Salimjonovich Associate Professor, Andijan State Pedagogical Institute Email: elmurod4267575@gmail.com
Abstract: This article highlights the role and importance of spiritual threats among various dangers that have existed throughout human history. Keywords: spiritual threats, mass culture, youth education, spirituality, morality, Western culture, education system, spiritual security.
ДУХОВНАЯ БЕЗОПАСНОСТЬ: УГРОЗА "МАССОВОЙ КУЛЬТУРЫ"
Каримов Эльмурод Салимжонович Доцент, Андижанский государственный педагогический институт Email: elmurod4267575@gmail.com
Аннотация: В данной статье освещается роль и значение духовных угроз среди различных опасностей, существовавших на протяжении всей истории человечества. Ключевые слова: духовные угрозы, массовая культура, воспитание молодежи, духовность, нравственность, западная культура, система образования, духовная безопасность.
Insoniyat yer yuzida paydo bo‘lganidan buyon har doim qandaydir tahdidlar yoki havf-xatar ostida kun kechirgan. Tahdidlar, havf-xatarlarning turli darajalari bo‘lgan: yirtqich hayvonlar, zaharli o‘simliklar, begona qabilalar urishi havfi, kasallik, ochlik....Ular ana shulardan qochib, tinch hayot uchun kurash olib borgan. Bugun insoniyat ulkan sivilizatsiya, fan va madaniyat taraqqiyoti davrida yashamoqda. Shubhasiz, bugungi kundagi havf-xatarlar, tahdidlar shu darajada ko‘pki, ularni hatto sezmay qolamiz. Ba’zan oyog‘imiz tagida, ko‘zimizning eng yaqinida turganini ilg‘ay olmay qolamiz. Ularning ta’siri esa juda ayanchli va zalvorli bo‘ladi. Ilg‘ab olgan bo‘lsangiz mulohaza sababchisi havf-xatarlar, tahdidlar – ma’naviy tahdidlardir. Ma’naviy tahdidlar mohiyatan va amaliy jihatdan hozirgi kunimizdagi eng hatarli tahdid sanaladi. Chunki bunday tahdidlarni ko‘zimiz bilan ko‘rishimiz uchun fursat kerak bo‘ladi, aql kerak bo‘ladi. Biz esa bunga o‘z vaqtida aqlimizni tafakkurimizni ishlatmaslik oqibatida duchor bo‘lamiz. Agar biz ma’naviy tahdidlarni ko‘ra olsak, bila olsak ularga qarshi kurasha olishimiz mumkin bo‘ladi. Xalqimiz o‘z tarixi davomida qancha og‘ir musibatlarni boshidan kechirganini ham bugun kunning barcha avlodlari biladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyayev tomonidan ma’naviyat sohasiga berilayotgan alohida e’tibori ma’naviy tahdidlarni ko‘ra olish imkonini berdi va shuning uchun ham yurtimizning tinch va osoyishta, farovon hayot va obod turmushi sharoitida, baxtli yoshlar safida kun kechirmoqdamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyayevg ta’kidlaganidek “Jamiyatimizda sog‘lom fikr, sog‘lom kuch ustuvor bo`lishi uchun biz ma’naviy hayotimizni yuksaltirish, aholi, avvalo yoshlarimizni turli zararli ta’sirlardan asrash, ularni har tomonlama etuk insonlar qilib tarbiyalash haqida muntazam o`ylashimiz, faol ish olib borishimiz zarur. Ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlarning tahlili, afsuski, ular aksariyat hollarda kurilgan natijani bermayotganini ko`rsatmoqda”[1]. Albatta, xalqimiz, jumladan, yosh avlod g‘arb fan-texnikasi, madaniyati, adabiyotu san’atining ilg‘or jihatlarini inkor etmaydi. Biroq g‘arbdagi taraqqiyparvar ziyolilarning o‘zi “g‘arbning muammosi” sifatida baholayotgan “ommaviy madaniyat” ning ma’naviy-axloqiy tubanliklarini yoshlarimiz qancha tez anglasa, shuncha yaxshi. Birinchi prezidentimiz Islom Abduganiyevich Karimov davlat rahbarlari orasida birinchilardan bo‘lib ma’naviy tahdidlardan ogoh bo‘lishni ta’kidladi: “Shuni e’tirof etishga to‘g‘ri keladiki, ko‘p hollarda nufuzli xalqaro tashkilotlar mojaroli vaziyatlarga, ifodali aytganda, yong‘in hidi endigina chiqayotgan paytda emas, balki batamom lovullab ketganda, bartaraf etish qiyin bo‘lib qolgandan keyingina e’tibor bera boshlaydilar. Jahon hamjamiyati mojarolar kuchayishining oldini olish maqsadida ko‘p hollardagi befarq kuzatuvchi rolidan faol tinchlikparvar nuqtai nazariga o‘ta borishi kerak”[2]. Prezidentimiz Shavkat Mirziyayev ta’kidlab o‘tganidek: “Avvalambor, “ommaviy madaniyat ko`rinishida kirib kelayotgan turli xavf-xatarlar, giyohvandlik, diniy ekstremizm, missionerlik kabi baloqazolardan yoshlarimizni asrashni, ularning ta’lim-tarbiyasiga har birimiz mas’ul ekanimizni unutmasligimiz kerak. Bu borada biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an`analarimizga, ajdodlarimizning boy ma`naviy merosiga tayanamiz”.”[1] Haqiqatdan ham, bu tahdid yurtimizga bostirib kira boshladi. Aslida bu nima, qanday tahdid? Shu savollarga javob izlaymiz. Ma’naviy tahdidlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan “Ommaviy madaniyat” xususida ko‘pgina tadqiqotchilar, “ommaviy madaniyat” G‘arb dunyosida o‘tgan asrning ikkinchi yarmida shakllanganligi, uni G‘arbda “populyar” yoki qisqartirilgan holda, “pop-kultura” (ya’ni “ommaviy madaniyat”) deb nom olganligini ta’kidlaydilar. Shuningdek, nomlanishi ham bizni o‘yga soladi. “Madaniyat” so‘zini qo‘shib aytilishi ko‘pchilikni g‘ashini keltiradi. Boshqa nom bilan atasa bo‘lmaydimi? Afsus, bu borada olimlar shu qarorga kelib bo‘lishgan, boshqa muqobili topilmagan. Nima ham derdik, ba’zan suhbatdoshingizga “ommaviy madaniyat” haqidagi tasavvurini so‘raganinigizda – “bir-birimizni ko‘rganimizdagi salom berishimiz, kiyinish va ovqatlanish madaniyatiga amal qilish” degan chalkash fikrini aslida biz bilgan madaniyatni teskarisi bo‘lgan holatlarni ifodalashda ishlatadigan tushuncha ekanligini uqtira olsak bo‘lgani. Garchi “madaniyat” deb atalsa-da, aslida, tub mazmun-ma’nosiga, maqsad-niyatiga ko‘ra “ommaviy madaniyat” chinakam madaniyatning kushandasidir. Mutaxassislarning fikricha, hali ilm-fanda “antikultura» (“g‘ayrimadaniyat”) degan ilmiy tushuncha shakllanmaganligi uchun “Pop (ommaviy) madaniyat” tushunchasi, nochorlikdan qo‘llanilmoqda. Chunki, “ommaviy madaniyat”, aslida madaniyatsizlik, ya’ni ma’naviyatsizlik va axloqsizlik sinonimidir. “Ommaviy madaniyat” shu boisdan, eng avvalo, yuksak iste’dod va o‘lmas ma’naviy-axloqiy g‘oyalar bayroqdori bo‘lgan mumtoz madaniyatga, san’atga, uning boyliklariga qarshi tish-tirnog‘i bilan kurashib, uni inkor etib kelyapti. G‘arb dunyosining o‘zidagi faylasuflar, sotsiolog olimlar, “Bizga “To‘qqizinchi simfoniya” (Betxoven) kerak emas!” yoki “Mona Liza”ni loyga qorishtiramiz!” kabi jaholatparastlikka asoslangan xitoblari “ommaviy madaniyat” tarafdorlari va muxlislarining dasturiy qarashlari negizini tashkil etadi, deb yozadilar. “Shaxs o‘zining ijodiy qobiliyati, milliy ruhidan ayrilib, tayyor “madaniy mahsulotlar” iste’molchisiga aylanib qoladi”[3]. Agar “pop-madaniyat” dunyoga “ehson” etayotgan “pop-art” (“tasviriy san’at” desa ham bo‘ladi), “popmuzika”, “pop-adabiyot” natijalariga qarab hukm yuritadigan bo‘lsak, ular insoniyat yaratgan barcha qadriyatlarni isyonkorlik bilan inkor etadi: yuksak madaniyatni, ma’naviyatni, axloqni, yuksak orzumaqsadlarni mensimaydi... Ular uchun ezgulikning o‘zi yo‘q. Jumladan, san’at - alohida iste’dodlar tomonidan yaratiladigan ma’naviy boylik, mo‘’jiza ekanligi kabi ijodning oliy mezonlari “pop-madaniyat” tarafdorlarining o‘ta darajada g‘ashini keltiradi. Ularning fikricha, hamma san’atkor bo‘lishi mumkin. Hamma narsa san’at atalishi mumkin. “Pop-art” - ommaviy san’at shu xulosa manbaida vujudga kelgan. “Pop-art” chilarning dasturiy qarashi shundayki, ular insonni emas, aksincha, narsalar va buyumlarni e’zozlashadi; ma’naviy dunyoni emas, maishiy-iste’molchilik his-tuyg‘ularini qadrlaydilar va ularni keng
ommalashtirishga intiladilar. Ularning ma’naviy pozitsiyasi - ma’naviyatni o‘ldirish va “narsalarga qullik” ni rag‘batlantirishdir. Amerikaning taniqli adibi R. Bredberi aytganidek, «ommaviy madaniyat» maktabidan o‘tgan avlod uchun hayotning ma’nosi - avtomobil, televizor, muzlatkichga ega bo‘lish. Agar televizor ikkita bo‘lsa, ularga shuncha yaxshi. “Ommaviy madaniyat”da “Pop (ommaviy)-muzika” alohida o‘rin tutadi. “Pop-muzika”ni “Yangi rok” belgilaydi. «Yangi rok», ta’bir joiz bo‘lsa, kuchaytirilgan ritmik tuzilmali musiqadir. Ya’ni jazavali ritm, zarb, shovqin ushbu musiqaning qiyofasidir. Bu musiqa tinglashga, qalbdan huzurlanishga emas, balki vujud harakatiga, talvasali raqsga yo‘naltirilgan. “Ommaviy madaniyat”dagi texnik-ijro vositalari musiqa imkoniyatlarini nihoyatda toraytirmoqda, polifonizm - musiqiy sadolar boyligi va rang-barangligini yo‘qqa chiqarmoqda. “Pop-muzika” namoyandalari ijro etadigan qo‘shiq matnlari esa, avvalo, she’riyatning oddiy talablariga javob bermaydi yoki ular ko‘proq ko‘chada mavjud behayo, jargon iboralarga - qadriyatlarni, insoniy ezguliklarni kinoya, mazax qiladigan so‘zlarga asoslangan. Kiyinishini aytmaysizmi? Maykada, ba’zan yalang‘och holatda. Ular millionlab tomoshabinlar oldida uyalmaydi, biz esa aka-uka, opa-singlimiz oldida yerga kirib ketgudek bo‘lib, boshqa kanalga olamiz. So‘zimiz umumiy bo‘lmasin, isboti bilan: “Rep” yo‘nalishini “titratgan” Shaxriyor “Do‘stmisan” videoroligi.” Misollar cheksiz. Xullas, erkinlik, demokratiya «namunalari» deb tavsiya etilayotgan “pop-muzika” matnlari bilan haqiqiy she’riyat hamda asl xalqchil did, sog‘lom ruhiyat, ma’naviyat o‘rtasida yer bilan osmoncha farq bor. To‘g‘ri, biz demokratiya davrida yashayapmiz. Jamiyatimizda qiziqish va mayllarga hurmat bilan qaraladi. Ammo xatarli qiziqish va mayllardan davlat va jamiyat o‘zini himoya qilishi lozim. Buning uchun esa, eng avvalo, reklama va ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi davlatimiz qonunlarining talablari qat’iy bajarilishi kerak. Ya’ni “reklama”chilar va jurnalistlar davlatimiz, jamiyatimiz havfsizligiga yo‘l qo‘ymasliklari kerak. Afsuski, bunday holatlar yuz berayapti. Qolaversa, dunyoqarash tarbiyasi imkoniyatlarini rivojlantirishimiz lozim. Masalan, “ma’naviy tahdidlardan ogoh etish” iborasining ma’nolarini bugungi zamon sharoitidan kelib chiqib, ancha keng miqyosda tushunishimizga to‘g‘ri keladi. bugungi ogohlik xalqimiz, ayniqsa, yoshlar dilini, ruhiyatini, aql-idroki va umuman ma’naviyatini diniyaqidaparastlik, jaholatparastliklar xataridan tashqari, ayni paytda, jahonda yuz berayotgan siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy va estetik manfaatlar yo‘nalishidagi oshkora va xufiyona kurashlarning keng miqyosdagi xatarli jihatlaridan, jumladan, “ommaviy madaniyat” ning yemiruvchi ta’siridan muhofaza qilishni ham o‘z ichiga oladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Sh. Mirziyoyev. “Yangi O`zbekiston taraqqiyot strategiyasi. -T.: “O`zbekiston” nashriyoti, 2023. 266- bet. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasidagi ma’ruzasi. 1993 yil 28 sentabr, Nyu-York 3. Abdurahmonov M.,Rahmonov N. Madaniyatshunoslik:o‘quv qo‘llanma. - T., “A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti” -2011.-130 b. TOZA HAVO SARI: OʻZBEKISTON VA DUNYO TAJRIBASI Tursunboyeva Sevara Namangan davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo yoʻnalishi talabasi E-mail: nurmuhammadovaosiyo@gmail.com Annotatsiya: Ekologik muammolar atrof muhitga ifloslantiruvchi muammolarning chiqarilishi sanoatlashtirish, iqlim oʼzgarishi, aholining koʼpayishi va modernizatsiya tufayli ushbu asrning muhim muammolaridan biriga aylandi. Bulardan eng dolzarbi toza havo haqida to’xtalamiz. Kalit soʼzlar: Ekalogiya, toza havo, sorbsiya, havo tozalash minoralari. ЧИСТЫЙ ВОЗДУХ: ОПЫТ УЗБЕКИСТАНА И МИРА Турсунбоева Севара Студентка химического факультета естественных наук Наманганского государственного педагогического института
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- Sh. Mirziyoyev. “Yangi O`zbekiston taraqqiyot strategiyasi. -T.: “O`zbekiston” nashriyoti, 2023. 266-
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasidagi ma’ruzasi. 1993 yil 28 sentabr, Nyu-York
- Abdurahmonov M.,Rahmonov N. Madaniyatshunoslik:o‘quv qo‘llanma. - T., “A.Navoiy nomidagi
- O‘zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti” -2011.-130 b
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011552
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/563
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 949–951
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-12 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25