INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA QURILISHI SOHASIGA OID FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING TARJIMALARI
S.A. RakhmonberdiyevaNamangan davlat texnika universiteti katta o‘qituvchi2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 944–946
Annotatsiya
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi bino-inshootlar qurilishi sohasiga oidfrazeologik birliklarning semantik, metaforik va funksional xususiyatlari tadqiq qilinadi. Ushbubirliklarning qurilish sohasidan tashqari, ijtimoiy, madaniy va psixologik kontekstlarda qanday qo‘llanishiochib beriladi. Shuningdek, frazeologizmlarning tarjima muammolari va ularning ikki tildagi ekvivalentlaritahlil qilinadi.
Boshqa tillarda
ruschaПереводы фразеологических единиц в строительной сфере на английском и узбекском языках.
В данной статье рассматриваются семантические, метафорические и функциональные характеристики фразеологических единиц, относящихся к строительной сфере, в английском и узбекском языках. Выявляется, как эти единицы используются в социальных, культурных и психологических контекстах, помимо строительной сферы. Также анализируются проблемы перевода фразеологических единиц и их эквивалентов в обоих языках.
inglizchaTRANSLATIONS OF PHRASEOLOGICAL UNITS IN THE FIELD OF CONSTRUCTION IN ENGLISH AND UZBEKISTAN
This article examines the semantic, metaphorical, and functional characteristics of phraseological units related to the field of construction in English and Uzbek. It reveals how these units are used in social, cultural, and psychological contexts, in addition to the construction field. It also analyzes the translation problems of phraseological units and their equivalents in both languages.
Kalit so‘zlar
- frazeologik birlik
- qurilish
- metafora
- semantika
- o‘zaro tarjima
- madaniy tafakkur
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA QURILISHI SOHASIGA OID FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING TARJIMALARI
S.A.Raxmonberdiyeva Namangan davlat texnika universiteti katta o‘qituvchi rahmonberdiyevasaida1991@gmail.com
Annotatsiya: Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi bino-inshootlar qurilishi sohasiga oid frazeologik birliklarning semantik, metaforik va funksional xususiyatlari tadqiq qilinadi. Ushbu birliklarning qurilish sohasidan tashqari, ijtimoiy, madaniy va psixologik kontekstlarda qanday qo‘llanishi ochib beriladi. Shuningdek, frazeologizmlarning tarjima muammolari va ularning ikki tildagi ekvivalentlari tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: frazeologik birlik, qurilish, metafora, semantika, o‘zaro tarjima, madaniy tafakkur
ПЕРЕВОДЫ СТРОИТЕЛЬНЫХ ФРАЗЕОЛОГИЗМОВ НА АНГЛИЙСКИЙ И УЗБЕКСКИЙ ЯЗЫКИ
Рахмонбердиева Саида Абдумухамадовна старший преподаватель (PhD), Наманганского государственного технического университета
Аннотация: В данной статье рассматриваются семантические, метафорические и функциональные свойства фразеологических единиц, связанных со строительством, в английском и узбекском языках. Выявляется, как эти единицы используются в социальном, культурном и психологическом контексте, помимо строительной сферы. Также анализируются проблемы перевода фразеологизмов и их эквивалентов в двух языках. Ключевые слова: фразеологическая единица, конструкция, метафора, семантика, взаимоперевод, культурное мышление
TRANSLATIONS OF CONSTRUCTION PHRASEOLOGICAL UNITS INTO ENGLISH AND UZBEK
Saida Abdulmukhamatovna Rakhmonberdiyeva Senior teacher (PhD), Namangan State Technical University
Abstract: This article examines the semantic, metaphorical and functional properties of phraseological units related to the field of construction in English and Uzbek. It reveals how these units are used in social, cultural and psychological contexts, in addition to the field of construction. It also analyzes the translation problems of phraseologisms and their equivalents in two languages. Keywords: phraseological unit, construction, metaphor, semantics, mutual translation, cultural thinking
Har bir tilda frazeologik birliklar o‘ziga xos milliy tafakkurni, madaniy an’analarni va kasb-hunar bilan bog‘liq ijtimoiy tajribani aks ettiradi. Qurilish sohasi ham bundan mustasno emas. Bu sohada qo‘llaniladigan frazeologik birliklar nafaqat texnik yoki mehnat faoliyatini ifodalaydi, balki ularni ramziy ma’no bilan boyitadi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi ushbu birliklar orasida semantik, metaforik va stilistik o‘xshashliklar hamda farqlar mavjud. Qurilishga oid frazeologizmlar ko‘pincha quyidagi asosiy ma’no guruhlariga bo‘linadi: - Boshlanish va asos solish: lay the foundation (asos solmoq), poydevorini qo‘yish - Barpo etish va rivojlantirish: brick by brick (g‘ishtma-g‘isht), devor ko‘tarilmoqda - buzish va qayta qurish: tear down, tag-tugi bilan buzmoq kabilardir. Frazeologik birliklar ko‘pincha to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurilish faoliyatidan tashqariga ham ko‘chib o‘tadi: - build bridges – munosabatlarni mustahkamlash, ko‘prik qurmoq – ijtimoiy yaqinlikni anglatadi, a shaky foundation – beqaror asos - sust poydevor – muqobil ifoda kabilardir. Qurilish iboralari orqali jamiyatning mehnatga, ishonchlilikka, tartibga bo‘lgan munosabati ifodalanadi. Ingliz tilida ko‘proq metaforik kengayishlar (masalan, constructive criticism, building a career) mavjud bo‘lsa, o‘zbek tilida konkretlik va hayotiylik ustun turadi (masalan, devor ortida gap-so‘z, mo‘jaz uydek tartib). Frazeologik birliklarni tarjima qilishda bevosita (kalka) tarjima har doim ham to‘g‘ri chiqmaydi: - build castles in the air – havoda saroy qurmoq, o‘zbekchada bo‘sh xayol surmoq, - home stretch – oxirgi bosqich, o‘zbekchada so‘nggi g‘ishtni qo‘yish. Tarjimada semantik moslik, kontekstga mos kelish va milliy tafakkurga yaqinlik eng muhim mezonlardandir. Ingliz tilida: Brick by brick - Piece by piece frazeologimi ingliz tilida “biror narsani asta-sekin, bosqichma-bosqich qurish yoki yaratish degan ma’noni anglatadi. Lug‘aviy jihatdan bu birikma qurilish jarayoniga ishora qiladi, chunki binolar g‘ishtma-g‘isht (ya’ni bosqichma-bosqich ) quriladi. Bu frazeologizm nafaqar qurilish jarayonida, balki turli xil ko‘chma ma’nolarda ham ishlatiladi. O‘zbek tilida: G‘ishtma-g‘isht-bosqichma-bosqich. Bu frazeologizm jarayonni tez emas balki, sekin va izchil amalga oshishini ta’kidlaydi. Qurilish bilan bog‘liq holatda esa poydevor mustahkam bo‘lsa, natija ham barqaror bo‘ladi degan ma’noda ham tushunish mumkin. Ingliz tilida: Raise the roof-make a lot of noise bu frazeologik iborani so‘zma-so‘z tarjimasi tomni ko‘tarish ma’nosini anglatadi. Tom qurilishga oid leksik birlik hisoblanib, asosan binoning ustki qismini
qurish jarayonini bildiradi. Biroq bu frazeologizm ko‘chma ma’noda o‘zbek tilida katta shovqin yoki bayramni, xursandchilikni yoki katta muvaffaqiyatni nishonlashni tasvirlash uchun ishlatiladi. Frazeologik antonimiya – til birliklari orasidagi semantik munosabat asosida belgilanadigan hodisalardan biri bo‘lib, frazeologik birliklarda ham so‘zlardagi darajada uchraydi. Antonimiyani belgilash, bir tomondan frazeologik birliklarning lug‘aviy ma’nosini chuqurroq anglashga olib kelsa, ikkinchi tomondan, polisemiyada bir iboraning ma’nolarini o‘zaro farqlashga yordamlashadi, uchinchi tomondan, sinonimlarni belgilashda ham foyda keltiradi. Barcha leksik komponentlari boshqa boshqa so‘zlar bilan ifodalangan frazeologik birliklar orasidagi antonimiyani belgilash oson: masalan, ingliz tilida build from scratch (boshidan qurmoq)- Tear down (buzib tashlamoq) o‘zbek tilida esa bino tiklamoq –bino qulatmoq kabi ma’nolarni ifodalab, bu frazeologizmlar semantik jihatidan bir-biriga qarama-qarshi bo‘lib, har ikkala tilda ham qurilish va vayron qilish tushunchalarni ifodalaydi. Ingliz tilida from scratch iborasi yangi boshlash ma’nosini kuchaytirsa, o‘zbek tilida qurishni tiklamoq, qulatmoq esa yo‘q qilishni anglatadi. Stand firm (mustahkam turmoq), Fall apart (parchalanib ketmoq) o‘zbek tilidagi muqobili temirdek mustahkam-qamishdek egiluvchan degan ma’nolarni ifodalaydi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi bino-inshootlar qurilishi sohasiga oid frazeologik birliklar til va tafakkur birligining yorqin ko‘rinishidir. Ular nafaqat texnik faoliyatni, balki jamiyatning ijtimoiy-madaniy jarayonlarini ham ifodalaydi. Frazeologik birliklarning o‘xshashlik va farqlarini taqqoslab o‘rganish tarjima amaliyoti va soha lingvistikasi uchun muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1.Абдуллаева, М. Ўзбек тилида фразеологизмларнинг лексик-семантик хусусиятлари. Тошкент: Фан нашриёти. (2021). 2. Cowie, A.P., Mackin, R., & McCaig, I.R. Oxford Dictionary of English Idioms. Oxford: Oxford University Press. (1993). 3. G‘anieva, N. Qurilish terminologiyasi va ularning tarjima muammolari. Filologiya masalalari, 3(2), (2019). 45–49. 4. Larson, M. L. Meaning-Based Translation: A Guide to Cross-Language Equivalence (2nd ed.). Lanham: University Press of America. (1998). 5. Mirzaeva, D. Frazeologik birliklarning tarjimada qoʻllanishi. Til va adabiyot taʼlimi, (4), (2020). 85–88. 6. Yuldoshev, A. Qurilish sohasida qo‘llaniladigan idiomatik birliklarning tarjimasi. Ilm va taraqqiyot, 1(1), (2022). 112–117. 7. Rahmonberdiyeva, S. (2024). BINO-INSHOOTLAR QURILISHIGA OID TERMINLARNING XUSUSIYATLARI. Farg'ona davlat universiteti, (4), 145-145. 8. Abdulmuhammad's, R. S. Teaching Through Integration Method in Primary Education. International Journal on Integrated Education, 4(8), 31-32. 9. Raxmonberdiyeva, S., & Qurbonova, G. (2018). THEORETICAL APPROACHES TO THE PROBLEM OF INNOVATIVE PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES. Теория и практика современной науки, (1 (31)), 48-49. 10. Qurbonova, G. Y., & Raxmonberdiyeva, S. A. (2018). THE MAIN INNOVATION APPROACHES IN THE TEACHING FOREIGN LANGUAGES. Мировая наука, (10 (19)), 41-43.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar17 ta adabiyot
- 1.Абдуллаева, М. Ўзбек тилида фразеологизмларнинг лексик-семантик хусусиятлари. Тошкент:
- Фан нашриёти. (2021).
- Cowie, A.P., Mackin, R., & McCaig, I.R. Oxford Dictionary of English Idioms. Oxford: Oxford
- University Press. (1993).
- G‘anieva, N. Qurilish terminologiyasi va ularning tarjima muammolari. Filologiya masalalari, 3(2),
- Larson, M. L. Meaning-Based Translation: A Guide to Cross-Language Equivalence (2nd ed.). Lanham:
- University Press of America. (1998).
- Mirzaeva, D. Frazeologik birliklarning tarjimada qoʻllanishi. Til va adabiyot taʼlimi, (4), (2020). 85–88.
- Yuldoshev, A. Qurilish sohasida qo‘llaniladigan idiomatik birliklarning tarjimasi. Ilm va taraqqiyot, 1(1),
- Rahmonberdiyeva, S. (2024). BINO-INSHOOTLAR QURILISHIGA OID TERMINLARNING
- XUSUSIYATLARI. Farg'ona davlat universiteti, (4), 145-145.
- Abdulmuhammad's, R. S. Teaching Through Integration Method in Primary Education. International
- Journal on Integrated Education, 4(8), 31-32.
- Raxmonberdiyeva, S., & Qurbonova, G. (2018). THEORETICAL APPROACHES TO THE PROBLEM
- OF INNOVATIVE PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES. Теория и практика современной науки, (1
- Qurbonova, G. Y., & Raxmonberdiyeva, S. A. (2018). THE MAIN INNOVATION APPROACHES
- IN THE TEACHING FOREIGN LANGUAGES. Мировая наука, (10 (19)), 41-43.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011550
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/561
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 944–946
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25