VOLEYBOLCHILARDA SAKROVCHANLIK VA SAKRASH CHIDAMKORLIGINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI
Tukhtaboeva Nazokat Azimjon kiziNamangan davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 931–934
Annotatsiya
Ushbu maqolada voleybolchilarda sakrovchanlik va sakrash chidamkorliginishakllantirish hamda rivojlantirish masalalari yoritilgan. Zamonaviy voleybol sport turida texnik va taktikharakatlarning katta qismi — zarba berish, to‘siq qo‘yish, to‘p uzatish va o‘yinga kiritish — aynan sakrabbajariladi. Shu boisdan sakrovchanlik sportchining texnik mahorati va musobaqa davomida samaraliharakatlanish ko‘rsatkichlarining ajralmas qismiga aylangan. Tadqiqot jarayonida aerodinamik vakinematik omillar, Abalakov testi, shuningdek maxsus texnik vositalar yordamida sakrovchanliknibaholash va rivojlantirishning samarali usullari tahlil qilindi. Ayniqsa, 13–16 yoshli yosh voleybolchilardasakrovchanlik sifatlarini shakllantirishga qaratilgan bosqichma-bosqich mashg‘ulot metodikasi, plyometrikmashqlar tizimi va individual yuklama rejalarining samaradorligi yoritib berildi. Natijalar ushbuyondashuvning sportchi jismoniy tayyorgarligini oshirishda yuqori samara berishini ko‘rsatmoqda.
Boshqa tillarda
ruschaСОВРЕМЕННЫЕ ПОДХОДЫ К РАЗВИТИЮ ПРЫЖКОВ И ВЫНОСЛИВОСТИ К ПРЫЖКАМ У ВОЛЕЙБОЛИСТОВ
В данной статье рассматриваются вопросы формирования и развития прыжковых качеств и прыжковой выносливости у волейболистов. В современном волейболе значительная часть технико-тактических действий — удар, блок, пас и ввод мяча в игру — выполняется именно прыжками. Поэтому прыжковые качества стали неотъемлемой частью технических навыков спортсмена и эффективными двигательными показателями во время соревнований. В ходе исследования были проанализированы аэродинамические и кинематические факторы, тест Абалакова, а также эффективные методы оценки и развития прыжковых качеств с использованием специальных технических средств. В частности, была выделена эффективность поэтапной методики тренировок, системы плиометрических упражнений и индивидуальных планов нагрузок, направленных на формирование прыжковых качеств у молодых волейболистов в возрасте 13–16 лет. Результаты показывают, что такой подход весьма эффективен в повышении физической подготовленности спортсмена.
inglizchaMODERN APPROACHES TO DEVELOPING JUMPING AND JUMPING ENDURANCE IN VOLLEYBALL PLAYERS
This article discusses the issues of forming and developing jumping ability and jumping endurance in volleyball players. In modern volleyball, a large part of technical and tactical actions — hitting, blocking, passing and putting the ball into play — are performed precisely by jumping. Therefore, jumping ability has become an integral part of the athlete‘s technical skills and effective movement indicators during the competition. In the course of the research, aerodynamic and kinematic factors, the Abalakov test, as well as effective methods for assessing and developing jumping ability using special technical means were analyzed. In particular, the effectiveness of a step-by-step training methodology, a system of plyometric exercises and individual loading plans aimed at forming jumping qualities in young volleyball players aged 13–16 years was highlighted. The results show that this approach is highly effective in increasing the athlete‘s physical fitness.
Kalit so‘zlar
- sakrovchanlik
- sakrash chidamkorligi
- voleybol
- plyometrik mashqlar
- aerodinamik omillar
- kinematik ko‘rsatkichlar
- jismoniy sifatlar
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
VOLEYBOLCHILARDA SAKROVCHANLIK VA SAKRASH CHIDAMKORLIGINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI
Tuxtaboeva Nazokat Azimjon qizi Namangan davlat pedagogika instituti o’qituvchisi tuhtaboevanazokat@gmail.com https://orcid.org/0009-0001-9551-552X
Annotatsiya. Ushbu maqolada voleybolchilarda sakrovchanlik va sakrash chidamkorligini shakllantirish hamda rivojlantirish masalalari yoritilgan. Zamonaviy voleybol sport turida texnik va taktik harakatlarning katta qismi — zarba berish, to‘siq qo‘yish, to‘p uzatish va o‘yinga kiritish — aynan sakrab bajariladi. Shu boisdan sakrovchanlik sportchining texnik mahorati va musobaqa davomida samarali harakatlanish ko‘rsatkichlarining ajralmas qismiga aylangan. Tadqiqot jarayonida aerodinamik va kinematik omillar, Abalakov testi, shuningdek maxsus texnik vositalar yordamida sakrovchanlikni baholash va rivojlantirishning samarali usullari tahlil qilindi. Ayniqsa, 13–16 yoshli yosh voleybolchilarda sakrovchanlik sifatlarini shakllantirishga qaratilgan bosqichma-bosqich mashg‘ulot metodikasi, plyometrik mashqlar tizimi va individual yuklama rejalarining samaradorligi yoritib berildi. Natijalar ushbu yondashuvning sportchi jismoniy tayyorgarligini oshirishda yuqori samara berishini ko‘rsatmoqda. Kalit so‘zlar. sakrovchanlik, sakrash chidamkorligi, voleybol, plyometrik mashqlar, aerodinamik omillar, kinematik ko‘rsatkichlar, jismoniy sifatlar.
СОВРЕМЕННЫЕ ПОДХОДЫ К РАЗВИТИЮ ПРЫГУЧЕСТИ И ПРЫЖКОВОЙ ВЫНОСЛИВОСТИ У ВОЛЕЙБОЛИСТОВ
Тухтабоевой Назокат Азимжон кизи Преподаватель Наманганского государственного педагогического института tuhtaboevanazokat@gmail.com https://orcid.org/0009-0001-9551-552X
Aннотация В данной статье рассматриваются вопросы формирования и развития прыгучести и прыжковой выносливости у волейболистов. В современном волейболе большая часть технических и тактических действий — нападающий удар, блокирование, передача и подача — выполняются в прыжке. Поэтому прыгучесть является неотъемлемой частью технического мастерства и эффективности игровой деятельности спортсмена. В исследовании проанализированы аэродинамические и кинематические факторы, применение теста Абалакова, а также использование специальных технических средств для более точной оценки и развития прыгучести. Особое внимание уделено поэтапной методике тренировок, системе плиометрических упражнений и индивидуальному планированию нагрузок для волейболистов 13–16 лет. Результаты показывают, что такой подход обеспечивает значительное повышение уровня физической подготовленности и игровой эффективности спортсменов. Ключевые слова: прыгучесть, прыжковая выносливость, волейбол, плиометрические упражнения, аэродинамические факторы, кинематические показатели, физические качества.
MODERN APPROACHES TO DEVELOPING JUMPING ABILITY AND JUMP ENDURANCE IN VOLLEYBALL PLAYERS
Tuxtaboeva Nazokat Azimjon qizi Teacher at Namangan State Pedagogical Institute tuhtaboevanazokat@gmail.com https://orcid.org/0009-0001-9551-552X
Abstract This article discusses the development and improvement of jumping ability and jump endurance in volleyball players. In modern volleyball, most technical and tactical actions — spiking, blocking, passing, and serving — are performed in the air. Therefore, jumping ability has become an integral component of an athlete’s technical skill and overall game performance. The study analyzes the influence of aerodynamic and kinematic factors, the use of the Abalakov test, and specific technical tools for the effective evaluation and enhancement of jumping ability. Special attention is given to the step-bystep training methodology, plyometric exercise systems, and individualized load planning aimed at developing jumping qualities in 13–16-year-old volleyball players. The results demonstrate that this approach significantly improves the physical readiness and performance efficiency of athletes. Keywords: jumping ability, jump endurance, volleyball, plyometric training, aerodynamic factors, kinematic indicators, physical qualities.
Bugungi kunda sport sohasida raqobatning kuchayishi, musobaqalarning intensivligi va texniktaktik darajaning oshib borishi sportchilardan yuqori jismoniy tayyorgarlikni talab etmoqda. Ayniqsa, voleybol sport turida sakrovchanlik va sakrash chidamkorligi sportchining texnik mahoratini, o‘yin davomida faol harakatlanish qobiliyatini va musobaqada ustunlikka erishishini ta’minlovchi asosiy omillardan biridir. Zamonaviy voleybol o‘yini yuqori sur’atlarda kechadi. O‘yin davomida sportchi ko‘p marotaba sakrab zarba berish, to‘siq qo‘yish, sakrab to‘p uzatish kabi harakatlarni bajaradi. Bu esa nafaqat yuqori darajadagi sakrovchanlikni, balki sakrash chidamkorligini ham talab qiladi. Ayni paytda ko‘plab mashg‘ulotlarda sakrovchanlikni rivojlantirishga yetarli e’tibor qaratilmayapti yoki bu jarayon ilmiy asosga ega bo‘lmayapti. Natijada sportchilar musobaqalarda uzoq vaqt yuqori sur’atda harakatlana olmaydi, bu esa texnik-taktik xatoliklarning ko‘payishiga va natijalar pasayishiga olib keladi. Shuningdek, sakrovchanlikni rivojlantirish faqat mushak kuchini oshirish bilan cheklanmaydi. Aerodinamik va kinematik omillarni to‘g‘ri shakllantirish, sakrash texnikasini takomillashtirish, plyometrik
mashqlar tizimini qo‘llash hamda individual yuklamani hisobga olish yuqori natijaga erishishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bu esa zamonaviy sport tayyorgarligida innovatsion yondashuvlarni joriy etishni taqozo etadi. • voleybolchilarda sakrovchanlik va sakrash chidamkorligini rivojlantirishning ilmiy asoslangan yondashuvlarini yoritadi; • jismoniy tayyorgarlikni oshirish uchun samarali metodikani taklif etadi; • o‘quv-mashg‘ulot jarayonini bosqichma-bosqich rejalashtirishning ahamiyatini ko‘rsatadi; • musobaqa natijalariga bevosita ta’sir etuvchi sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlarni tahlil qiladi. Shu bois, sakrovchanlik va sakrash chidamkorligini oshirish masalasi voleybolchilarni yuqori sport natijalariga tayyorlashda dolzarb ilmiy va amaliy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Voleybol sport turida sakrovchanlik va sakrash chidamkorligi sportchining o‘yin samaradorligini belgilovchi asosiy jismoniy sifatlar qatoriga kiradi. Olimlar tomonidan olib borilgan ko‘plab ilmiy izlanishlar bu ikki sifatning musobaqa natijalariga bevosita ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatib bergan [1]. Xususan, sakrovchanlikning yuqori darajada shakllanishi sportchining zarba berish tezligi va to‘siq qo‘yish aniqligini oshiradi, bu esa hujum va himoya harakatlarining samaradorligini belgilaydi. Bir o‘yin davomida voleybolchi o‘rtacha 300 martadan ortiq sakrash harakatini bajaradi, ayniqsa zarba berish, to‘siq qo‘yish va sakrab to‘p uzatish harakatlari o‘yin jarayonining eng muhim texnik komponentlaridan biridir [2]. Sakrovchanlik nafaqat oyoq mushaklarining kuchi bilan, balki tananing aerodinamik holati, og‘irlik markazi, qo‘llarning inersion harakati va sakrash texnikasi bilan chambarchas bog‘liqdir [2]. Plyometrik mashqlar bu sifatlarni rivojlantirishda eng samarali metodlardan biri hisoblanadi. Klassik tadqiqotlarda plyometrik mashqlar cho‘zilish–qisqarish sikliga asoslanib, portlovchi kuchni sezilarli oshirishi isbotlangan [4]. Bosqichma-bosqich yuklama bilan olib borilgan mashg‘ulotlar sakrovchanlikni 15–25% gacha oshirishi mumkinligi qayd etilgan [5]. Sakrovchanlikni baholashda Abalakov testi keng qo‘llaniladi. Bundan tashqari, maxsus texnik qurilmalar yordamida aerokinematik omillar bilan birgalikda sakrovchanlikni chuqur tahlil qilish imkoniyati yaratilgan [2]. Bu yondashuv oddiy sakrash balandligini emas, balki sakrash texnikasining sifat ko‘rsatkichlarini ham aniqlashga xizmat qiladi. Mashg‘ulot yuklamasini to‘g‘ri periodizatsiya qilish sakrovchanlik sifatini oshirishda muhim omil hisoblanadi [6]. Yuklama chastotasi va intensivligini optimal darajada rejalashtirish sportchining tiklanish jarayonlarini tezlashtirib, charchash xavfini kamaytiradi. Yosh sportchilar bilan ishlashda bosqichmabosqich yondashuv alohida o‘rin tutadi: umumiy jismoniy tayyorgarlik → plyometrik tayyorgarlik → texnik-taktik integratsiya [3]. Shuningdek, sakrovchanlik va chidamkorlik sifatlarini rivojlantirishda individual yuklama yondashuvi ham katta ahamiyatga ega. Har bir sportchining antropometrik ko‘rsatkichlari va tayyorgarlik darajasi turlicha bo‘lgani uchun mashg‘ulotlar shaxsiylashtirilgan reja asosida tashkil etilganda yuqori samaraga erishiladi [5]. Tahlil qilingan adabiyotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, sakrovchanlik va sakrash chidamkorligini rivojlantirishning eng samarali yo‘li — plyometrik, kuch, texnik va intervalli mashg‘ulotlarni o‘z ichiga olgan kompleks yondashuvdir. Bu yondashuv sakrash tezligi, balandligi va chidamkorlikni oshirib, musobaqa faoliyati sifatini sezilarli yaxshilaydi [3]. Xulosa qilib aytish mumkinki, sakrovchanlik va sakrash chidamkorligi voleybolchilarning texnik, taktik va jismoniy tayyorgarligida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan sifatlar sirasiga kiradi. Ushbu sifatlar zarba berish, to‘siq qo‘yish, sakrab uzatish kabi asosiy o‘yin elementlarining samaradorligini oshiradi va musobaqa davomida yuqori sur’atda o‘ynash imkonini beradi. Sakrovchanlikni rivojlantirishda plyometrik mashqlar tizimi, aerodinamik va kinematik omillarni to‘g‘ri shakllantirish, texnik elementlarni mukammallashtirish hamda individual yuklama rejasini qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yondashuvlar sportchilarning chidamkorligi va texnik mahoratini oshirib, musobaqaviy tayyorgarlik darajasini yaxshilaydi. Shuningdek, sakrovchanlikni baholashda ilmiy asoslangan testlar va texnik vositalardan foydalanish mashg‘ulot jarayonini tizimli tashkil etish imkonini beradi. Bosqichma-bosqich mashg‘ulot yondashuvi yosh sportchilar jismoniy tayyorgarligini samarali shakllantirishga xizmat qiladi.
Umuman olganda, sakrovchanlik va sakrash chidamkorligini rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy metodikalar voleybolchilarni yuqori sport natijalariga tayyorlash jarayonida katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar12 ta adabiyot
- L. R. Ayrapetyants. Sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi. Toshkent, 2012.
- Voleybolchilarda sakrovchanlik sifatini baholash texnologiyasi va uni rivojlantirish uslubiyati. Po‘latov A.A., Bottayev A.A., Abdujabborov J.K. – Toshkent: O‘zDJTI nashriyoti, 2017.
- Joldasbaeva, R., Mamajonov, D., Turaev, V., Izatullaev, A., Tukhtaboeva, N., Mamatova, M., ... & Kodirova, S. (2025). Comprehensive evaluation of training load in youth basketball players through integration of heart rate, movement tracking, and rate of perceived exertion. Journal of Physical Education and Sport, 25(8), 1647-1655.
- Azizov, S. V., Mahmudjonov, A. A., & Oripov, A. F. (2024). SPRINTERLARNI TAYYORLASHDA PSIXOLOGIK TAYYORGARLIKNING AHAMIYATI. Экономика и социум, (6- 2 (121)), 85-90.
- Azizov, S. V., Azizova, R. I., Mahmudjonov, A., & Tuxtaboyeva, N. (2024). SPORTCHILARDA O ‘YIN JARAYONINI YUQORI DARAJADA IDROK QILISH QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISH INTELLEKTUAL TAYYORGARLIKNING ASOSIY VAZIFASI. Экономика и социум, (9 (124)), 82-86.
- Azizov, S. V., & Mahmudjonov, A. A. (2024). Oripov AF SPRINTERLARNI TAYYORLASHDA PSIXOLOGIK TAYYORGARLIKNING AHAMIYATI. Экономика и социум, (6-2), 121.
- АЗИЗОВА , Р. . (2025). ТРАНСФОРМАЦИЯ МЕЖДИСЦИПЛИНАРНЫХ ПОДХОДОВ В ПРЕПОДАВАНИИ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ. Евразийский журнал академических исследований, 5(9 (Special Issue), 453–457. извлечено от https://inacademy.uz/index.php/ejar/article/view/61189
- Azizova R. I. Sport va harakatli o ‘yinlarni o ‘qitish metodikasi //Oquv qollanma T. – 2010.
- Azizova, Rushen Ismoilovna (2019) "PECULIAR FEATURES INHERENT IN COACHING IN WOMEN’S TEAMS," Scientific Bulletin of Namangan State University: Vol. 1 : Iss. 11 , Article 44.
- Азизов С. В., Габдуллина А. З. Технология повышения скоростно-силовой подготовленности спринтеров //Scientific Impulse. – 2024. – Т. 2. – №. 19. – С. 120-124.
- Азизова Р СПОРТИВНЫЕ СОРЕВНОВАНИЯ КАК СРЕДСТВО ФОРМИРОВАНИЯ И СТАНОВЛЕНИЯ НРАВСТВЕННОГО И ФИЗИЧЕСКОГО ПОТЕНЦИАЛА ПОДРОСТКОВ//научный форум: педагогика и психология. Сборник статей по материалам XXXIV международной научно-практической конференции. Том 10 (34). 2019.
- Азизова Р.И., Федорко М.А. ТЕХНОЛОГИИ, ПОЗВОЛЯЮЩИЕ ЭФФЕКТИВНО РАЗВИТЬ АТАКУЮЩИЕ ДЕЙСТВИЯ БАСКЕТБОЛИСТОВ//научный форум: педагогика и психология//.Сборник статей по материалам LXI международной научно-практической конференции. Том 5(61). Москва, 2022
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011545
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/556
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 931–934
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-12 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25