TA‘LIM JARAYONIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI VA AHAMIYATI
Ochilova Khursanoy Makhmud qizi, Muhiddinova Madina Mukhtorjon qizi, Omongaldiyeva Dilrabo Kamoladdin qiziChirchiq davlat pedagogika universiteti https://ror.org/01nzrgp812025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 857–860
Annotatsiya
Mazkur maqolada ta‘lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rniva ahamiyati ilmiy asosda tahlil etiladi. Unda ta‘lim sifatini oshirish, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash,ijodkorlik va faol o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirishda ilg‘or texnologiyalarning roli yoritilgan.Shuningdek, maqolada pedagogik jarayonni modernizatsiya qilish, interfaol metodlarni qo‘llash vao‘qituvchi hamda o‘quvchi o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishning amaliy ahamiyati ko‘rsatibberiladi. Muallif zamonaviy ta‘limda innovatsion yondashuvlarning tatbiqi orqali o‘qitish samaradorliginioshirish va shaxsga yo‘naltirilgan ta‘lim tizimini rivojlantirish zarurligini asoslab beradi.
Boshqa tillarda
ruschaРОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ СОВРЕМЕННЫХ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ ПРОЦЕССЕ
В данной статье на научной основе анализируется роль и значение современных педагогических технологий в образовательном процессе. Подчеркивается роль передовых технологий в повышении качества образования, развитии самостоятельного мышления, креативности и навыков активного обучения у учащихся. В статье также показана практическая значимость модернизации педагогического процесса, использования интерактивных методов и установления эффективной коммуникации между преподавателями и учениками. Автор обосновывает необходимость повышения эффективности обучения и развития личностно-ориентированной системы образования посредством внедрения инновационных подходов в современное образование.
inglizchaTHE ROLE AND IMPORTANCE OF MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE EDUCATIONAL PROCESS
This article analyzes the role and importance of modern pedagogical technologies in the educational process on a scientific basis. It highlights the role of advanced technologies in improving the quality of education, developing independent thinking, creativity and active learning skills in students. The article also shows the practical importance of modernizing the pedagogical process, using interactive methods and establishing effective communication between teachers and students. The author justifies the need to increase the effectiveness of teaching and develop a person-centered education system through the implementation of innovative approaches in modern education.
Kalit so‘zlar
- innovatsiya
- ta‘lim
- pedagogik jarayon
- zamonaviy texnologik jarayon
- yangi g‘oyalar
- ijtimoiy-pedagogik jihatlar
- bilim
- ko‘nikma va malaka
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
TA`LIM JARAYONIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O`RNI VA AHAMIYATI
Ilmiy rahbar: Ochilova Xursanoy Maxmud qizi Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti dotsenti, Umumiy pedagogika kafedrasi (PhD) dotsent Muhiddinova Madina Muxtorjon qizi E-mail: madinamuhiddinova006@gmail.com Omongaldiyeva Dilrabo Kamoladdin qizi E-mail: dilraboomongaldiyeva@gmail.com Chirchiq davlat pedagogika universiteti Turzim fakulteti 2-bosqich talabalari
Annotatsiya: Mazkur maqolada ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati ilmiy asosda tahlil etiladi. Unda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodkorlik va faol o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirishda ilg‘or texnologiyalarning roli yoritilgan. Shuningdek, maqolada pedagogik jarayonni modernizatsiya qilish, interfaol metodlarni qo‘llash va o‘qituvchi hamda o‘quvchi o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishning amaliy ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Muallif zamonaviy ta’limda innovatsion yondashuvlarning tatbiqi orqali o‘qitish samaradorligini oshirish va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim tizimini rivojlantirish zarurligini asoslab beradi. Kalit so’zlar: Innovatsiya, ta'lim, pedagogik jarayon,va zamonaviy, texnologik jarayon, yangi g'oyalar, ijtimoiy-pedagogik, bilim, ko'nikma va malaka.
THE ROLE AND IMPORTANCE OF MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE EDUCATIONAL PROCESS
Scientific Supervisor: Ochilova Xursanoy Maxmud qizi Associate Professor, Chirchik State Pedagogical University, PhD, Associate Professor, Department of General Pedagogy (PhD) dotsent Muhiddinova Madina Muxtorjon qizi E-mail: madinamuhiddinova006@gmail.com Omongaldiyeva Dilrabo Kamoladdin qizi E-mail: dilraboomongaldiyeva@gmail.com 2nd Year Students, Faculty of Tourism, Chirchik State Pedagogical University
Annotation: In this article, the role and significance of modern pedagogical technologies in the educational process are analyzed on a scientific basis. It highlights the role of advanced technologies in improving the quality of education, developing students' independent thinking, creativity, and active learning skills. The article also demonstrates the practical importance of modernizing the pedagogical process, applying interactive methods, and establishing effective communication between teachers and
students. The author substantiates the need to increase teaching efficiency and develop a learner-centered education system through the implementation of innovative approaches in modern education. Keywords: Innovation, education, pedagogical process, modern, technological process, new ideas, socio-pedagogical, knowledge, skill and qualification.
РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ СОВРЕМЕННЫХ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ ПРОЦЕССЕ
Научный руководитель: Очилова Хурсаной Махмуд кизи Доцент Чирчикского Государственного Педагогического Университета, Доцент (PhD), кафедра общей педагогики Мухиддинова Мадина Мухторжон кизи E-mail: shodiyona844@gmail.com Омонгалдиева Дилрабо Камоладдин кизи E-mail: dilraboomongaldiyeva@gmail.com Студенты 2 курса Факультета Туризма Чирчикского Государственного Педагогического Университета
Аннотация: В данной статье научно анализируются роль и значение современных педагогических технологий в образовательном процессе. Освещается роль передовых технологий в повышении качества образования, формировании у учащихся самостоятельного мышления, творческих способностей и навыков активного обучения. Также в статье показано практическое значение модернизации педагогического процесса, применения интерактивных методов и налаживания эффективного общения между учителем и учеником. Автор обосновывает необходимость повышения эффективности обучения и развития личностно-ориентированной системы образования посредством внедрения инновационных подходов в современное образование. Ключевые слова: Инновация, образование, педагогический процесс, современный, технологический процесс, новые идеи, социально-педагогический, знание, навык и квалификация.
Kirish: Bugungi kunda bizning eng katta va oliy maqsadimiz yoshlarimizni kelajakda bilim, ko'nikma va malakaga ega bo'lgan salohiyatli kadr qilib yetishishiga sababchi bo'lishimizdir. Shuningdek, ta'lim jarayonlarida albatta, har bir pedagog innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanmasligining iloji yo'q. Avvalo, innovatsiya so'ziga to'xtaladigan bo'lsak, innovatsiya so'zi lug'aviy jihatdan "Innovatsiya" tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda (innovation) "yangilik kiritaman" degan ma'noni anglatadi. Mazmunan va ma'no jihatidan olib qaraydigan bo'lsak, tushuncha negizida innovatsiya tushunchasi muayyan tizimning ichki tuzilishini o'zgartirishga qaratilgan faoliyatni ifodalaydi. Innovatsiyalarning asosiy ko'rinishlari quyidagilar sanaladi: - yangi g'oyalar; - tizim yoki faoliyat yo'nalishini o'zgartirishga qaratilgan aniq maqsadlar; - noan'anaviy yondashuvlar; - odatiy bo'lmagan tashabbuslar; - ilg'or ish uslublari; Ta'lim innovatsiyalari - ta'lim sohasi yoki o'quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida qo'llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl va metod texnologiyalar majmui. Ta'lim innovatsiyalari "Innovatsion ta'lim" deb ham nomlanadi. Innovatsion ta'lim tushunchasi ilk bor 1979-yilda "Rim klubi"da qo'llanilgan. Ta'lim innovatsiyalari bir necha turga ajratiladi: Faoliyat yo'nalishiga ko'ra: pedagogik jarayonda va ta'lim tizimini boshqarishda qo'llaniladigan innovatsiyalar; Kiritilgan o'zgarishlarning tavsifiga ko'ra: radikal modifikatsiyalangan hamda kombinatsiyalangan innovatsiyalar; O'zgarishlarning ko'lamiga ko'ra: tarmoq (lokal) modul va tizim innovatsiyalari; Kelib chiqish manbaiga ko'ra: jamoa tomonidan bevosita yaratilgan yoki o'zlashtirilgan innovatsiyalar kiradi.
Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan o'zgaruvchan mexanizmga ega bo'lishi zarur. Innovatsion pedagogik texnologiyalar deganda albatta, "Pedagogik texnologiya" degan jumlaga ham nazar solishimiz zarur. Hozirgi kunda ta'lim-tarbiya jarayoniga e'tibor qaratadigan bo'lsak, bir qator qonun hujjatlarining imzolanishi, jumladan "Ta'lim to'g'risida"gi qonun (23.09.2020), “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi” (31.12.1993) ta’lim tizimini isloh qilish, uni yanada takomillashtirish borasidagi ishlarning mantiqiy davomi sanaladi. Dastlab pedagogik texnologiya tushunchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bog'liq holda fanga 1872- yilda kirib keldi va yunoncha "texnos" san'at, mahorat va hunar, " logos" fan so'zlaridan tashkil topib "hunar fani" degan ma'noni ifodalaydi. Pedagogik texnologiya esa ma'lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini ifodalaydi va "Ta'lim beruvchi-moddiy muhit-ta'lim oluvchi (o'quvchi, talaba)" funksional tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida quriladi.Pedagogik texnologiyaning tuzilmasi: konseptual asos, ta'lim jarayonining mazmuni, texnologik jarayondan iborat bo'ladi. Har bir pedagogik texnologiya muayyan ilmiy konsepsiyaga asoslanadi. Pedagogik texnologiyaning ilmiy konsepsiyasi ta'lim maqsadlariga erishishning: falsafiy, psixologik, ijtimoiypedagogik, didaktik asoslanishlarni qamrab oladi. Ta'lim jarayoni mazmuni ta'lim jarayonining: umumiy va aniq maqsadlari, o'quv materiali mazmunidan borat bo'ladi. Texnologik jarayon: o'quv jarayonini tashkil etish, ta'lim beruvchi faoliyati, talaba faoliyati, o'quv jarayonini boshqarish usullari, o'quv jarayoni diagnostikasini qamrab oladi, pedagogik texnologiya shunday bilimlar sohasiki, unda o'qituvchi va o'quvchida hurfikrlilik, sadoqat, insonparvarlik va Vatanga bo'lgan muhabbat tuyg'ulari tizimi shakllanadi. Albatta, yangilangan ta'limda o'quvchining yuragida cho'g'ni alanga oldirish, ularning bilimi, salohiyatini har tomonlama bosqichma-bosqich yuksaltirib, rivojlantirish uchun zamonaviy darslar zarur. Buning uchun esa zamonaviy pedagogik texnologiya o'zining pedagogika va boshqa fan yutuqlari bilan bog'liq xususiy nazariyasiga ega. Jumladan, o'quv-tarbiyaviy jarayonini ilmiy asosda qurishga yo'naltirilgan, o'qitishning axborotli vositalaridan va didaktik materiallardan faol metodlardan keng foydalanishga asoslangan o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikda faoliyatiga zamin yaratadi. Pedagogik texnologiya o'qitishning, ta'limning shakllari, metodlari, usullari yo'llari tarbiyaviy vositalarning maxsus yig'indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar majmuasi, u pedagogik jarayonning tashkiliy uslubiy vositalaridan iborat. Shuni aytib o'tishimiz joizki, pedagogik texnologiya tushunchasi bilan bir qatorda pedagogik mahorat ham ta'lim jarayonida o'z ahamiyatiga ega tushuncha hisoblanadi. Pedagogik muloqot deganda, odatda o'qituvchining o'quvchi bilan dars mobaynida va darsdan tashqari bo'ladigan aniq pedagogik funksiyalarga ega va qulay psixologik muhitni yaratish, shuning bilan birga, boshqa xildagi psixologik optimal ilmiy faoliyat va pedagog bilan o'quvchilar o'rtasidagi munosabatlar uchun yo'naltirilgan professional muloqot shakli tushuniladi. O'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi munosabatlarni ifodalovchi hamkorlik pedagogikasiga tayanib talabalarning birgalikda ta'lim olishlari amalga oshiriladi. Talabalarning hamkorlikda ta'lim olishlari, ta'lim jarayonlarini loyihalashtirish, talabalar bilan ishlashni loyihalashtirish kabilar zamonaviy pedagogik texnologiyalarning asosiy metodlari hisoblanadi. O'quv-tarbiya jarayonida vujudga kelgan yangi pedagogik munosabatlar mazkur jarayonda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llashni taqozo qiladi. Pedagogika fani va amaliyotida turli xil yondashuvlar qo'llaniladi. Og'zaki-ko'rgazmali, tadqiqiy, izlanuvchan, tizimli, funksional, kompleks, texnologik, muammoli-unsurli, faoliyatli yondashuvlar.Og'zaki-ko'rgazmali yondashuv: Og'zaki-ko'rgazmali yondashuv respublikamiz o'quv yurtlarida keng tarqalgan. Asosan o'qituvchining axborot berishi, o'quvchitalabalarning bilimni qabul qilishi, to'plashi va xotirasida saqlashi bilan belgilanadi. "Bilim" tushunchasi xotirada saqlanadigan axborot ma'nosida tushuniladi. Bunday bilimlar, ularni qo'llay olish ko'nikmalari orqali tekshirib ko'riladi. Tadqiqiy-ijodiy yondashuv: Ta'limning maqsadi talabada biror muammoni yechish qobiliyatini o'stirish, yangi bilim va tajribani mustaqil ravishda o'zlashtirish, harakatning yangi zamonaviy usullarini topish va tashabbus ko'rsatishni nazarda tutadi. Bu yo'nalishda asosan, pedagog talabaning o'quv faoliyatiga rag'batlantiruvchi usulda rahbarlik qiladi, shaxsiy tashabbusini qo'llabquvvatlab, u bilan hamkorlik qiladi hamda uning fikr va qiziqishlarini doimo nazarda tutadi, Tadqiqiyijodiy yondashuvning ta'lim tizimida o'z o'rni bor va u o'z joyida qo'llanishi lozim. Tizimli yondashuv: ilmiy bilish metodologiyasi va pedagogik amaliyotning bir yo'nalishi sifatida universal tavsifga ega, u pedagogikada keng qo'llanadi. "Tizimli yondashuv" tushunchasi, ko'pincha, "tizimli metod", "tizimli tahlil usuli" tushunchalari bilan uzviy bog'liq holda anglanadi. Chunki, tizimli tahlil usullari ham obyektni yaxlit tizim sifatida o'rganishni nazarda tutadi.Texnologik yondashuv: Texnologiya - tayyor mahsulotni olish uchun ishlab chiqarish jarayonlarida qo'llanadigan usul va metodlar majmui bo'lib, shunday usul va
metodlarni ishlab chiquvchi va takomillashtiruvchi fan sifatida ta'riflanadi. Ta'lim jarayonini pedagogik texnologiya asosida tashkil etishning rejalashtirish bosqichida, yetakchi pedagoglardan pedagogik texnologiyaning qonun-qoida va tamoyillari asosida uslubiy ashyolarni ishlab chiqish paytlarida yuqoriroq malaka talab etiladi. Ta'limni boshqarishda tizimli yondashuv-bu boshqaruvchi, ya'ni o'qituvchining mavjud imkoniyatlari asosida tahsil oluvchilarga kerakli bilim, ko'nikma va malakalarni qo'yilgan maqsadga most holda shakllantirish jarayonidir. Ta'limda boshqarish jarayoni turli yo'llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Hozirgi paytda ta'lim-tarbiya jarayonini boshqarishga turli texnologiyalar joriy etilmoqda. Ta'limning harakatchan modelini tuzish orqali boshqarish o'zining samaradorligini ko'rsatmoqda. Mo'ljallangan texnologiya tizimli yondashuvga asoslangan bo'lib, quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: o'rganilayotgan fan bo'yicha ma'lumotlarni tayyorlash; tayyorlangan ma'lumotlarni o'qitish uslubi va maqsadini e'tiborga olgan holda ma'lum ketmaketlikka keltirish; o'quv materiali mazmunni qo'llamoqchi bo'lgan pedagogik usullar nuqtai nazaridan tahlil qilish; pedagogik texnologiyalar qo'llanilishining tegishli bosqichiga oid maqsadni aniqlash; pedagogik texnologiyalarni qo'llash jarayoni ketma-ketligini ishlab chiqish; texnologiyalardan foydalanishga oid uslubiy tavsiyalar tayyorlash; texnologiyalarni qo'llash va erishilgan natijalarni bilim, ko'nikma va malaka tizimlariga ajratish; olingan natijalar bo'yicha sifat ko'rsatkichlarini aniqlash; ko'zlangan maqsadga erishilganlik darajasini baholash; ta'limni boshqarish jarayoni to'g'risida tegishli xulosalar chiqarish bugungi kunda ta'lim-tarbiya jarayonida muhim omil hisoblanadi. Xulosa: Xulosa qilib aytganda har qaysi davlat kelajakda iqtisodiyoti boy va dunyo siyosiy davralarida o`zining salmoqli o`rniga ega bo`lmoqchi ekan, albatta u davlat o`zining ta`lim tizimiga kuchli e`tibor qaratishi shart va majburdir. Negaki davlatning kelajagi yosh avlod qo`lida, agarda ushbu avlod vakili yoshligidan yaxshi ilm va tarbiya olar ekan, kelajakda albatta davlat uchun yuqori manfaatli, yetuk kadr bo`lib yetishadi. Bu kabi yoshlarning o`rni kengaygani sari, davlat shu zaylda ham iqtisodiy jihatdan, ham siyosiy jihatdan yuksalib boradi. Shunday ekan davlat har qancha bo`lsin ta`lim tizimiga kuchli e`tibor qaratishga majbur.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar9 ta adabiyot
- "Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat" Toshkent "Iqtisodmoliya" 2009.
- Ziyaqulova Maftuna Shuhrat qizi “ Pedagogik kreativlik bo’lg’usi o’qituvchilarni innovatsiyon faoliyatga tayyorlash jarayoni ” Andijon Respublika ilmiy-amaliy kanferensiyasi 2020-yil 2-qism
- O'.Tolipov, D.Ro'ziyeva.Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat T:Innovatsiya-ziyo, 2019.
- Interfaol metodlar: mohiyati va qo'llanishi / metodik qo'llanma.Tuzuvchilar D.Ro'ziyeva, M.Usmonboyeva, Z.Holiqova. - Toshkent:Nizomiy nomidagi TDPU nashriyoti, 2013.- 136 bet.
- O'.Tolipov, M.Usmonboyeva, Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. Fan, 2005.
- Ollokulova F.U. Value Relationships In Young People And The Uniqueness Of Their Decision Making Teacher of the Department of Theory and Practical of Primary Education. ISSN: 2776-0979, Volume 3, Issue 9, Sep., 2022
- Ollokulova F.U. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tadqiqotchilik faoliyatini konsentrizm asosida shakllantirishning ijtimoiy pedagogik ahamiyat. Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 10 (2022) / ISSN 2181-1415
- Olloqulova F.U Sharq mutafakkirlarining tarbiya borasidagi qarashlari. Problems And Scientific Solutions https://doi.org/10.5281/zenodo.749518610.5281/zenodo.7495186
- Olloqulova Farzona Umedillayevna. Tadqiqotchilik faoliyatini shakllantirishning psixologik-pedagogik tavsifi/ Tadqiqotlar jahon ilmiy metodik jurnal/ 6-son 2-to‘plam yanvar 2023. 336-339-betlar
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011520
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/529
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 857–860
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25