Asosiy mazmunga o‘tish

BOBORAHIM MASHRABNING “BU TANI XOKINI-YU RUHI RAVONNI NA QILAY?!” G‘AZALINI MAKTAB O‘QUVCHILARIGA O‘RGATISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH

Abdug‘offorova Gulkhayo Abdurashid kiziNamangan davlat pedagogika instituti magistranti2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 847–850

Annotatsiya

maqolada umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining 11-sinfida Boborahim Mashrabningg‘azallarini o‘rgatish jarayonida interfaol metodlar va fanlararo integratsiyadan foydalanishning o‘rni vasamarali usullari yoritib berilgan.

Boshqa tillarda

ruscha«ЧТО Я МОГУ СДЕЛАТЬ С ЭТИМ ТЕЛОМ И СПОКОЙНЫМ УМОМ?!» БОБОРАХИМ МАШРАБ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ В ОБУЧЕНИИ ШКОЛЬНИКОВ ГАЗАЛИ

В статье освещается роль и эффективные методы использования интерактивных методов и междисциплинарной интеграции в процессе преподавания газелей Боборахима Машраба в 11-м классе общеобразовательных средних школ.

inglizchaBOBORAKHIM MASHRAB‘S "WHAT CAN I DO WITH THIS BODY AND A SMOOTH MIND?!" USING INTERACTIVE METHODS IN TEACHING GHAZALI TO SCHOOL STUDENTS

The article highlights the role and effective methods of using interactive methods and interdisciplinary integration in the process of teaching Boborahim Mashrab‘s ghazals in the 11th grade of general secondary schools.

Kalit so‘zlar

  • Boborahim Mashrab
  • g‘azal
  • interfaol metod
  • fanlararo integratsiya
  • badiiy san‘atlar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

BOBORAHIM MASHRABNING “BU TANI XOKINI-YU RUHI RAVONNI NA QILAY?!” G‘AZALINI MAKTAB O‘QUVCHILARIGA O‘RGATISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH

Abdug‘offorova Gulxayo Abdurashid qizi Namangan davlat pedagogika instituti magistranti

Annotatsiya: maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinfida Boborahim Mashrabning g‘azallarini o‘rgatish jarayonida interfaol metodlar va fanlararo integratsiyadan foydalanishning o‘rni va samarali usullari yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: Boborahim Mashrab, g‘azal, interfaol metod, fanlararo integratsiya, badiiy san’atlar.

USING INTERACTIVE METHODS IN TEACHING BOBORAHIM MASHRAB’S GHAZAL “BU TANI XOKINI-YU RUHI RAVONNI NA QILAY?!” TO SCHOOL PUPILS

Abdug‘offorova Gulxayo Abdurashid qizi Master’s Student, Namangan State Pedagogical Institute

Annotation: The article highlights the role and effective methods of using interactive techniques and interdisciplinary integration in teaching Boborahim Mashrab’s ghazals, particularly the poem “Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!”, to 11th-grade students in general secondary schools. Keywords: Boborahim Mashrab, ghazal, interactive method, interdisciplinary integration, literary arts.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ ПРИ ОБУЧЕНИИ ШКОЛЬНИКОВ ГАЗЕЛИ БОБОРАХИМА МАШРАБА “БУ ТАНИ ХОКИНИ-Ю РУХИ РАВОННИ НА КИЛАЙ?!”

Абдугоффорова Гулхайо Абдурашид кизи Магистрант Намганского государственного педагогического института

Аннотация: В статье освещаются роль и эффективные методы использования интерактивных технологий и межпредметной интеграции при обучении газелям Боборахима Машраба, в частности произведению «Бу тани хокини-ю рухи равонни на килай?!», в 11-х классах общеобразовательных школ. Ключевые слова: Боборахим Машраб, газель, интерактивный метод, межпредметная интеграция, художественные искусства.

Boborahim Mulla Vali o‘g‘li Mashrab Namanganda bo‘zchi kosib oilasida dunyoga kelgan. U «otashnafas shoir» sifatida shuhrat qozongan. Shoirning nomi xalq orasida juda keng tarqalgan va mashhur bo‘lgan. Mashrab she’riyatning mulamma, mustazod, muxammas, musaddas, musabba’ singari janrlarida ijod qilgan. Ammo uning shuhratini, ayniqsa, g‘azal va murabba’lari oshirgan. Ular ning asosiy yo‘nalishi ishq-muhabbat bo‘lishiga qaramasdan, ijtimoiy ohanglar ham katta mavqe tutgan. Mashrab o‘zbek tasavvuf adabiyotini yangi bosqichga olib chiqqan. Uning asarlari tilining sodda va jonliligi, o‘zbekona so‘zlarning tabiiy va samimiy jarangi, xalqona ifodalarga, ayniqsa, maqol va iboralarga boyligi bilan ajralib turadi. Ularning katta qismi sahli mumtane san’atining yorqin namunalaridir. Ularda tasavvufning eng qiyin va mushkul muammolari ham nisbatan oson va qulay shakllarda tasvirlab berilgan. Ayni mana shu xislatlar uning she’rlari xalq orasida ommalashib tez yodlanishi va hofizlar tomonidan kuyga solinib ijro etilishida bosh omil bo‘lgan. Mashrab she’rlarining ijtimoiy-badiiy ahamiyati juda katta. Ular bugun ham bizning zamondoshlarimizni, ayniqsa, yosh avlodni yuksak insonparvarlik ruhida tarbiyalashda, ularning yuksak axloq egalari bo‘lib kamol topishlarida, she’riyatning go‘zal namunalari asosida shakllanadigan badiiy-estetik didlarining takomilida o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Quyida Mashrabning “bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!” g’azalini o’rganishda interfaol metodlardan foydalanish haqidagi fikrlarimizni bayon etmoqchimiz. Barchamizga ma’lumki ushbu g’azal 11-sinf adabiyot darsligida berilgan va o’rganib tahlil qilish uchun bir soat ajratilgan. Mening fikrimcha g’azalni tushuntirib ,tahlil qilish va boshqa fanlarga bog’lash, g’azaldagi badiiy san’atlarni va badiiyligini o’qituvchi tomonidan ochib berish uchun bir soat kifoya qiladi. Ammo bu bir soat dars mobaynida faqat o’qituvchi tomonidan fikr beriladi ,o’quvchilar faqat tinglab tushunib o’tirishadi. Shu sababdan bu g’azalni o’rganish uchun ikki soat ajratilsa maqsadga movofiq bo’lar edi va bu ikki soatni quyidagicha taqsimlar edik. 1 soat 1.O’qituvchi tomonidan g’azal qoidalarga mos ravishda ifodali qillib o’qiladi. 2. g’azal matni ustida ishlanadi va tahlil qilinadi 3.tushunilishi qiyin bo’lgan so’z va iboralar sharhlanadi. 4.o’qituvchi tomonidan o’quvchilarga g’azalni yodlash va qaysi fanlar bilan aloqadorligi borligini aniqlash vazifa qilib beriladi. 2 soat 1.”Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!” g’azali o’quvchilar tomonidan yoddan aytib beriladi 2.o’quvchilar g’azalni qaysi fanlar bilan aloqadorligi borligini so’zlab berishadi. Bu ikki soatlik darsdan maqsadimiz shuki, darsda ham o’qituvchi ham o’quvchi o’z ustida ishlaydi va darsga tayyor bo’ladi. G’azal haqida barcha o’quvchilarda fikr paydo bo’ladi,mavzu narcha tomonidan o’zlashtiriladi. Xuddi universitet darslariga o’xshab. Birinchi soat o’qituvchi ma’ruza qilib beradi va keyingi soatda o’quvchilar o’z fikrlarini erkin bildirishadi.

Dars o’qituvchining g’azalning yaratilish tarixi haqidagi kirish so’z bilan boshlanadi.Tasavvufda tan va ruh muammosi ancha jiddiy ko‘riladigan masala va muammolar sirasiga kiradi. Zero, tan insonga,ruh esa ilohiyotga daxldordir. Odatda, o‘zini anglagan inson ruhida ilohiy sirlardan qisman xabardorlik mavjud bo‘ladi. Jonon esa oshiq (solik) qalbida sodir bo‘layotgan ilohiy ma’rifat darajasining ortib borishi bilan aloqador. Demak, bu baytda ilohiy ma’rifatga intilmasdan yashash umr mazmunini yo‘qqa chiqaradi, degan haqiqat mujassamlashgan. Xuddi mana shu fikr keyingi baytda yana bir pog‘ona balandroq pardalarda kuylanadi. Tasavvuf adabiyotida yor, jonon so‘zlari ko‘pincha ilohiy ma’rifatning oshiq qalbidagi jilolanishini anglatadi. Demak, Makka ziyoratiga borish uchun ham jiddiy tayyorgarlik talab etiladi. Bu talabning asosi ko‘ngil pokizaligi, moddiy ehtiyoj va talablardan voz kecha olish, nafs qutqularidan forig‘bo‘lish, ko‘ngil obodligi ustida qayg‘urishdir.Bir qarashda jannat va do‘zax tushunchalarini inkor etish dahriylik tushunchasi bilan bog‘lanib ketganday bo‘ladi. Aslida esa unday emas.Diqqat bilan qaralsa, Mashrab do‘zax va jannatni boshimga uramanmi deganda yor vasli – ilohiy tajallini ko‘rishni nazarda tutgan. Agar o‘sha darajaga yetmaydigan bo‘lsa, yuqoridagi tushunchalarning ham mazmuni yo‘qqa chiqadi. Ko‘rinadiki, bu baytda ham yana ko‘ngil ozodaligi nazarda tutilgan. Olamga boqqanda uning har bir bo‘lagida, ya’ni insonni qurshab turgan moddiy jismlarning o‘zida ham Yaratganning kuch va qudratini his etib turish kerak.Quyoshning paydoligi uning zarralarida namoyon bo‘ladi. Xuddi shunga o‘xshab Yaratganning o‘zi ham u yaratgan narsalar vositasida anglanadi. «Sirri nihon» insonga ma’rifiy bilimlar tufayli anglanishi mumkin bo‘lgan haqiqatlardir. Mashrab bir solik (yo‘lovchi) sifatida bu uzun yo‘lning asosiy bosqichlarini bosib o‘tgan solik tilidan aytmoqdaki, «bodani ichgan solik Arsh kungarasining ustiga ham oyoq qo‘ya oladi». Mayning ilohiy ishq yoki ilohiy ishq mujassamlashgan ko‘ngil ramzi ekanini yodda tutsak, qo‘yilgan qadamning ham, lomakondan xabar olishning ham ma’nosi bir qadar oydinlashadi. Ya’ni ilohiy ma’rifat egasigina emas, lomakon – makonning yo‘qligi, yo‘qlik olamidan ham xabardor bo‘ladi. U olam ilohiy olam, ilohiyot olamidir. Ana shundan keyin oliy haqiqatga yetish mumkin bo‘ladi. Buning uchun Yaratganning o‘zidan boshqa hamma narsaning xato – g‘alat ekanini anglab yetish kerak. Boshqa narsalarga mahliyo bo‘lib asl haqiqatdan chalg‘imaslik kerakligi baytning asosiy mazmun va mantig‘ini tashkil etadi. Bu murakkab umumlashmani anglatish uchun esa oddiy va sodda ikkita obraz qo‘l keladi: Bir Xudodin o‘zgasi barcha g‘alatdur, Mashrabo, Gul agar bo‘lsa qo‘lumda, ul tikanni na qilay?! O‘z-o‘zidan gul asosiy maqsad va mohiyatni, tikan esa ikkinchi darajali narsalarni anglatayotgani ma’lum bo‘ladi. Ammo esdan chiqarmaslik lozimki, ikkinchi darajali narsalardan ehtiyot qilinmasa, kishiga jarohat yetishi, uning iztiroblari ortishi mumkin. Mashrab she’riy unsurlarni tanlayotganida ularning mazmun uchun qanday xizmat qilishi mumkinligini ham e’tiborga olgan. Butun she’r davomida so‘roq ohangining saqlanishi undagi ma’no qatlamiga bo‘lgan e’tiborni har doim tarang holda tutib turish imkonini beradi. So’ngra o’qituvchi bu g’azal6 baytdan iborat ekanligini aytib ,uni ifodali o’qib beradi. Bu ta-ni xo-/ki-ni-yu ru-hi/ra-von-ni-na/qi-lay/ Bo’l-ma-sa qo-/shim-da-jo-non/bu ja-hon-ni/na qi-lay G’azaldagi badiiy san’atlarni topishda va mohiyatini ochishda “KLASSTER USULI” va “XOTIRA MASHQI” metodidan foydalaniladi.”KLASSTER USULI”da o’quvchilar daftarlariga doira shaklini hizishadi va undan chiziqlar chiqarib g’azaldagi badiiy san’atlarni yozishadi.

Barcha o’quvchilar yozib bo’lishgandan so’ng o’qituvchi fikrlarni to’ldirib, jamlaydi. Birinchi baytda bir uyada birlashadigan so‘zlar miqdorining ko‘pligi – tanosub she’riy san’ati bayt mazmunini to‘la va yaxlit holda idrok qilishga ko‘maklashadi. Tan va ruh esa mantiqiy tazodni yuzaga keltirgan: Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?! Bo‘lmasa qoshimda jonon, bu jahonni na qilay?! Keyingi baytda tashbih, istiora, ramz singari tasvir vositalaridan foydalanilgan. Bular she’rning ta’sirchanligini yanada kuchaytirgan. Bularning barchasi mazmuniga quvvat, shakliga chiroy ato etgan. Ular birlashib, kitobxon qalbida go‘zal va yoqimli ta’sirni hosil qiladi. O’quvchilar bilan birgalikda ushbu san’at turlari topilgach, “XOTIRA MASHQI “ metodidan foydalaniladi. Ushbu metodda bir ustunga san’atlar nomi va ikkinchi ustunga ularga berilgan ta’rif yoziladi,o’quvchilar ularning orasidan to’grisini topishlari kerak bo’ladi. 1.Tanosub 1. Baytda tarixiy nomlar ,ismlar,joylar nomi tilga olinishi

2. Tashbeh 2. (Arabcha) bilib turib bilmaslikka olish

3. Istiora 3. (arab. — ishora qilmoq) (badiiy adabiyotda) — voqelikni badiiy aks ettirishning shartli usuli; badiiy shartlilik shakllaridan 4.Ramz 4. (Arab.) — qarzga olish

5. Talmeh 5. (Arabcha) – ishora qilish, biror narsa tomonga yengil nazar tashlash

6. Tajohil-ul orif 6. (Arab). — oʻxshatish — sheʼriy sanʼatning biri 7. Qarshilantirish 7. Tazod

O’quvchilar ushbu metod orqali badiiy san’atlar mavzusini qaytadan takrorlab olishadi .O’quvchilar tomonidan g’azal ifodali o’qiladi. Ushbu g’azalni fanlararo integratsiya bilan ham bog’lasa bo’ladi. Buning uchun “AQL CHARXLASH” metodidan foydalaniladi. Bu metodda o’qituvchi tomonidan barcha o’quvchilar uchun o’rtaga munozarali savol tashlanadi. O’qituvchi o’quvchilarga: “Bu g’azalimizni qaysi fanlar bilan bog’lasak bo’ladi?”,-degan savolni beradi , o’ylash uchun bir daqiqa kifoya. O’quvchilardan birin-ketin javoblar tinglanadi va so’nggida o’qituvchi umumlashtiradi. Mashrabning “Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!” g’azalini geografiya(g’azalda joy nomlari keltirilishi:Yorsiz ham bodasiz MAKKAGA bormoq na kerak?!.)va musiqa(g’azal kuyga solib aytilishi, bilamizki, Mashrabning ko’plab g’azallari san’atkorlar tomonidan kuylangan)fanlariga aloqador hisoblanadi. Darsning yakunlovchi qismida g’azalni yod olish va qiziqqan o’quvchilarga uni kuy bilan ijro etishni mashq qilish uyga vazifa qilib topshiriladi. Xulosa qilib aytganda,darslarni turli xil interfaol metodlar va fanlararo integratsiya bilan bog’lab o’tilsa maqsadga muvofiq bo’ladi,metodlarsiz mavzuni tushunmagan o’quvchilar ham turli xil o’yinlar orqali mavzuni o’zlashtirishadi. Bu innterfaol metodlar samaradorlikni oshirish uchun va mavzuni o’quvchilarga oson usulda tushuntirish uchun xizmat qiladi desak yanglishmagan bo’lamiz.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Тўлабоев Қ. Китоб - маънавий бойликлар дурдонаси. - Т.: “Наврўз”, 2018.
  2. “АЛИШЕР НАВОИЙ ҒАЗАЛЛАРИНИ ЎРГАТИШДА МУСИҚАДАН ФОЙДАЛАНИШ” ilmiy maqola. Абдуллаев Комилжон Абдуғаниевич.
  3. Адабиёт [Матн]: дарслик-мажмуа (11-синф) / Б.Тўхлиев [ва бошқ.], - Тошкент: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2018.
  4. “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi.10-soni.
  5. Бобораҳим Машраб. Кимё. / Нашрга тайёрловчи Ҳожи Исматуллоҳ

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011516
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/525
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
847–850
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25