Asosiy mazmunga o‘tish

BO‘LAJAK TARBIYACHILARNING KASBIY TRANSVERSAL KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI

aloliddinova Maftunaxon Mahmudjon qiziQo‘qon universiteti “Ta‘lim” kafedrasi o‘qituvchisi “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi tayanch doktoranti2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 843–847

Annotatsiya

Ushbu maqolada bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy transversal kompetensiyalarinishakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari tahlil qilingan. Tadqiqotda zamonaviy ta‘lim jarayonidashaxsning ijodiy fikrlash, muammoli vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilish, jamoada ishlash, raqamlisavodxonlik va empatiya kabi ko‘nikmalarini rivojlantirish muhim yo‘nalish sifatida yoritilgan. Mualliftomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta‘lim sohasidagi qaror va farmonlari, UNESCOtavsiyalari, shuningdek, STEAM yondashuvi asosida olib borilgan amaliy tajribalar tahlil qilinib, ularningpedagogik muhitda qo‘llanish imkoniyatlari ochib berilgan. Maqolada shaxsiy kuzatishlar, ilmiy manbalarva zamonaviy ta‘lim tamoyillariga tayangan holda, tarbiyachi shaxsining kasbiy yetukligi vametakompetensiyalarini rivojlantirish zaruriyati asoslab berilgan.

Boshqa tillarda

ruschaПЕДАГОГИЧЕСКИЕ УСЛОВИЯ ФОРМИРОВАНИЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ

В данной статье анализируются педагогические условия формирования профессиональных трансверсальных компетенций будущих педагогов. В исследовании подчеркивается важность развития таких навыков, как креативное мышление, самостоятельное принятие решений в проблемных ситуациях, командная работа, цифровая грамотность и эмпатия, как важного направления в современном образовательном процессе. Автор анализирует постановления и указы Президента Республики Узбекистан в области образования, рекомендации ЮНЕСКО, а также практические эксперименты, проведенные на основе подхода STEAM, и раскрывает возможности их применения в педагогической среде. В статье обосновывается необходимость развития профессиональной зрелости и метакомпетенций педагога на основе личных наблюдений, научных источников и современных педагогических принципов.

inglizchaPEDAGOGICAL CONDITIONS FOR FORMING PROFESSIONAL TRANSVERSAL COMPETENCES OF FUTURE TEACHERS

This article analyzes the pedagogical conditions for the formation of professional transversal competencies of future educators. The study highlights the development of such skills as creative thinking, independent decision-making in problem situations, teamwork, digital literacy and empathy as an important direction in the modern educational process. The author analyzes the resolutions and decrees of the President of the Republic of Uzbekistan in the field of education, UNESCO recommendations, as well as practical experiments conducted on the basis of the STEAM approach, and reveals the possibilities of their application in the pedagogical environment. The article substantiates the need to develop the professional maturity and meta-competences of the educator, based on personal observations, scientific sources and modern educational principles.

Kalit so‘zlar

  • Transversal kompetensiyalar
  • bo‘lajak tarbiyachi
  • pedagogik shart-sharoitlar
  • refleksiya
  • STEAM yondashuvi
  • innovatsion ta‘lim
  • empatiya
  • raqamli savodxonlik

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

BO‘LAJAK TARBIYACHILARNING KASBIY TRANSVERSAL KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI

Jaloliddinova Maftunaxon Mahmudjon qizi Qo‘qon universiteti “Ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi tayanch doktoranti [telefon raqami yashirilgan] maftunaxonjaloliddinova@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy transversal kompetensiyalarini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari tahlil qilingan. Tadqiqotda zamonaviy ta’lim jarayonida shaxsning ijodiy fikrlash, muammoli vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilish, jamoada ishlash, raqamli savodxonlik va empatiya kabi ko‘nikmalarini rivojlantirish muhim yo‘nalish sifatida yoritilgan. Muallif tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim sohasidagi qaror va farmonlari, UNESCO tavsiyalari, shuningdek, STEAM yondashuvi asosida olib borilgan amaliy tajribalar tahlil qilinib, ularning pedagogik muhitda qo‘llanish imkoniyatlari ochib berilgan. Maqolada shaxsiy kuzatishlar, ilmiy manbalar

va zamonaviy ta’lim tamoyillariga tayangan holda, tarbiyachi shaxsining kasbiy yetukligi va metakompetensiyalarini rivojlantirish zaruriyati asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: Transversal kompetensiyalar, bo‘lajak tarbiyachi, pedagogik shart-sharoitlar, refleksiya, STEAM yondashuvi, innovatsion ta’lim, empatiya, raqamli savodxonlik.

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ УСЛОВИЯ ФОРМИРОВАНИЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ ТРАНСВЕРСАЛЬНЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ БУДУЩИХ ВОСПИТАТЕЛЕЙ

Аннотатция. В данной статье рассматриваются педагогические условия формирования профессиональных трансверсальных компетенций будущих воспитателей. Автор анализирует современные подходы к развитию таких навыков, как креативное и критическое мышление, самостоятельное принятие решений, командная работа, цифровая грамотность и эмпатия. В работе использованы нормативные документы Республики Узбекистан, рекомендации ЮНЕСКО и результаты внедрения STEAM-подхода в образовательный процесс. Особое внимание уделено роли педагогической среды и личности воспитателя в формировании метакомпетенций и готовности к профессиональной деятельности в условиях цифровой трансформации образования. Ключевые слова: Трансверсальные компетенции, будущий воспитатель, педагогические условия, STEAM-подход, инновационное образование, эмпатия, цифровая грамотность.

PEDAGOGICAL CONDITIONS FOR DEVELOPING PROFESSIONAL TRANSVERSAL COMPETENCIES OF FUTURE EDUCATORS

Abstract. This article examines the pedagogical conditions for developing professional transversal competencies among future preschool educators. The study highlights the importance of fostering creative and critical thinking, decision-making, collaboration, digital literacy, and empathy as key 21st-century skills. The author analyzes relevant decrees of the President of Uzbekistan, UNESCO reports, and the implementation of the STEAM approach in teacher training. Based on personal observations and theoretical sources, the paper substantiates the necessity of enhancing metacompetencies and professional readiness through reflective and practice-oriented learning. Keywords: Transversal competencies, future educator, pedagogical environment, STEAM approach, innovative education, empathy, digital literacy, reflection.

Bugungi globallashuv davrida ta’lim jarayoni nafaqat bilim berish, balki shaxsni har tomonlama rivojlantirishga, uning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilmoqda. Xususan, pedagogik ta’lim tizimida bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy transversal kompetensiyalarini shakllantirish masalasi dolzarb ilmiy va amaliy muammo sifatida e’tirof etilmoqda. Transversal kompetensiyalar - bu har qanday kasbda zarur bo‘lgan umumiy, ko‘nikma va qadriyatlar majmui bo‘lib, ular shaxsning ijodiy fikrlash, muloqot, hamkorlik, axborot bilan ishlash, muammoli vaziyatlarni hal etish, ijtimoiy mas’uliyat kabi jihatlarini qamrab oladi[1]. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqlarida ta’lim sohasini yangilashda zamonaviy kompetensiyalarni shakllantirishni ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilagan. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.06.2022 yildagi PQ-289-sonli “Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori [2], 27.02.2020 yildagi PQ-4623-sonli “Pedagogik taʼlim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” [3] dagi qarorlarida Pedagogik kadrlarni tayyorlash tizimida innovatsion fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, muammoga ijodiy yondasha olish ko‘nikmalarini shakllantirish ta’lim sifatini oshirish kabi sifatlar ta’kidlangan. Shu qarordan kelib chiqib aytish mumkinki, bo‘lajak tarbiyachilarni tayyorlash jarayoni faqat nazariy bilimlar bilan cheklanmasligi, balki ularning transversal kompetensiyalarini amaliy faoliyat orqali rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. So‘nggi yillarda mamlakatimizda “Maktabgacha va maktab ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” [4], “Ta’lim to‘g‘risida”gi [5] qonun hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston - ma’rifatli jamiyat” [6] konsepsiyasi asosida olib borilayotgan islohotlar aynan ushbu yo‘nalishda izchil natijalar bermoqda. Bu hujjatlarda pedagogik ta’lim tizimining

bosh maqsadi sifatida o‘qituvchi va tarbiyachilarda mustaqil fikrlash, raqamli savodxonlik, ijtimoiy faollik, kommunikativlik kabi transversal kompetensiyalarni shakllantirish vazifasi belgilangan. Bundan tashqari, xalqaro ta’lim nazariyalarida ham transversal kompetensiyalarni rivojlantirish shaxsni har tomonlama yetuk, moslashuvchan va ijodkor qilib tarbiyalashning asosiy mezoni sifatida qaraladi. UNESCO o‘z hisobotida “Transversal competencies such as critical thinking, collaboration and problem-solving are essential for 21st century learners” [7] deb ta’kidlaydi. Bu yondashuv O‘zbekiston ta’lim tizimida ham o‘z aksini topmoqda, chunki bugungi bo‘lajak tarbiyachilar - ertangi avlodning ijtimoiy va ma’naviy tayanchidir. Bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy transversal kompetensiyalarini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari deganda, bu jarayonni qo‘llab-quvvatlovchi tashkiliy, metodik, psixologik, didaktik va ijtimoiy omillar tushuniladi. Ya’ni o‘quv jarayonini shunday tashkil etish kerakki, unda tarbiyachi talaba nafaqat nazariy bilim olsin, balki ularni amalda qo‘llash, jamoada ishlash, muammoli vaziyatda mustaqil qaror qabul qilish, va o‘z faoliyatini refleksiya qilish imkoniga ega bo‘lsin. Bu fikr O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yilgi metodik tavsiyalarida ham alohida e’tirof etilgan. Transversal kompetensiyalar - bu shaxsning turli sohalarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar, malakalar va qadriyatlar majmui bo‘lib, ular har bir pedagogning kasbiy yetukligini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Ta’lim tizimida har bir o‘qituvchi zamon bilan hamnafas bo‘lishi, yangilikka intilishi, o‘z kasbining fidoyisiga aylanishi kerak” [8]. Bu fikr tarbiyachi shaxsida ham nafaqat kasbiy, balki transversal - ya’ni umumiy insoniy va ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirish zarurligini ko‘rsatadi. Bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy faoliyati murakkab psixologik va pedagogik jarayonlarni o‘z ichiga olganligi sababli, ularda mustaqil fikrlash, muammoli vaziyatlarda yechim topish, ijodiy yondashuv, jamoada ishlay olish va kommunikativ madaniyat kabi transversal kompetensiyalarni rivojlantirish muhimdir. Ayniqsa, zamonaviy ta’lim muhitida bola shaxsiga yo‘naltirilgan yondashuv ustuvor bo‘lib, tarbiyachidan shunchaki bilim berish emas, balki bolaning ijtimoiy, hissiy va kognitiv rivojlanishiga turtki berish talab etiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, pedagogik shart-sharoitlar - bu o‘qitish jarayonini samarali tashkil etishga, talabalarda maqsadli natijalarga erishishga imkon beruvchi tashkiliy, metodik va ijtimoiy omillar majmuidir. Bo‘lajak tarbiyachilarning transversal kompetensiyalarini shakllantirish uchun quyidagi shartsharoitlar muhim ahamiyat kasb etadi: 1. Didaktik shart-sharoitlar - o‘quv jarayonining mazmunini kompetensiyaga yo‘naltirilgan holda tashkil etish; 2. Metodik shart-sharoitlar - innovatsion metodlar (loyiha, klaster, “Case-study”, “Baliq skeleti”, “Aqliy hujum” va boshqalar)dan foydalanish; 3. Motivatsion shart-sharoitlar - talabalarda kasbiy motivatsiyani kuchaytirish, ijtimoiy mas’uliyatni his etish; 4. Texnologik shart-sharoitlar - raqamli ta’lim vositalari, interaktiv platformalar, elektron darsliklardan foydalanish; 5. Kommunikativ shart-sharoitlar - o‘zaro hamkorlik, muloqot, jamoaviy ishlashni yo‘lga qo‘yish. Mazkur shart-sharoitlar tizimli ravishda qo‘llanilganda, bo‘lajak tarbiyachilarning ijtimoiy moslashuvchanlik, o‘zini boshqarish, kreativ fikrlash va empatiya ko‘nikmalari shakllanadi. Masalan, loyihaviy o‘qitish metodini qo‘llash jarayonida talabalar real hayotiy vaziyatlarga duch keladi, bu esa ularni tahliliy fikrlash va muammoga yechim topishga o‘rgatadi . Shuningdek, interfaol usullar orqali o‘quvchilar o‘z fikrini asoslash, himoya qilish, jamoada yechim ishlab chiqish kabi transversal ko‘nikmalarni egallaydi. So‘nggi yillarda ta’lim tizimida transversal kompetensiyalarni rivojlantirish masalasiga davlat darajasida e’tibor kuchaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PQ 4884-sonli “Taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi qarorida ta’lim sifatini baholash mezonlarini xalqaro talablarga moslashtirish, pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini muntazam rivojlantirish vazifalari belgilab berilgan. Ushbu hujjatga ko‘ra, pedagog kadrlarni tayyorlashda “uzluksiz o‘zini o‘qitish” tamoyili asosiy mezon sifatida qaraladi. Bu esa, o‘z navbatida, tarbiyachilarning o‘zini rivojlantirish, o‘zini tahlil qilish, o‘z ustida ishlash kabi transversal kompetensiyalarni shakllantirish zaruratini kuchaytiradi [9]. STEAM yondashuvi (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) bugungi kunda transversal kompetensiyalarni rivojlantirishning innovatsion metodikasi sifatida qaralmoqda. Bu

yondashuv orqali bo‘lajak tarbiyachilar faqat nazariy bilim emas, balki ijodkorlik, muhandislik tafakkuri, estetik did va amaliy yechim topish qobiliyatlarini rivojlantiradilar [10]. Shaxsiy kuzatuvlarimga ko‘ra, STEAM-integratsiya asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda talabalar o‘zaro hamkorlikda ijodiy mahsulotlar yaratadi, bu esa ularning shaxsiy ishtirokchilik va javobgarlik hissini oshiradi. Demak, pedagogik jarayonda STEAM yondashuvi nafaqat kasbiy, balki ijtimoiy-psixologik transversal kompetensiyalarni ham mustahkamlaydi. Bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy transversal kompetensiyalarini shakllantirishda pedagogik muhitning o‘rni beqiyosdir. Bu muhit - faqat auditoriya bilan chegaralanmagan, balki talaba shaxsining intellektual, hissiy va axloqiy rivojlanishiga ta’sir etuvchi keng tarbiya maydonidir. Shunday ekan, ta’lim muassasalari ijtimoiy-pedagogik ekotizim sifatida qaralishi zarur. Bu ekotizimda har bir subyekt - o‘qituvchi, talaba, ota-ona, jamoatchilik - o‘z o‘rniga ega bo‘lib, ularning hamkorligi kompetensiyalarning barqaror shakllanishiga xizmat qiladi. Pedagogika fanlari doktori N. G‘afforova bu borada shunday deydi: “Kompetensiya shaxsga tashqaridan singdiriladigan hodisa emas, balki u ta’lim jarayonida amaliy faoliyat orqali ichki ehtiyoj sifatida shakllanadi [11].” Demak, bo‘lajak tarbiyachining o‘z faoliyatini anglash, o‘z imkoniyatlarini tahlil qilish, refleksiya yuritish - bu uning metakompetensiyalarini rivojlantiradi. Shu jarayonda o‘qituvchining roli yo‘lboshchi, fasilitator sifatida o‘zgaradi. Endi pedagog nafaqat bilim manbai, balki o‘quv jarayonini boshqaruvchi hamkor sifatida namoyon bo‘ladi. Bu yondashuv J. Dyuining “ta’lim - bu hayot uchun tayyorgarlik emas, balki hayotning o‘zi” degan mashhur fikri bilan hamohangdir [12]. Transversal kompetensiyalarni shakllantirishda integratsiya muhim metodik asos bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, pedagogika, psixologiya va kommunikatsiya fanlarini birlashtirgan o‘quv modullarida talaba nafaqat nazariy bilim oladi, balki amaliy muloqot va ijtimoiy faoliyatda bu bilimni tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu integratsion yondashuv talabalarning o‘zaro fikr almashish, qaror qabul qilish, boshqalarning fikrini hurmat qilish kompetensiyalarini rivojlantiradi . Refleksiya esa o‘z faoliyatini tahlil qilish, o‘z xatolaridan saboq chiqarish, shaxsiy rivojlanishni rejalashtirishni anglatadi. Bo‘lajak tarbiyachilar o‘quv jarayonida reflektiv kundalik yuritish, o‘z faoliyatini baholash, muammolarni tahlil qilish orqali o‘zini anglash va o‘z ustida ishlash ko‘nikmalarini shakllantiradilar. Shu bilan birga, empatiya va kommunikativ madaniyatni rivojlantirish ham muhimdir. Chunki tarbiyachi bola shaxsiga befarq bo‘la olmaydi. Empatik fikrlash bolaning ichki dunyosini his qilish, unga mos yondashuv topish imkonini beradi. Empatiyasi yuqori bo‘lgan tarbiyachilar o‘z faoliyatida kamroq stress, ko‘proq ijobiy natijaga erishadi. Hozirgi kunda pedagogik faoliyatni innovatsiyasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Raqamli texnologiyalar o‘quv jarayonining ajralmas qismiga aylangan. Bo‘lajak tarbiyachilarda axborotkommunikatsion savodxonlik, onlayn ta’lim resurslaridan foydalana bilish ham transversal kompetensiyalarning muhim tarkibiy qismi sanaladi. Shu ma’noda, Prezident Sh. Mirziyoyevning “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasida ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish masalasi ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etilgan [13]. Bu strategiya asosida pedagogika oliygohlarida elektron platformalar, masofaviy ta’lim tizimlari va virtual laboratoriyalar joriy etilmoqda. Shunday sharoitda bo‘lajak tarbiyachilarda moslashuvchanlik, tanqidiy fikrlash va raqamli madaniyat shakllanadi. Shaxsan mening kuzatuvimcha, darslarda “Google Classroom”, “Moodle”, “Mentimeter” kabi vositalardan foydalanish talabalarda javobgarlik hissi, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va hamkorlikda o‘rganish ko‘nikmalarini sezilarli darajada oshirgan. Bo‘lajak tarbiyachilarni tayyorlash jarayonida ular nafaqat an’anaviy pedagogik bilimlarga ega bo‘lishi, balki innovatsion yondashuvlar, ijtimoiy-emotsional intellekt, raqamli savodxonlik kabi ko‘nikmalarni ham shakllantirishlari lozim. Vigotskiy ta’lim psixologiyasiga oid tadqiqotlarida transversal kompetensiyalarni rivojlantirish faol o‘qitish metodlari yordamida amalga oshirilishi lozimligini, jumladan: loyiha metodikasi, muammoli ta’lim, amaliy topshiriqlar va interaktiv mashg‘ulotlar asosida shakllantirish mumkinligini ta’kidlaydi [14]. Bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy transversal kompetensiyalarini shakllantirish - bu zamonaviy ta’limning eng dolzarb yo‘nalishlaridan biridir. Chunki XXI asrda inson faqat o‘z sohasidagi bilimlar bilan emas, balki moslashuvchan fikrlash, muloqot, innovatsion yondashuv va emotsional intellekt kabi ko‘nikmalar bilan ham raqobatbardosh bo‘ladi. Mazkur tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, bu kompetensiyalarni rivojlantirish uchun eng muhim omil - pedagogik muhit, o‘qituvchi yondashuvi va o‘quv jarayonining metodik tuzilishidir.

Xulosa qilib aytganda, bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy transversal kompetensiyalarini shakllantirish - bu faqat o‘quv dasturini takomillashtirish masalasi emas, balki butun ta’lim falsafasini o‘zgartiruvchi jarayondir. Har bir talaba o‘zini shunchaki “tarbiyachi” emas, balki bolaning shaxsiy rivojlanish dizayneri deb his qilganidagina haqiqiy natija yuzaga chiqadi. Chunki bugungi ta’lim tizimining eng asosiy maqsadi - “bilimli inson” emas, “fikrlay oladigan, his eta oladigan va yaratadigan shaxs”ni tarbiyalashdir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: [1]OECD, Future of Education and Skills 2030, 2023 [2]21.06.2022 yildagi PQ-289-sonli “Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” [3]27.02.2020 yildagi PQ-4623-sonli “Pedagogik taʼlim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” [4]Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi 2019- yil 8-may. [5]Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 23.09.2020 yildagi O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonuni [6] “Yangi O‘zbekiston - ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi 2022-yil 26-martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ilgari surilgan va keyinchalik 2022-yil mart–aprel oylarida rasmiy konsepsiya sifatida ishlab chiqish va amalga oshirish uchun topshiriq berilgan. [7] UNESCO. (2017). Transversal competencies in education policy and practice (Phase II): Regional synthesis report. Bangkok: UNESCO. [8] Mirziyoyev, Sh. M. (2022). Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi mavzusidagi nutq. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti [9] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi PQ 4884-son qarori. 2020-yil 6-noyabr [10] UNESCO. (2017). Transversal competencies in education policy and practice (Phase II): Regional synthesis report. Bangkok: UNESCO. [11] G‘afforova, N. (2018). Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishning nazariy asoslari. Toshkent: TDPU nashriyoti. [12] Dyui, J. Democracy and education: An introduction to the philosophy of education. New York: Macmillan. [13] Mirziyoyev, Sh. M. (2020). “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasi to‘g‘risida Prezident Farmoni, PQ 6079-son, 5-oktabr 2020-yil. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti [14] Jaloliddinova, M. (2025). BO‘LAJAK TARBIYACHILARNING KASBIY TRANSVERSAL KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 14, 146–148. https://doi.org/10.54613/ku.v14i.1146

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar19 ta adabiyot

  1. [1]OECD, Future of Education and Skills 2030, 2023
  2. [2]21.06.2022 yildagi PQ-289-sonli “Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”
  3. [3]27.02.2020 yildagi PQ-4623-sonli “Pedagogik taʼlim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”
  4. [4]Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi 2019-
  5. [5]Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 23.09.2020 yildagi O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida” gi
  6. “Yangi O‘zbekiston - ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi 2022-yil 26-martda O‘zbekiston Respublikasi
  7. Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ilgari surilgan va keyinchalik 2022-yil mart–aprel oylarida rasmiy konsepsiya sifatida ishlab chiqish va amalga oshirish uchun topshiriq berilgan.
  8. UNESCO. (2017). Transversal competencies in education policy and practice (Phase II): Regional synthesis report. Bangkok: UNESCO.
  9. Mirziyoyev, Sh. M. (2022). Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi mavzusidagi nutq. O‘zbekiston
  10. Respublikasi Prezidenti
  11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi PQ 4884-son qarori. 2020-yil 6-noyabr
  12. UNESCO. (2017). Transversal competencies in education policy and practice (Phase II): Regional synthesis report. Bangkok: UNESCO.
  13. G‘afforova, N. (2018). Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishning nazariy asoslari. Toshkent: TDPU nashriyoti.
  14. Dyui, J. Democracy and education: An introduction to the philosophy of education. New York:
  15. Mirziyoyev, Sh. M. (2020). “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasi to‘g‘risida Prezident Farmoni,
  16. PQ 6079-son, 5-oktabr 2020-yil. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  17. Jaloliddinova, M. (2025). BO‘LAJAK TARBIYACHILARNING KASBIY TRANSVERSAL
  18. KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI. QO‘QON
  19. UNIVERSITETI XABARNOMASI, 14, 146–148. https://doi.org/10.54613/ku.v14i.114610.54613/ku.v14i.1146

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011515
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/524
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
843–847
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25