ZAMONAVIY O‘ZBEK VA INGLIZ NASRIDA KO‘CHIB YURUVCHI SYUJET MODUSLARI HAMDA USLUBLARARO SINTEZ MASALASI
Makhmudova Dilshoda Kurbanbayevnaamarqand davlat chet tillar instituti tayanch doktoranti2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 841–843
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz yozuvchilari ijodida kuzatilgan syujetmodellarining o‘zaro transformatsiyasi, badiiy tafakkurda global motivlarning mahalliy estetik muhitgamoslashuvi hamda uslublararo sintezning estetik va gnoseologik mohiyati tahlil etiladi. Shuningdek,maqolada zamonaviy o‘zbek va ingliz nasrida ko‘chib yuruvchi syujet moduslari hamda uslublararo sintezhodisasi tahlil qilinadi.
Boshqa tillarda
ruschaСМЕНА СЮЖЕТНЫХ РЕЖИМОВ В СОВРЕМЕННОЙ УЗБЕКИСТАНСКОЙ И АНГЛИЙСКОЙ ПРОЗЕ И ВОПРОС МЕЖСТИЛЕВОГО СИНТЕЗА
В данной статье анализируется взаимная трансформация сюжетных моделей, наблюдаемая в творчестве узбекских и английских писателей, адаптация глобальных мотивов к местной эстетической среде в художественном мышлении, а также эстетическая и эпистемологическая сущность межстилевого синтеза. В статье также анализируется феномен миграции сюжетных моделей и межстилевого синтеза в современной узбекской и английской прозе.
inglizchaMOVING PLOT MODES IN MODERN UZBEK AND ENGLISH PROSE AND THE ISSUE OF INTER-STYLE SYNTHESIS
This article analyzes the mutual transformation of plot models observed in the work of Uzbek and English writers, the adaptation of global motifs to the local aesthetic environment in artistic thinking, and the aesthetic and epistemological essence of inter-style synthesis. The article also analyzes the phenomenon of migrating plot modes and inter-style synthesis in modern Uzbek and English prose.
Kalit so‘zlar
- ko‘chib yuruvchi syujet
- modus
- uslublararo sintez
- estetik tafakkur
- badiiy transformatsiya
- yozuvchi konsepsiyasi
- zamonaviy nasr
- ingliz adabiyoti
- o‘zbek adabiyoti
- global motiv
- milliy badiiy an‘ana
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
9. Usmanovich ID FIZIKANI O'QITISHNI NI LabVIEW DASTUR TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI //Sharq renessansi: Innovatsion, pedagogik, tabiiy va ijtimoiy fanlar. - 2021. - 1-jild. - Yoʻq. 4. - S.228-234.
ZAMONAVIY O‘ZBEK VA INGLIZ NASRIDA KO‘CHIB YURUVCHI SYUJET MODUSLARI HAMDA USLUBLARARO SINTEZ MASALASI
Maxmudova Dilshoda Kurbonbayevna Samarqand davlat chet tillar instituti tayanch doktoranti E-mail: dilimakhmudova782@gmail.com
Annotatsiya: Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz yozuvchilari ijodida kuzatilgan syujet modellarining o‘zaro transformatsiyasi, badiiy tafakkurda global motivlarning mahalliy estetik muhitga moslashuvi hamda uslublararo sintezning estetik va gnoseologik mohiyati tahlil etiladi. Shuningdek, maqolada zamonaviy o‘zbek va ingliz nasrida ko‘chib yuruvchi syujet moduslari hamda uslublararo sintez hodisasi tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: ko‘chib yuruvchi syujet, modus, uslublararo sintez, estetik tafakkur, badiiy transformatsiya, yozuvchi konsepsiyasi, zamonaviy nasr, ingliz adabiyoti, o‘zbek adabiyoti, global motiv, milliy badiiy an’ana.
ПЕРЕДВИЖНЫЕ СЮЖЕТНЫЕ МОДУСЫ И ПРОБЛЕМА МЕЖСТИЛЕВОГО СИНТЕЗА В СОВРЕМЕННОЙ УЗБЕКСКОЙ И АНГЛИЙСКОЙ ПРОЗЕ
Махмудова Дилшода Курбонбаевна, Базовый докторант Самаркандского государственного института иностранных языков E-mail: dilimakhmudova782@gmail.com
Аннотация. В данной статье анализируются процессы трансформации сюжетных моделей, наблюдаемые в творчестве узбекских и английских писателей, а также адаптация глобальных мотивов к национальной эстетической среде и гносеологическая сущность межстилевого синтеза. Особое внимание уделено феномену «передвижных сюжетных модусов» и явлению межстилевого синтеза в современной узбекской и английской прозе. Исследование раскрывает эстетические закономерности взаимодействия локального и универсального начал в художественном мышлении и выявляет роль авторской концепции в формировании нового типа повествовательной структуры. Ключевые слова: передвижной сюжет, модус, межстилевой синтез, эстетическое мышление, художественная трансформация, авторская концепция, современная проза, английская литература, узбекская литература, глобальный мотив, национальная художественная традиция.
MIGRATING PLOT MODUSES AND THE ISSUE OF INTERSTYLE SYNTHESIS IN CONTEMPORARY UZBEK AND ENGLISH PROSE
Makhmudova Dilshoda Kurbonbayevna basic doctoral student (PhD) of the Samarkand State Institute of Foreign Languages, E-mail: dilimakhmudova782@gmail.com
Abstract. This article analyzes the transformation of plot models observed in the works of Uzbek and English writers, focusing on the adaptation of global motifs to the national aesthetic environment and the aesthetic-gnoseological essence of interstyle synthesis. The study also examines the phenomenon of “migrating plot moduses” and the manifestation of interstyle synthesis in contemporary Uzbek and English prose. It explores the aesthetic principles underlying the interaction between local and universal dimensions of artistic thinking and highlights the role of the author’s concept in shaping a new type of narrative structure. Keywords: migrating plot, modus, interstyle synthesis, aesthetic thinking, artistic transformation, author’s concept, contemporary prose, English literature, Uzbek literature, global motif, national artistic tradition.
Dunyo adabiyotida ko’chib yuruvchi syujet moduslari har qachongidan turfalashdi. Chunki ko’chib yuruvchi syujetni yangilash xuddi biror avtomobil markasining boshqacha shaklda, aynan o’ziga o’xshagan qirralarini aks ettirishga bel bog’laganligida qabarib ko’rinadi. Mana shu tamoyil hozirgi o’zbek va ingliz nasrida uslublararo sintez fragmentlarni taqozo etishga chorlaydi. Negaki, roman qahramonlar bir-biriga nisbatan erkin harakatlanadi. Tanlov shartlari ham bir-biridan tubdan farqlanadi. Ularning tutimlari va yashash sharoitlari nihoyatda murakkab va g’alati. Shuning uchun ham ko’chib yuruvchi syujetlar dinamikasida uslublararo sintez ifodasi yozuvchi ongi va tafakkuri mahsuli deb hisoblasak, nisbatan to’g’ri talqin qilgan bo’lamiz. – XX asrda insoniyatning tamaddun sari ilgarilab ketishi, yolg’izlik va alamzadalik, rivojlanish va taraqqiyot, ko’p farzandlilik va boqimandalik tuyg’usining urchib ketishiga javoban paydo bo’lgan fragmentlar ekanligi ayonlashadi. Adabiyotshunoslik lug’atlarida badiiy syujetga quyidagicha ta’rif beriladi: “Adabiyotshunoslik lug’ati”da qayd etilishicha: “Syujet Personajlarning “harakat”laridan tarkib topadi. Personajlarning makon va zamonda kechuvchi xatti-harakatlari ham, ruhiyatidagi o’y-fikrlar, hiskechinmalar rivoji ham harakatdir. Shu harakat tiplaridan qaysi biri yetakchilik qilishiga qarab syujetning ikki tipi ajratiladi: a) “tashqi harakat” dinamikasiga asoslangan syujet; b) “ichki harakat” dinamikasiga asoslangan syujet birinchi tipdagi syujetlarda personajlarning biror maqsad yo’lidagi xatti-harakatlari, kurashi, to’qnashuvlari, hayotdagi burilishlar tasvirlanadi va shu asosda ularning taqdiri, ijtimoiy mavqyeida muayyan o’zgarishlar yuz beradi. Bu nav syujetlarda voqyea to’laqonli tasvirlanadi va o’z holicha ham badiiy-estetik qimmat kasb etadi. Syujetning ikkinchi tipida voqyealar o’z holicha emas, personaj ruhiyatidagi jarayonga turtki berishi jihatidan ahamiyat kasb etib, asar davomida personajlar hayotida, taqdirida yoki ijtimoiy holatida emas, uning ruhiyatida burilishlar, o’zgarishlar sodir bo’ladi”[1;289-290]. Mazkur farqlanish hali syujetning ikki xususiyati haqida tasavvur uyg’otadi. Birinchi tipdagi syujetlar XX asr boshlaridan to 70- yillargacha bo’lgan davrda yaratilgan hikoya, qissa, romanlarda kuzatilgan bo’lsa, ikkinchi tipdagilar 90- yillardan keyingi yaratilgan badiiy asarlarda teran namoyon bo’lganligini ta’kidlash zarur. Negaki, keyingi yillarda yaratilgan asarlarda yozuvchilar butun diqqatini ijtimoiy hayot silsilalarida kechayotgan jarayonlarga emas, yagona inson ongu tafakkurida sodir bo’layotgan voqyelikning sabablarini ko’rsatishga e’tibori bilan belgilanadi. Prof.S.To’laganova qayd etishicha: “Roman voqeligiga kiritilayotgan har bir personaj goho sezilarli, goho ko’zga ko’rinar-ko’rinmas iplar bilan o’zaro bog’lanadi. Ular asarda muallifning badiiy niyati ijrosida muhim rol o’ynab, bosh konsepsiyaning amalga oshuviga xizmat qiladi. Har bir obraz asardagi ishtiroki qay darajada qiymatga ega bo’lishidan qat’iy nazar bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Biri ikkinchisini taqozo qiladi. Ularning barchasi asosiy maqsad sari jamlanadi shu yo’lda jipslashadi. Ya’ni romandagi har bir unsur, jumladan, har bir personaj, vaqt yagona markazga intiladiki (senrostremitelnost), o’sha markaz sifatida muallif konsepsiyasini ko’rsatish mumkin”[2;83]. Aytish muhim, badiiy asar syujetida ishtirok etuvchi obrazlar ko’pligi bilan emas, ayni paytda ularning xarakteri qay tariqa ishlanganligi va yozuvchi mahoratining nechog’li bo’y ko’rsatganligi, yagona estetik markazda uyushuvi bilan ham o’lchanadi. Mazkur ibora har bir davrda har xil tarzda baholanadi. F.Kafka, J.Joys, A.Kamyu yaratgan qahramonlar yozuvchi ijodining ong va tuyg’u mahsuli. Shuning barobarida, italiyalik adabiyotshunos olim Torkvato Tassoning “Qahramonlik poemasi haqida mulohazalar” (1594) nomli risolasida quyidagi masalalarga alohida urg’u beradi: “ijodkor qarshisida uchta asosiy vazifa ko’ndalang bo’ladi: 1) material tanlash; 2) shu materialni sig’dira oladigan shakl tanlash; 3) materialga sayqal berish, uni bezash. Shundan kelib chiqib, Tasso o’z kitobida qahramonlik poemasi materiali, fabulasi (shakli) va uslub masalalarini diqqat markaziga qo’yadi[3;55]. Binobarin, Torkvato Tassoning mulohazalari bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgan emas. Chunki, yozuvchi novella, hikoya yoki qissa yozarkan, ana shu ajratib ko’rsatilgan uchta tamoyilni zinhor chetlab o’tolmaydi. Negaki, mavzu yozuvchining asosiy muammo yoki masalaga olib boruvchi yo’l. G’oya shu mavzuning yoritilish jarayoni. Shakl maqsadning hosil bo’lish maydonidir. Hikoya muallifi u qaysi davrning farzandi bo’lishidan qat’iy nazar, mavjud uchlikning eng muhim tomonlarini birinchi o’rinda gavdalantiradi. Ayni paytda, yozuvchining badiiy uslubini aniqlash imkoni paydo bo’ladi. Masalan, Isajon Sulton “Alisher Navoiy” romaniga e’tibor qarataylik. “Isajon Sultonning “Alisher Navoiy” romanida yozuvchi oldingi qotib qolgan stretoiplarni yangilashga kuchli harakat qilgan. Bizda tarixiy desa huv bundan falon yil ilgari bo‘lib o‘tgan voqelikni bo‘rttirib, bejab. Bo‘yab tasvirlash, eskicha an’anaviy qarashlar tushuniladi. Aslida, tarixiy romanni yozishdan maqsad – yozuvchi o‘sha davr voqeligidan oladigan didaktik, aql-idrok, falsafiy-psixologik nuqtalarni hal qilish masalasini o‘zlashtirish mahorati bilan o‘lchanadi. Bu mahorat hamisha o‘zining davri bilan bevosita bog‘liq holda ro‘y beradi.
Romanning syujetida Alisher Navoiy xarakteriga xos belgixususiyatlar o‘ta mohirlik bilan tasvirlanadi. Ayniqsa, “Gul sayli” bobida bu munozaralar, muloqotlar shaklida yanada jozibadorlik kasb etadi. Romanning “Gul sayli” bobini yozuvchi nega shunday yo‘sinda idroklash uchun o‘quvchiga taqdim qildi”[4;225]. Roman davomida Navoiy tafakkuri tobora falsafiylashadi: u hayotning ma’no-mohiyati, inson kamoloti, ijod mas’uliyati haqida mushohada yuritadi. Syujet cho‘qqisi — Navoiyning ma’naviy yuksalishi, ammo shu bilan birga, ruhiy yolg‘izlanishi manzarasidir. Bu holat asarga chuqur psixologik va falsafiy tus beradi. Xulosa qilib aytganda, o‘zbek va ingliz adabiyotida uslublararo sintez hodisasi kecha-bugun-ertaga birligida uzviy davom etayotgan murakkab jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. Chunki, har bir davr o‘zining ijtimoiy-falsafiy mazmuni, madaniy tajribasi va estetik tamoyillari orqali badiiy tafakkurga yangicha ruh bag‘ishlaydi. Uslublararo sintez, avvalo, yozuvchi tafakkurining moslashuvchanligi va ijodiy tafovutlarni uyg‘unlashtira olish qobiliyatida namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, birinchi va ikkinchi jahon urushlari insoniyat tafakkurida yuzaga keltirgan silkinishlar, ruhiy inqiroz va umumbashariy fojealar zamonaviy badiiy tafakkurda yangi badiiy shakllarni izlash ehtiyojini kuchaytirdi. Shu bois, o‘zbek va ingliz yozuvchilari ijodida urushning ijtimoiy-psixologik oqibatlari, insoniy qadriyatlar inqirozi, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi ziddiyatlar yangicha estetik vositalar, turli uslublar sintezi orqali ifodalanadi. Natijada, ko‘chib yuruvchi syujetlar hamda uslublararo integratsiya adabiyotning global rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi. Bu hodisa nafaqat badiiy ifoda vositalarining yangilanishiga, balki milliy adabiyotlarning o‘zaro ta’sirini chuqurlashtirishga ham xizmat qiladi. Demak, o‘zbek va ingliz adabiy jarayonlarida uslublararo sintez hodisasi tarixiy davriylik, estetik yangilanish va yozuvchi tafakkurining intellektual o‘sishi orqali kechayotgan uzluksiz badiiy evolyutsiya sifatida talqin etilishi lozim. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Адабиётшунослик луғати / Д.Қуронов, З.Мамажонов, М.Шералиева. – Тошкент: Akademnashr, 2013. – 408 б. 2. Тўлаганова С. Бадиий асар морфологияси. – Тошкент: Turon zamin ziyo, 2016. – 176 б. 3. Қуронов Д., Раҳмонов В. Ғарб адабий танқидий тафаккури очерклари (ўқув қўлланмахрестоматия). – Тошкент: Фан, 2008. – 316 б. 4. Ибрагимова Д.И. Исажон Султоннинг “Алишер Навоий” романи сюжетида шахс талқини // O'zbek adabiyotshunosligining dolzarb muammolari (Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligiga bag'ishlanadi)" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari 30-aprel 2024-yil. – Andijon, 2024.- B.225. 5. Kurbonbayevna M. D. The Origin of the Uzbek Literary Language and Its Historical Development on the Basis of Turkish Written Monument //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. – 2022. – Т. 10. – №. 6. – С. 914-917. 6. Kurbonbayevna M. D. Sujet va kompozitsiya yaratishda uslubning roli //Innovation: The journal of Social Sciences and Researches. – 2024. – Т. 2. – №. 1. – С. 83-86.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar9 ta adabiyot
- Адабиётшунослик луғати / Д.Қуронов, З.Мамажонов, М.Шералиева. – Тошкент:
- Akademnashr, 2013. – 408 б.
- Тўлаганова С. Бадиий асар морфологияси. – Тошкент: Turon zamin ziyo, 2016. – 176 б.
- Қуронов Д., Раҳмонов В. Ғарб адабий танқидий тафаккури очерклари (ўқув қўлланмахрестоматия). – Тошкент: Фан, 2008. – 316 б.
- Ибрагимова Д.И. Исажон Султоннинг “Алишер Навоий” романи сюжетида шахс талқини // O'zbek adabiyotshunosligining dolzarb muammolari (Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligiga bag'ishlanadi)" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari 30-aprel 2024-yil. – Andijon, 2024.-
- Kurbonbayevna M. D. The Origin of the Uzbek Literary Language and Its Historical
- Development on the Basis of Turkish Written Monument //Galaxy International Interdisciplinary Research
- Journal. – 2022. – Т. 10. – №. 6. – С. 914-917.10.1016/j.jchf.2022.10.001
- Kurbonbayevna M. D. Sujet va kompozitsiya yaratishda uslubning roli //Innovation: The journal of Social Sciences and Researches. – 2024. – Т. 2. – №. 1. – С. 83-86.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011514
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/523
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 841–843
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-12 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25