Asosiy mazmunga o‘tish

ELEKTRONIKADA KOMPYUTERLI MODELLASH FANINI PROTEUS DASTURI YORDAMIDA O‘QITISH

U‘rinov Shuhrat Suyunovich, Shermukhammedov Abdulatif Abdishukur ogluJizzax Poltexnika Instituti https://ror.org/03zjy96262025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 837–841

Annotatsiya

Mazkur tezisda elektronika fanlarini o‘qitishda kompyuterli modellashtirishningahamiyati va bu jarayonda Proteus dasturidan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Proteus dasturiyordamida elektron sxemalarni loyihalash, ularni virtual tarzda sinovdan o‘tkazish hamda mikrokontrollerasosidagi tizimlarni modellashtirish usullari ko‘rib chiqiladi.

Boshqa tillarda

ruschaОБУЧЕНИЕ КОМПЬЮТЕРНОМУ МОДЕЛИРОВАНИЮ В ЭЛЕКТРОНИКЕ С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ PROTEUS

В данной диссертации анализируется важность компьютерного моделирования в преподавании электроники и возможности использования программы Proteus в этом процессе. Рассматриваются методы проектирования электронных схем, их виртуального тестирования и моделирования систем на базе микроконтроллеров с использованием программы Proteus.

inglizchaTEACHING COMPUTER MODELING IN ELECTRONICS USING PROTEUS

This thesis analyzes the importance of computer modeling in teaching electronics and the possibilities of using the Proteus program in this process. Methods for designing electronic circuits, testing them virtually, and modeling microcontroller-based systems using the Proteus program are considered.

Kalit so‘zlar

  • kompyuterli modellashtirish
  • elektronika
  • Proteus
  • simulyatsiya
  • virtual tajriba
  • ta‘lim texnologiyasi

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

ELEKTRONIKADA KOMPYUTERLI MODELLASH FANINI PROTEUS DASTURI YORDAMIDA O‘QITISH

O‘rinov Shuhrat Suyunovich Jizzax Politexnika Instituti PhD dots Shermuxammedov Abdulatif Abdishukur o‘g‘li

Jizzax Politexnika Instituti tayanch doktarant Email: sherlarmakoni95@gmail.com

Annotatsiya: Mazkur tezisda elektronika fanlarini o‘qitishda kompyuterli modellashtirishning ahamiyati va bu jarayonda Proteus dasturidan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Proteus dasturi yordamida elektron sxemalarni loyihalash, ularni virtual tarzda sinovdan o‘tkazish hamda mikrokontroller asosidagi tizimlarni modellashtirish usullari ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: kompyuterli modellashtirish, elektronika, Proteus, simulyatsiya, virtual tajriba, ta’lim texnologiyasi.

КОМПЬЮТЕРНОЕ МОДЕЛИРОВАНИЕ В ЭЛЕКТРОНИКЕ С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ ПРОГРАММЫ PROTEUS

Уринов Шухрат Суюнович Джизакский политехнический институт, доцент Шермухаммедов Абдулатиф Абдишукур оглы Джизакский политехнический институт, стажёр-исследователь

Аннотация: В настоящем тезисе анализируются значение компьютерного моделирования в преподавании дисциплин электроники, а также возможности применения программы Proteus в данном процессе. Рассматриваются методы проектирования электронных схем с помощью Proteus, их виртуального тестирования, а также моделирования систем на базе микроконтроллеров. Ключевые слова: компьютерное моделирование, электроника, Proteus, симуляция, виртуальный эксперимент, образовательные технологии.

TEACHING THE COURSE COMPUTER MODELING IN ELECTRONICS USING THE PROTEUS SOFTWARE

Shukhrat S. Urinov Jizzakh Polytechnic Institute, PhD Associate Professor. Abdulatif A. Shermukhamedov Jizzakh Polytechnic Institute PhD student

Abstract: This thesis examines the significance of computer modeling in teaching electronics courses and explores the capabilities of the Proteus software in this educational process. It reviews methods for designing electronic circuits using Proteus, conducting virtual testing, and simulating microcontrollerbased systems. The study highlights how Proteus enhances conceptual understanding, supports hands-on learning without physical hardware, and fosters the development of practical engineering skills in students. Keywords: computer modeling, electronics, Proteus, simulation, virtual experiment, educational technology.

Kirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2021 yil 19 martdagi № PQ- 5032 qarori asosida «Fizika sohasida ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida o‘quv jarayoni va uni takomillashtirishda axborot texnologiyalari va kompyuterlarni jamiyat hayotiga, kishilarning turmush tarziga, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayoniga jadallik bilan olib kirish g‘oyasi ilgari surilgan [2]. Hozirgi kunda raqamli texnologiyalar, elektronika va avtomatika sohalarining jadal rivojlanishi natijasida kompyuterli modellashtirish ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylandi. Elektron sxemalarni real qurilmasiz sinovdan o‘tkazish, xatolarni aniqlash va tajriba o‘tkazish imkonini beruvchi dasturiy vositalar talabalarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday dasturlardan biri Proteus hisoblanadi. Elektronika va kompyuterli modellashtirish fanini o‘qitishda turli zamonaviy dasturiy vositalar muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday dasturlardan biri Proteus dasturidir. Ushbu tezisda Proteus dasturining elektronikada kompyuterli modellashtirish fanini o‘qitishdagi roli va imkoniyatlari tahlil qilinadi. Elektronikada kompyuterli modellashtirish fanini o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri bu fizik jarayonlar va tajribalarni kompyuter muhitida modellashtirish hisoblanadi. Kompyuter modellaridan foydalanish an’anaviy hamda innovatsion dars jarayonlarini faollashtiradi, o‘qituvchining ishini yengillashtiradi, murakkab fizik hodisalarni yanada aniq va tushunarli tarzda tasvirlash imkonini beradi. Shuningdek, o‘quv jarayonida tajriba natijalarini ekranda namoyish etish, tahlil qilish va bir necha bor takrorlab ko‘rsatish orqali o‘quvchilarning bilimini mustahkamlashga keng sharoit yaratadi. [9]. Talabalarning “Elektronikada kompyuterli modellash” fanni o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim axamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar hamda ishchi holatdagi tajriba stendlari va texnologik jarayonlar maketlaridan foydalaniladi.

Proteus 8 dasturi ta’lim jarayonida qo‘llanilishi elektron qurilmalarni loyihalash uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, u turli darajadagi murakkablikka ega qurilmalarni tanlangan komponentlar asosida kompyuterda optimallashtirish imkonini beradi. Diodlar, tranzistorlar, rezistorlar, kondensatorlar va integral mikrosxemalarning turlarini va parametrlarini o‘zgartirish orqali loyihalanayotgan qurilmalarning xususiyatlari hamda ishlash ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlarni real vaqt rejimida ko‘rish va tahlil qilish mumkin [5].

Ushbu dastur yordamida fizika va elektronika tajribalarini laboratoriya sharoitida bajargandek elektr zanjirlarini yig‘ish, ishdan chiqqan qismlarni (rezistor, batareya, lampochka va h.k.) almashtirish kabi amallarni bajara olish imkoniyatiga ega. Dastur yordamida o‘tkazilgan tajriba asosida ketma-ket ulangan uchta lampochkadan iborat zanjirlarni (1-rasm) o‘rganish uchun yaratilgan modelni ko‘rib chiqamiz: Ushbu yaratilgan model asosida zanjirning bir qismi uchun om qonunini o‘rganishimiz mumkin bo‘ladi [7].

1-rasm. Zanjirning tuzulishi Proteus dasturida berilgan elektr zanjirini simulyatsiya qilganimizda quyidagi natijalarni olishimiz mumkin. 2-rasm. Shunday qilib, elektronikada kompyuterli modellash fanini o‘qitishda ta’limning mazmunini takomillashtirish jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish ijobiy natijaga erishishga ishonch beradi. Kompyuter asosida yaratilgan har bir fizik hodisaning interaktiv modelini o‘quvchi tomonidan kuzatish va amalga oshirish o‘quv materialini soddaroq va chuqurroq o‘zlashtirish imkonini beradi, shu bilan birga darsga nisbatan qiziqishni oshiradi, tushunish qobiliyatini rivojlantiradi hamda mustaqil fikrlash va faol ishtirok etish ko‘nikmalarini shakllantiradi [3-4].

2-rasm. Elektr zanjirlarini o‘rganishga oid elektron zanjir. Proteus dasturidan foydalanish orqali o‘quvchilar quyidagi qobiliyat va ko‘nikmalarni rivojlantiradi: Nazariy bilimlarni amaliyotga ulash masalan, Om qonuni, Kirxgof qoidalari, tranzistorli kuchaytirgichlar, impuls sxemalari kabi tushunchalar faqat formulalar emas, balki ko‘rinadigan, ishlaydigan modellar sifatida o‘zlashtiriladi. Mustaqil loyihalash qobiliyati talabalar o‘zlarining g‘oyalari asosida elektron qurilmalarni loyihalash va ularni simulyatsiya qilish orqali ijodiy fikrlashni o‘rganadi. Zamonaviy kasbga tayyorgarlik bugungi kunda ko‘plab elektronika mutaxassislari ishlab chiqarish jarayonining dastlabki bosqichlarida aynan shu kabi dasturlardan foydalanadi. Shu sababli, ular bilan darslarda tanishish kelajakdagi kasbiy faoliyatga muvaffaqiyatli kirishishga yordam beradi [8]. Xulosa qilib aytganda, elektronika fanini o‘qitishda Proteus dasturidan foydalanish faqat zamonaviylik emas, balki ta’lim sifatini, chuqurligini va amaliy ahamiyatini oshirishning strategik vositasidir. Bunday yondashuv orqali kelajak avlod mutaxassislari nafaqat bilim, balki haqiqiy hayotda qo‘llash mumkin bo‘lgan ko‘nikma va kompetensiyalarga ega bo‘ladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar9 ta adabiyot

  1. MikroC & Proteus for Embedded Systems: A Practical Approach / Dogan Ibrahim. – Newnes, 2021.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2021 yil 19 martdagi № PQ-5032 qarori asosida «Fizika sohasida ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
  3. Qurbonov S. Zamonaviy dasturlar yordamida elektron sxemalarni loyihalash. – “Fizika o‘qitish masalalari”, 2023, №1.
  4. Sanjaridin Zoirov. Oliy ta’limda laboratoriya ishlarini “Labview” dasturida virtual yaratish metodikasi .“Ta’lim, fan va innovatsiya” 2023yil 6-son, 73-75 betlar.
  5. Shermuhammedov A. A. et al. MULTIMEDIA IN THE TEACHING OF PHYSICS USE //Conferencea. – 2021. – С. 105-108.
  6. Shermukhammedov, A., Eshqulov, M., & Qushaqov, S. (2023). FIZIKANI O‘QITISHDA AXBOROT SAYTLARIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI. Engineering problems and innovations. https://doi.org/10.5281/ZENODO.775013410.5281/zenodo.7750134
  7. Shermuxammedov A.A. Elektronikada kompyuterli modellash fanini o‘qitishda yenka dastur texnologiyasidan foydalanish imkoniyatlari TA’LIM MUHITINING TRANSFORMATSIYASI: ZAMONAVIY O‘QITISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI XALQARO ILMIY- AMALIY KONFERENSIYA 2025-yil 16-aprel
  8. To‘xtayev A., Karimov S. Axborot texnologiyalari yordamida fizika va elektronika fanlarini o‘qitish. – “Pedagogika va psixologiya”, 2021, №3.
  9. Usmanovich ID FIZIKANI O'QITISHNI NI LabVIEW DASTUR TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI //Sharq renessansi: Innovatsion, pedagogik, tabiiy va ijtimoiy fanlar. - 2021. - 1-jild. - Yoʻq. 4. - S.228-234.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011513
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/522
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
837–841
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-15 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25