RASTOROPSHA O‘SIMLIGINING KIMYOVIY TARKIBI VA UNING TARKIBIDAGI FAOL MODDALAR
Qabulova Barno Bahriddin kizi, Berdiyeva Zarina Farhod kiziBuxoro davlat texnika universiteti2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 835–837
Annotatsiya
Rastoropsha o‘simligining yana bir nomi Qushqo‘nmas deb yuritiladi. Shu bilan birgabu o‘simlik ruderal o‘simliklarning qatoriga kiradi.Bunga sabab antropogen ta‘sir doirasida bo‘lganyashash sharoitlarida -aholini yashash punktlarida va ularning atrofida, avtomobil va temir yo‘llarningyonlarida, chorva hayvonlari qo‘ralarining atrofida uchraganligi sababli ruderal o‘simliklar qatoriga kiradi.Bu o‘simliklarning barglari atrofi tikanlar bilan o‘ralgan bo‘lib, uning gullari esa bitta savatchada joylashadiva rastoropshaning gullari ikki jinsli hisoblanadi.Asosan may va avgust oylarida gullaydi, mevalari esasentyabr- oktyabr oylarida pishishni boshlaydi. Bu o‘simlikning urug‘i va boshqa qismlari vitaminlar vaturli xildagi kimyoviy moddalardan tashkil topganligi sababli bu maqola davomida uning kimyoviytarkibini o‘rganib chiqamiz.
Boshqa tillarda
ruschaХИМИЧЕСКИЙ СОСТАВ РАСТОРОПШАХА И ЕГО ДЕЙСТВУЮЩИЕ ВЕЩЕСТВА
Другое название растения Расторопша — спаржа. При этом данное растение относится к группе рудеральных растений. Это связано с тем, что оно встречается в условиях, подверженных антропогенному воздействию, — в жилых районах и вокруг них, вдоль дорог и железных дорог, а также вокруг загонов для скота. Листья этих растений окружены шипами, а их цветки расположены в одной корзинке, причём цветки Расторопши обоеполые. Цветение происходит преимущественно в мае и августе, а плоды начинают созревать в сентябре-октябре. Поскольку семена и другие части этого растения содержат витамины и различные химические вещества, в данной статье мы изучим его химический состав.
inglizchaCHEMICAL COMPOSITION OF THE RASTOROPSHAH PLANT AND ITS ACTIVE SUBSTANCES
Another name for the Rastoropsha plant is Asparagus. At the same time, this plant is included in the group of ruderal plants. This is due to the fact that it is found in living conditions under anthropogenic influence - in and around residential areas, along roads and railways, and around livestock pens. The leaves of these plants are surrounded by thorns, and their flowers are located in one basket, and the flowers of Rastoropsha are bisexual. It blooms mainly in May and August, and its fruits begin to ripen in September-October. Since the seeds and other parts of this plant consist of vitamins and various chemicals, in this article we will study its chemical composition.
Kalit so‘zlar
- Silimarin
- silibin
- silidianin
- silixristin
- vitamin
- efir moylari
- makroelementlar
- mikroelementlar
- yog‘lar
- biogen aminlar
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
RASTOROPSHA O‘SIMLIGINING KIMYOVIY TARKIBI VA UNING TARKIBIDAGI FAOL MODDALAR
Qobulova Barno Bahriddin qizi Buxoro davlat texnika universiteti dotsenti Email:kobulovabarno@gmail.com Berdiyeva Zarina Farhod qizi Buxoro davlat texnika universiteti magistranti Email:zarinaberdiyeva74@gmail.com
Annotatsiya. Rastoropsha o‘simligining yana bir nomi Qushqo‘nmas deb yuritiladi. Shu bilan birga bu o‘simlik ruderal o‘simliklarning qatoriga kiradi.Bunga sabab antropogen ta’sir doirasida bo‘lgan yashash sharoitlarida -aholini yashash punktlarida va ularning atrofida, avtomobil va temir yo‘llarning yonlarida, chorva hayvonlari qo‘ralarining atrofida uchraganligi sababli ruderal o‘simliklar qatoriga kiradi. Bu o‘simliklarning barglari atrofi tikanlar bilan o‘ralgan bo‘lib, uning gullari esa bitta savatchada joylashadi va rastoropshaning gullari ikki jinsli hisoblanadi.Asosan may va avgust oylarida gullaydi, mevalari esa sentyabr- oktyabr oylarida pishishni boshlaydi. Bu o‘simlikning urug‘i va boshqa qismlari vitaminlar va turli xildagi kimyoviy moddalardan tashkil topganligi sababli bu maqola davomida uning kimyoviy tarkibini o‘rganib chiqamiz. Kalit so‘zlar. Silimarin, silibin, silidianin, silixristin, vitamin, efir moylari, makroelementlar, mikroelementlar, yog‘lar, biogen aminlar. CHEMICAL COMPOSITION OF THE RASTOROPSHA PLANT AND ITS ACTIVE INGREDIENTS Kabulova Barno Bahriddin qizi Associate Professor, Bukhara State Technical University Email:kobulovabarno@gmail.com Berdiyeva Zarina Farhod qizi Master's student, Bukhara State Technical University Email:zarinaberdiyeva74@gmail.com
Annotation. Annotation. Another name for the rastarop plant is Asparagus. At the same time, this plant belongs to the group of ruderal plants. For this reason, it is included in the group of ruderal plants due to the fact that it occurs in habitats within anthropogenic impact - in and around residential areas, near highways and railways, around cattle pens. The leaves of this plant are surrounded by thorns, and the flowers are arranged in one basket, and the flowers of the thistle are bisexual. They bloom mainly in May and August, and the fruits begin to ripen in September and October. Since the seeds and other parts of this plant are made up of vitamins and various chemicals, in this article we study its chemical composition. Keywords. Silymarin, silybin, silidianin, silicrystine, vitamin, essential oils, macronutrients, trace elements, fats, biogenic amines.
ХИМИЧЕСКИЙ СОСТАВ РАСТЕНИЯ РАСТОРОПША И ЕГО ДЕЙСТВУЮЩИЕ ВЕЩЕСТВА
Кабулова Барно Бахриддин кызы Доцент, Бухарский государственный технический университет Электронная почта:kobulovabarno@gmail.com Бердиева Зарина Фарход кызы Магистрант Бухарского государственного технического университета. Электронная почта: zarinaberdiyeva74@gmail.com
Аннотация. Другое название растения растаропшы – Спаржа. В то же время это растение относится к группе рудеральных растений. По этой причине его включают в группу рудеральных растений в связи с тем, что он встречается в условиях обитания в пределах антропогенного воздействия - в жилых массивах и вокруг них, вблизи автомобильных и железных дорог, вокруг загонов для скота. Листья этого растения окружены шипами, а цветки расположены в одной корзинке, а цветки растаропшы обоеполые. Цветут они преимущественно в мае и августе, а плоды начинают созревать в сентябре-октябре. Поскольку семена и другие части этого растения состоят из витаминов и различных химических веществ, в этой статье мы изучаем его химический состав. Ключевые слова. Силимарин, силибин, силидианин, силикристин, витамин, эфирные масла, макроэлементы, микроэлементы, жиры, биогенные амины.
Rastoropsha o‘simligi xalq tabobatida turli xil kasalliklarni davolovchi vosita sifatida qo‘llanilib kelinadi. Rastoropsha o‘simligi o‘zining kuchli gepatoprotektor xususiyatiga ega bo‘lib, bu o‘simlik jigarni himoya qilish va tozalashda, gepatit, jigar sirrozi, yurak-qon tomir tizimini himoya qilish, qandli diabetga va hazm qilish sistemasini yaxshilashga yordam beradi. Shu bilan birga uning kimyoviy tarkibiga keladigan bo‘lsak, bu o‘simlikning mevasining tarkibida 200 ga yaqin biologik faol moddalardan tarkib topgan. Rastoropsha tarkibiga quyidagi moddalar kiradi: linolen, yog‘lar, stearin, palmitin, begenin, araxin, nonadetsil, miristin, lignosteril kabi moddalardan tashkil topgan bo‘lib, shakarlarga- ramnoza, arabinoza, ksiloza, glyukoza kabilar kiradi. Uning tarkibidagi tabiatda kam uchraydigan biologik faol moddalardan biri silymarin mavjud. Silimarin uchta izomer – silibin, silidianin va silixristin aralashmasidan kabi moddalardan tarkib topgan. Bundan tashqari, rastoropsha mevalari tarkibida 30 % dan ortiq yog‘lar, 0,1% gacha efir moylari va A, B, D, E, F, K guruh vitaminlaridan iborat. Makroelementlar: kaliy-9,2 mg/g, kalsiy-16,6 mg/g, magniy-4,2 mg/g, temir- 0,08mg/g. Mikroelementlar: marganes-0,10 mkg/g, mis-1,16 mkg/g, rux-0,71 mkg/g, xrom-0,15 mkg/g, aluminiy-0,02 mkg/g, vanadiy- 0,01mkg/g, selen-22,90 mkg/g, nikel-0,20 mkg/g, sirkoniy-0,08 mkg/g, qo‘rg‘oshin-0,08mkg/g, bor-22,40mkg/g, efir moylari-0,1%. Silymarin va flavonolignanlar Silymarin-o‘simlikning urug‘larida 4–6% miqdorda bo‘lib, u flavonolignanlar kompleksidan tashkil topgan. Bu kompleksga quyidagi moddalar kiradi: Yog‘kislotalari: Linoleik kislota — 50.5% Oleik kislota — 30.2% Efir moyi γ-Kadinen — 49.8% α-Pinen — 24.5%
Fenolik birikmalar Silybin A — 12.2% Silybin B — 17.67% Isosilybin A — 21.9% Isosilybin B — 12.8% Silychristin — 7.9% Silydianin — 7.5% Boshqa kimyoviy moddalar Dibutil ftalat — barcha qismlarda mavjud Hexadecanoic acid, methyl ester — urug‘larda mavjud Methyl stearate — barcha qismlarda mavjud. Silymarin- jigarning hujayralarini himoya qilish va uni tiklashda muhim rol o’ynaydi.Shuningdek antioksidant va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega. Flavonoidlar- bu moddalarning tarkibidagi quercetin va kaempferol kabi birikmalar mavjud. Va ular antioksidant xususiyatiga ega. Efir moylari- Qushqo’nmas o‘simligining urug‘lari va barglarida efir moylari mavjud bo‘lib, ular antiseptik va shuningdek, yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega. Polifenollar- bu moddaning tarkibidagi taninlar va boshqa birikmalar mavjud bo‘lib, ular ha antioksidant xususiyatiga egadirlar. Rastaropsha o‘simligidan tayyorlangan preparatlar safro sekretsiyasini oshiradi,siydik haydovchi, yallig‘lanishga qarshi, yarani bitiruvchi yog‘larning hazm bo‘lishini yaxshilaydi, jarohatni bitiruvchi kapillyarlarni mustahkamlovchi xususiyatlarga ega o‘simlik. Bundan tashqari kuyishga qarshi, toksikmetabolik shikastlanishlari (alkagol, dori vositalari, kimyoviy, oziq-ovqat), xoletsistit, homilador ayollarning taksikozi, o‘t pufagining yallig‘lanishi va o‘t toshi kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Rastoropsha o‘simligining ildizidan tayyorlangan damlama diareya, radikulit va tomir tortishishlarida iste’mol qilinadi. Urug‘idan tayyorlangan vosita esa oshqozon-ichak hazm qilishini harakatlantiruvchi funksiyasini kuchaytirishda, ich qotishida, yo‘g‘on ichak shilliq qavatining yallig‘lanishida, venalar varikozining kengayishida ishlatiladi.Uning bargidan tayyorlangan sharbat ham ich qotishida, oshqozon shilliq qavatining yallig‘lanishida, hamda bo‘g‘imlar og‘rig‘ida ichish juda ham foydali hisoblanadi. Bundan tashqari rastaropsha o‘simligi immunitetni kuchaytirishga ham yordam beradi. Rastoropsha oʻsimligi o‘zining boy kimyoviy tarkibi, jumladan, flavonolignanlar, fenolik birikmalar, yog‘kislotalari va efir moylari bilan ajralib turadi. Bu tarkibiy qismlar o‘simlikka antioksidant, yallig‘lanishga qarshi va gepatoprotektiv xususiyatlar beradi. Shu sababli, rastoropsha o‘simligi xalq tibbiyotida va farmatsevtikada keng qo‘llaniladi. Rastoropsha o‘simligi asosan jigar salomatligi va oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda juda muhim rol o‘ynaydi. Bu o‘simlikni iste’mol qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar3 ta adabiyot
- S.M.Mustafaev Botanika “O‘zbekiston” 2002y. 204 bet. https://n.ziyouz.com/books/kollej_va otm darsliklari biologiya Botanika%20 (S.Mustafayev, %20 O‘.Ahmedov). 2 LiBoris Nikolayevich Xalq Tibbiyoti Toshkent “Yangi asr avlodi” 2008 [135-145] betlar. https://elibrary.sammu.uz/uploads/books/O‘zbek%20tilidagi%20adabiyotlar/%D0%A2%D0%B8%D0%B 1%D0%B1%D0%B8%D1%91%D1%82%20%D1%82%D0%B0%D1%80%D0%B8%D1%85%D0%B8/ Li%20B-NXalq%20tibbiyoti.
- Доспехов В.А. Методика полевого опыта - 5-е изд. переработ. и доп. - М.: Колос, 1985. С.–415. https://arm.ssuv.uz/frontend/web/books/652527ba2ddf1.
- Косаковская И.В. Физиолого-биохимические основы адаптации растений на стрессы – Киев, 2003.С.-192. https://cyberleninka.ru/article/n/otsenka-zasuhoustoychivosti-nekotoryh-roditelskih- genotipov-gak-populyatsii-hlopchatnika ELEKTRONIKADA KOMPYUTERLI MODELLASH FANINI PROTEUS DASTURI YORDAMIDA O‘QITISH O‘rinov Shuhrat Suyunovich Jizzax Politexnika Instituti PhD dots Shermuxammedov Abdulatif Abdishukur o‘g‘li
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011512
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/521
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 835–837
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25