O‘QUV-TARBIYA JARAYONIDA "TABIIY FANLAR" DARSLIGI VA MULTIMEDIA VOSITALARIDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI (5-6-SINFLAR MISOLIDA)
Aliyeva Matluba ZhakbaraliyevnaNamangan davlat pedagogika instituti, Pedagogika nazariyasi va tarixi 1-kurs magistranti2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 818–821
Annotatsiya
Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining 5–6-sinflarida tabiiy fanlarkompleks darsligidan foydalanish, dars jarayoniga multimedia vositalarini joriy etishning samarali usullari,o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga ta‘siri tahlil qilingan. Shuningdek, ta‘limsamaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi zamonaviy pedagogik texnologiyalar va raqamli ta‘limresurslaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilgan
Boshqa tillarda
ruschaТЕХНОЛОГИЯ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ УЧЕБНИКА ПО ЕСТЕСТВЕННЫМ НАУКАМ И МУЛЬТИМЕДИЙНЫХ МАТЕРИАЛОВ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ ПРОЦЕССЕ (НА ПРИМЕРЕ 5-6 КЛАССОВ)
В данной статье анализируется использование комплексного учебника по естественным наукам в 5-6 классах общеобразовательных средних школ, эффективные методы внедрения мультимедийных средств в учебный процесс и их влияние на формирование научного мировоззрения у учащихся. Также приводятся рекомендации по использованию современных педагогических технологий и цифровых образовательных ресурсов для повышения эффективности образования.
inglizchaTECHNOLOGY OF USING THE "NATURAL SCIENCES" TEXTBOOK AND MULTIMEDIA IN THE EDUCATIONAL PROCESS (ON THE EXAMPLE OF GRADES 5-6)
This article analyzes the use of a comprehensive textbook on natural sciences in grades 5–6 of general secondary schools, effective methods of introducing multimedia tools into the teaching process, and their impact on the formation of a scientific worldview in students. It also provides recommendations on the use of modern pedagogical technologies and digital educational resources to increase the effectiveness of education.
Kalit so‘zlar
- Tabiiy fanlar
- o‘qitish texnologiyasi
- 5-6-sinf darslik
- mashq daftari
- o‘qituvchi kitobi
- multimedia vositalari
- integratsiya
- o‘quv-tarbiya jarayoni
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
OʻQUV-TARBIYA JARAYONIDA "TABIIY FANLAR" DARSLIGI VA MULTIMEDIA VOSITALARIDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI (5-6-SINFLAR MISOLIDA)
Aliyeva Matluba Jakbaraliyevna Namangan davlat pedagogika instituti, Pedagogika nazariyasi va tarixi 1-kurs magistranti
Anatatsiya: Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5–6-sinflarida tabiiy fanlar kompleks darsligidan foydalanish, dars jarayoniga multimedia vositalarini joriy etishning samarali usullari, o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi zamonaviy pedagogik texnologiyalar va raqamli ta’lim resurslaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: Tabiiy fanlar, o‘qitish texnologiyasi, 5-6-sinf darslik, mashq daftari, o‘qituvchi kitobi, multimedia vositalari, integratsiya, o‘quv-tarbiya jarayoni
ТЕХНОЛОГИЯ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ УЧЕБНИКА «ЕСТЕСТВЕННЫЕ НАУКИ» И МУЛЬТИМЕДИЙНЫХ СРЕДСТВ В УЧЕБНОМ ПРОЦЕССЕ (НА ПРИМЕРЕ 5-6 КЛАССОВ)
Наманганский государственный педагогический институт, магистрант 1 курса кафедры теории и истории педагогики
Аннотация: В статье анализируется применение комплексного учебника по естественным наукам в 5–6 классах общеобразовательных школ, эффективные методы внедрения мультимедийных средств в учебный процесс и их влияние на формирование научного мировоззрения учащихся. Даны рекомендации по использованию современных педагогических технологий и цифровых образовательных ресурсов для повышения эффективности обучения. Ключевые слова: Естественные науки, технология обучения, учебник 5–6-го класса, рабочая тетрадь, книга для учителя, мультимедийные средства, интеграция, образовательный процесс.
TECHNOLOGY OF USING THE "NATURAL SCIENCES" TEXTBOOK AND MULTIMEDIA TOOLS IN THE EDUCATIONAL PROCESS (ON THE EXAMPLE OF GRADES 5-6)
Aliyeva Matluba Zhakbaraliyevna Namangan State Pedagogical Institute, 1st year master's student in the Department of Theory and History of Pedagogy
Abstract: This article analyzes the use of a comprehensive textbook on natural sciences in grades 5-6 of general secondary schools, effective methods of introducing multimedia tools into the teaching process, and their impact on the formation of a scientific worldview in students. Recommendations are also given on the use of modern pedagogical technologies and digital educational resources to improve educational efficiency. Keywords: Natural sciences, teaching technology, 5th-6th grade textbook, exercise book, teacher's book, multimedia tools, integration, educational process
Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim shartlaridan biri ilm-fan va texnologiyalar taraqqiyoti uchun zamin yaratish, bu borada erishilgan yutuqlarni amaliyotga samarali joriy etishdir. Ushbu masala 2019–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasinining asosiy vazifalaridan biri sifatida qo‘yilganligi, 2030 yilda O‘zbekiston Respublikasining Global innovatsion indeks reytingi bo‘yicha jahonning 50 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish hamda ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning ilmiy salohiyatini mustahkamlash, samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot, tajriba konstruktorlik va texnologik ishlar natijalarini keng joriy etish uchun ta’lim, ilm-fan va tadbirkorlikni integrasiya qilishning ta’sirchan mexanizmlarini yaratish belgilanganligi bejiz emas.[1] Bugungi globallashuv davrida ilm-fan va texnologiyaning jadal rivojlanishi sharoitida o‘quvchilarda tabiiy fanlar bo‘yicha mustahkam bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, 5-6-sinflar o‘smirlik davrining boshlanishi bo‘lib, bu yoshda bolalarda fanlarga bo‘lgan qiziqish uyg‘onadi va ilmiy dunyoqarashning poydevori shakllanadi. “Tabiiy fanlar” fanini o‘qitishda darslik, mashq daftari, o‘qituvchi kitobi va multimedia vositalaridan integratsiyalashgan holda samarali foydalanish o‘quv jarayonining sifatini tubdan oshirishi mumkin. Ushbu maqolada mazkur vositalardan foydalanish texnologiyasining mazmun-mohiyati 5-6-sinflar misolida tahlil qilinadi[2]. “Tabiiy fanlar” darsligidan samarali foydalanish texnologiyasi asosida o‘qitishda avvalo darslik haqida bilimga ega bo‘lish lozim. Darslik – bu o‘quv materiallarining asosiy manbai bo‘lib, u fanning asosiy tushunchalari, nazariy qoidalari va faktik materiallarini o‘z ichiga oladi. 5-6-sinflar uchun “Tabiiy fanlar” darsligidan foydalanishda quyidagi texnologiyalarni qo‘llash maqsadga muvofiq: -bosqichma-bosqich o‘zlashtirish: Har bir mavzuni o‘qishdan oldin, uning maqsad va vazifalarini aniqlab olish. Darslikdagi matnni qismlarga bo‘lib o‘qish va har bir qismdan so‘ng savol-javoblar o‘tkazish. Bunda o‘quvchining badiiy –estetik didini, tafakkur va bilim malakasini shakllantirishdan iborat bo‘ladi. -vizuallashtirish: Darslikdagi rasmlar, diagrammalar, grafiklar va jadvallarga alohida e’tibor qaratish. O‘quvchilarga ko‘rib turgan materiallarni tahlil qilish, ulardagi ma’lumotlarni tushuntirish va xulosa chiqarishni o‘rgatish. Masalan, “Quyosh sistemasining tuzilishi” mavzusida sayyoralarning joylashuvi va o‘lchamlari aks etgan rasmga tayanib tushuntirish.
-muammoli vaziyatlarni yaratish: Darslikdagi ma’lumotlar asosida savollar berish orqali muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirish. Masalan, “Nima uchun ob-havo o‘zgaradi?” degan savol orqali atmosferadagi jarayonlarni muhokama qilishga undash. O‘quvchilar tabiatda ro‘y beradigan hodisalar haqidagi bilimlari va tasavvurlari bilan o‘rtoqlashadilar. - “O‘yla, Juftlash, Baham ko‘r” texnikasi: O‘quvchilar darslikdan ma’lumotni o‘qib, avval mustaqil o‘ylaydi, so‘ngra juftlikda muhokama qiladi va nihoyat, butun sinf bilan fikr almashadi. O‘qitish jarayonida mavzuga oid texnika va metodlarni qo‘llash katta ahamiyat kasb etadi. Multimedia vositalaridan foydalanish texnologiyasi. 5-6-sinf o‘quvchilari uchun multimedia vositalari (interaktiv doska, proyektor, kompyuter, planshet, smartfonlar) orqali taqdim etiladigan ma’lumotlar juda jozibador va tushunarli bo‘ladi. Mavzularni tushuntirishda videolardan, animatsion roliklardan foydalanish. Masalan, “Fotosintez jarayoni”ni animatsiya orqali ko‘rsatish yoki “Suv aylanma harakati”ni videoda namoyish etish. Bu abstrakt tushunchalarni konkretlashtirishga yordam beradi. Interaktiv mashqlar: Onlayn testlar, viktorinalar va interaktiv topshiriqlar orqali bilimlarni mustahkamlash. Bugungi kunda juda ko‘p qo‘llanilayotgan “Kahoot”, “Quizizz” kabi platformalardan foydalanish. O‘quv loyihalarini taqdim etish: O‘quvchilarga o‘zlarining tadqiqot natijalarini yoki loyihalarini multimedia vositalari (slaydlar, video-roliklar) orqali taqdim etishga imkoniyat yaratish. Bu orqali o‘quvchilarda ham zamonaviy multimedia vositalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish mumkin. Dars jarayonida yuqoridagi barcha vositalarni uyg‘un holda qo‘llash o‘quv samaradorligini keskin oshiradi. Misol uchun: 1. Darsning boshlanishi: Multimedia vositalari (qisqa video, animatsiya, qiziqarli rasm) orqali o‘quvchilarning diqqatini tortish va yangi mavzuga kirish. 2. Yangi mavzuni tushuntirish: Darslik matniga tayanib, asosiy tushunchalarni o‘qituvchi kitobidagi metodik tavsiyalar asosida tushuntirish. Bunda interaktiv doskada sxemalar chizish, rasmlarni ko‘rsatish va kerakli joylarni belgilash mumkin. 3. Bilimlarni mustahkamlash: Mashq daftaridagi savollarni muhokama qilish, amaliy topshiriqlarni birgalikda bajarish. Multimedia orqali onlayn testlar yoki viktorinalar o‘tkazish. 4. Uy vazifasi: Darslikdan matn o‘qish, mashq daftaridan topshiriqlar bajarish. Qo‘shimcha ravishda, o‘qituvchi tomonidan multimedia orqali tavsiya etilgan qiziqarli video ko‘rish yoki ta’limiy ilovada o‘yin o‘ynash. 5. Yakuniy baholash: O‘qituvchi kitobidagi baholash mezonlari asosida o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash, bunda mashq daftarlari va multimedia testlari natijalarini hisobga olish. Xulosa, 5-6-sinflarda “Tabiiy fanlar” fanini o‘qitishda darslik, mashq daftari, o‘qituvchi kitobi va multimedia vositalaridan integratsiyalashgan holda foydalanish o‘quv-tarbiya jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi. Bu yondashuv o‘quvchilarda bilimlarni chuqur o‘zlashtirishga, tanqidiy fikrlash, ijodkorlik va fanlarga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi. Natijada, yosh avlodda ilmiy dunyoqarash shakllanadi va ular atrof-muhitni anglaydigan, unga mas’uliyat bilan yondashadigan shaxslar bo‘lib voyaga yetishadi. O‘qituvchilar ushbu texnologiyalarni o‘z darslariga samarali tatbiq etish orqali kelajak avlodning intellektual salohiyatini balki tabiatga bo‘lgan munosabatini ham yuksaltirishga munosib hissa qo‘shadilar.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar9 ta adabiyot
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrda PF-5847-son farmoni bilan qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” si
- Aleksandr Grey. Tabiiy fanlar 5-sinf : darslik /2024
- Tabiiy fanlar. 5-sinf uchun darslik / Q. Jumayev, Sh. Zuparov va boshq. – Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” nashriyoti, 2023.
- Tabiiy fanlar. 6-sinf uchun darslik / A. Ro‘ziyev, B. Qahhorov va boshq. – Toshkent: “Ma’naviyat”, 2023.
- Jumayev Q., O‘rinov R. Tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2021.
- Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2019.
- Hasanboeva O., To‘rayev A. Pedagogik innovatsiyalar va zamonaviy ta’lim texnologiyalari. – Toshkent, 2020.
- O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). INKLYUZIV TA’LIMNING MUSIQA TA’LIMDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI. TA’LIM VA TARAQQIYOT, 4(3), 607-613.
- Botirova Sevara Mamurovna, Tursunov Ramziddin Abdixalil o‘g‘li. (2025). MAʼNAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OʻZBEKISTON BUNYODKORI. MAʼNAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OʻZBEKISTON BUNYODKORI, 1(1), 98-102.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011507
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/516
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 818–821
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25