PEDAGOGIKA FANLARIDA TALABALARNI HUQUQIY VA FUQAROLIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH
Nishonova Munira Yakubjonovna”University of Busuniss ana Science” Teacher of the Department of Pedagogy and Psychology2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 815–818
Annotatsiya
Ushbu maqolada “fuqaro”, “fuqarolik”, “huquq bilim” huquqiy tushuncha, “huquqiykompetentsiya”, “kompetensiya”, “fuqarolik kompetensiyasi” tushunchalarining mazmun-mohiyati,talaba-yoshlarning fuqarolik tuyg‘usi, fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish, o‘z fuqarolik pozitsiyasigaega bo‘lish ruhida tarbiyalash masalalari tadqiq etilgan.
Boshqa tillarda
ruschaРАЗВИТИЕ ПРАВОВОЙ И ГРАЖДАНСКОЙ КОМПЕТЕНЦИИ СТУДЕНТОВ ПО ПЕДАГОГИЧЕСКИМ ПРЕДМЕТАМ
В данной статье рассматриваются правовые понятия «гражданин», «гражданство», «правовые знания», содержание и сущность понятий «правовая компетентность», «компетентность», «гражданская компетентность», развитие у учащихся чувства гражданственности, гражданской компетентности и воспитание в духе осознания собственной гражданской позиции.
inglizchaDEVELOPMENT OF STUDENTS‘ LEGAL AND CIVIL COMPETENCE IN PEDAGOGICAL SUBJECTS
This article examines the legal concepts of "citizen", "citizenship", "legal knowledge", the content and essence of the concepts of "legal competence", "competence", "civic competence", the development of students‘ sense of citizenship, civic competence, and education in the spirit of owning their own civic position.
Kalit so‘zlar
- huquqiy kompetensiya
- fuqarolik kompetensiyasi
- pedagogika
- talaba
- huquqiy ta‘lim
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
12. R.A.Tursunov. (2025). IJTIMOIY ONG VA MA’NAVIYAT UYGʻUNLIGINING IJTIMOIY MUHITGA TA’SIRI. ZAMONAVIY FAN: INNOVATSION YONDASHUVLAR VA YOSH TADQIQOTCHILARNING DOLZARB IZLANISHLARI, 1(1), 16-19.
PEDAGOGIKA FANLARIDA TALABALARNI HUQUQIY VA FUQAROLIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH
Nishonova Munira Yakubjonovna ”University of Busuniss ana Science” Teacher of the Department of Pedagogy and Psychology E-mail: nishhonovamunira396@gmail.com Tel: [telefon raqami yashirilgan]
Annatatsiya. Ushbu maqolada “fuqaro”, “fuqarolik”, “huquq bilim” huquqiy tushuncha, “huquqiy kompetentsiya”, “kompetensiya”, “fuqarolik kompetensiyasi” tushunchalarining mazmun-mohiyati, talaba-yoshlarning fuqarolik tuyg‘usi, fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish, o‘z fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lish ruhida tarbiyalash masalalari tadqiq etilgan. Kalit so‘zlar:“fuqaro”,“fuqarolik”,“kompetensiya”,“fuqarolik kompetensiyasi” “huquq”, “Huquqiy bilim”, “huquqiy kompetentsiya”.
DEVELOPMENT OF STUDENTS' LEGAL AND CIVIC COMPETENCE IN PEDAGOGICAL SUBJECTS
Abstract. This article examines the legal concepts of "citizen", "citizenship", "legal knowledge", the content and essence of the concepts of "legal competence", "competence", "civic competence", the issues of educating students in the spirit of developing their civic sense, civic competence, and acquiring their own civic position. Keywords: "citizen", "citizenship", "competence", "civic competence", "law", "Legal knowledge", "legal competence".
РАЗВИТИЕ ПРАВОВОЙ И ГРАЖДАНСКОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ СТУДЕНТОВ ПО ПЕДАГОГИЧЕСКИМ ПРЕДМЕТАМ
Аннотация. В статье рассматриваются правовые понятия «гражданин», «гражданственность», «правовые знания», содержание и сущность понятий «правовая компетентность», «компетенция», «гражданская компетентность», а также вопросы воспитания учащихся в духе развития их гражданственности, гражданской компетентности и формирования собственной гражданской позиции. Ключевые слова: «гражданин», «гражданственность», «компетенция», «гражданская компетентность», «право», «правовые знания», «правовая компетентность».
Kirish. So‘nggi yillarda ta’lim tizimi, shu jumladan, oliy ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning huquqiy asoslarini takomillashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari sifatida ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi, ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi, ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi, ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati kabilar belgilab berilgan [1]. Asosan, “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da talabalarda fuqarolik, huquqiy kompetensiyasini rivojlantirish bilan bevosita bog‘liq qator muhim yo‘nalishlar belgilab berildi: - davlat va jamiyat oldida turgan muhim vazifalarni hal etishda mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, yurtparvar, tashabbuskor, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirgan, insoniy yaxshi fazilatlarga ega yoshlarni professional kasb egasi sifatida tayyorlash, bu borada yangicha yondashuvlarni talab etadigan ta’lim-tarbiya usullaridan foydalanish; - yoshlarning qonun hujjatlari mazmun-mohiyatidan xabardorligi, huquqiy ongi va madaniyatini rivojlantirish, ularda sog‘lom turmush
tarziga rioya etish, inson huquqlari, gender tengligi, tinchlikparvarlik va millatlararo totuvlik, vijdon erkinligi, barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analarini hurmat qilish kabi umuminsoniy qadriyatlar bilan birga milliy-axloqiy qadriyatlarni kamol toptirish, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faollik, mustahkam fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish; - talaba-yoshlarni turli axborot xurujlari, yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishi, ular tomonidan ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etilishi holatlarining oldini olish, Vatanimiz istiqboli yo‘lida birlashtirish maqsadida ta’lim-tarbiyaning ta’sirchan usullari, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda ularning qiziqishini e’tiborga olish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va h.k[2]. Yuqoridagi huquqiy hujjatlarda belgilab berilgan vazifalardan ko‘rinib turibdiki talabalarning fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish dolzarb pedagogik muammo hisoblanadi. Adabiyotlar tahlili. “Fuqaro”, “fuqarolik”, “huquqiy”, “huquqiy bilim” “kompetensiya”, “fuqarolik kompetensiyasi” “huquq”,”huquqiy bilim” “huquqiy kompetentsiya” tushunchalarining mazmun-mohiyati hamda talabalarning “fuqarolik” va “huquqiy” kompetensiyasini rivojlantirishga oid O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni, Mustaqillik: izohli ilmiy-ommabop lug‘ati, O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, M.X.Toxtaxodjaevaning Pedagogika nazariyasi va tarixi darsligi, xorijiy olimlardan Slastenin V.A, G.N, Sukolenov I.V , Galyamina I.G, Savotina N.A, Respublikamiz olimlaridan A.Akramov, N.Muslimov, B.X. Xodjaev, J.S. Otepbergenovlarning dissertatsiya va ilmiy adabiyotlari tahlil qilindi. Natijalar va muhokamalar. Adabiyotlar tahlili natijasida “fuqaro”, “fuqarolik”, “huquq”, “huquqiy bilim” “huquqiy kompetensiya”, “fuqarolik kompetensiyas i” tushunchalarining mazmun-mohiyatiga aniqlik kiritib olish maqsadga muvofiq bo’ladi. Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug‘atda “Fuqarolik – shaxsning muayyan davlat qaramog‘ida bo‘lishi, shu davlatga, mamlakat ichida ham, uning tashqarisida ham mansub ekanligi, shu mansublikning huquqiy hujjatlar yordamida tasdiqlanganligi” [3], O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida esa, “Fuqarolik shaxsning muayyan davlat bilan doimiy siyosiy-huquqiy aloqasi, bu aloqa shaxs va davlatning o‘zaro huquq va majburiyatlarida ifodalanadi” [4], – deya ta’riflangan. Yuqoridagi ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, fuqarolik ma’lum bir mamlakatga mansublikni anglatib, shaxs va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatishda muhim o‘rin tutadi. Chunki chinakam ma’noda fuqarolik shaxsning o‘zi yashayotgan davlatda qaror topgan siyosiy, huquqiy, ma’naviy, ijtimoiy qadriyatlarga aksiologik munosabatda bo‘lishi, har bir fuqaroning huquqlari va erkinliklarini hurmat qilishi, jamiyatdagi voqea-hodisalarga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashashi bilan belgilanadi. Tarixan “fuqaro” so‘zi bilan birga “raiyat” tushunchasi ham iste’molda qo‘llanilgan. Biroq agar “fuqaro” so‘zining ma’naviy jihatiga e’tibor qaratilsa, u Vatan oldidagi xokisorlik, kamtarinlik bilan uyg‘un ekanligini anglash mumkin. Rivojlangan davlatlar singari huquqiy-demokratik davlat sifatida respublikamizda ham fuqarolik quyidagi muhim tamoyillar ustuvorligiga asoslanadi: barcha millat va elatlarning teng huquqliligi, gender tenglik va erkinlik, hammaning qonun oldida tengligi, fuqarolikni olish va to‘xtatishning huquqiy asoslarining aniq belgilab qo‘yilganligi, davlat xizmatlarining tizimli tashkil etilganligi, xalqaro shartnomalarning ratifikatsiya qilinganligi va boshqalar. Davlat va ijtimoiy sub’ektlar o‘rtasidagi munosabatlarning insonparvarlashuvi, demokratlashuvi tufayli muayyan davlat hududida istiqomat qiladigan har bir shaxs fuqaro sifatida e’tirof etiladi va uning fuqarolik maqomi davlat tomonidan himoyalanadi. Shaxsning davlat bilan fuqaro sifatidagi o‘zaro aloqasi bevosita uning fuqarolik kompetensiyasiga egaligida namoyon bo‘ladi. Shaxsda fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish bevosita fuqarolik tarbiyasi doirasida amalga oshiriladi. Bu o‘rinda tabiiy ravishda “fuqarolik tarbiyasining o‘zi nima?” degan savol tug‘iladi. Fuqarolik tarbiyasi – bu “fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish orqali o‘quvchi va talabalarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini,huquqiy bilimni shakllantirish, ularni xalq, Vatan, jamiyat manfaatlari yo‘lida kurashuvchi fuqarolar etib tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon” bo‘lib, uning “markaziy ob’ekti fuqaro sanaladi” [5]. Shaxsni fuqaro sifatida kamol toptirishda oila, ta’lim muassasalari va ijtimoiy muhit (jamiyat)da tashkil etilayotgan fuqarolik tarbiyasi o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. V.A.Slasteninning fikricha, fuqarolik ichki erkinlik va davlat hokimiyatiga hurmat, vatanga muhabbat va tinchlikka intilish, o‘z-o‘zini qadrlash va intizomni, vatanparvarlik tuyg‘ularining uyg‘un namoyon bo‘lishi va millatlararo muloqot madaniyatini o‘z ichiga oladi [6]. G.N.Filonovning fikricha, “fuqarolik – bu shaxsning qonunlarga itoatkorligi, o‘z Vataniga xizmat qilish va Vatan manfaatlarini himoya qilishda jasorat ko‘rsatish, umume’tirof etilgan me’yorlar va axloqiy qadriyatlarga aksiologik munosabati va amaliy faoliyatda namoyon bo‘ladigan
sub’ektiv fazilatlari majmuidir [7]. I.V.Sukolenov fuqarolikni to‘rt: ijtimoiy-huquqiy, axloqiy-etik, ijtimoiy-psixologik va pedagogik jihatdan ko‘rib chiqish mumkinligini ta’kidlaydi. “Ijtimoiy-huquqiy jihatdan fuqarolik demokratik ongning yetarli darajasi, bo‘lajak fuqarolar tomonidan demokratik qadriyatlar, demokratik munosabatlar tajribasini qabul qilish, davlat boshqaruvida faol ishtirok etishga tayyorlik sifatida belgilanadi. Axloqiy-etik jihatdan fuqarolik jamiyatning burch, huquqiy ong, mas’uliyat, qadr-qimmat, vijdon, vatanparvarlik, insonparvarlik, mehr-shafqat kabi ideallarga yaqinlik darajasini baholaydigan jamiyatning axloqiy madaniyati darajasi sifatida tushuniladi. Ijtimoiy-psixologik jihatdan fuqarolik – mamlakat, jamiyat bilan birlik tuyg‘usi, ijtimoiy optimizm, Vatanga muhabbat, hayot qiyinchiliklarini yengib o‘tishda qat’iyat va matonat, bunyodkorlik ishlarida qatnashish, ijtimoiy va milliy qadriyat tuyg‘usi, bag‘rikenglikdir. Pedagogik nuqtai nazardan fuqarolik deganda o‘quvchi shaxsining ijtimoiy yo‘naltirilganligi, jamiyatda qabul qilingan huquqiy va axloqiy me’yorlarga muvofiq ijtimoiy ahamiyatga ega va individual zarur maqsadlarga erishishga tayyorligini belgilovchi sifatlarning integrativ majmui tushuniladi [8]. N.A.Savotina empirik tadqiqotlar natijalariga tayangan holda, “fuqarolik” va “fuqaro” tushunchalari zamonaviy jamiyatlar rivoji bilan bog‘liq asosiy jihatlar bilan boyitilishi lozimligini alohida ta’kidlab o‘tgan. Fuqarolik – bu shaxsning siyosiy kamolotini belgilab beruvchi o‘lchov , bo‘lib, fuqaro – davlat va jamiyat hayotida ixtiyoriy ravishda qatnashadigan, nafaqat shaxsiy, balki umummilliy manfaatlar uchun ham qayg‘uradigan insondir [9]. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida qanday mavqega ega bo‘lishi kerakligi, jamiyat va shaxs munosabatlarining qanday tarzda maqbullashtirish mutaxassislarning e’tiborini o‘ziga jalb etmoqda. Hozirda talaba-yoshlarni O‘zbekiston jamiyatining fuqarosi sifatida ijtimoiylashtirish masalasi alohida pedagogik dolzarblik kasb etmoqda[10]. Bu O‘zbekistonning yangi, taraqqiy etgan axborot maydoniga kirganligi va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lini tanlaganligi bilan bog‘liq. Fuqarolik jamiyati rang-barang mulkchilik shakllarini taqozo qiladi. Bu shakllar fuqaroning shaxsiy erkinligi, ehtiyojlari, qiziqishlarini qondiruvchi asosdir. Zamonaviy yoshlarning yuqori malakali mutaxassis va jamiyatning teng huquqli a’zosi sifatida rivojlanishlari O‘zbekiston jamiyati hayot faoliyatining barcha sohalarida islohotlar, modernizatsiya va yangilanish jarayonlari davom etayotgan bir paytda amalga oshmoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonning jahon miqyosidagi obro‘-e’tibori ortib bormoqda. Bunday islohotlar yosh mutaxassislarning faol ishtiroki yordamida amalga oshirilmoqda va kelajakda bu an’anani davom ettirish maqsadga muvofiqdir. Ilmiypedagogik adabiyotlarda “kompetensiya” va “kompetentlilik” atamalari turlicha talqin etiladi. Yaqin vaqtlargacha ularning mazmuni bo‘yicha ikkita nuqtai nazar mavjud edi, ba’zi mualliflar ushbu atamalarga birbiridan alohida tarzda qarashgan bo‘lsa, boshqalari ularni bir xil deb hisoblashgan. Bugungi kunda tadqiqotchilar ushbu tushunchalar o‘ziga xoslikka ega bo‘lib, ularni farqlash zarurligini ta’kidlashmoqda. N.Muslimov kompetensiya atamasining lug‘aviy ma’nosi “qobiliyat” so‘zi bilan bog‘liq bo‘lsada, u yaxlitlikda bilim, ko‘nikma, mahorat va qobiliyatni o‘zida ifoda etishi; kompetentlik talabalarning shaxsiy sifatlari to‘plami hamda kasbiy sohaning tayanch talablarini anglatishini qayd etib o‘tgan[11]. Olimning “kompetensiya” va “kompetentlik” tushunchalariga kasbiy shakllanish nuqtai nazaridan bergan ta’rifi mukammallik kasb etishini ta’kidlab o‘tish lozim. B.Xodjaev kompetensiya – ma’lum bir sohada samarali produktiv faoliyat uchun zarur bo‘lgan o‘quvchining avvaldan belgilangan ta’limiy tayyorgarligiga qo‘yiladigan ijtimoiy talablar (me’yorlar)dan ham o‘zib ketishi; kompetentlik esa, tayanch, umumiy va fanga doir kompetensiyalarning o‘zlashtirililishi, degan xulosaga kelgan[12]. Olimning mazkur tushunchalarga bergan ta’rifi respublikamizda umumiy o‘rta ta’limga kompetensiyaviy yondashuvni tatbiq etish bilan bog‘liq ishlar boshlangan vaqtda ko‘plab savollarga yechim topishga xizmat qilgan. Kognitiv kompetentlik sohasida ilmiy izlanishlarni amalga oshirgan J.Otepbergenov o‘zining ilmiy tadqiqotida ko‘pchilik mualliflarning fikrlariga qo‘shilgan holda hayotiy (vitagen) hamda shaxsiy tajriba sifatida “kompetensiya” va “kompetentlik” kategoriyalarini farqlash lozimligini qayd etib o‘tgan. Natijada, tadqiqotchi kompetentlik deganda insonning ma’lum bir sohada samarali faoliyatni amalga oshirishga tayyorligi va qobiliyatini ifoda etuvchi uning integrativ shaxsiy dinamik tavsifi tushuniladi, degan nuqtai nazarni ilgari surgan [13]. I.G.Galyamina kompetensiyani turli sohalardagi kasbiy muammolarni hal qilishda bilim va ko‘nikmalarni qo‘llay olish qobiliyati va unga insonning tayyorligi, kompetentlilikni esa – kompetensiyalar yig‘indisining namoyon bo‘lishi sifatida tushunadi [14]. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish mumkinki, “kompetensiya” tushunchasini tavsiflashda ko‘pincha layoqat, qobiliyat, tayyorlik kabi xususiyatlarga tayaniladi, kompetentlik esa, integrativ shaxsiy sifat yoki sifatlar yig‘indisi sifatida namoyon bo‘lishi olg‘a suriladi.
Xulosa. Xulosa qilib aytganda, kompetensiyani egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni shaxsiy faoliyat tajribasiga tayangan holda amaliyotda qo‘llashga intilish, tayyorlik va qobiliyatlar yig‘indisi sifatida tushunish mumkin. Faoliyatda muvaffaqiyatli amalga oshirilgan kompetensiyalar ma’lum bir sohadagi kompetentlikni belgilab beradi. Talabalarning fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish muammosi tarbiyaviy jarayonga “kompetensiyaviy” yondashuvni tatbiq etish nuqtai nazaridan dolzarb bo‘lib, jamiyatda demokratik qadriyatlarni qaror toptirish, ijtimoiy faol shaxsni shakllantirishning asosi bo‘lib xizmat qiladi[15]. Bugungi kunda davlat va jamiyat oldida turgan muhim vazifalarni hal etishda mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, vatanparvar, tashabbuskor, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirgan, insoniy fazilatlarga va o‘z fuqarolik pozitsiyasiga ega yoshlarni tayyorlashda fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish muhim deb hisoblaymiz. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati: (References) 1.O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni // O‘RQ-637-son. 2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni // PF-5847-son. 3.Mustaqillik: izohli ilmiy-ommabop lug‘at. – T.: Sharq, 1998. – 528 b. 4.O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 9-jild. – T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti, 2005. – 704 b. 5.Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1-qism. Pedagogika nazariyasi /Darslik. M.X.Toxtaxodjaeva va boshq.– T.: “Moliya-iqtisod”, 2007. – 379 b. 6.Slastenin V.A. Obщaya pedagogika [Tekst] / V.A. Slastenin, I.F. Isaev, Ye.N. Shiyanov. – M.: Gumanit. Izd. sentr VLADOS, 2002, Ch. 2. – 238 s. 7.Filonov G.N. Vospitanie kak sotsialno-pedagogicheskiy fenomen. Strategiya razvitiya. – M.: Gos. NII semi i vospitaniya, 2000. – 160 s. 8.Sukolenov I.V. Teoriya i praktika grajdanskogo obrazovaniya v obщeobrazovatelnыx uchrejdeniyax Rossii (istoriko-pedagogicheskie aspektы): avtoref. diss. ... d-ra ped. nauk. – M., 2001. – 37 s. 9. Savotina N.A. Grajdanskoe vospitanie studencheskoy molodeji v sovremennom vuze: dis. ... d-ra ped. nauk. – Moskva , 2005. – 459 s. 10. Nishonova M.Ya., & Kamolova A.O. (2021). O’SMIRLARGA HUQUQIY BILIM BERISHDA KEYS STADI TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH. Экономика и социум, (8 (87)), 42-45. http://esiconf.org/index.php/MESAS/article/view/1403 12. Bo‘lajak tarbiya fani o‘qituvchilarining ijtimoiy-huquqiy kompetensiyasini rivojlantirish. (2025). MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI, 3(3). https://doi.org/10.5281/zenodo.15180004 13. Odilboyevich, J. X. (2025). O‘SMIRLIK DAVRIDA XARAKTER AKSENTUATSIYASINING SHAKLLANISHIGA IJTIMOIY MUHITNING TA’SIRI. Central Asian Journal of Education and Innovation, 4(4), 150-153.
OʻQUV-TARBIYA JARAYONIDA "TABIIY FANLAR" DARSLIGI VA MULTIMEDIA VOSITALARIDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI (5-6-SINFLAR MISOLIDA)
Aliyeva Matluba Jakbaraliyevna Namangan davlat pedagogika instituti, Pedagogika nazariyasi va tarixi 1-kurs magistranti
Anatatsiya: Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5–6-sinflarida tabiiy fanlar kompleks darsligidan foydalanish, dars jarayoniga multimedia vositalarini joriy etishning samarali usullari, o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi zamonaviy pedagogik texnologiyalar va raqamli ta’lim resurslaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: Tabiiy fanlar, o‘qitish texnologiyasi, 5-6-sinf darslik, mashq daftari, o‘qituvchi kitobi, multimedia vositalari, integratsiya, o‘quv-tarbiya jarayoni
ТЕХНОЛОГИЯ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ УЧЕБНИКА «ЕСТЕСТВЕННЫЕ НАУКИ» И МУЛЬТИМЕДИЙНЫХ СРЕДСТВ В УЧЕБНОМ ПРОЦЕССЕ (НА ПРИМЕРЕ 5-6 КЛАССОВ)
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar17 ta adabiyot
- 1.O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni // O‘RQ-637-son.
- 2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni // PF-5847-son.
- 3.Mustaqillik: izohli ilmiy-ommabop lug‘at. – T.: Sharq, 1998. – 528 b. 4.O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 9-jild. – T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti, 2005. – 704 b.
- 5.Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1-qism. Pedagogika nazariyasi /Darslik. M.X.Toxtaxodjaeva va boshq.–
- T.: “Moliya-iqtisod”, 2007. – 379 b.
- 6.Slastenin V.A. Obщaya pedagogika [Tekst] / V.A. Slastenin, I.F. Isaev, Ye.N. Shiyanov. – M.: Gumanit.
- Izd. sentr VLADOS, 2002, Ch. 2. – 238 s.
- 7.Filonov G.N. Vospitanie kak sotsialno-pedagogicheskiy fenomen. Strategiya razvitiya. – M.: Gos. NII semi i vospitaniya, 2000. – 160 s. 8.Sukolenov I.V. Teoriya i praktika grajdanskogo obrazovaniya v obщeobrazovatelnыx uchrejdeniyax Rossii (istoriko-pedagogicheskie aspektы): avtoref. diss. ... d-ra ped. nauk. – M., 2001. – 37 s.
- Savotina N.A. Grajdanskoe vospitanie studencheskoy molodeji v sovremennom vuze: dis. ... d-ra ped. nauk. – Moskva , 2005. – 459 s.
- Nishonova M.Ya., & Kamolova A.O. (2021). O’SMIRLARGA HUQUQIY BILIM BERISHDA
- KEYS STADI TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH. Экономика и социум, (8 (87)), 42-45. http://esiconf.org/index.php/MESAS/article/view/1403
- Bo‘lajak tarbiya fani o‘qituvchilarining ijtimoiy-huquqiy kompetensiyasini rivojlantirish.
- (2025). MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI
- JURNALI, 3(3). https://doi.org/10.5281/zenodo.1518000410.5281/zenodo.15180004
- Odilboyevich, J. X. (2025). O‘SMIRLIK DAVRIDA XARAKTER AKSENTUATSIYASINING
- SHAKLLANISHIGA IJTIMOIY MUHITNING TA’SIRI. Central Asian Journal of Education and
- Innovation, 4(4), 150-153.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011506
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/515
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 815–818
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25