BOSHLANG‘ICH SINFLARDA KUZATUV VA TAJRIBA MAYDONCHALARINING O‘QUVCHILARNING AMALIY VA KOGNITIV RIVOJLANISHIDAGI PEDAGOGIK ROLI
Umurzakova Umida Nosirjonovna, Uvaydillayeva GulbahorNavoiy Innovatsiyalar Universiteti2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 801–804
Annotatsiya
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf tabiiy fanlarida kuzatuv va tajribamaydonchalarining o‘quvchilarning jismoniy, ijtimoiy, hissiy hamda kognitiv rivojlanishiga ta‘siri ilmiy-pedagogik nuqtayi nazardan tahlil qilingan.Kuzatuv va tajriba maydonchalarining o‘quv faoliyatigaintegratsiyalashuvi, “Yashil maktab” loyihasi doirasida kuzatuv va tajriba zonalarining samaradorligi, shuningdek ularni tashkil etishda xavfsizlik, ekologik barqarorlik va milliy qadriyatlar uyg‘unligiyoritilgan. Maqolada boshlang‘ich sinf tabiiy fanlari darslarida tashqi o‘quv faoliyatini metodik jihatdanto‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.
Boshqa tillarda
ruschaПедагогическая роль наблюдения и экспериментальных областей в практическом и когнитивном развитии учащихся начальных классов.
В данной статье анализируется влияние зон наблюдения и экспериментов в естественнонаучном образовании начальной школы на физическое, социальное, эмоциональное и познавательное развитие учащихся с научно-педагогической точки зрения. Подчеркиваются интеграция зон наблюдения и экспериментов в образовательную деятельность, эффективность таких зон в рамках проекта «Зеленая школа», а также соответствие их организации принципам безопасности, экологической устойчивости и национальным ценностям. В статье приводятся практические рекомендации по методически корректной организации занятий на открытом воздухе в естественнонаучном образовании начальной школы.
inglizchaTHE PEDAGOGICAL ROLE OF OBSERVATION AND EXPERIMENTAL AREAS IN THE PRACTICAL AND COGNITIVE DEVELOPMENT OF STUDENTS IN PRIMARY GRADES
This article analyzes the impact of observation and experimental areas in primary school natural sciences on the physical, social, emotional and cognitive development of students from a scientific and pedagogical point of view. The integration of observation and experimental areas into educational activities, the effectiveness of observation and experimental zones within the framework of the "Green School" project, as well as the compatibility of safety, environmental sustainability and national values in their organization are highlighted. The article provides practical recommendations for the methodologically correct organization of outdoor learning activities in primary school natural sciences.
Kalit so‘zlar
- boshlang‘ich ta‘lim
- tashqi o‘quv muhiti
- kuzatuv maydonchasi
- tajriba maydonchasi
- outdoor learning
- ekologik ta‘lim
- yashil maktab
- milliy qadriyatlar
- pedagogik integratsiya
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA KUZATUV VA TAJRIBA MAYDONCHALARINING O‘QUVCHILARNING AMALIY VA KOGNITIV RIVOJLANISHIDAGI PEDAGOGIK ROLI
Умурзақова Умида Носиржоновна Навоий Инновоциялар Университети доценти,(PhD) umidaumurzakova1980@mail.ru Uvaydillayeva Gulbahor Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi V-kurs talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf tabiiy fanlarida kuzatuv va tajriba maydonchalarining o‘quvchilarning jismoniy, ijtimoiy, hissiy hamda kognitiv rivojlanishiga ta’siri ilmiypedagogik nuqtayi nazardan tahlil qilingan.Kuzatuv va tajriba maydonchalarining o‘quv faoliyatiga integratsiyalashuvi, “Yashil maktab” loyihasi doirasida kuzatuv va tajriba zonalarining samaradorligi,
shuningdek ularni tashkil etishda xavfsizlik, ekologik barqarorlik va milliy qadriyatlar uyg‘unligi yoritilgan. Maqolada boshlang‘ich sinf tabiiy fanlari darslarida tashqi o‘quv faoliyatini metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, tashqi o‘quv muhiti, kuzatuv maydonchasi, tajriba maydonchasi, outdoor learning, ekologik ta’lim, yashil maktab, milliy qadriyatlar, pedagogik integratsiya.
ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ РОЛЬ НАБЛЮДАТЕЛЬНЫХ И ЭКСПЕРИМЕНТАЛЬНЫХ ПОЛЯ В ПРАКТИЧЕСКОМ И ПОЗНАВАТЕЛЬНОМ РАЗВИТИИ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ
Аннотация: В статье рассматривается педагогическая роль наблюдательных и экспериментальных площадок в развитии физических, социальных, эмоциональных и когнитивных способностей учащихся начальных классов. Анализируется интеграция внешней образовательной среды в учебный процесс, опыт проекта «Зелёная школа» и значение экологического воспитания в контексте национальных ценностей. В работе предложены методические рекомендации по эффективному использованию таких площадок на уроках естественных наук в начальных классах. Ключевые слова: начальное образование, наблюдательная площадка, экспериментальная площадка, внешняя образовательная среда, экологическое образование, зелёная школа, педагогическая интеграция, национальные ценности.
THE PEDAGOGICAL ROLE OF OBSERVATION AND EXPERIMENTAL FIELDS IN THE PRACTICAL AND COGNITIVE DEVELOPMENT OF STUDENTS IN PRIMARY GRADES
Annotation: This article analyzes the pedagogical role of observation and experimental playgrounds in the physical, social, emotional, and cognitive development of primary school students. The paper discusses the integration of outdoor learning environments into the educational process, highlights the experience of the “Green School” initiative, and emphasizes the importance of combining ecological education with national values. Methodological approaches and practical recommendations for effective use of outdoor learning spaces in primary natural science lessons are proposed. Keywords: primary education, observation area, experimental playground, outdoor learning, ecological education, green school, pedagogical integration, national values.
Kirish. Boshlang‘ich sinf bosqichi – bu nafaqat bilim berish, balki o‘quvchilarning jismoniy, ijtimoiy, hissiy va kognitiv rivojlanishlarini uyg‘un shakllantirish jarayoni hisoblanadi. Mazkur rivojlanishning samaradorligi, avvalo, ta’lim muhiti bilan chambarchas bog‘liq bo’lib, ta’lim muhiti deganda, ko‘pincha sinf xonasidagi an’anaviy jihozlar — stol-stullar, doska, darsliklar va texnik vositalar tushuniladi. Ammo zamonaviy pedagogika nazariyasi va amaliyoti shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘quvchilarning faol o‘rganish jarayoni sinf devorlari bilan cheklanmaydi. Tashqi muhit — maktab hovlisi, o‘yin maydonchasi, yashil hududlar, kuzatuv va tajriba maydonchalari — ta’lim jarayonining ajralmas, tabiiy davomidir. So‘nggi yillarda olib borilgan xalqaro va mahalliy tadqiqotlar tashqi o‘quv muhitining o‘quvchilarning faolligiga, mustaqil fikrlash qobiliyatiga, ijodkorligiga hamda jamoada ishlash ko‘nikmalariga ijobiy ta’sirini isbotlagan. Jumladan, Outdoor learning (tashqi o‘quv faoliyati) yondashuvi nafaqat o‘quvchilarning jismoniy faolligini oshiradi, balki ularning diqqatni jamlash, kuzatuvchanlik, muammoni hal qilish va hamkorlikda ishlash ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi. Bu esa, o‘z navbatida, boshlang‘ich sinf tabiiy fanlar ta’lim sifatini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, maktablarda “kuzatuv-maydoncha” va “tajriba-maydoncha” kabi tashqi o‘quv jarayonlarini tashkil etish pedagogik jihatdan katta ahamiyat kasb etadi. Bunday maydonchalar bolalarga tabiat hodisalarini bevosita kuzatish, tajriba o‘tkazish, muhit bilan interaktiv o‘zaro ta’sirga kirishish imkonini beradi. Natijada o‘quvchilar bilimni amaliy yo‘l bilan o‘zlashtiradi, nazariy tushunchalarni hayotiy tajriba bilan bog‘lay oladi. Mazkur maqolada “kuzatuv-maydoncha” va “tajriba-maydoncha” tushunchalarining mazmuni ilmiypedagogik jihatdan izohlanadi, ularning o‘quv jarayonidagi o‘rni va samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan olib boriladigan tashqi o‘quv faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar ham ishlab chiqiladi.
Tahlil va muhokama. Boshlang‘ich sinf tabiiy fanlar ta’limi jarayonida o‘quvchilarning faol, mustaqil va ijodiy ishtirokini ta’minlashda o‘quv muhitining tashkiliy va mazmuniy jihatlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtayi nazardan, “kuzatuv maydonchasi” va “tajriba maydonchasi” tushunchalari zamonaviy pedagogik amaliyotda o‘quvchilarning tabiiy qiziqishlari va faol o‘rganish ehtiyojlariga mos muhit yaratishning muhim vositasi sifatida e’tirof etiladi. Kuzatuv maydonchasi — bu tashqi muhitda o‘quvchilarning erkin harakatlanishi, o‘zaro muloqoti, tabiat va ijtimoiy jarayonlarni kuzatish orqali bilim va tajriba orttirish imkonini beruvchi ochiq o‘quv zonasi hisoblanadi. Bunday makonlarda bolalar o‘zini erkin his qiladi, faol harakatlar orqali o‘rganish jarayonida bevosita ishtirok etadi. Masalan, maktab hovlisi, gulzor, suv havzasi yoki o‘yin maydonchasi o‘quvchilarning tabiiy xatti-harakatlari, hamkorlikdagi faoliyatlari, hamda muloqot madaniyatini kuzatish uchun qulay joy bo‘lib xizmat qiladi. Xalqaro tadqiqotlarda qayd etilishicha, tashqi maydonchalarda vaqt o‘tkazgan bolalarning jismoniy faollik (moderate to vigorous physical activity — MVPA) darajasi yuqori bo‘ladi, bu esa ularning sog‘lom turmush tarzini shakllantiradi. Shu bilan birga, bunday faoliyat o‘quvchilarda ijtimoiy-emotsional kompetensiyalarni — hamkorlik, o‘zaro hurmat, empatiya va ijobiy muloqot ko‘nikmalarini rivojlantiradi. O‘zbekiston ta’lim tizimida kuzatuv maydonchalari konsepsiyasi milliy qadriyatlarga asoslangan shaklda rivojlanmoqda. Masalan, “Ekologik ta’lim konsepsiyasi”, “Yashil maktab” tashabbusi va “Barkamol avlod” dasturi doirasida maktab hovlilarini obodonlashtirish, o‘quvchilar ishtirokida minibog‘lar, gulzorlarda kuzatuv zonalarini tashkil etish tajribalari kengaymoqda. Bu orqali o‘quvchilar nafaqat tabiatni his etishni, balki unga mehr bilan munosabatda bo‘lishni ham o‘rganadilar. Tajriba maydonchasi esa o‘quvchilarga nazariy bilimni amaliy faoliyat bilan bog‘lash imkonini beruvchi, maxsus tashkil etilgan o‘quv-tajriba hududi hisoblanadi. Bunday maydonchalar o‘quvchilarni “bilish — sinash — tushunish — qo‘llash” bosqichlari asosida faol o‘rganishga yo‘naltiradi.Hozirgi kunda ko‘plab maktablarda “ekologik laboratoriya”, “agrobiologik burchak”, “kichik issiqxona”, “qushlar parvarish burchagi” kabi tajriba maydonchalari tashkil etilmoqda. Ular boshlang’ich sinf o‘quvchilarga tabiiy fanlarida olgan bilimlarini amaliy sinovdan o‘tkazish imkonini beradi. Masalan, 2–3-sinf o‘quvchilari urug‘ekish, o‘simliklarning o‘sishini kuzatish, suv va yorug‘likning ta’sirini o‘rganish orqali tajriba-metodik faoliyatni o‘zlashtiradi. Qolaversa, tajriba maydonchalari orqali o‘quvchilar milliy qadriyatlarga asoslangan mehnat tarbiyasini ham egallaydilar. Maktab hududida ekilgan mevali daraxtlarga g‘amxo‘rlik qilish, o‘simliklarni parvarishlash, tuproqni tozalash kabi faoliyatlar orqali ularda tabiatni asrash madaniyati va mas’uliyat hissi shakllanadi. Kuzatuv va tajriba maydonchalarining samarali faoliyat yuritishi, eng avvalo, ularning pedagogik, tashkiliy va me’moriy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishiga bog‘liq. Maydoncha o‘quvchilar uchun nafaqat o‘yin yoki dam olish joyi, balki bilish, muloqot, tajriba va kashf etish maydoni bo‘lishi zarur. Shuning uchun, uni loyihalashda har bir qism – makonning jismoniy tuzilishi, jihozlanishi, xavfsizlik choralari, shuningdek, o‘qituvchining tashqi muhitdan didaktik vosita sifatida foydalanish mahorati – alohida ahamiyat kasb etadi. Xalqaro tajribalarda, xususan, “green schoolyard” yoki “yashil maktab maydoni” konsepsiyasi orqali boshlang'ch sinflarda kuzatuv va tajriba maydonchalari, ekologik barqaror makonlarni tashkil etilishi bolalarda stress darajasining pasayishi, diqqat va emotsional muvozanatning yaxshilanishi, shuningdek, ijtimoiy hamkorlikning oshishini ta’minlagani aniqlangan. Shu kabi yondashuvlar O‘zbekiston ta’lim tizimida ham bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab t’limi vazirligi va Ekologiya qo‘mitasi hamkorligida amalga oshirilayotgan “Yashil maktab” loyihasi doirasida ko‘plab umumta’lim muassasalarida ekologik kuzatuv burchaklari, kichik-bog‘lar, ekologik yo’lakchalar, o‘simlik parvarish maydonlari tashkil etilgan. Bu hududlarda o‘quvchilar ekologik kuzatuv, urug‘ekish, suv aylanishi yoki fotosintez jarayonlarini amaliy o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu jarayon nafaqat ularning fanga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, balki mehnatsevarlik, tabiatga mehr, milliy qadriyat va ekologik madaniyatni ham shakllantiradi. Boshlang‘ich ta’lim bosqichida maydoncha muhitini tashkil etishda quyidagi asosiy omillarni inobatga olish tavsiya etiladi: ❖ Maydonchaning yosh xususiyatlariga mosligi. Maktabgacha va kichik yoshdagi o‘quvchilar uchun makon xavfsiz, qulay, past balandlikdagi jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. ❖ Harakat, ijtimoiy va o‘yin faoliyat uchun zamin yaratish. Bolalar uchun yugurish, sakrash, muvozanatni saqlash kabi jismoniy faoliyat turlariga mos maydonlar bo‘lishi zarur. Bu jismoniy salomatlik bilan birga koordinatsiya, diqqat va o‘zaro yordam tuyg‘usini rivojlantiradi.
❖ Pedagogik integratsiya. Maydoncha faqat o‘yin joyi emas, balki o‘quv jarayonining faol elementi sifatida xizmat qilishi lozim. O‘qituvchi tajriba, kuzatuv, loyiha ishlari va interfaol mashg‘ulotlarni tashqi muhitda tashkil etishi o‘quvchilarda “o‘rganish – tajriba – xulosa” zanjirini shakllantiradi. ❖ Xavfsizlik va barqaror sog‘lom muhit. Maydoncha ekologik toza materiallardan tashkil etilishi, sirpanmaydigan qoplamalar, quyoshdan himoya joylari, toza suv va tibbiy nazorat imkoniyatlari bilan ta’minlanishi zarur. Shu orqali bolalarda sog‘lom turmush tarzi va xavfsizlik madaniyati shakllanadi. ❖ Ichki va tashqi faoliyatning uzviy bog‘liqligi. Tashqi muhitdagi o‘quv faoliyatlari sinfdagi darslar bilan tematik jihatdan uyg‘un bo‘lishi lozim. Masalan, taiiy fanlar darsida o‘simlik qismlarini o‘rgangan o‘quvchi keyingi mashg‘ulotda tajriba maydonchasida bu bilimni amalda qo‘llaydi. Milliy an’analarimizda ham bolani tabiat bilan uyg‘un holda tarbiyalash qadimdan muhim o‘rin tutgan. Xalq og‘zaki ijodida — “Yerga mehr, elga sharaf”, “Bir tomchi suv – bir umr hayot” kabi maqollar tabiatni e’zozlash va mehnatni qadrlash g‘oyalarini targ‘ib etadi. Shu bois, maktab maydonchalarini milliy qadriyatlar ruhida tashkil etish — o‘quvchilarda ekologik ong, milliy o‘zlik va vatanparvarlik hissini shakllantirishga xizmat qiladi. Xulosa. Kuzatuv va tajriba maydonchalari boshlang‘ich sinf tabiiy fanlar darslari jarayonida o‘quvchilarning jismoniy, ijtimoiy, hissiy va kognitiv rivojlanishini tabiiy muhit bilan uyg‘un holda ta’minlaydigan samarali pedagogik vositadir. Bunday maydonchalar o‘quvchilarni faol o‘rganishga, kuzatuvchanlik va ijodkorlikni rivojlantirishga yo‘naltiradi. Biroq maydonchaning o‘zi emas, balki uning didaktik maqsadda to‘g‘ri tashkil etilishi, pedagogik integratsiyasi, xavfsizlik talablari va hududiy-madaniy sharoitlarga moslashuvi asosiy omil hisoblanadi. Respublikamiz ta’lim tizimida bunday kuzatuv va tajriba maydonchalarini milliy qadriyatlar va ekologik madaniyat bilan uyg‘unlashtirish boshlang‘ich sinf tabiiy fanlar darslari ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar8 ta adabiyot
- Абдуллаева Н. Бошланғич таълимда ўқувчиларнинг экологик маданиятини шакллантириш методикаси. – Тошкент: ТДПУ нашриёти, 2021. – 124 б.
- Турсунов О. Бошланғич таълимда тажриба майдончалари орқали ўқувчиларнинг амалий фаолиятини ривожлантириш. // Таълим ва инновациялар журнали. – 2022. – №4(3). – Б. 112–118.
- Каримова Д., Жўраев А. Инновацион педагогика: ташқи ўқув муҳитидан самарали фойдаланиш йўллари. – Тошкент: Фан ва технология, 2020. – 156 б.
- Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги. “Яшил мактаб” лойиҳаси методик қўлланмаси. – Тошкент: ХТВ нашриёти, 2022. – 64 б.
- Rickinson M., Dillon J., Teamey K. ва бошқалар. A review of research on outdoor learning. – Shrewsbury: National Foundation for Educational Research, 2004. – 54 p.
- Dyment J. E., Bell A. C. Grounds for movement: Green school grounds as sites for promoting physical activity. // Health Education Research. – 2008. – Vol. 23(6). – P. 952–962.
- Louv R. Last Child in the Woods: Saving Our Children from Nature-Deficit Disorder. – Chapel Hill: Algonquin Books, 2008. – 390 p.
- Ўзбекистон Республикаси Экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва иқлим ўзгариши вазирлиги. Экологик таълим концепцияси. – Тошкент, 2023. – 32 б.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011501
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/510
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 801–804
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25