Asosiy mazmunga o‘tish

FUTBOLCHILARNI PSIXOLOGIK TAYYORLASH VA ULARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI

Satiev Shukhrat KomilovichNamangan davlat pedagogika instituti https://ror.org/037z3rx482025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 781–784

Annotatsiya

Ushbu maqolada futbolchilarning jismoniy sifatlari va psixologik tayyorgarliklariningdarajasi asosida stresslarga bardoshliligi,hissiy holati va psixologik tayyorgarligini aniqlash va baholashusullari ko‘rib chiqilgan.

Boshqa tillarda

ruschaПсихологическая подготовка футболистов и их методологические характеристики

This article examines methods for determining and assessing stress tolerance, emotional state, and psychological readiness of football players based on their physical qualities and level of psychological readiness.

inglizchaPSYCHOLOGICAL TRAINING OF FOOTBALL PLAYERS AND THEIR METHODOLOGICAL CHARACTERISTICS

This article examines methods for determining and assessing stress tolerance, emotional state, and psychological readiness of football players based on their physical qualities and level of psychological readiness.

Kalit so‘zlar

  • stresslarga bardoshlilik
  • psixologik tayyorgarlik
  • psixologik tayyorgarlikni aniqlash va baholash usullari
  • futbolchilarning hissiy sohasi

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

FUTBOLCHILARNI PSIXOLOGIK TAYYORLASH VA ULARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI

Satiev Shuxrat Komilovich, Namangan davlat pedagogika instituti, p.b.f.f.d.(PhD), katta o‘qituvchi.

Annotatsiya. Ushbu maqolada futbolchilarning jismoniy sifatlari va psixologik tayyorgarliklarining darajasi asosida stresslarga bardoshliligi,hissiy holati va psixologik tayyorgarligini aniqlash va baholash usullari ko'rib chiqilgan. Kalit so'zlar: stresslarga bardosh, , psixologik tayyorgarlig, psixologik tayyorgarligini aniqlash va baholash usullari, futbolchilarning hissiy sohasi

ПСИХОЛОГИЧЕСКАЯ ПОДГОТОВКА ФУТБОЛИСТОВ И ИХ МЕТОДИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ.

Сатиев Шухрат Комилович, Наманганский государственный педагогический институт, кандидат педагогических наук (PhD), старший преподаватель.

Аннотация. В данной статье рассмотрены методы определения и оценки уровня стрессоустойчивости, эмоционального состояния и психологической подготовки футболистов на основе физических качеств и психологической подготовки. Ключевые слова: стрессоустойчивость, психологическая подготовка, методы определения и оценки психологической подготовки, эмоциональная сфера футболистов.

PSYCHOLOGICAL PREPARATION OF FOOTBALL PLAYERS AND THEIR METHODOLOGICAL FEATURES

Satiev Shukhrat Komilovich, Namangan State Pedagogical Institute, PhD in Pedagogy, Senior Lecturer.

Abstract: This article examines the methods for determining and assessing the level of stress tolerance, emotional state, and psychological preparation of football players based on their physical qualities and psychological training. Keywords: stress tolerance, psychological preparation, methods for determining and assessing psychological preparation, emotional sphere of football players.

Futbol keng xalq ommasini jismoniy rivojlantirishning, uning salomatligini mustahkamlashning eng ommabop, binobarin, eng ommaviy vositasidir. Bu kattalarga ham, o’smirlarga ham, bolalarga ham birdek ma’qul bo’lgan chinakam xalqchil o’yindir. Futbol o’yining negizida o’yinchilarni umumiy maqsad- g’alabaga intilish birlashtirib turgan jamoalardan ikkitasining kurashi yotadi. Futbol o’yinida barcha insonlar boshqa sport turiga nisbatan jismoniy va psixologik imkoniyatlarni namoyon eta oladi. O’yin sog’liqni mustahkamlashga yordam beradi, jismoniy sifatlarni, insonning psixologik holatini ko’rsatishga, jamoaviy ruhiyat va o’zaro bog’liqlikni tarbiyalaydi. Futbolchilarning yuqori mahorat orqali harakatlana olishi tamoshabinlarga estetik zavq ulashadi. O’yindagi texnik usullarni aniq bajarishlari, tamoshabinlarning ko’p hollarda zavqlanishiga sababchi bo’lishi ham o’yinchining qobiliyati va tinimsiz olib boriladigan o’quv-mashg’ulotlarga bog’liq bo’ladi. Stresslarga bardoshlilik- insonning shaxsiy sifatlari ayniqsa, futbolchilarning jismoniy sifatlari va psixologik tayyorgarliklarining darajasi asosida va bu stresslarga bardoshliligi,insonning shaxsiy sifatlari ayniqsa futbolchilarning jismoniy sifatlari va psixologik tayyorgarliklariga bog’liqligi, stresslarga bardoshlilik va stresslarni (intellektual, jismoniy , aqliy , jaroxatlar stresslari xamda emotsional yuklamali stresslar)ni yengib o’tish uchun talab qilinadigan kasbiy faoliyatga va shaxsiy sog’lig’iga va atrofdagilarga ma’nan va jisman zarar yetmaydigan xolda xarakat qila olish, xamda muammoni xal qila olishni tadqiqotlar asosida sinab ko’rish va natijalarini aniqlash borsidagi ishlar amalga oshirilmoqda. Insonnig stresslarga uchrashi –muammolarni xal qila olish qobiliyati,o’zining xislarini (emotsiyasini) yenga olishi ,insonning xarakterini va kayfiyatini bila olish va munosabat bildirish shu asosda xarakat qila olishi qobiliyatini tarbiyalash, shuningdek stresslarga tez yo’liqish- sportchining shaxsiy xarkter sifatlari va bu sifatlardagi nuqsonlar natijasida emotsional yuklar, depretsiyalar, jaroxat stresslarinini va emotsional noxushliklarni yengib o’ta olmaslik futbolchilar faoliyatida ko’p uchraydigan voqeliklardir. Stresslarga bardoshlilik esa –jismonan va biologik sog’lom,noxushliklar (emotsiya)ga bardosh bera oladigan, xayotda faol pozitsiyaga ega bo’lgan musobaqalar davrida o’zini to’g’ri tuta oladigan bo’layotgan voqealar va sharoitlarga to’g’ri baxo bera oladigan.g’azablanish va o’zini psixologik boshqara oladigan insonlar sportchilardir. Futbolchini musobaqaga yuqorida tilga olingan maqsadlar bilan tayyorlash undan yuqori darajali psixik zo’riqishni talab qiladi. Shu sababli futbolchining asab tizimi oldiga, uning jismoniy, psixik

sifatlarini rivojlantirish darajasi oldiga hamda futbolchi shaxsining ma’naviy tomonlariga katta talablar qo’yiladi. Futbolchida psixik zo’riqishni yuzaga keltiruvchi sabablar nimada? Bunday sabablar juda ko’p. Ulardan quyidagilarni alohida ajratib ko’rsatish mumkin: 1.Futbolchining tayyorgarligi. Futbolchi o’z oldida turgan musobaqaga qanchalik yaxshi tayyorgarlik ko’rgan bo’lsa, u o’zini shunchalik ishonchli his qiladi, uning psixik holati ham optimal darajada bo’ladi, yaxshi tayyorgarlik ko’rmagan futbolchida esa buning aksi kuzatiladi. Bunday futbolchi nihoyatda qattiq hayajonlanadi, xavotirga tushadi. 2. Musobaqalashuv tajribasi. Futbolchi turli miqyosdagi musobaqalarda qancha ko’p qatnashgan bo’lsa uning shaxsiga xos ijobiy sifatlar shunchalik yaxshi namoyon bo’ladi. Biroq bunda futbolchining jismoniy, texnik, taktik, nazariy va psixologik tayyorgarligini o’zida mujassam etgan sport tayyorgarligi darajasi ham katta rol o’ynaydi. 3. Musobaqalar miqyosi. Musobaqalarning miqyosi qanchalik baland bo’lsa, futbolchilardagi psixik, zo’riqish ham shunchalik yuqori bo’ladi. CHunki futbolchining musobaqa faoliyati natijalarining shaxsiy va ijtimoiy ahamiyati, uning "g’alabasi" yoki "mag’lubiyati", futbolchi yoki jamoaning, davlatning ijtimoiy maqomi va obro’si oshishiga ta’sir ko’rsatadi. Albatta, zo’riqishning intensivligi futbolchining oldiga qo’ygan vazifalariga ham bog’liqdir. 4. Emotsional holatlarning sur’ati futbolchilarning musobaqa davomidagi motivlari darajasiga bog’liq bo’ladi, bularga qo’yidagilarni kiritish mumkin: - musobaqalarda qo’lga kiritilgan g’alaba orqali, qo’lga kiritilgan sport natijasi orqali o’z shaxsiyatini namoyon qilish motivi; - sport orqali o’zining moddiy ehtiyojlarini qondirish motivi; - sport murabbiysiga yaxshi munosabat, murabbiyning umid va ishonchini oqlash motivi; sportga xos kurashchanlikka intilish, sportga muhabbat motivlari; - o’zini musobaqaviy faoliyatga xos bo’lgan ekstremal sharoitlarda sinab ko’rish motivlari; - musobaqalardan g’alaba quvonchini kutish motivlari; - musobaqalarda yuqori sport natijalariga erishib, mamlakat terma jamoasi tarkibiga kirish motivlari; - sport orqali dunyoni ko’rish orzularini qondirish motivlari; - dunyoviy rekordlarni o’rnatish bilan bog’liq motivlar; - chempion bo’lish, sovrindor bo’lish va hokazo unvonlarga erishish bilan bog’liq motivlar; - futbolchining estetik tuyg’ulari bilan bog’liq motivlar; - futbolchining—vatanparvarlik, mamlakat, jamiyat, jamoa oldidagi burchi va majburiyati tuyg’usi, futbolchilik sha’ni tuyg’usi kabi ma’naviy tuyg’ulari bilan bog’liq motivlar. Motivatsiyalar shaklining xilma-xilligi futbolchining shaxsiy xususiyatlariga ham, shuningdek musobaqa ishtirokchilarining sport natijalarining ijtimoiy ahamiyatiga ham bog’liq bo’lishi mumkin. Sport tayyorgarliklari tizimida musobaqada ishtirok etish motivini shakllantirish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Motivning ijtimoiy ahamiyati qanchalik yuqori bo’lsa, hamda futbolchi tomonidan yaxshi anglab yetilsa, futbolchining yuqori sport natijalarini qo’lga kiritishiga, musobaqalarda g’alabani qo’lga kiritishiga zarur bo’lgan sharoit shunchalik yaxshiroq yaratilgan bo’ladi. 5. Musobaqa ishtirokchilarining tarkibi. o’z kuchiariga ko’ra teng raqiblar musobaqalashganda kurashlar yanada qizg’in tus olib, futbolchilarning emotsional zo’riqishlari yuqori darajaga yetadi. Agar musobaqalashayotgan tomonlarning tayyorgarlik darajalari bir-biridan sezilarli farq qilsa, emotsional zo’riqish ham shu qadar past bo’ladi. 6. Musobaqalarni tashkil etish va jihozlash shart-sharoitlari. Odatda musobaqa yomon tashkil etilsa, hakamlar noto’g’ri ish tutsalar, emotsional zo’riqishning kuchayishi va agressiv, tajovuzkor histuyg’ularning paydo bo’lishi yuz beradi. Bundan tashqari agressiv his-tuyg’ularning paydo bo’lishiga tomoshabinlar sonining, ayniqsa musobaqalashayotgan futbolchilarga nisbatan do’stona munosabatda bo’lmayotgan tomoshabinlar sonining katta bo’lishi ham sabab bo’ladi. 7. Emotsional zo’riqishning kelib chiqishi futbolchi shaxsining individual xususiyatlariga ham bog’liqdir. Bunga quyidagilar kiradi: asab turi, temperament, shaxsning xarakteri, futbolchining irodaviy va ma’naviy rivojlanish darajasi. 8. O’z-o’zini tartibga solish usullarini egallaganligi darajasi. Agar futbolchi o’z-o’zini tartibga solish usullarini egallagan bo’lsa, bu uni turli noxush vaziyatlarda himoya qiluvchi ichki himoya vositasi bo’lib xizmat qiladi. Masalan, stress holati yuzaga kelganda yoki musobaqa jarayonida ko’plab salbiy omillar paydo bo’lganda tezkorlik bilan o’z vaqtida ularni bartaraf eta oladi.

Futbolchi musobaqalashuv faoliyatining eng muhim psixologik xususiyati shundaki, ushbu faoliyat shaxs sifatida uning qaror topishi va shaxsiyatini tarbiyalanishida muhim ahamiyatga egadir. Shu sababli ham sport sohasida shaxsni tarbiyalashda sport musobaqalari zaruriy shart-sharoit hisoblanadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Ababkov V.A., Perre M. Adaptatsiya k stressu. - SPb.: «Rechь», 2010.- 169 s.
  2. Z.G.Gapparov.Sport psixologiyasi.Darslik. T.:Mexridaryo,2011 yil.
  3. Brayt, Djons - Stress. Mifы, teorii, issledovaniya. - SPb.: PRAYM-EVROZNAK, 2003. - 214-219 s.
  4. Satiyev S. K., Azizov S. METODOLOGICAL VALUES FOR DETERMINING THE EMOTIONAL STATE OF FOOBALL PLAYERS //Scientific Bulletin of Namangan State University. – 2019. – Т. 1. – №. 12. – С. 378-384.
  5. Сатиев Ш. К. УПРАВЛЕНИЕ КОНФЛИКТНЫМИ ВЗАИМООТНОШЕНИЯМИ С УЧЕТОМ ХАРАКТЕРОЛОГИЧЕСКИХ ОСОБЕННОСТЕЙ СПОРТСМЕНОВ 16-17 ЛЕТ (НА ПРИМЕРЕ ФУТБОЛИСТОВ АКАДЕМИИ ФУТБОЛА НАМАНГАНА //Research Focus. – 2024. – Т. 3. – №. 9. – С. 149-154.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011495
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/504
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
781–784
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25