INKLYUZIV MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH JARAYONIDA O‘QUVCHILARDA O‘ZINI ANGLASH VA MULOQOT MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH USULLARI
Tojibaeva Asiokhan Alisher kiziNamangan davlat pedagogika instituti Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchi-stajyor2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 779–781
Annotatsiya
Ushbu maqola bo‘lajak o‘qituvchilarda inklyuziv madaniyat ta‘lim va o‘qitishsiyosati hamda amaliyotini o‘rganishadi va bu jarayon yangi xodimlar va o‘quvchilar tomonidan faolqo‘llab-quvvatlanishi talab qiladi.Maktabda inklyuziv madaniyatni shakllantirish xavfsiz, bag‘rikenghamjamiyat yaratishga xizmat qiladi. Bu hamjamiyat hamkorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Boshqa tillarda
ruschaМетоды формирования у студентов самопонимания и коммуникативной культуры в процессе развития инклюзивной культуры.
В этой статье рассматриваются политика и практика инклюзивного образования и подготовки будущих учителей, а также необходимость активной поддержки со стороны новых сотрудников и учащихся. Создание инклюзивной культуры в школах способствует формированию безопасного и толерантного сообщества. Это сообщество поддерживает идеалы сотрудничества.
inglizchaMETHODS OF FORMING STUDENTS‘ SELF-UNDERSTANDING AND COMMUNICATION CULTURE IN THE PROCESS OF DEVELOPING INCLUSIVE CULTURE
This article explores the policy and practice of inclusive education and training for prospective teachers, and the process requires active support from new staff and students. Building an inclusive culture in schools helps create a safe, tolerant community. This community supports the ideals of collaboration.
Kalit so‘zlar
- Inklyuziv ta‘lim
- tarbiya
- korreksiya
- inklyuziv madaniyat
- eksklyuziv
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
INKLYUZIV MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH JARAYONIDA O‘QUVCHILARDA O‘ZINI ANGLASH VA MULOQOT MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH USULLARI
Tojiboyeva Osiyoxon Alisher qizi Namangan davlat pedagogika instituti Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi o’qituvchi-stajyor tojiboyevaosiyo01@gmail.com
Annotatsiya.Ushbu maqola bo’lajak o’qituvchilarda inklyuziv madaniyat ta’lim va o‘qitish siyosati hamda amaliyotini o’rganishadi va bu jarayon yangi xodimlar va o‘quvchilar tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanishi talab qiladi.Maktabda inklyuziv madaniyatni shakllantirish xavfsiz, bag‘rikeng hamjamiyat yaratishga xizmat qiladi. Bu hamjamiyat hamkorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Kalit so‘zlar. Inklyuziv ta’lim,tarbiya, korreksiya, inklyuziv madaniyat, eksklyuziv
METHODS OF DEVELOPING STUDENTS’ SELF-AWARENESS AND COMMUNICATION CULTURE IN THE PROCESS OF FOSTERING INCLUSIVE CULTURE
Tojiboyeva Osiyoxon Alisher qizi Namangan State Pedagogical Institute Department of Creative Pedagogy and Psychology, Trainee Teacher tojiboyevaosiyo01@gmail.com
Abstract. This article examines the policy and practice of inclusive education and training for prospective teachers, and this process requires active support from new staff and students. The formation of an inclusive culture in schools serves to create a safe, tolerant community. This community supports the ideals of cooperation. Keywords. Inclusive education, upbringing, correction, inclusive culture, exclusive
МЕТОДЫ ФОРМИРОВАНИЯ САМОСОЗНАНИЯ И КУЛЬТУРЫ ОБЩЕНИЯ У УЧАЩИХСЯ В ПРОЦЕССЕ РАЗВИТИЯ ИНКЛЮЗИВНОЙ КУЛЬТУРЫ
Наманганский государственный педагогический институт Кафедра креативной педагогики и психологии, преподаватель-стажёр tojiboyevaosiyo01@gmail.com
Аннотация. В данной статье рассматриваются политика и практика инклюзивного образования и подготовки будущих учителей, требующие активной поддержки со стороны новых сотрудников и учащихся. Формирование инклюзивной культуры в школах способствует созданию безопасного и толерантного сообщества. Это сообщество поддерживает идеалы сотрудничества. Ключевые слова: Инклюзивное образование, воспитание, коррекция, инклюзивная культура, эксклюзивный
Kirish Maktablarning ta’limda inklyuziv yondashuvlardan foydalanishga o‘tishi anchayin og‘riqli jarayon bo‘lishi mumkin, chunki maktablar ayrim ijtimoiy ozchilik guruhlariga nisbatan o‘zlarining kamsituvchi harakatlarini tan olishi va qayta ko‘rib chiqishi talab etiladi. Ta’limdagi inklyuziv va eksklyuziv (chetlashtiruvchi) yondashuvlar uchta o‘zaro bog‘liq jihat yoki yo‘nalish doirasida ko‘rib chiqilishi mumkin. Ular maktablarda vaziyatni yaxshilash bo‘yicha eng muhim yo‘nalishlarni aks ettiradi: inklyuziv madaniyatni shakllantirish, inklyuzivsiyosatni rivojlantirish va inklyuziv amaliyotni joriy etish. Bu uch jihatning barchasi maktabda inklyuziv ta’limni rivojlantirish uchun juda muhim hisoblanadi. Maktabda amalga oshiriladigan har qanday islohot va o‘zgarish rejasida ushbu uch yo‘nalishga e’tibor qaratilishi zarur. Shunga qaramay, “inklyuziv madaniyatni shakllantirish” jihati ataylab ushbu uchlikning asosi –poydevori sifatida belgilanadi. Maktab madaniyati – amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zgarishlarning asosi hisoblanadi. Aynan maktabda shakllanadigan inklyuziv madaniyat ta’lim va o‘qitish siyosati hamda amaliyotini o‘zgartiradi va bu jarayon yangi xodimlar va o‘quvchilar tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanishi mumkin. Maktabda inklyuziv madaniyatni shakllantirish xavfsiz, bag‘rikeng hamjamiyat yaratishga xizmat qiladi. Bu hamjamiyat hamkorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlaydi, barcha ishtirokchilarning rivojlanishini rag‘batlantiradi va har bir insonning hissasi umumiy yutuqlarning asosi sifatida qadrlanadigan muhitni yuzaga keltiradi. Bunday maktab madaniyati umumiy inklyuziv qadriyatlarni yaratadi va bu qadriyatlar barcha yangi xodimlar, o‘quvchilar, ma’muriyat hamda ota-onalar/vasiylar tomonidan qabul qilinadi va qo‘llab-quvvatlanadi. Inklyuziv madaniyatda bu tamoyillar va qadriyatlar nafaqat maktab siyosati bo‘yicha qarorlarga, balki har bir sinfda olib boriladigan ta’lim jarayonining har lahzasiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Inklyuziv madaniyat - bu har bir insonning farqliligini qadrlaydigan, hurmat qiladigan va barcha a’zolarni teng ishtirokchi sifatida qamrab oladigan ijtimoiy muhitdir. Natijada, inklyuziv maktabni rivojlantirish doimiy vava uzluksiz jarayonga aylanadi. Inklyuziv madaniyat tamoyillarini o‘zida mujassam etgan inklyuziv ta’lim muhitini rivojlantirishning asosini quyidagi tamoyillar tashkil etadi. a)Inklyuziv muhitga erta jalb etish tamoyili: Bu tamoyil nogironligi bo‘lgan bolada ijtimoiy munosabatga kirishish qobiliyatlarini dastlabki bosqichdayoq shakllantirish – ya’ni abilitatsiya imkoniyatini ta’minlaydi. b)Korreksion yordam ko‘rsatish tamoyili: Nogironligi bo‘lgan bola kompensator imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Muhimi – shu imkoniyatlarni “faollashtirish” va ular asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishdir. Qo‘llab-quvvatlovchi muhit va maxsus pedagogik yordam tashkil etilganda bola, odatda, ijtimoiy muhitga tezda moslasha oladi. c)Ta’limning individual yo‘naltirilganligi tamoyili: Nogironligi bo‘lgan bola o‘zining individual ta’lim imkoniyatlari inobatga olingan holda umumiy o‘quv dasturini o‘zlashtirishi mumkin. Zarurat tug‘ilganda, bolaning imkoniyatlari va xususiyatlaridan kelib chiqib, alohida ta’lim yo‘nalishi (individual ta’lim yo‘li) ishlab chiqiladi. Asosiy qism (Nazariy asos) Inklyuziv madaniyatni shakllantirish uchun lider – rahbar quyidagilarni amalga oshirishi lozim: • Inklyuziv maktab haqidagi tasavvurni ishlab chiqish,unga inklyuziya falsafasi va maqsadlarini kiritish, ularni har qanday imkoniyatda targ‘ib qilish (masalan, maktab nashrlarida, ota-onalar va jamoat vakillari bilan suhbatlarda, shuningdek, keng doirada bo‘lib o‘tadigan norasmiy suhbatlarda);
• Rag‘batlantirish va tan olish tizimini amalga oshirish (rasmiy yoki norasmiy, ommaviy yoki shaxsiy bo‘lsin, lekin har doim inklyuziyani targ‘ib qilayotganlarning hissasini e’tirof etish); • Resurslarni jalb qilish va ularni teng taqsimlashni ta’minlash; • Standart tashkiliy protseduralarni bajarish (maktabda qo‘llaniladigan qoidalar, talablar va tartiblar barcha bolalarning ehtiyojlari, shu jumladan nogironligi bo‘lgan bolalarning alohida ta’limga ehtiyojlari inobatga olingan holda ishlab chiqilishi kerakligini tan olish); • Yaxshilanishlarni kuzatib borish (liderning harakatlari o‘quvchilarning o‘quv ko‘rsatkichlari va ijtimoiy xulq-atvoriga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini namoyish etish); • Inklyuziv jarayonlarga qarshi qarshiliklar va to‘siqlarni yengib o‘tish. Xulosa Yuqoridagi tahlillar asosida xulosa qilish mumkinki, maktabda inklyuziv madaniyatni yaratish va amalga oshirish quyidagilar orqali ta’minlanadi: a) demokratik yondashuvni qo‘llaydigan va aniq qadriyatlarga ega inklyuziv lider; b) maktabning jamiyatdagi o‘rniga keng qarash, oilalar vayaqin atrofdagi jamoat vakillarini birgalikdagi faoliyatga jalb qilish; v) “maktab barchaga” degan umumiy til va qadriyatlar.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar8 ta adabiyot
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 13.10.2020 yildagi PQ-4860-son Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida http://lex.uz//docs/-5044711
- 2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 12.10.2021 yildagi 638-son Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida http://lex.uz//ru/docs/-5679836
- Райимжонова Н. Трансформация формирования ценностных отношений у младших школьников. IFTATX XXI asrda ilm-fan taraqqiyotining asosiy tendensiyalari va xususiyatlari ilmiy- amaliy konferensiyasi, Volume 5, Issue 9, ISSN: 2181-2020, 485-488 c.
- Райимжонова Н. Роль национальных мероприятий в формировании коллективного труда у младших школьников. Международный научный журнал «Научный фокус» № 20 (100), часть 2, декабрь 2024, 147-151
- Qizi, T. O. A. (2024). NUTQI TO’LIQ RIVOJLANMAGAN BOLALARNING DIQQATINI TEKSHIRISH METODIKASI. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, 2(59), 347-350.
- Qizi, T. O. A. (2024). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA DIQQAT XUSUSIYATLARI. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, 2(59), 180-182.
- Maxammadsidiqovna, X. M. (2025). BOLALARDAGI TURLI NUTQ NUQSONLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH USULLARI. SUSTAINABILITY OF EDUCATION, SOCIO- ECONOMIC SCIENCE THEORY, 3(27), 111-115
- Xasanova, M., & Shodmanov, Q. BOLALARDA DIQQAT ETISHMASLIGI VA GIPERAKTIVLIK BUZILISHNI KELTIRIB CHIQARUVCHI SABABLARI, NOMOYON BO'LISHI VA XULQ-ATVOR XUSUSIYATLARI. Научный Фокус, Международный современный научно- практический журнал. № 10 (100) Февраля 2024 г. Часть 1.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011494
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/503
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 779–781
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-12 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-14