AYOLLAR MEHNATINI TASHKIL ETISHNI BOSHQARISH STRATEGIYASI
abiho‘jayeva Dilafro‘z Sabir QiziSambhram universiteti o‘qituvchisi2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 764–766
Annotatsiya
Ushbu maqolada boshqaruv tizimida ayollarning ishtiroki va uni ta‘minlashni davlattomonidan tartibga solishning turli vositalari keltirilib, iqtisodiyotning real talablaridan kelib chiqqan holda,ayollar mehnatini tashkil etish, samarali ish bilan bandligini ta‘minlashning ijtimoiy-iqtisodiymexanizmlarini takomillashtirishga doir tavsiyalar taklif qilingan
Boshqa tillarda
ruschaСТРАТЕГИЯ УПРАВЛЕНИЯ ОРГАНИЗАЦИЕЙ ЖЕНСКОГО ТРУДА
В данной статье представлены различные средства регулирования участия женщин в системе управления и обеспечения его государством, а также, исходя из реальных потребностей экономики, предложены рекомендации по совершенствованию социально-экономических механизмов организации женского труда и обеспечения его эффективного использования.
inglizchaSTRATEGY FOR MANAGING THE ORGANIZATION OF WOMEN‘S LABOR
This article presents various means of regulating the participation of women in the management system and ensuring it by the state, and, based on the real requirements of the economy, proposes recommendations for improving socio-economic mechanisms for organizing women‘s labor and ensuring their effective employment.
Kalit so‘zlar
- boshqaruvda ayollarning ishtiroki
- ish bilan bandlik
- gender tengligi
- ishchi kuchiga talab va taklif
- ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlar
- ayollar ish bilan bandligini tashkil etish strategiyasi
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
8. Yo‘ldoshev M. “Hududiy turizmni rivojlantirishda strategik boshqaruv”. – Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2021.
AYOLLAR MEHNATINI TASHKIL ETISHNI BOSHQARISH STRATEGIYASI
Nabixo‘jayeva Dilafro‘z Sobir Qizi Sambhram universiteti o‘qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshqaruv tizimida ayollarning ishtiroki va uni ta’minlashni davlat tomonidan tartibga solishning turli vositalari keltirilib, iqtisodiyotning real talablaridan kelib chiqqan holda, ayollar mehnatini tashkil etish, samarali ish bilan bandligini ta’minlashning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishga doir tavsiyalar taklif qilingan. Kalit so‘zlar: boshqaruvda ayollarning ishtiroki, ish bilan bandligi, gender tengligi, ishchi kuchiga talab va taklif, ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlar,ayollar ish bilan bandligini tashkil etish strategiyasi.
СТРАТЕГИЯ УПРАВЛЕНИЯ ОРГАНИЗАЦИЕЙ ТРУДА ЖЕНЩИН
Набиходжаеву Дилафруз Собир Кизи Преподавател Университета Самбрама
Аннотатсия: В данной стате приведены различные способы государственного регулирования участия женщин в системе управления и его обеспечения, исходя из реалных потребностей экономики, предложены рекомендатсии по совершенствованию сотсиално-экономических механизмов организатсии женского труда и эффективной занятости. Ключевые слова: участие женщин в управлении, занятост, гендерное равенство, спрос и предложение рабочей силы, сотсиално-экономические механизмы, стратегия организатсии женской занятости.
STRATEGY FOR MANAGING THE ORGANIZATION OF WOMEN'S LABOR
Nabikhodzhaeva Dilafruz Sobir Qizi Teacher at Sambhram University
Abstract: In this article, various means of state regulation of women's participation in the management system and its provision are given, based on the real demands of the economy, recommendations are offered to improve the socio-economic mechanisms of women's labor organization and effective employment. Key words: women's participation in management, employment, gender equality, demand and supply of labor force, socio-economic mechanisms, strategy for organizing women's employment.
Jahonning rivojlangan mamlakatlarida axborot texnologiyalari va robotatexnika tobora rivojlanib borayotgan 4,0 sanoat inqilobi davrida aholisning bandligi, jumladan, ayollarning ish bilan bandligi borasidagi tizimli vazifalarni tadqiq qilish muhim dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasida ham keyingi yillarda olib borilayotgan islohotlarda xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorligini qo‘llabquvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish, bu borada gender tenglikni ta’minlash siyosatini davom ettirish, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash va ularning farovonlik darajasini oshirish singari vazifalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, 2017 yilda boshqaruv sohasida xotin-qizlar o‘rtacha 20 foizni tashkil etgan bo‘lsa, hozirda bu raqam 35 foizga еtdi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 38 foizini, Senat a’zolarining 27 foizini ayollar tashkil etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ta’kidlaganidek, “Ayollarning davlat boshqaruvi va parlament faoliyatidagi ishtiroki kuchaygani jamiyatimiz rivojiga ham ijobiy ta’sir etayotganini hayotning o‘zi
ko‘rsatmoqda. Eng muhimi, aql-zakovatli, bilimli va iste’dodli xotin-qizlarimiz davlat va jamiyatning barcha sohalarida namuna bo‘lishmoqda” [1]. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga muljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan taraqqiyot strategisining 69-maqsadi: “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash” vazifasi belgilangan bo‘lib, quyidagilarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan [2]: Jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotinqizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash. Gender tenglikni ta’minlash siyosatini davom ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga doir islohotlarni amalga oshirish. Xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish. Hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ta’minlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish. Turar joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash, turmush va mehnat sharoitlarini yaxshilash, daromadlarini ko‘paytirish borasida tizimli chora-tadbirlarni belgilash. Og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko‘rsatish, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash. “Ayollar daftari” bilan manzilli ishlash, mutasaddi tashkilotlar tomonidan xotin-qizlarning muammolari o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish”. Mazkur mexanizmlarning iqtisodiy vositalarini ta’minlash, mavjud muammolarni hal qilish mazkur ishning dolzarbligini belgilab beradi va ushbu masalaga alohida e’tibor qaratilganligi va muammoning ijobiy hal etilganligi uning qiymatini belgilab beradi. Hozirgi kunda mamlakatimiz aholisining qariyb 50 foizini tashkil etadigan ayollar ijtimoiyma’naviy, siyosiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalarida xususan, davlat boshqaruvi va vakillik organlarida, ishlab chiqarish, tadbirkorlik, fermerlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ma’rifat, madaniyat va boshqa ijtimoiy sohalarda samarali mehnat qilmoqda. Ular orasida 514 nafar fan doktori, 6 nafar akademik, 15 nafar O‘zbekiston Qahramoni, 17 nafar senator, 15 nafar Qonunchilik palatasi deputati borligi, shuningdek, mahalliy Kengashlar deputatlarining 23 foizidan ziyodini hamda ilm-fan, ta’lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at sohalarida mehnat qilayotganlarning 72 foizini aynan ayollar tashkil etayotganligini alohida ahamiyatga ega [3]. Bizningcha gender tengsizligi ayollarning ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish imkoniyati cheklanganligi, haq to‘lanmaydigan va norasmiy mehnatning tengsiz yuki, qarorlar qabul qilish va rahbarlik jarayonlarida cheklanganlik holati hamon kuzatilmoqda. Bu esa xotin-qizlarning boshqaruvdagi keng ishtiroki, inson kapitalining pasayishida, еtakchi sohalarga intilishi va qo‘shgan hissalari keng e’tirof etilmay qolishiga sabab bo‘ladi. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish bevosita ayollar mehnatini tashkil etishning xalqaro reytinglarda ayollar mehnatini ifodalovchi ko‘rsatkich va indikatorlarni amaliyotda qo‘llash, tadbirkorlik va boshqaruv sohalaridagi ishtirokini kengaytirish va ularning inson omilini takomillashtirishni talab qiladi. Ayolarning boshqaruvdagi va mehnat faoliyatidagi gender xususiyatlariga e’tibor qaratib, uni intellektuallashtirish masalalariga e’tibor qaratish lozim, ular mehnatini tashkil etishning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlariga ham tashkiliy, ham ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yondashish lozim (1-jadval).
Ayollar mehnatini tashkil etishning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlari Tashkiliy mexanizmlar Ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlar Boshqaruv sohasida milliy qonunchilik doirasida Xotin-qizlarni siyosiy, davlat faoliyati va xotin-qizlar mehnatining xalqaro standartlarga boshqaruv organlaridagi ishtirok etishga muvofiqligini ta’minlash tayyorlashni tashkil etish Xotin-qizlarni siyosiy, davlat faoliyati, Gender tengligini ta’minlovchi Xalqaro Mehnat boshqaruvdagi ishtirok etishga tayyorlashning tashkilotining konvensiyalarini mamlakatimizda tizimli ta’minlanishiga erishish ratifikatsiya qilinishini ta’minlash.
Davlat, nodavlat korxonalarida mehnat qilayotgan Xotin-qizlarning moslashuvchan, masofaviy, ish ayollarning kadrlar zahirasini shakllantirish, rahbar beruvchilarning talablariga binoan ish bilan ayollarni har tomonlama iqtisodiy, tashkiliy ta’minlanishlarini rag‘batlantirish tizimini ishlab jihatdan qo‘llab-quvvatlash chiqish Siyosat, ilm-fan, tadbirkorlik va boshqaruv Ayollarga nisbatan har qanday ko‘rinishdagi sohasida ayollarning ijobiy qiyofasini kamsitishlarni barham toptirish bo‘yicha chorashakllantirish choralarini ko‘rish tadbirlarni belgilash 1- jadval. Ayollar mehnatini tashkil etishning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlari “Innovatsion iqtisodiyotda ayollar mehnatini tashkil etishga yangicha yondashuvlar zarurligi, ularning mehnat mazmuni va xarakteri o‘zgarishi, mehnatning intellektuallashishi, faoliyatida ijodiy, tashkilotchi va boshqaruvchi funksiyalari ko‘payishi ularning shaxs sifatida shakllanishi bilan asoslandi” [4]. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-81 sonli farmonida xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish yuzasidan bir qator mexanizmlar aniq belgilangan. Mazkur farmon 2022–2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dastur, 2022-2023 yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi, mehnat resurslari zich bo‘lgan qishloq joylarining reestriga kiritilgan hududlardagi xotin-qizlar bandligini ta’minlagan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ko‘chmas mulk ijaraga olinganda beriladigan imtiyozlar ro‘yxati tasdiqlandi. Ayollar mehnatini tashkil etishning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlarini amalga oshirishda ayollar mehnatini tashkil etish va jamiyatda teng huquqlilikni ta’minlash, tegishli moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, amalga oshirish muddatlari, aniq ijrochilar va amalga oshirilayotgan tadbirlar bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha davlat va hududiy mexanizmlarning barcha aloqalarini muvofiqlashtirish lozim. Bizningcha, ayollar mehnatini boshqarish mexanizmlari barcha ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni rivojlantirish strategiyasiga ham muvofiq bo‘lishi kerak. Ular kasblar, ish bilan bandlik turlari va shakllariga talab, tizimli ishsizlik darajasini belgilaydi, shuningdek, to‘plangan inson kapitali, ayollarning innovatsiyalarga tayyorligi bilan belgilanadi. Bizning fikrimizcha, ayollarning boshqaruvdagi ishtiroki ularning ish bilan bandligini ta’minlash, o‘zaro bog‘liq boshqaruv funksiyalarini, jumladan, rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, motivatsiya va nazorat kabilarni amalga oshirish orqali samarali tashkil qilinishiga bog‘liq. Foydalangan adabiyotlar ro‘yxati: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zladi.2025 yil 7 mart. Lex.uz. 2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga muljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-60 Farmoni.https://lex.uz/docs/5841063 3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga sharh. 4.http://www.oecd.org.; http://www.intracen.org. ma’lumotlariga asosan. 5.Irmatova A. Innovatsion iqtisodiyotda ayollar mehnatini tashkil etish metodologiyasini takomillashtirish. I.f.d.Dissertvatsiyasi avtoreferati. Toshkent. 2021. – 24 B.
THE ROLE , APPLICATION AND USE OF PEDOGOGICAL METHODS OF PEDOGOGY DURING THE PASSAGE OF CLASSES IN MEDICAL UNIVERSITIES.
Tojiyev Asadbek Nizomjon o’g’li Students of the Faculty of treatment work of Samarkand State Medical University Scientific leader- Yo'ldosheva Gulsara Bahridinovna Assistant of Samarkand State Medical University. Emaail:gulsarayuldasheva22@gmail.com
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar7 ta adabiyot
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zladi.2025 yil 7 mart. Lex.uz.
- 2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga muljallangan Yangi
- O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-60 Farmoni.https://lex.uz/docs/5841063
- 3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga
- 4.http://www.oecd.org.; http://www.intracen.org. ma’lumotlariga asosan.
- 5.Irmatova A. Innovatsion iqtisodiyotda ayollar mehnatini tashkil etish metodologiyasini takomillashtirish.
- I.f.d.Dissertvatsiyasi avtoreferati. Toshkent. 2021. – 24 B.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011490
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/499
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 764–766
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-12 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25