JIZZAX VILOYATI TURISTIK SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI MARKETING STRATEGIYALARINING AHAMIYATI
Akilova Iroda Bakhodir kiziSambhram universiteti magistranti2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 762–764
Annotatsiya
Mazkur tezisda Jizzax viloyati turistik salohiyatini rivojlantirishda raqamli marketingstrategiyalarining roli yoritiladi. Hududning ekoturistik yo‘nalishlari (Zomin milliy bog‘i, Forish tog‘lari,O‘smat dam olish maskani, Zomin sanatoriysi), tarixiy ob‘ektlari va rekreatsion resurslarini targ‘ib qilishdaraqamli platformalar, ijtimoiy tarmoqlar, SEO, SMM, kontent marketingi va onlayn bron tizimlariningqo‘llanilishi tahlil qilinadi
Boshqa tillarda
ruschaВажность стратегий цифрового маркетинга в развитии туристического потенциала региона Джизак.
В данной диссертации рассматривается роль стратегий цифрового маркетинга в развитии туристического потенциала Джизакского региона. Анализируется использование цифровых платформ, социальных сетей, SEO, SMM, контент-маркетинга и онлайн-систем бронирования для продвижения экотуристических направлений региона (Национальный парк Зомин, горы Фориш, курорт Осмат, санаторий Зомин), исторических мест и рекреационных ресурсов.
inglizchaTHE IMPORTANCE OF DIGITAL MARKETING STRATEGIES IN DEVELOPING THE TOURISM CAPACITY OF JIZAKH REGION
This thesis examines the role of digital marketing strategies in developing the tourism potential of Jizzakh region. It analyzes the use of digital platforms, social networks, SEO, SMM, content marketing, and online booking systems in promoting the region‘s ecotourism destinations (Zomin National Park, Forish Mountains, Osmat Resort, Zomin Sanatorium), historical sites, and recreational resources.
Kalit so‘zlar
- raqamli marketing
- turizm
- Jizzax viloyati
- SMM
- SEO
- hudud marketingi
- turistik salohiyat
- raqamli reklama
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
JIZZAX VILOYATI TURISTIK SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHDА RAQAMLI MARKETING STRATEGIYALARINING AHAMIYATI
Oqilova Iroda Baxodir qizi Sambhram universiteti magistranti
Annotatsiya: Mazkur tezisda Jizzax viloyati turistik salohiyatini rivojlantirishda raqamli marketing strategiyalarining roli yoritiladi. Hududning ekoturistik yo‘nalishlari (Zomin milliy bog‘i, Forish tog‘lari, O‘smat dam olish maskani, Zomin sanatoriysi), tarixiy ob’ektlari va rekreatsion resurslarini targ‘ib qilishda raqamli platformalar, ijtimoiy tarmoqlar, SEO, SMM, kontent marketingi va onlayn bron tizimlarining qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: raqamli marketing, turizm, Jizzax viloyati, SMM, SEO, hudud marketingi, turistik salohiyat, raqamli reklama.
ЗНАЧЕНИЕ СТРАТЕГИЙ ЦИФРОВОГО МАРКЕТИНГА В РАЗВИТИИ ТУРИСТИЧЕСКОГО ПОТЕНЦИАЛА ДЖИЗАКСКОЙ ОБЛАСТИ
Окилову Ироду Баходир кизи Магистрант Университета Самбрам
Аннотация: В данном тезисе освещается роль стратегий цифрового маркетинга в развитии туристического потенциала Джизакской области. Проанализировано использование цифровых платформ, социальных сетей, SEO, SMM, контент-маркетинга и систем онлайн-бронирования в продвижении экотуристических направлений региона (Зааминский национальный парк, горы Фориш, курорт Усмат, санаторий Заамин), исторических объектов и рекреационных ресурсов. Ключевые слова: цифровой маркетинг, туризм, Джизакская область, SMM, SEO, маркетинг региона, туристический потенциал, цифровая реклама.
THE SIGNIFICANCE OF DIGITAL MARKETING STRATEGIES IN THE DEVELOPMENT OF THE TOURIST POTENTIAL OF THE JIZZAKH REGION
Okilova Iroda Bakhodir kizi Master's student at Sambram University
Abstract: This thesis highlights the role of digital marketing strategies in the development of the tourism potential of the Jizzakh region. The use of digital platforms, social networks, SEO, SMM, content marketing, and online booking systems in promoting the region's ecotourism destinations (Zaamin National Park, Forish Mountains, Usmat Resort, Zaamin Sanatorium), historical sites, and recreational resources was analyzed. Keywords: digital marketing, tourism, Jizzakh region, SMM, SEO, marketing of the region, tourism potential, digital advertising.
Jizzax viloyati O‘zbekistonning markaziy hududlaridan biri bo‘lib, o‘zining tabiiy boyliklari, tarixiy yodgorliklari, shifobaxsh maskanlari va ekologik turizm imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Viloyat hududida Zomin milliy bog‘i, Forish tog‘lari, O‘smat etnoturizm zonalari, Sarmishsoy petrogliflari, shuningdek ko‘plab madaniy-tarixiy obidalar mavjud. So‘nggi yillarda turizmni rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangani sababli, Jizzax viloyati turizm sektorini targ‘ib qilishda raqamli marketing strategiyalarining roli keskin oshib bormoqda.
Bugungi zamonda turistlarning katta qismi sayohat yo‘nalishlarini Internet orqali izlaydi, taqqoslaydi va bron qiladi. Shuning uchun hududning turistik salohiyatini rivojlantirishda raqamli platformalar, onlayn reklama, ijtimoiy tarmoqlar va smart-technologiyalarning qo‘llanilishi muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”da turizmni innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirish, marketing tizimini kuchaytirish va hududlarning turistik salohiyatini keng targ‘ib qilish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan [1]. Jizzax viloyati tabiiy-iqlim resurslari, ekologik turizm uchun qulay hududlari va tarixiy ob’ektlari bilan turizm salohiyati yuqori hududlardan biri hisoblanadi. Mazkur salohiyatni samarali namoyon qilishda raqamli marketing strategiyalari muhim o‘rin tutadi. Raqamli marketing — turistik xizmatlarni internet, mobil ilovalar, ijtimoiy tarmoqlar, onlayn bron qilish tizimlari va raqamli reklama vositalari orqali targ‘ib qilish jarayonidir [2]. Bu yondashuv an’anaviy marketingdan farqli ravishda tezkor, interaktiv va auditoriyani aniq segmentlash imkoniyatiga ega. Jizzax viloyatida ayniqsa Zomin milliy bog‘i, O‘smat dam olish maskani va Forish tog‘tizmasi bo‘yicha raqamli kontent (foto, video, virtual tur, dron tasvirlari) yaratish turistlar qiziqishini sezilarli darajada oshirmoqda. Zomin milliy bog‘i O‘zbekistonning eng yirik ekoturizm hududlaridan biri sifatida marketing kampaniyalarida asosiy brend obyekt bo‘lib xizmat qilmoqda. A.Hasanovning “Turizm industriyasi menejmenti” nomli ilmiy ishida ta’kidlanishicha, ekoturizmni targ‘ib qilishda raqamli media vositalari, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqot samaradorligi an’anaviy reklama vositalaridan bir necha baravar yuqori natija beradi [3]. Jizzax viloyati turistik ob’ektlarini raqamli bozorga olib chiqishda SEO (qidiruv tizimlarini optimallashtirish) muhim ahamiyat kasb etadi. “Zomin tog‘lari turpaket”, “Forish ekoturizm”, “Jizzax dam olish maskanlari” kabi kalit so‘zlar bo‘yicha onlayn qidiruv natijalarini yuqori o‘ringa olib chiqish turistlarning axborotga bo‘lgan kirishini yengillashtiradi [4]. Shuningdek, SMM (ijtimoiy tarmoqlar marketingi) orqali hududning turistik brendini shakllantirish jarayoni samaradorligi kuchayadi. O‘zbekiston Milliy PR Assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda turizm mahsulotlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ib qilish samaradorligi 35–40 % gacha, turistlar oqimini oshirish ko‘rsatkichi esa 20–25 % gacha formlar ko‘rsatgan [5]. Jizzax viloyatida ham aynan raqamli platformalar orqali targ‘ib qilish kampaniyalarini kuchaytirish orqali turistlar sonini sezilarli oshirish imkoniyatlari mavjud. Mahalliy tadqiqotchi M.Yo‘ldoshevning fikriga ko‘ra, hududiy turizmni rivojlantirishda hudud marketingi, brending va vizual identifikatsiya (logo, brend-stil)ni yaratish turistlarning hudud haqidagi tasavvurida barqaror obraz shakllanishiga yordam beradi [6]. Jizzaxni “Ekoturizm markazi” sifatida pozitsiyalash, “Zomin – O‘zbekiston Shveysariyasi” kabi brend sloganlardan foydalanish raqamli reklamada yuqori samara beradi. Onlayn booking tizimlarining joriy etilishi Jizzax turistik xizmatlar ko‘rsatish sohasining raqobatbardoshligini oshiradi. Bron qilish jarayonini avtomatlashtirish, to‘lov tizimlarini integratsiya qilish, mijozlar sharhlarini ko‘rsatish turistlarning qaror qabul qilishda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu holat turizm xizmatlari bozorida shaffoflikni oshirishga xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda, Jizzax viloyati turistik salohiyatini rivojlantirishda raqamli marketing strategiyalarini keng qo‘llash hududning global va mahalliy bozorda ko‘rinuvchanligini kuchaytiradi, turistlar oqimini barqaror oshiradi, xizmatlar sifatini yaxshilaydi va iqtisodiy faollikni rag‘batlantiradi. Raqamli marketing texnologiyalari hudud turizmining yangi bosqichga ko‘tarilishida asosiy omillardan biri bo‘lib qolmoqda.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar8 ta adabiyot
- “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi – 2022–2026”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni.
- Abduqodirov A.A. “Marketing asoslari”. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2021.
- Hasanov A. “Turizm industriyasi menejmenti”. – Toshkent: Turon-Iqbol, 2020.
- Qo‘ziev M., Rashidov S. “Raqamli iqtisodiyot va marketing”. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2022.
- O‘zbekiston Milliy PR Assotsiatsiyasi. “Digital Marketing O‘zbekiston – yillik tahliliy sharh”, 2023.
- O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA MUSIQA SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISHDA MULTIMODAL YONDASHUVNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI. TA’LIM VA TARAQQIYOT, 4(4), 380-388.
- R.A.Tursunov. (2025). IJTIMOIY ONG VA MA’NAVIYAT UYGʻUNLIGINING IJTIMOIY MUHITGA TA’SIRI. ZAMONAVIY FAN: INNOVATSION YONDASHUVLAR VA YOSH TADQIQOTCHILARNING DOLZARB IZLANISHLARI, 1(1), 16-19.
- Yo‘ldoshev M. “Hududiy turizmni rivojlantirishda strategik boshqaruv”. – Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2021.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011489
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/498
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 762–764
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25