Asosiy mazmunga o‘tish

IQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA CHO‘L-VOHA EKOSISTEMASI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

Negmatov S.Q, Sayitmurodova S.S.Navoiy davlat universiteti https://ror.org/04q8yne122025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 747–750

Annotatsiya

Mazkur maqolada iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tadbirlar va uning ta‘sirida yuzagakeladigan cho‘llanish jarayoni, ekologik muammolarning ilmiy yechimi va innovatsion yondashuvlarahamiyati tahlil qilinadi

Boshqa tillarda

ruschaЭКОСИСТЕМА ПУСТЫННОГО ОАЗИСА В УСЛОВИЯХ ИЗМЕНЕНИЯ КЛИМАТА: ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ

В данной статье анализируется важность мер, связанных с изменением климата, и процесса опустынивания, происходящего под его влиянием, научных решений экологических проблем и инновационных подходов.

inglizchaDESERT-OASIS ECOSYSTEM IN CLIMATE CHANGE: PROBLEMS AND SOLUTIONS

This article analyzes the importance of climate change-related measures and the desertification process that occurs under its influence, scientific solutions to environmental problems, and innovative approaches.

Kalit so‘zlar

  • global isish
  • iqlim o‘zgarishi
  • energiyani tejash
  • cho‘llanish
  • "Saxel fojeasi"
  • irrigatsion cho‘llashuv
  • sug‘orma dehqonchilik
  • ekologik ta‘lim

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

IQLIM OʻZGARISHI SHAROITIDA CHOʻL-VOHA EKOSISTEMASI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

Negmatov S.Q. Navoiy davlat universiteti Tabiiy fanlar va tibbiyot fakulteti Geografiya kafedrasi oʻqituvchisi. Sayitmurodova S.S. Navoiy davlat universiteti Tabiiy fanlar va tibbiyot fakulteti Geografiya taʼlim yoʻnalishi 2-kurs talabasi

Annotatsiya: Mazkur maqolada iqlim o`zgarishi bilan bog`liq tadbirlar va uning ta’sirida yuzaga keladigan cho`llanish jarayoni, ekologik muammolarning ilmiy yechimi va innovatsion yondashuvlar ahamiyati tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Global isish, iqlim o`zgarishi, energiyani tejash, choʻllanish, “Saxel fojeasi”, irrigatsion cho`llashuv, sug`orma dehqonchilik, ekologik ta’lim.

DESERT OASIS ECOSYSTEM IN CLIMATE CHANGE: PROBLEMS AND SOLUTIONS

Negmatov S.Q. Navoi State University Teacher of the Department of Geography, Faculty of Natural Sciences and medicine Sayitmurodova S.S. Navoi State University Faculty of Natural Sciences and medicine Geography education course 2nd year student

Annotation: this article analyzes the activities related to climate change and the desertification process that occurs under its influence, the scientific solution of environmental problems and the importance of innovative approaches. Key words: Global warming, climate change, energy conservation, desertification, “Saxel tragedy”, irrigated desertification, irrigation farming, environmental education.

ЭКОСИСТЕМА ПУСТЫНИ-ОАЗИСА В УСЛОВИЯХ ИЗМЕНЕНИЯ КЛИМАТА: ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ

Негматов С.К. Навоийский государственный университет

Преподаватель кафедры географии факультета естественных наук и медицины. Сайитмуродова С.С. Навоийский государственный университет Факультет естественных наук и медицины Студент 2 курса образовательного направления география

Аннотация: В этой статье будет проанализирована деятельность, связанная с изменением климата, и процесс опустынивания, вызванный им, а также важность научного решения экологических проблем и инновационных подходов. Ключевые слова: глобальное потепление, изменение климата, энергосбережение, опустынивание, “Сахелская трагедия”, ирригационное опустынивание, ирригационное земледелие, экологическое образование.

Iqlim oʻzgarishi (shuningdek, global isish) – butun dunyodagi oʻrtacha haroratning davomli oʻsishi va uning Yer iqlimiga oʻtkazadigan taʼsiri. Global haroratning hozirgi davrdagi koʻtarilishi inson faoliyati, xususan, sanoat inqilobidan beri qazib olinayotgan yoqilgʻining yoqilishi bilan bogʻliq. Qazib olingan yoqilgʻidan foydalanish, oʻrmonlarni kesish va baʼzi qishloq xoʻjaligi va sanoat amaliyotlari iqlim oʻzgarishiga sabab boʻluvchi issiqxona gazlarini chiqaradi. Global isishda asosiy rol oʻynayotgan issiqxona gazi boʻlmish karbonat angidrid millionlab yillar davomida kuzatilmagan darajada, taxminan, 50%ga oʻsdi. Iqlim oʻzgarishi atrof-muhitga tobora katta taʼsir koʻrsatmoqda. Xususan, choʻllar kengaymoqda, issiq toʻlqinlar va oʻrmon yongʻinlari keng tarqalmoqda. Arktikadagi havo haroratining koʻtarilishi abadiy muzliklarning erishiga sabab boʻldi. Yuqori haroratlar kuchli boʻronlar, qurgʻoqchilik va boshqa ob-havo sharoitlariga ham sabab boʻlmoqda. Togʻlar, marjon riflari va Arktikadagi tez atrof-muhit oʻzgarishi koʻplab turlarni boshqa joyga koʻchishga yoki yoʻq boʻlib ketishga majbur qilmoqda. Kelajakda iqlim oʻzgarishini minimallashtirishga qaratilgan harakatlar muvaffaqiyatli amalga oshirilsa-da, baʼzi taʼsirlar, masalan, okeanning isishi, okeanning kislotalanishi va dengiz sathining koʻtarilishi asrlab davom etadi. Iqlim oʻzgarishi odamlarga suv toshqini, haddan tashqari issiqlik, oziq-ovqat va suv tanqisligining kuchayishi, turli xil kasalliklar va iqtisodiy yoʻqotishlar bilan tahdid qilmoqda. Iqlim oʻzgarishiga inson migratsiyasi va mojarolar ham taʼsir oʻtkazmoqda. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti iqlim oʻzgarishini XXI-asrda global sogʻliq uchun eng katta tahdidlardan biri deb atadi. Toshqinga qarshi choralar koʻrish, qurgʻoqchilikka chidamli ekinlar ekish kabi saʼy-harakatlar orqali iqlim oʻzgarishiga moslashish iqlim oʻzgarishi xavfini qisman kamaytiradi. Kambagʻal hudud aholisi garchi iqlim oʻzgarishiga eng kam taʼsir oʻtkazayotgan boʻlsa-da, eng koʻp zarar koʻrmoqda[1]. Iqlim oʻzgarishi oqibatlariga misollar: issiqlik va qurgʻoqchilik tufayli kuchaygan oʻrmon yongʻinlari, dengizdagi issiq toʻlqinlar tufayli marjonlarning oqarishi va suv taqchilligi natijasida yuzaga kelgan qurgʻoqchilik. XXI-asrning birinchi oʻn yilliklarida iqlim oʻzgarishining koʻplab oqibatlari yuzaga keldi: muntazam kuzatuv boshlangan 1850-yil bilan solishtirganda, 2023-yilda issiqlikning rekord darajada koʻtarilishi (+1,48 °C) yuzaga keldi. Bu kabi issiqlikning koʻtarilishi ayni damdagi holatni yanada isib ketishiga hissa qoʻshishi, hatto Grenlandiya muz qatlamining erishi kabi katta oʻzgarishga sabab boʻlishi mumkin. 2015-yilgi Parij kelishuvida davlatlar global isishni “2°C dan past“ ushlab turishga kelishib olgan boʻlsa-da, vaziyat hozirgi holatdan oʻzgarmay davom etsa, asr oxirida global isish 2,8°C ga yetadi. Global isishni 1,5°C gacha tushirish uchun davlatlar 2030-yilgacha chiqarayotgan gazlarini ikki baravar kamaytirishi va 2050-yilga kelib esa turli xil gazlarni chiqarishni butunlay toʻxtatishi kerak[3]. Energiyani tejash va uglerod ifloslanishini keltirib chiqarmaydigan energiya manbalariga oʻtish orqali qazib olinadigan yoqilgʻidan foydalanishni bosqichma-bosqich toʻxtatish mumkin. Bu kabi energiya manbalariga shamol, quyosh, suv va atom energiyasi kiradi. Ushbu energiya manbalari transport, binolarni isitish va sanoat jarayonlarida qazilma yoqilgʻi oʻrnini bosishi mumkin. Uglerod miqdorini atmosferada ham kamaytirish mumkin. Bu uchun oʻrmon maydonlarini kengaytirish va tuproqdagi uglerodni ushlash usullari bilan dehqonchilik qilish kerak. Global iqlim o‘zgarishi va mamlakat tabiiy-resurs kompleksining ana shu o‘zgarishlarga ta’sirchanligi izchil iqlimiy siyosatni shakllantirish zaruriyatini belgilaydi. BMTning “Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi Doiraviy konvensiyasi (BMT IO‘DK)” iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro harakatlarning asosi bo‘lib, atmosferadagi issiqxona gazlari konsentratsiyasini iqlimiy tizimga xavfli antropogen ta’sir ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymaydigan darajada barqarorlashtirishga qaratilgan. O‘zbekiston BMT IO‘DKga 1993 yilda qo‘shildi[2].

O‘zbekistonda BMT IO‘DKni amalga oshirish bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi zimmasiga yuklatilgan. O‘zbekiston 1999 yilda rivojlangan mamlakatlarga issiqxona gazlari ajratmalarini qisqartirish yoki barqarorlashtirish majburiyatlarini yuklovchi xalqaro bitim – Kioto protokolini ratifikatsiya qildi. Kuchayib borayotgan iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq global tahdidlarga kompleks javobni mustahkamlash maqsadida, BMT IO‘DKning Kioto protokoli o‘rniga 2015 yil dekabrda Parij bitimi qabul qilindi, u 2020 yilda kuchga kirdi. 2017 yil 19 aprelda O‘zbekiston Parij bitimini imzoladi, 2018 yil 2 noyabrda ratifikatsiya qildi. O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-491-son “Parij bitimini ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 2018 yil 2 oktabrda qabul qilindi. Bitim O‘zbekiston uchun 2018 yil 9 dekabrda kuchga kirdi. Parij bitimining maqsadi - IO‘DK amalga oshirilishini faollashtirish, global o‘rtacha haroratning industriallashtirishgacha (1750 y.) bo‘lgan darajaga nisbatan 2°C ga saqlab turish hamda haroratning 1,5°C gacha o‘sishini cheklashga harakat qilishdan iborat, bu 2050 yilga kelib iqlim o‘zgarishi global ajratmalarini 40-70%ga kamaytirishni va 2100 yilga kelib uning 0°C yoki manfiy ko‘rsatkichga yetkazishni talab etadi. Parij bitimini imzolashning zaruriy sharti – mamlakatning 2030 yilga qadar erishmoqchi bo‘lgan issiqxona gazlari tashlamalarini kamaytirishga oid “Mo‘ljallanayotgan milliy miqyosda belgilanadigan hissa (MMBH)ni tayyorlash” va BMT IO‘DK kotibiyatiga taqdim etish. Milliy miqyosda belgilanadigan hissa (MBH) Parij bitimining global maqsadlariga hissa qo‘shish uchun milliy harakatlarni amalga oshirishni asosiy mexanizmidir. Parij bitimi bo‘yicha O‘zbekistonning asosiy majburiyati - 2030 yilga qadar issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan solishtirma ajratmalarini 2010 yildagi darajadan 10%ga qisqartirish. Olimlarning fikricha, o’rmonlarning beayov kesilishi va sug’orish ishlarining to’g’ri yo’lga qo’yilmaganligi, iqlimning o’zgarishi bilan cho’llanish ya’ni yerlarning yaroqsiz holda sodir bo’layapti. O’zbekistonda ham sug’oriladigan yer maydonlari yildan-yilga qisqarib bormoqda. Orolning qurigan hududidan tuz va boshqa mineral moddalarning shamol orqali tarqalishi va suv taqchilligi oqibatida cho’llanish jarayoni ortib bormoqda. O’zbekistonda hozirgi kunda ortib borayotgan hududlar bular: Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Sirdaryo, Buxoro, Jizzax hamda Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida cho’llanish darajasi yuqoridir. Ma’lumki, O’zbekistonda foydalaniladigan yer resurslarining 9,7% sug’oriladigan yerlar, 1,7% lalimikor, 3,2% o’rmonlar, 50,1% tabiiy yaylovlar, 35,3%i ishlatilmaydigan boshqa yerlarni tashkil qiladi[4]. Cho’llanish jarayonida eng katta ta’sir etuvchi omillar: yaylov inqirozining 44% chorva mollarining hisobiga haddan tashqari ko’p boqilishi, 25% butalarning chopilishi orqali ro’y berayotir. Qolgan omillar (qurg’oqchilik, shamol eroziyasi, sanoat-qurilish ishlari, iqlim o’zgarishlari, antropogen omillar, kimyoviy moddalar, gidrometereologik-geografik omillar) lar inqirozga olib keladigan sababiyatining 1/3 uchdan bir qismini tashkil etadi. Shu tariqa cho’llanish jarayoni tobora jadallashib bormoqda. O’zbekistonda hududning 70% dan ortig’i 2/3 cho’l va chalacho’l mintaqasida joylashganligi sababli hamda sug’oriladigan yerlarga sho’rlanish, shamol va suv erroziyasi, yaylovlarda grunt suvlarini kutarilishi katta maydonlarda cho’llanishni vujudga keltirmoqda. Qishloq xo’jaligida sug’orish va yerdan notug’ri foydalanish oqibatiga dehqonchilikda yildan – yilga yaroqsiz yerlarning maydoni orib bormoqda. Bu esa dehqonchilik xo’jaligi va qishloq xo’jaligida juda katta salbiy ta’sir ko’rsatmoqda, ya’ni o’simliklardan ma’daniy ekinlardan hosilning kamayib ketishi kuzatilmoqda. Ma’lumotlarga ko’ra, O’zbekistonda hozirgi vaqtda 22 mln gektar yer cho’llanishga moil hudud hisoblanadi. Yaylovlarning 43% esa inqirozga uchrab cho’llanib bo’lgan. O’zbekistonda 4.2 mln gektar yer sug’oriladigan yerlar bo’lib har yili yerdan noto’g’ri foydalanish natijasida bu yerlar aydoni qisqarib bormmoqda. Bu esa o’z navbatida qisqarib yerlarning hosildorligi pasayib bormoqda. Choʻllanish – qurgʻoqchil iqlimli oʻlkalarda ekologik tizimlarning buzilishi, ulardagi organik hayotning barcha shakllari yomonlashuviga va natijada tabiiy iqtisodiy imkoniyatlarning pasayib ketishiga olib keluvchi tabiiy geografik hamda antropogen jarayonlar majmui. Bu jarayonlar tabiiy oʻsimliklar turlari va miqdorining kamayishi, tuproq eroziyasi, tuproqning shoʻrlanishi va unumdorligining kamayib ketishi kabilardan iborat. Choʻllanish natijasida choʻllarning maydoni ortadi, choʻl tavsifli landshaftlar yuzaga keladi. Yer yuzasining 48,5 mln. km² ga yaqin kismi choʻl va chala choʻllardan iborat boʻlib, uning 10 mln. km² ga yaqini antropogen omillar taʼsirida yuzaga kelgan[5]. Choʻllanish jarayoni deyarli barcha qitʼalarda, koʻproq Afrika, Osiyo, Avstraliya hamda Janubiy Amerikaning qurgʻoqchil iqlimli hududlarida kuzatilmoqda. Oʻrta Osiyoda Orol dengizi va Orolboʻyi regionida ham mavjud boʻlib, tang ekologik holat yuzaga keldi. Cho`llanish murakkab va jahon miqyosidagi ekologik muammoga aylandi. Cho`llanish 1968-1979 yillarda Afrikada Sahroi Kabirning

janubiy hududlarida, gʻarbdan Mavritaniya va Senegaldan boshlab, sharkda Chad va Sudan chegarasigacha boʻlgan juda katta maydonda roʻy bergan va bu qurgʻoqchilik “Saxel fojeasi” nomi bilan mashhur boʻldi[4]. Cho`llanishni oʻrganish, oldini olish va unga qarshi kurashish chora tadbirlari boʻyicha jahon miqyosida ishlar olib boriladi. Bu mavzudagi 1 ta ilmiy anjuman 1977-yilda Keniyaning Nayrobi shahrida oʻtkazilgan va unda Cho`llanishga qarshi kurash rejasi ishlab chiqilgan. Bunday ilmiy anjumanlar Oʻzbekistonda 1981- yilda Toshkentda, 2000-yilda Samarqandda oʻtkazilgan. Oʻzbekiston Respublikasi 1995-yil 31 oktabrda qurgʻoqchilik va “Cho`llanishga qarshi kurash Xalqaro konvensiya”siga qoʻshilgan. Arid cho`l va chala cho`llarda tuproq va qumlarning deflyatsiyasi kamroq faol. Insonning atrof muhitga ta’siridan tashqarida eol jarayonlariga nisbatan qalinroq o`simlik qoplami to`sqinlik qiladi. Shu sababli relyefning o`simlik bilan mahkamlangan o`ziga xos eol (tepachalar, serg`ovvak qumlar va b.) shakllarni hosil bo`ladi. Bunday holda deflyatsiya o`simlik rivojlanishi jarayonlari bilan birgalikda kechadi va ular orasida dinamik muvozanatni vujudga keltiradi[7]. Sug`orma dehqonchilik qilinadigan hududlarda tabiatdan va uning ayrim resurslaridan, shu jumladan yer va suv resurslaridan ham, foydalanish, yuqorida ta’kidlanganidek, sug`oriladigan hudud tabiiy muhitda dinamik muvozanatni buzilishiga olib keladi. Ishlab chiqarish uchun nomaqbul bo`lgan tabiiy-antropogen jarayonlarning kuchayishi natijasida sug`oriladigan yerlarning mahsuldorligining pasayishiga, degradatsiyasiga va pirovardida yerlarning qishloq xo`jaligida foydalanish (oborot)dan chiqib qolishiga olib keladi, bosqacharoq qilib aytganda, irrigatsion cho`llanshuvga olib keladi[6]. Irrigatsion cho`llashuv jarayonlari bilan bog`liq bo`lgan geoekologik muammolar yechimida sug`oriladigan yerlarda tabiatdan foydalanishni optimallashtirishda va qayta cho`llashayotgan landshaftlarni tiklash uchun tabiatni muhofazalovchi va agromeliorativ tadbirlarni o`tkazish taqoza etiladi. Shu sababli dehqonchilikni intensivlashtirish jarayoniga tabiiy muhitga antropogen yukni ortishini e’tiborga oladigan yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Cho`llarda sug`oriladigan yerlarning mahsuldorligini oshirish, kechayotgan va vujudga kelishi mumkin bo`lgan salbiy holdagi tabiiy-antropogen jarayonlarni bartaraf qilish uchun kompleks tadqiqotlar, ya’ni agroirrigatsion landshaftlarning barcha xususiyatlarini o`rganish imkonini beradigan geografik tadqiqotlar o`tkazilishi zarur. Faqat kompleks tadqiqotlar antropogen landshaftlarning salohiyatidan samarali foydalanish uchun asoslangan amaliy tavsiyalar bera oladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar9 ta adabiyot

  1. “GISS Surface Temperature Analysis (v4)”. NASA. 2024-yil 12-yanvar. IPCC AR6 WG1 Summary for Policymakers 2021, SPM-7, Forster et al. 2024, s. 2626.
  2. Lynas, Mark; Houlton, Benjamin Z.; Perry, Simon (19 October 2021). “Greater than 99% consensus on human caused climate change in the peer-reviewed scientific literature”. Environmental Research Letters 16 (11): 114005. doi:10.1088/1748-9326/ac2966. ISSN 1748-9326.10.1088/1748-9326/ac2966
  3. “Global isish nima?”.https://www.ekoloji.com. ekoloji.com. 2024-yil 15-dekabr.
  4. Abbosov S.B. Qizilqumda cho`llanishning antropogen omillari va uning oqibatlari. Tabiiy geografiyaning regional muammolari. Samarqand, 2002.
  5. O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR UCHUN INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA MUSIQIY TA’LIMNI TASHKIL ETISH METODIKASI. Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(1), 470-475.
  6. Ramziddin Tursunov. (2025). IJTIMOIY ONG VA MA’NAVIYAT TUSHUNCHASI HAMDA UNING MAZMUN-MOHIYATI. Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(2), 36-40.
  7. Алибеков Л.А. Щедрост пустыни. М., 1988.
  8. Лобова Е.В., Хабаров А.В. Почвы. Природа мира. М., 1983.
  9. Петров М.П. Пустыни мира. Л., 1974. XALQARO BIZNES ALOQALARIDA MADANIYATLARARO XULQ-ATVOR Xoʻjaxonova Farida Abduqodir qizi Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti Xorijiy til va adabiyoti yoʻnalishi 2- bosqich talabasi Xakimova Ro`zaxon Shokirjon qizi Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti Xorijiy til va adabiyoti yoʻnalishi 2- bosqich talabasi

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011484
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/493
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
747–750
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-12 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25