Asosiy mazmunga o‘tish

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARINI “4K MODELI” ASOSIDA O‘QITISHNING AFZALLIKLARI

Mahmudova Dilafruz Yakubjon kiziAndijon davlat pedagogika instituti magistranti2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 745–747

Annotatsiya

Ushbu tezisda boshlang‘ich sinf o‘qish savodxonligi fanini o‘qitishda “4K”modelidan foydalanishning afzalligi haqida ma‘lumot berilgan

Boshqa tillarda

ruschaПРЕИМУЩЕСТВА ОБУЧЕНИЯ ЧТЕНИЮ И ГРАМОТНОСТИ В НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЕ НА ОСНОВЕ «МОДЕЛИ 4K»

В данной диссертации представлена ​​информация о преимуществах использования модели «4K» в обучении грамоте и чтению в начальной школе.

inglizchaADVANTAGES OF TEACHING PRIMARY GRADE READING LITERACY LESSONS BASED ON THE “4K MODEL”

This thesis provides information about the advantages of using the "4K" model in teaching elementary school reading literacy.

Kalit so‘zlar

  • boshlang‘ich ta‘lim
  • o‘qish savodxonligi
  • “4K” modeli
  • interfaol metod
  • kompetensiya

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

BOSHLANG’ICH SINF O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARINI “4K MODELI” ASOSIDA O`QITISHNING AFZALLIKLARI

Mahmudova Dilafruz Yoqubjon qizi Andijon davlat pedagogika instituti magistranti Email: d26982617@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu tezisda boshlang’ich sinf o’qish savodxonligi fanini o’qitishda “4K” modelidan foydalanishning afzalligi haqida ma’lumot berilgan. Kalit so’zlar: “4K” modeli, o’qish savodxonligi, boshlang’ich ta’lim, kompetensiyaviy yondshuv, ta’lim metodlari, kritik, kreativ fikrlash, kollabratsiya modellar.

ADVANTAGES OF TEACHING ELEMENTARY LITERACY LESSONS BASED ON THE "4K MODEL"

Makhmudova Dilafruz Yakubjon kizi Master's student of Andijan State Pedagogical Institute Email: d26982617@gmail.com

Abstract: This thesis provides information on the advantages of using the "4K" model in teaching reading literacy to primary grade students. Keywords: "4K" model, reading literacy, primary education, competency-based approach, teaching methods, critical, creative thinking, collaboration models.

ПРЕИМУЩЕСТВА ПРЕПОДАВАНИЯ УРОКОВ ЧТЕНИЯ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ НА ОСНОВЕ "МОДЕЛИ 4K."

Маҳмудова Дилафруз Ёқубжон қизи Mагистрант Андижанского государственного педагогического института Email: d26982617@gmail.com

Аннoтация: В данном тезисе представлена информация о преимуществах использования модели "4К" в обучении чтению в начальных классах. Ключевые слова: модель "4К," грамотность чтения, начальное образование, компетентностный подход, методы обучения, критическое, креативное мышление, модели коллаборации.

So’ngi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlar natijasida ulkan iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxasislarga bo’lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o’z-o’zidan yosh avlodning ta’lim va tarbiyasiga bo’lgan e’tiborni yanada

oshiradi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev kelajagimiz davomchilari bo’lmish yoshlarni ilm olishlari uchun barcha sharoitlarga ega zamonaviy ilm dargohlari bilan bir qatorda zamon talablari asosida takomillashtirilgan yangi darsliklar yaratilishi, dunyo miqyosida bugungi keskin raqobatga bardosh beradigan milliy ta’lim tizimini yo’lga qo’yish haqida qaror qabul qildilar. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-dekabrdagi 726-son qaroriga muvofiq bugungi kunda darslik va o’quv metodik majmualar sifatiga qo’yilayotgan talablarning ortishi ularning yaratish sohasining so’nggi yutuqlarini qo’llash, foydalanish uchun qulay bo’lgan manbaa mahsulotlarini ishlab chiqarish, dunyo miqyosida bugungi keskin raqobatga bardosh bera oladigan milliy ta’lim tizimini yo’lga qo’yish,darslik va o’quv qo’llanmalarini zamon talablari asosida takomillashtirish, ularning yangi avlodini yaratish, o’quv dasturlari va standartlarini optimallashtirish O’zbekistonning yangi taraqqiy davrida ta’lim-tarbiya va ilmfan rivojida sezilarli o’zgarishlar amalga oshirildi, zamonaviy yangi o’quv darsliklar yaratildi va qo’llanilmoqda[1]. Darsliklarning asosiy xususiyatlaridan biri –ularning 4K tamoyili asosida ishlab chiqarilganligidadir. Ya’ni bu tamoyilda ma’lumotlarni yodlash yoki shunchaki o’qish va yozish bilan cheklanilmaydi. O’quvchilar nafaqat fanlarni, balki XXI asrd zarur bo’lgan hayotiy ko’nikmalarni ham o’rganadi. Avvalo, 4K modeli nima degan savolga javob topaylik. “4K modeli” deganda, odatda ta’limning sifatini yaxshilash va samaradorligini oshirishga qaratilgan asosiy to’rt kompanentni anglatadi. Ular quyidagilar: Kriativlik o’quvchilarni ijodkorlik va yangicha fikrlash qobilyatini rivojlantirish, innavatsion yechimlarlarni ishlab chiqish va muommolarni ijobiy yo’l bilan hal qilish ko’nikmalarini rivojlantirishni nazarda tutadi. O’quvchilar har bir fanga, yo’nalishga ijodiy yondashuvni o’rganadilar. Kollaboratsiya - o’quvchilarni dars jarayonida, umuman olganda hayotda ham jamoaviy ish olib borish qobilyatini rivojlantiradi.Bu kompanent o’quvchilarni o’zaro samarali muloqotga kirishuvida va bag’rikenglik kabi tishunchalarni shakllantirishda juda ahamiyatlidir. Kommunikatsiya muloqot qilish qobilyati bo’lib, o’quvchilarni bir-birini eshitishga va tushunishga yordam beradi. Bu orqali o’quvchilar o’zaro fikr almashadilar. Kritik fikrlash - o’quvchilarni tanqidiy fikrlash qobilyatini o’stiradi,muammolarni muhokama qilishga o’rgatadi, o’z fikriga ega bo’lishni va bu fikrni isbot eta olish ko’nikmalarini rivojlantiradi. Pedagog O.Olloqovaning fikricha “Boshlang’ich sinflard o’rganiladigan ona tili va o’qish savodxonligi fani ko’p qirrali fan hisoblanadi. Bunda o’quvchilarning lug’at boyligi oshiriladi, nutq qoidalarini o’zgartirilishiga etibor beriladi, fikrni ongli ravishda izchil bayon qilish qobilyatini rivojlantiradi, suhbatdoshiga munosib javob bera olish, eshitganlariga munosabat bildirish, o’g’zaki muloqot shakllarini bilish darajalarini oshiradi, o’qish sur’ati, yozma nutq ko’nikmalari tarkib toptiriladi, kognitiv qiziqishlari shakllantiriladi, ularning dunyo qarashi kengaytiriladi” deb ta’kidlab o’tadi.[2] Pedagog O.Olloqova 4k modeli haqida quyidagi fikrlarni keltirib o’tadi; 4K tamoyilining ahamiyatli jihati shuki, bunda quruq ma’lumotlarni yodlatish, yoki shunchaki o’qitish, yozishni o’rgatish bilan birga o’qituvchi o’quvchilarga mantiqiy fikrlashi, tafakkuri, ijodkorligi, kommunikativligi ustida ham ishlaydi. O’quvchilar nafaqat fanlarni, balki XXI asrda zarur bo’lgan hayotiy ko’nikmalarni ham o’rganadi. Vygotskiyning “yaqin rivojlanish zonasi” konsepsiyasi shuni ko’rsatadiki, bolalar til materiallarini tushunishga qodir bo’lsada ulardan foydalanishnio’rgatish orqali nutqiy faollikni rivojlantirish mumkin.[3] Hozirgi yangi darsliklar va metodlarning afzalliklaridan biri har bir mavzuga o’quvchining o’zi fikr bildirishi, jamoa bo’lib ishlashga oid mashqlarning mavjudligi va 4K modeli asosida ishlanganligidir. Bunda o’quvchilar mavzularga mantiqiy yondashadilar, jamoa bo’lib ishlash bilan birga ularda jamoadagi sheriklarini diqqat bilan tinglashni, uning fikriga mos javob berishni o’rganadi. O’qish savodxonligi darslari aynan ushbu metadologik yonddashuv asosida quvchilarni : - eshitib tushunish; - og’zaki fikr bildirish; - mazmunni tahlil qilish; - suhbatda ishtirok etish; ijodiy qayta hikoyalash kabi faoliyatlar nutqiy rivojlanishga olib keladi. O’qish savodxonligining asosiy maqsadi o’quvchilarning badiiy tajribasini orttirish, axborotni olish va undan foydalana qobiliyatini rivojlantirishdir. Shuningdek, UNESCO tavsiyalariga ko’ra, zamonaviy ta’limda o’quvchilarni “savodli muloqot” ko’nikmalariga ega qilib tarbiyalash XXI asrkompatensiyalari asosi sifatida belgilanmoqda.[4] Darhaqiqat, maktablardagi sifatli ta’lim ko’p jihatdan yaratilayotgan darslik va metodlarga bog’liq. Har bir dars o’quvchilarga qiziqarli o’yin va metodlar yordamida o’tishi lozim. Ayniqsa 4K metodi asosida

o’quvchilarga dars o’tish orqali har bir o’quvchini darsga jalb qilish, muammoli masalalarni jamoaviy ishlashni o’rgatish juda qulay. Bu bilan birga o’quvchi suhbatdoshiga savol asosida o’z fikrini bayon etishni, o’z jamoasini himoya qila olishni, hamda barcha fanlardagi holatlar, ya’ni savollarga yangicha fikrlash orqali ijobiy yechim topish, g’oyalar va axborotlarni to’g’ri talqin qilish va uyg’unlashtirish kabi qobiliyatlarini oshiradi. Tanqidiy fikrlash orqali matnni tahlil qilish, kriativlik orqali mustaqil ijod topshiriqlarini bajarish , hamkorlikda ishlash orqali ijtimoiy kompatensiyalarni rivojlantirish va kommunikatsiya orqali o’z fikrini bayon qilish, ancha ravon ifodalash imkoniyatlarini yaratadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. “O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim –tarbiya va ilm- fan sohalarini rivojlantirishning chora-tadbirlari to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, 06.11.2020-yildagi PF- 6108-sonli qarori. 2. Olloqova O’g’iljon Mamanazarovna “O’quvchilarning pragmatik kompatensiyasinishakllantirishda yangi avlod darsliklarining ahamiyati” //5.7.2023 “Pedagogik akmeologiya” xalqaro ilmiy metodik jurnali.173-bet. 3. Vygotskiy, L.S 1991. Pedagogik psixologiya. Moskva; Pedagogika 1991. 85-102-bet. 4. UNESCO, Global competence for sustainable development; Policy brief. Paris; UNESCO Publishing, 2018-yil 10-18-betlar.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar6 ta adabiyot

  1. “O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim –tarbiya va ilm- fan sohalarini rivojlantirishning chora-tadbirlari to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, 06.11.2020-yildagi PF-
  2. 6108-sonli qarori.
  3. Olloqova O’g’iljon Mamanazarovna “O’quvchilarning pragmatik kompatensiyasinishakllantirishda yangi avlod darsliklarining ahamiyati” //5.7.2023 “Pedagogik akmeologiya” xalqaro ilmiy metodik jurnali.173-bet.
  4. Vygotskiy, L.S 1991. Pedagogik psixologiya. Moskva; Pedagogika 1991. 85-102-bet.
  5. UNESCO, Global competence for sustainable development; Policy brief. Paris; UNESCO Publishing,
  6. 2018-yil 10-18-betlar.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011483
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/492
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
745–747
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25