Asosiy mazmunga o‘tish

VIRUSLAR GENETIKASI

Rakhimov Madaminjon Alijonovich, Toshtemirova Shahlokhon Shermahamad kiziFarg‘ona davlat universiteti https://ror.org/0190ze4632025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 743–745

Annotatsiya

Maqolada viruslar genlarining tuzilishi, ularning bajaradigan vazifasi yoritilgan

Boshqa tillarda

ruschaГЕНЕТИКА ВИРУСОВ

В статье рассматривается структура вирусных генов и их функции.

inglizchaGENETICS OF VIRUSES

The article discusses the structure of viral genes and their functions.

Kalit so‘zlar

  • virus
  • kapsid
  • DNK
  • RNK
  • genom
  • hujayra

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

4.Said Ahmad. Qishdan qolgan qarg‘alar. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1984. 5.Karimov, N. Said Ahmad ijodida inson ruhiyati tasviri. // O‘zbek tili va adabiyoti jurnali, 2018, №3. – B. 45–52.

Raximov Madaminjon Alijonovich Farg‘ona davlat universiteti dotsenti, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Email: madaminjon0310@gmail.com Toshtemirova Shahloxon Shermahamad qizi Farg‘ona davlat universiteti talabasi Email: eltrqwert@gmail.com

Annotatsiya: Maqolada viruslar genlarining tuzilishi, ularning bajaradigan vazifasi yoritilgan. Kalit so‘zlar: virus, kapsid, DNK, RNK, genom, hujayra.

Raximov Madaminjon Alijonovich Doctor of Agricultural Sciences, Associate Professor, Fergana State University Email: madaminjon0310@gmail.com Toshtemirova Shahloxon Shermahamad kizi student of Fergana State University Email: eltrqwert@gmail.com

Annotation: The article discusses the structure of viral genes and their function. Key words: Virus, capsid, DNA, RNA, genome, cell.

Рахимов Мадаминжон Алижонович Доктор сельскохозяйственных наук, доцент Ферганского государственного университета Email: madaminjon0310@gmail.com Тоштемирова Шахло Шермахамад кызы студент Ферганского государственного университета Email: eltrqwert@gmail.com

Аннотация: В статье рассматриваются структура и функции вирусных генов. Ключевые слова: Вирус, капсид, ДНК, РНК, геном, клетка.

Kirish. Viruslar (virus lotincha so‘z bo‘lib–zahar degani) – faqatgina tirik hujayralarda koʻpayib, oʻsimlik, hayvon va odamda yuqumli kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar. Oʻtmishda "Viruslar" atamasi har xil kasallik qoʻzgʻatuvchilarga, ayniqsa, nomaʼlum agentlarga nisbatan qoʻllangan. Fransuz olimi L. Paster bir qancha kasalliklarning kelib chiqishida bakteriyalarning rolini isbotlab berganidan soʻng viruslar tushunchasi "mikrob" soʻzining sinonimi sifatida qoʻllanila boshlandi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi bu ikki guruh agentlari, yaʼni bakteriyalar bilan viruslar oʻrtasidagi muhim farq rus olimi D. I. Ivanovskiy (1892) va keyinchalik boshqalar tamaki mozaikasi hamda juft tuyoqli hayvonlarning oqsil kasali qoʻzgʻatuvchilari bakterial suzgʻich (filtr)dan oʻtishini isbotlagach, aniqlandi. Viruslar tabiatda keng tarqalgan, odam, hayvonlar va oʻsimliklarda har xil ogʻir kasalliklarni paydo qiladi. Ular maxsus tarqatuvchi yoki mexanik yoʻl bilan tarqaladi. Koʻpchilik Viruslar yillab tiriklik xususiyatini yoʻqotmaydi, qulay sharoitga (tirik hujayraga) tushib qolishi bilan kasallik qoʻzgʻata boshlaydi. Ayrim Viruslar (masalan, gripp viruslar) tashqi muhitda oʻz xususiyatini yoʻqotadi. Viruslar qoʻzgʻatadigan kasallikning paydo boʻlishiga koʻpincha faqat bitta virus zarrasi sabab boʻlishi mumkin.

Tadqiqot natijalari. Virus xoʻjayin organizmiga kirib olib, undan yanada koʻproq virus hosil qiladigan mashina sifatida foydalanuvchi infeksion tuzilmadir. Virus tashqari tarafidan oqsil qobiq – kapsid bilan oʻralgan boʻlib, ichki qismida DNK yoki RNKdan tashkil topgan genomi boʻladi. Baʼzi viruslarda gʻilof deb ataluvchi tashqi membrana ham boʻladi. Virus bu faqatgina xoʻjayin hujayrani zararlash orqali koʻpaya oladigan mayda, yuqumli tuzilmalardir. Viruslar xoʻjayin hujayrani zararlaydi va undan yangi viruslarni hosil qiluvchi resurs sifatida foydalanadi. Ular xoʻjayin organizmsiz koʻpaya olmaganliklari sababli jonli organizm deb qaralmaydi. Viruslar hujayraga ham ega emas: ular tirik hujayralardan birmuncha kichik boʻlib, oqsil va nuklein kislotadan tashkil topgan. Lekin viruslarning hujayradan tashkil topgan tirik organizmlarga oʻxshash xususiyatlari ham mavjud. Masalan, ular ham bizdagi kabi genetik kodga asoslangan nuklein kislota va genomga ega. Shu kabi ular ham juda xilma-xil boʻlib, rivojlana olish xususiyatiga ega. Garchi viruslar tiriklikning barcha xususiyatlarini oʻzida namoyon etmasa-da, ular hali ham “soʻroq ostidagi” tur boʻlib hisoblanmoqda, balki viruslar aslida oʻlmasdir, xuddi “zombi”lar kabi. Virus genomi, har bir virusning nuklein kislotadan tashkil topgan genetik materiali (genomi) mavjud. Biz va boshqa biz kabi hujayraviy hayot shakllarida DNK asosiy genetik materialdir. Viruslarda esa nuklein kislotalarning ikki turi – DNK yoki RNKdan bittasi genom vazifasini bajarishi mumkin. Biz koʻpincha DNKni ikki qavatli, RNKni esa bir qavatli deb hisoblaymiz, chunki bizning hujayralarimizda ular shunday tuzilgan. Lekin viruslarda bunday holatning toʻrt xil turi boʻlishi mumkin: qoʻsh zanjirli DNK, qoʻsh zanjirli RNK, bir zanjirli DNK, bir zanjirli RNK. Virus genomi turli xil shakl va oʻlchamlarda boʻlib, ular odatda boshqa tirik organizm genomlaridan koʻra kichikroq boʻladi. Shuni taʼkidlash kerakki, DNK va RNKli viruslar tirik organizmlarniki bilan bir xil genetik koddan foydalanadi. Agar bunday boʻlmaganda, ular xoʻjayin hujayra ichida umuman koʻpaya olmagan boʻlardi. Hayvon viruslari boshqa viruslar kabi oʻzlarining hayot siklini oʻtash uchun xoʻjayin hujayralariga tayanadi. Koʻpayish uchun virus xoʻjayin hujayrani zararlashi, virus zarralarini koʻproq hosil qilishi va buning uchun xoʻjayin hujayrani qayta dasturlashi kerak. Infeksiyaning yuqishi uchun birinchi muhim qadam bu tanib olishdir: hayvon virusi xoʻjayin hujayra membranasidagi mavjud retseptorlarga bogʻlanishiga imkon beradigan maxsus sirtqi molekulalarga ega. Retseptorlarga bogʻlangach, hayvon viruslari turli yoʻllar bilan hujayraga kirishi mumkin: endositoz, yaʼni membranani ichiga qatlanib; xoʻjayin membranada kanallar hosil qilib (bu orqali DNK yoki RNK hujayra ichiga yuboriladi); yoki konvert qobiqli viruslarda membrana bilan birlashib, xoʻjayin hujayraning ichida kapsidni hosil qilish yoʻli orqali hujayraga kiradi. Virus xoʻjayin hujayradagi mavjud resurslardan foydalanib yangi virus oqsillari va genetik materialini ishlab chiqargach, oʻzining zarrachalaridan iborat qobigʻini hosil qiladi va hujayrani tark etishga tayyorlanadi. Konvert qobiqli viruslar xoʻjayin plazmatik membranasi yoki ichki membranasidan bir parcha olib, hujayra membranasida kurtaklanib, undan chiqib ketadi. Bundan farqli oʻlaroq, konvert qobigʻi boʻlmagan viruslar, jumladan, rinoviruslar zararlangan hujayrada toki hujayra portlab halok boʻlgunicha yigʻilaveradi. Xulosa. Shunday qilib viruslar ham hayotning hujayraviy shakllari hisoblanadi. Viruslarni o’rganishda L.Paster hamda Ivanovskiylarning ro’li juda katta. Viruslar nafaqat insonlarda balki, hayvonlar, o’simliklarda ham kasallik qo’zg’atishi mumkin. Ba’zan viruslarning birgina zarrasi ham kasallik qo’zg’atishi uchun yetarli bo’ladi. Viruslar yillar davomida tiriklik xususiyatlarini saqlab, tirik organizmga o’tganda yana ko’payib, o’z hayot faoliyatini davom ettirish xususiyatiga ega. Viruslar har qanday iqlim sharoitiga moslashgan ya’ni ular tashqi ta’sirlarga chidamli. Ular xo’jayin organizmisiz yashab, ko’paya olmaydi va shu sababli ular tirik organizmlar qatoriga kirmaydi. Viruslar biror hujayraga kirganda ularning o’zi emas balki, genetik materiali kirib, kapsidi tashqarida qoladi. U hujayra ichida genetik materiallarini ko’paytirib, hujayrani nobud qilib, chiqib ketadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar9 ta adabiyot

  1. Alijonovich R. M., Madumarovna N. M. QISHLOQ XO‘JALIGI BIOTEXNOLOGIYASI //Science and innovation. 2023.Т. 2. №. Special Issue 6. – С. 315-317.
  2. Рахимов М. А., Азизов Р. О. Ў. ГЕНЕТИЧЕСКИЙ ПОТЕНЦИАЛ КРУПНОГО РОГАТОГО CKOTA //Science and innovation. 2023. Т. 2. №. Special Issue 6. – С. 600-603.
  3. Raximov M., Nurmatova M. МОРФОЛОГИЧЕСКИЙ И БИОХИМИЧЕСКИЙ СОСТАВ КРОВИ БЫЧКОВ КРУПНОГО РОГАТОГО СКОТА //Science and innovation. 2022. Т. 1. №. D8. С. 12-16.
  4. Рахимов М. РАЦИОНАЛЬНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ГЕНЕТИЧЕСКИХ РЕСУРСОВ ПРИ ВЫРАЩИВАНИИ СКОТА НА МЯСА //Scientific journal of the Fergana State University. 2023. №. 1. С. 158-161.
  5. Alijonovich R. M. et al. EFFICIENT BEEF PRODUCTION TECHNOLOGY //Proceedings of International Conference on Educational Discoveries and Humanities. 2023. Т. №. 4. С. 259-263.
  6. Рахимов М., Абдурасулов Х. Интенсивная технология откорма молодняка привозного скота //Scientific journal of the Fergana State University. 2018. №. 6. С. 42-42.
  7. Alijonovich, Rakhimov Madaminjon, and Javxarov Oybek Zulfikharovich. "Organization of full-value feeding of dairy cows in farm." Gospodarka i Innowacje. 24 (2022): 840-843.
  8. Raximov M. Mясная продуктивность бычков привозного скота //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – №. D6. – С. 189-192.
  9. Raximov, M., Muydinov, X., Abdullayeva, G., & Komiljonov, A. (2021, July). Peculiarities of the influence of climatic conditions on the morphological and biochemical composition of the blood of bulls of transported cattle. In Конференции.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011482
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/491
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
743–745
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25