Asosiy mazmunga o‘tish

INTERNET MATNLARIDA ISHLATILADIGAN ASOSIY SEMANTIK BIRLIKLAR

Eshquvatova Gulmira NorzhigitovnaSharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Urgut filiali o‘qituvchisi2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 737–740

Annotatsiya

Ushbu maqolada zamonaviy raqamli kommunikatsiya muhiti – ijtimoiy tarmoqlar,bloglar, forumlar va chatlarda shakllanayotgan internet matnlarining semantik xususiyatlari tahlil qilinadi.Internet nutqida vujudga kelayotgan yangi tipdagi semantik birliklar (hashtag, emoji, qisqartmalar,mem/giflar, neologizmlar, vizual belgilar)ning tabiati an‘anaviy til birliklari bilan solishtiriladi. Tadqiqotdatahliliy-komparativ va korpus-lingvistik metodlardan foydalanilib, real internet matnlari asosida leksiksemantik jarayonlar – polisemiya, okkazional ma‘no, metaforik va metonimik transferlar, kontekstualma‘no dinamikasi o‘rganiladi.

Boshqa tillarda

ruschaОСНОВНЫЕ СЕМАТИЧЕСКИЕ ЕДИНИЦЫ, ИСПОЛЬЗУЕМЫЕ В ИНТЕРНЕТ-ТЕКСТАХ

В данной статье анализируются семантические особенности интернет-текстов, формирующихся в современной цифровой коммуникационной среде — социальных сетях, блогах, форумах и чатах.Природа новых типов семантических единиц (хештегов, эмодзи, сокращений, мемов/гифок, неологизмов, визуальных символов), возникающих в интернет-речи, сопоставляется с традиционными языковыми единицами. В исследовании используются аналитико-сравнительные и корпусно-лингвистические методы для изучения лексико-семантических процессов — полисемии, казуального значения, метафорических и метонимических переносов, а также контекстной динамики значения — на основе реальных интернет-текстов.

inglizchaBASIC SEMANTIC UNITS USED IN INTERNET TEXTS

This article analyzes the semantic features of Internet texts that are formed in the modern digital communication environment - social networks, blogs, forums and chats. The nature of new types of semantic units (hashtags, emojis, abbreviations, memes/gifs, neologisms, visual symbols) emerging in Internet speech is compared with traditional language units. The study uses analytical-comparative and corpus-linguistic methods to study lexicosemantic processes - polysemy, occasional meaning, metaphorical and metonymic transfers, and contextual dynamics of meaning - on the basis of real Internet texts.

Kalit so‘zlar

  • Internet matnlari
  • leksik-semantik birliklar
  • semantik birlik
  • internet kommunikatsiyasi
  • hashtag
  • transfer ma‘no
  • kontekstual birliklar
  • ijtimoiy tarmoqlar
  • multimodal birliklar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

7.Botirova Sevara Mamurovna, Tursunov Ramziddin Abdixalil o‘g‘li. (2025). MAʼNAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OʻZBEKISTON BUNYODKORI. MAʼNAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OʻZBEKISTON BUNYODKORI, 1(1), 98-102.

INTERNET MATNLARIDA ISHLATILADIGAN ASOSIY SEMANTIK BIRLIKLAR

Eshquvvatova Gulmira Norjigitovna Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Urgut filiali o‘qituvchisi Email: gulmiraeshquvvatova125@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada zamonaviy raqamli kommunikatsiya muhiti – ijtimoiy tarmoqlar, bloglar, forumlar va chatlarda shakllanayotgan internet matnlarining semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Internet nutqida vujudga kelayotgan yangi tipdagi semantik birliklar (hashtag, emoji, qisqartmalar, mem/giflar, neologizmlar, vizual belgilar)ning tabiati an’anaviy til birliklari bilan solishtiriladi. Tadqiqotda tahliliy-komparativ va korpus-lingvistik metodlardan foydalanilib, real internet matnlari asosida leksik-semantik jarayonlar – polisemiya, okkazional ma’no, metaforik va metonimik transferlar, kontekstual ma’no dinamikasi o‘rganiladi. Kalit so‘zlar: Internet matnlari, leksik-semantik birliklar, semantik birlik, internet kommunikatsiyasi, hashtag, transfer ma’no, kontekstual birliklar, ijtimoiy tarmoqlar, multimodal birliklar.

MAIN SEMANTIC UNITS USED IN INTERNET TEXTS

Eshquvvatova Gulmira Norjigitovna Lecturer at the Urgut Branch of Sharof Rashidov Samarkand State University Email: gulmiraeshquvvatova125@gmail.com

Abstract. This article examines the semantic features of internet texts formed within the modern digital communication environment – including social networks, blogs, forums, and chats. It compares the nature of newly emerging semantic units in internet discourse (hashtags, emojis, abbreviations, memes/GIFs, neologisms, and visual symbols) with traditional linguistic units. Using analyticalcomparative and corpus-linguistic methods, the study explores lexical-semantic processes in real internet texts, such as polysemy, occasional meaning, metaphorical and metonymic transfers, and the dynamics of contextual meaning. Keywords: Internet texts, lexico-semantic units, semantic unit, Internet communication, hashtag, transfer meaning, contextual units, social networks, multimodal units.

ОСНОВНЫЕ СЕМАНТИЧЕСКИЕ ЕДИНИЦЫ, ИСПОЛЬЗУЕМЫЕ В ИНТЕРНЕТТЕКСТАХ

Эшкувватова Гульмира Норжигитовна Преподаватель Ургутского филиала Самаркандского государственного университета имени Шарофа Рашидова Email: gulmiraeshquvvatova125@gmail.com

Аннотация. В данной статье анализируются семантические особенности интернет-текстов, формирующихся в современной цифровой коммуникативной среде – в социальных сетях, блогах, форумах и чатах. Сравнивается природа новых типов семантических единиц, возникающих в интернет-дискурсе (хэштеги, эмодзи, аббревиатуры, мемы/гифы, неологизмы, визуальные знаки), с традиционными языковыми единицами. В исследовании используются аналитико-сравнительный и корпусно-лингвистический методы; на материале реальных интернет-текстов изучаются лексико-семантические процессы – полисемия, окказиональное значение, метафорические и метонимические трансферы, динамика контекстуального значения. Ключевые слова: интернет-тексты, лексико-семантические единицы, семантическая единица, интернет-коммуникация, хэштег, переносное значение, контекстуальные единицы, социальные сети, мультимодальные единицы.

Kirish. Zamonaviy raqamli kommunikatsiya muhiti, xususan ijtimoiy tarmoqlar, bloglar, forumlar va chatlar orqali yuzaga keladigan internet matnlari yangi tipdagi semantik birliklarni shakllantiradi. Bunday birliklar ko‘pincha multimodal, qisqartirilgan va emotsionallikka boy bo‘lib, an’anaviy matnlardagi semantik birliklardan farqlanadi. Ular matnning ma’nosini yanada boyitishda va foydalanuvchilar o‘rtasida fikr anglashuvni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayrim leksik birliklar faqat muayyan holatda semantik birlik sifatida amal qiladi. Bu holat til tizimida ularning paradigmatik barqarorligini cheklaydi: “Bu hol butun-boʼlak tushunchalarini ifodalovchi soʼzlarning kontekst doirasida okkazional maʼnoga ega ekanligidan, bunday soʼzlar tizimi til doirasidagi paradigmatik qatoriga hosil qila olmasligidan dalolat beradi [1]”. Albatta, bu fikr juda dolzarb, ayniqsa, internet matnlarida (xususan, ijtimoiy tarmoqlar, bloglar, memlar, tvitlar va h.k.) semantik birliklar ko‘pincha muayyan kontekstda amal qiluvchi (okkazional) xususiyatga ega bo‘ladi. Semantik birlik – bu matndagi muayyan ma’no yukini o‘zida mujassam etgan ma’no nuqtai nazardan alohida bo‘lunadigan eng kichik til yoki belgili birlik bo‘lib, u axborotni ifodalash va talqin qilish jarayonida mustaqil yoki boshqa birliklar bilan uyg‘unlashgan holda ma’no tashiydi. An’anaviy tilshunoslikda til tizimidagi birliklar xuxusida fikr bildirilganda, quyidagi birliklar tilga olinadi: so‘z; so‘z birikmasi; frazeologizm; gap; matnning fragmenti. An’anaviy tilshumoslikda tildagi har qanday darajadagi birlik, agar u ma’noga ega bo‘lsa, semantik birlik bo‘la oladi. U kontekstga bog‘liq bo‘lib, ma’no tashuvchi birlik sifatida xizmat qiladi. Masalan: “qush uchdi” – bu bir butun gap darajasidagi semantik birlik. Internet muhitida esa, semantik birliklar shakllari kengayib boradi: hashteglar; emoji/emotiklar; linklar; gif/memlar; qisqartmalar; vizual belgilar; intertekstual birliklar. Shundan kelib chiqib, internet tarmoqlaridagi asosiy leksik-semantik birliklar va ularning turlari asosiy o‘rin egallaydi va matnning ta'sirchanligi, izchilligi, ifodaviyligi ko‘plab zamonaviy vositalar orqali boyitiladi. Metodlar. Tadqiqotda quyidagi metodlar qo‘llandi: Tahliliy-komparativ metod – ilgari chop etilgan tadqiqotlar va internet korpuslari (ixtiyoriy postlar, tweetlar, Instagram postlari, Telegram kommentariyalari) solishtirildi; Korpus-lingvistik tahlil – real internet matnlardan olingan namunalar asosida leksik birliklar va ularning kontekstlari tahlil qilindi; Natijalar. Internet-kommunikatsiyada dialektal leksikaning semantik jihatini o‘rgangan rus tadqiqotchisi N.A.Zyuzkova shunday ma’lumotlarni keltiradi: Internet-kommunikatsiyaning xususiyatlari (ochiqlik, anonimlik, demokratiklik, kommunikantlarning teng pozitsiyasi, muloqotning masofaviy xarakteri) foydalanuvchilarning og‘zaki–yozma nutqida dialektal so‘zlarning faollashuvi imkoniyatini yuzaga keltiradi. Bu jarayon ko‘proq mintaqaviy hamjamiyatlarda faoliyat yurituvchi internet-izoh (kommentariya) janrida namoyon bo‘ladi. Internet-izohlarda TG “Inson” ga oid dialektal leksikada quyidagi semantik jarayonlar aks etadi: so‘z semantikasining saqlanishi (taxminan 72% kontekstlarda), uning kengayishi (12%), ayrim leksik birliklarning omonimiya va polisemiya munosabatlariga kirishi (taxminan 10% kontekstlarda) [2]. Leksik-semantik birliklar – Internet matnlarida eng ko‘p uchraydigan semantik birliklar qatoriga leksik birliklar ham kiradi. U so‘z yoki iboraning aniq semantik yuklamasi, ya’ni ma’nodagi o‘ziga xosligi (denotativ, konnotativ, stilistik) bilan belgilanadigan til birligidir. Bu birliklar odatda oddiy so‘zlar, jargon, sleng, emoji, qisqartmalar va neologizmlar shaklida namoyon bo‘ladi. Bu birliklar leksik darajada (ya’ni so‘z yoki ibora shaklida) ifodalanadi va ular yangi kommunikativ ehtiyojlar asosida shakllanadi. Ko‘p hollarda ko‘pma’nolilik (polisemiya) yoki transfer ma’no, ya’ni leksik-semantik munosabat hosil qiladi Transfer ma’no – bu so‘zning semantik maydon doirasida boshqa predmet, hodisa yoki tushunchaga nisbatan qo‘llanishi natijasida vujudga kelgan ko‘chma yoki kontekstual ma’nodir. Bu so‘zning asl (asosiy) ma’nosidan boshqa kontekstda qo‘llanilib, yangi ma’no hosil qilishi jarayonidir. An’anaviy tilshunoslikda bu ma’no ko‘chishi, mumtoz adabiyotda majoziy ma’no bilan teng hodisadir. Transfer ma’noning asosiy xususiyatlariga diqqat qaratsak, so‘z ma’nosining ko‘chishi mavjudligi, o‘xshashlik yoki munosabat asosida yuz berishi (masalan, shakl, rang, vazifa), kontekstga bog‘liqligi, ko‘pincha metafora yoki metonimiya asosida bo‘lishi ko‘zga tashlanadi. Transfer ma’noning turlari quyidagilardan iborat: 1-jadval. Turi Ta’rif Misol

Metaforik So‘z bir predmetdan ikkinchisiga Tog‘day muammo” – bu yerda “tog‘” transfer o‘xshashlik asosida ko‘chadi. so‘zi katta degan ma’noda ko‘chma ishlatilgan Metonimik So‘z yaqinlik yoki aloqadorlik “Stol yeydi” – ya’ni “stol atrofidagi transfer asosida ko‘chadi. odam yeydi”.

Kontekstual Yangi ma’no kontekstda “Telefonim o‘ldi” – ya’ni “telefonim transfer vaqtincha hosil bo‘ladi. ishlamayapti”.

Fikrimizni aniqroq ifodalash uchun semantik birlik bilan leksik-semantik birlikning taqqoslama jadvalini keltiramiz: 2-jadval. Belgilar Semantik birlik Leksik-semantik birlik (internetda) Daraja Har qanday til darajasida (so‘z, Asosan so‘z yoki ibora darajasida gap, matn)

Kontekstga Har doim bog‘liq Kuchli bog‘liq, lekin internet bog‘liqlik kontekstiga xos Vujudga kelish Tabiiy til evolyutsiyasi Ko‘p hollarda innovatsion yoki shakli texnogen Namunalar “kitob”, “yomg‘ir yog‘di” “follovchi”, “likelash”, “ ”, “#hayotgo‘zal”

Ma’no jihati Umumiy yoki kontekstual Konnotativ, stilistik, tez-tez ma’no o‘zgartirilgan Funksiya Har qanday semantik yuklama Ko‘p hollarda ifodaviy yoki emotsional ma’no Demak, semantik birlik – bu tilning ma’no jihatdan ajraladigan istalgan birligi bo‘lib, u umumiy tildagi mazmuniy strukturani tashkil etadi. Leksik-semantik birlik esa ayniqsa internet tilida paydo bo‘lgan yangi leksik birliklarning aniq ma’no yuklamasi bilan ajralib turadi. Internetdagi leksik-semantik birliklar, odatda, zamonaviy, kontekstual va kreativ bo‘lib, ularning semantik yuklamasi foydalanuvchi ehtiyoji va kontekstga bog‘liq bo‘ladi.

Internet tili tabiatan qisqalikka, tezkorlikka va o‘yinbop ifoda vositalariga intilishi bilan ajralib turadi. Natijada, zamonaviy raqamli muloqot muhitida yangi semantik yuklamali birliklar nihoyatda tez shakllanadi va tezda ommalashadi. Masalan, “repost”, “like”, “admin”, “kontent”, “ban”, “story” kabi so‘zlar avval ingliz tilidan kirib kelgan bo‘lsa-da, bugungi internet diskursida ular o‘zbek tilidagi aloqa uslubining ajralmas bir qismiga aylangan. Ushbu birliklar hozirgi foydalanuvchilarning ijtimoiy rollari, axborot tarqatish uslublari, mavqei va tarmoq ichidagi faoliyat shakllarini belgilab beruvchi asosiy vositalardan biridir. Shuningdek, ular til tizimidagi universal semantik elementlar asosida yangi konnotatsiyalar (ya’ni, baholovchan, kinoyaviy yoki zamonaviylik ohangiga ega ma’nolar)ni yuzaga keltiradi. Shu bois, internet tili kontekstida leksik-semantik birliklar nafaqat muloqotni shakllantiruvchi vosita, balki ijtimoiy identitet va raqamli madaniyat belgilarini ifodalovchi semantik birliklar sifatida qaraladi.

Muhokama. Internetdagi kommunikatsiya turlari va mos janrlarning tipologik tavsifi foydalanilayotgan platformalarning funksional dominantasi va ularning imkoniyatlarini inobatga olgan holda amalga oshirilishi lozim. Bu haqda Li Yan ham ilmiy tadqiqotida to‘xtalib o‘tgan: Internetda shaxslararo muloqot realiyalarini ifodalovchi leksikani tahlil qilish uchun leksik-semantik maydon modeli qo‘llaniladi. “Internetda shaxslararo muloqot” maydonining tizimliligi uning birliklarini semantik tasniflash imkoniyatida, shuningdek, bu birliklar o‘rtasidagi semantik va derivatsion aloqalarda namoyon bo‘ladi. Mazkur maydonning leksik birliklari shakllanish mexanizmi va uslubiy xususiyatlariga quyidagi omillar ta’sir qiladi: neologizmlarning stixiyali yaratilishi, ingliz tilining ta’siri, jargon va so‘zlashuv uslubidagi so‘z yasash modellaridan foydalanish [3].

Internet matnlarining asosiy semantik birligi hisoblangan hashtag - bu # (kesish belgisi) belgisi bilan boshlangan va unga bevosita ulanadigan kalit so‘z yoki ibora bo‘lib, internetda (ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda) mavzularni guruhlash, izlashni osonlashtirish va diqqatni tortish maqsadida ishlatiladi. U semantik guruhlash, indeksatsiya, kontekst yaratish vazifasini bajaradi va internet matnlarida muhim semantik markazni belgilovchi birlik sifatida qaraladi. Ular kontekstni belgilash, matnni tematik tarzda guruhlash, ijtimoiy-siyosiy, madaniy yoki shaxsiy mavzularni tasniflashda xizmat qiladi. “Hashtaglar orqali foydalanuvchilar o‘z postlarini boshqa foydalanuvchilar topa olishi uchun semantik jihatdan belgilashadi. Bu hodisa ‘ambient affiliation’ – ya’ni bevosita bo‘lmagan, umumiy qiziqish asosidagi ijtimoiy bog‘lanish shaklini yuzaga keltiradi [4]. Hashtaglar faqat indeksatsiya elementlari emas, balki kontentni ijtimoiymuloqot jihatdan strukturaviy boshqaruvchi, hamda foydalanuvchining mavzuga bo‘lgan nuqtai nazarini shakllantiruvchi baholovchi vositadir. Hashtaglar izlanadigan suhbatlarni yaratadi va mavzuni ifodalovchi semantik resurs sifatida xizmat qiladi” [4].

Hashtaglar mikroxabar mavzusini belgilash uchun yuzaga kelgan konvensional belgilar bo‘lib, bu nutqni qidirishga mos shaklga keltiradi. Bunday nutqni teglash jarayoni “qidiriladigan nutq”ning boshlanishidir, ya’ni odamlar o‘z nutqini boshqalar topa olishi uchun belgilar bilan ajratadi [4]. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda hashtaglar virtual muloqotdagi birdamlik, qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy mavqe yoki g‘oya atrofida birlashish ramziga aylanmoqda. Hashtaglar matnning semantik yuklamasini nafaqat kuchaytiradi, balki uni tarmoq kontekstida izlanadigan va umumlashadigan birlikka aylantiradi. Ayniqsa, hashtagning matndagi pozitsiyasi (boshida, o‘rtasida yoki oxirida) unga yuklangan ma’no urg‘usiga bevosita ta’sir qiladi. Masalan, matnning boshida berilgan hashtag – mavzuni sarlavha sifatida belgilasa, oxiridagi hashtag – uni xulosa va mavzuga indeks sifatida belgilaydi. Hashtaglar internet tarmoqlarida - Instagramda suratlar mavzusini ko‘rsatish (#travel, #foodie), Twitter/Xda muhokama mavzularini aniqlash (#Elections2025), Facebookda guruhlangan kontentlarni topish, TikTok, YouTubeda trendga kirish va ko‘rinishni oshirish uchun qo‘llaniladi.

Xulosa qilib aytganda, zamonaviy internet matnlari oddiy matndan tashqari ko‘plab semantik va kontekstual vositalarni o‘z ichiga oladi. Ular orqali o‘quvchi e’tiborini jalb qilish, ma’lumotni tezroq va hissiyroq yetkazish, madaniy va axborotli kontekstlarni bog‘lash imkoni yaratadi.

Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, internet matnlari an’anaviy yozma nutqdan farqli ravishda o‘ziga xos semantik birliklarga ega bo‘lib, ular kommunikativ jarayonning samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Xususan, hashtag, emoji, qisqartmalar, neologizmlar va multimodal birliklar: foydalanuvchilar o‘rtasida tezkor va ixcham ma’no anglashuvini ta’minlaydi; matnning emotsional va ifodaviy yuklamasini kuchaytiradi; ijtimoiy identitet va madaniy kontekstni aks ettiradi; internet tarmog‘ida mavzularni tematik guruhlash va izlash imkoniyatini yaratadi; yangi kommunikativ ehtiyojlarga moslashgan lingvistik innovatsiyalar sifatida til tizimini boyitadi.

Demak, internet matnlarida ishlatiladigan semantik birliklarni o‘rganish nafaqat lingvistik nazariyani kengaytiradi, balki amaliy jihatdan ham raqamli kommunikatsiya jarayonlarini tushunishda muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi. Shu bois, kelgusida internet lingvistikasida semantik birliklarning paydo bo‘lish jarayonlari, ularning kontekstual xususiyatlari va ijtimoiy-madaniy funksiyalarini chuqurroq tadqiq etish zarurdir.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. Safarova, R. (1996). Leksik-semantik munosabatning turlari: O‘quv qo‘llanma . Toshkent: O‘qituvchi.
  2. Зюзыкова, Н. А. (2024). Семантика и функции диалектной лексики в интернет- коммуникации (на материале тематической группы «Человек»): автореферат диссертации на соискание учёной степени кандидата филологических наук. Томск.
  3. Li, Y. (2023). Leksiko-semanticheskoe pole “mezhlichnostnoe obshchenie v Internete” v sovremennom russkom yazyke (na fone kitayskogo yazyka) [Dissertation for the degree of Candidate of Philological Sciences]. Moscow.
  4. Zappavigna, M. (2012). Discourse of Twitter and social media. London: Continuum.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011480
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/489
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
737–740
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25