Asosiy mazmunga o‘tish

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALAR UCHUN XALQ O‘YINLARINI TANLASH VA O‘YINLARNI O‘TKAZISH METODIKASIV

M.A. AskarovMustaqil tadqiqotchi2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 729–731

Annotatsiya

Ushbu maqola kichik maktab yoshidagi bolalar uchun xalq o‘yinlarni tanlash vao‘yinlarni o‘tkazish, aynan shu davrda bolalarning harakat faoliyati, asosiy jismoniy sifatlari va sog‘lomturmush tarziga asos bo‘luvchi ko‘nikmalar shakllantirish, hamda xalq o‘yinlari mazkur yosh toifasi uchuneng qulay, tabiiy va qiziqarli faoliyat turi sifatida ajralib turishi aks ettirilgan.

Boshqa tillarda

ruschaМЕТОДОЛОГИЯ ОТБОРА И ПРОВЕДЕНИЯ НАРОДНЫХ ИГР ДЛЯ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА

В данной статье рассматриваются вопросы выбора и проведения народных игр для детей младшего школьного возраста, формирования двигательной активности детей, основных физических качеств и навыков, лежащих в основе здорового образа жизни в этот период, а также тот факт, что народные игры являются наиболее удобным, естественным и интересным видом деятельности для этой возрастной группы.

inglizchaMETHODOLOGY FOR SELECTING AND CONDUCTING FOLK GAMES FOR CHILDREN OF EARLY SCHOOL AGE

This article discusses the selection and holding of folk games for children of primary school age, the formation of children‘s motor activity, basic physical qualities and skills that form the basis of a healthy lifestyle during this period, and the fact that folk games are the most convenient, natural and interesting type of activity for this age group.

Kalit so‘zlar

  • Ijtimoiy rivojlanish
  • xavfsizlik
  • qoida
  • motivatsiya
  • koordinatsiya
  • vosita
  • pedagogik vosita
  • harakatlar muvofiqligi
  • tarbiya
  • mezon
  • imkoniyat

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALAR UCHUN XALQ O‘YINLARINI TANLASH VA O‘YINLARNI O‘TKAZISH METODIKASI

Annotatsiya: Ushbu maqola kichik maktab yoshidagi bolalar uchun xalq o’yinlarni tanlash va o’yinlarni o’tkazish, aynan shu davrda bolalarning harakat faoliyati, asosiy jismoniy sifatlari va sog‘lom turmush tarziga asos bo‘luvchi ko‘nikmalar shakllantirish, hamda xalq o‘yinlari mazkur yosh toifasi uchun eng qulay, tabiiy va qiziqarli faoliyat turi sifatida ajralib turishi aks ettirilgan. Kalit so’zlar: Ijtimoiy rivojlanish, xavfsizlik, qoida, motivatsiya, koordinatsiya, vosita, pedagogik vosita, harakatlar muvofiqligi, tarbiya, mezon, imkoniyat. МЕТОДИКА ВЫБОРА НАРОДНЫХ ИГР И ПРОВЕДЕНИЯ ИГР ДЛЯ ДЕТЕЙ МЛАДШЕГО ШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА

Аннотация: В данной статье рассматривается выбор и проведение народных игр для детей младшего школьного возраста, а также формирование у них в этот период двигательной активности, основных физических качеств и навыков, способствующих здоровому образу жизни. Особое внимание уделяется тому, что народные игры выступают для данной возрастной категории наиболее удобной, естественной и интересной формой деятельности. Ключевые слова: Социальное развитие, безопасность, правило, мотивация, координация, средство, педагогическое средство, согласованность движений, воспитание, критерий, возможность.

METHODOLOGY FOR SELECTING AND CONDUCTING FOLK GAMES FOR YOUNG SCHOOL-AGE CHILDREN

Annotation: This article addresses the selection and conduct of folk games for young school-age children, focusing on developing their motor activity, core physical qualities, and skills that form the foundation for a healthy lifestyle during this period. It emphasizes that folk games stand out as the most suitable, natural, and engaging form of activity for this age group.

Keywords: Social development, safety, rule, motivation, coordination, tool, pedagogical tool, movement harmony, upbringing, criterion, opportunity.

Kichik maktab yoshidagi bolalar (9–10 yosh) jismoniy rivojlanishining muhim bosqichida turadilar. Aynan shu davrda bolalarning harakat faoliyati, asosiy jismoniy sifatlari va sog‘lom turmush tarziga asos bo‘luvchi ko‘nikmalar shakllanadi. Xalq o‘yinlari mazkur yosh toifasi uchun eng qulay, tabiiy va qiziqarli faoliyat turi sifatida ajralib turadi. Ular bolalarda harakat faolligini rag‘batlantirish, mushaklar va suyaklar rivojini tezlashtirish, muvozanat, epchillik, chaqqonlik va koordinatsiyani rivojlantirishga yordam beradi. Bundan tashqari, xalq o‘yinlari orqali bolalarda jamoada ishlash, muloqot qilish, o‘zaro yordam, raqobat va irodaviy sifatlar ham shakllanadi. An’anaviy xalq o‘yinlarining ko‘pchiligi bolalarning yosh va jismoniy imkoniyatlariga mos ravishda tashkil etiladi, bu esa ularni nafaqat jismoniy, balki psixologik va ijtimoiy rivojlanishida ham muhim vosita sifatida namoyon bo‘lishini ta’minlaydi. Shu sababli, kichik maktab yoshidagi bolalarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishda xalq o‘yinlarini samarali pedagogik vosita sifatida tanlash va to‘g‘ri qo‘llash dolzarb ahamiyat kasb etadi. Xalq o‘yinlarini kichik maktab yoshidagi bolalar jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish jarayoniga samarali tatbiq etish uchun ularni to‘g‘ri tanlash va moslashtirish muhim ahamiyatga ega. Har bir xalq o‘yini bolalarning yosh xususiyatlari, jismoniy imkoniyatlari va individual ehtiyojlariga mos kelishi zarur. Aks holda, o‘yinlar nafaqat bolalarning jismoniy rivojlanishiga yetarlicha ta’sir ko‘rsata olmasligi, balki ularning sog‘lig‘i va xavfsizligiga ham salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shu sababli, xalq o‘yinlarini tanlash va moslashtirishda ilmiy asoslangan mezonlardan foydalanish – o‘yinlarning mazmuni, harakat turi, qoidalari, davomiyligi, xavfsizligi va tarbiyaviy ahamiyatini e’tiborga olish zarur. Bu mezonlar orqali o‘yinlar kichik yoshdagi bolalarning jismoniy va psixologik rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan, ularning faolligini va motivatsiyasini oshiradigan pedagogik vositaga aylanadi. Ilmiy-metodik va o‘quv adabiyotlarning nazariy tahlili, mamlakatning turli hududlaridagi mutaxassislar ish tajribasini umumlashtirish, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining anketali so‘rovi, xalq jismoniy tarbiya vositalarining pedagogik ahamiyatini aniqlash - bularning barchasi jismoniy tarbiya darslari mazmunini takomillashtirishga qo‘yiladigan talablarni belgilash imkonini berdi: - xalq jismoniy tarbiya vositalarining davlat ta’lim dasturi materiali bilan uyg‘un bog‘liqligini ta’minlash; - maktab darslarini o‘tkazish sharoitlarining mintaqaviy xususiyatlariga mos bo‘lishi; - xalq harakatli o‘yinlari va jismoniy mashqlarning umumta’lim yo‘nalishidagi jismoniy tarbiya maqsadlariga mosligi; - xalq jismoniy tarbiya vositalarini harakat sifatlariga ta’siriga qarab unifikatsiya qilish va tasniflash. Harakatli o‘yinlar va jismoniy mashqlarni to‘g‘ri tanlash va qo‘llash bolalarning asosiy jismoniy sifatlarini har tomonlama rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur tasnif quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: Kuchlilik. Bu yo‘nalishdagi o‘yin va mashqlar bolalarda mushak kuchini rivojlantirishga qaratilgan. Kuch talab qiluvchi mashqlar, masalan, tortishish, itarish, og‘irlik ko‘tarish yoki jamoaviy o‘yinlarda qarama-qarshilik harakatlari bolalarda asosan tananing asosiy mushak guruhlarini faol ishlashini ta’minlaydi. Kuchli mushaklar bolalarda to‘g‘ri gavda, yaxshi holat va umumiy jismoniy barqarorlikni shakllantiradi. Tezkorlik. Bu harakat sifatini rivojlantiruvchi o‘yin va mashqlar tez harakat qilish, chaqqonlik bilan yugurish, to‘pni tez tutish, uloqtirish va boshqa shunga o‘xshash vazifalarni bajarishda qo‘llaniladi. Tezlik talab qiluvchi o‘yinlar orqali bolalarda reaksiyaning tezligi, harakatlarning aniqligi va shiddati oshadi, sport va hayotiy harakatlarda muvaffaqiyatli natijalarga erishiladi. Chaqqonlik. Chaqqonlik, ya’ni harakatlarni muvofiqlashtirish va tez yo‘nalish o‘zgartira olish qobiliyati bolalarda har xil to‘sqinliklardan o‘tish, yugurib borib to‘satdan to‘xtash, burilish yoki orqaga harakat qilish o‘yinlari orqali rivojlanadi. Bunday mashg‘ulotlar bolalarning fazoda erkin harakatlanish, muvozanatni saqlash va harakatlarni tez moslashtirish qobiliyatini mustahkamlaydi. Chidamlilik. Uzoq vaqt davomida jismoniy faollikni saqlash va yengilmaslik ko‘nikmasi bolalarda chidamlilik sifatini rivojlantiradi. Masalan, marafon yugurishlari, uzoq davom etuvchi o‘yinlar va

murakkab jismoniy harakatlarni doimiy takrorlash bolalarda yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarini chiniqtiradi, jismoniy va ruhiy toliqishga bardoshlilikni oshiradi. Tezkor-kuch sifatlari. Bu yo‘nalish tezlik va kuch sifatlarining birlashtirilgan shaklida, ya’ni qisqa vaqt ichida maksimal kuch bilan harakat qilish (masalan, sakrash, to‘p uloqtirish, qisqa masofaga yugurish) orqali rivojlanadi. Ushbu mashqlar sport harakatlarida, ayniqsa musobaqalarda, juda muhim ahamiyat kasb etadi. Kompleks rivojlantirish. Jismoniy sifatlarni kompleks yo‘nalishda bir vaqtning o‘zida bir necha harakat sifatlarini rivojlantiradi. Masalan, o‘yin davomida chaqqonlik, chidamlilik va kuch elementlari birga namoyon bo‘ladi. Bu esa bolalarning umumiy jismoniy salohiyatini, har tomonlama rivojlanishini va moslashuvchanligini ta’minlaydi. Xulosa qilib aytganda, harakat sifatlarini rivojlantirish yo‘nalishiga asoslangan tasnif bolalar uchun har tomonlama sog‘lom, chiniqkan va faol shaxs sifatida shakllanish uchun muhim metodik asos bo‘lib xizmat qiladi. Har bir sifatga qaratilgan o‘yin va mashqlar bola organizmining tabiiy imkoniyatlarini to‘liq namoyon qilish, sportga qiziqishini oshirish va sog‘lom turmush tarziga asos yaratadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Белоногова, Е. Н., Мельников, И. Ю., Дятлов, Д. А. Сравнительный анализ влияния различных форм двигательной активности на функциональные показатели сердечно-сосудистой системы и вегетативной регуляции у школьников младших классов [Текст] // «Теория и практика физической культуры», 2008. - № 4. - С. 7 - 11.
  2. Гриженя, В. Е. Оптимизация двигательного режима младших школьников средствами подвижных игр и игровых упражнений [Текст]: автореф. дис. ... канд. пед. наук / В. Е. Гриженя. - Малаховка, 2003. - 27 с.
  3. Патрикеев, А. Ю. Подвижные игры: 1-4 классы: Методика проведения; Игры на улице и в помещении; Игры �� предметами и без Изд.: ВАКО, 2007. - 176 с.
  4. Ибрахимов С.У. Узлуксиз таълим тизимида “Уч босқичли спорт мусобақалари” ёрдамида ўқувчи-талабаларни комплекс ривожлантириш параметрларини кенгайтириш механизмлари. Пед.фан.ном.дисс. -Т., 2019. 45 б.
  5. Макаренко, Н. В., Борейко, Т. И. Взаимосвязь нервных процессов и произвольного внимания у детей младшего школьного возраста [Текст] / Н. В. Макаренко, Т. И. Борейко // Физиол. журн. - 1993. - 39. - С. 80 - 87.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011477
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/486
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
729–731
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25