STEAM TA‘LIM TEXNOLOGIYASI BOSHLANG‘ICH TA‘LIM MISOLIDA
Hakimova Zumradxon Rahmonjon qiziNamangan davlat pedogogika instituti Pedogogika fakulteti boshlang‘ich ta‘lim yo‘nalishi talabasi2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 727–729
Annotatsiya
Ushbu maqolada STEAM (fan, texnologiya, muhandislik, san‘at va matematika)ta‘lim yondashuvining boshlang‘ich ta‘limda qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Zamonaviy ta‘limdao‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, ijodiy yondashuvi va amaliy faoliyatga tayyorligi muhim o‘rin tutadi.STEAM texnologiyasi bu jarayonni samarali tashkil etish, fanlararo integratsiyani yo‘lga qo‘yish hamdao‘quvchilarni XXI asr kompetensiyalariga ega bo‘lishlariga xizmat qiladi. Maqolada boshlang‘ich ta‘limdaSTEAM elementlarini qo‘llashning afzalliklari, muammolari va amaliy misollar asosida tahlil keltirilgan.
Boshqa tillarda
ruschaОбразовательные технологии STEAM на примере начального образования
В данной статье анализируется применение образовательного подхода STEAM (наука, технологии, инженерия, искусство и математика) в начальном образовании. В современном образовании важную роль играют самостоятельное мышление учащихся, их творческий подход и готовность к практической деятельности. Технологии STEAM помогают эффективно организовать этот процесс, установить междисциплинарную интеграцию и способствовать приобретению учащимися компетенций XXI века. В статье анализируются преимущества, проблемы и практические примеры использования элементов STEAM в начальном образовании.
inglizchaSTEAM EDUCATIONAL TECHNOLOGY IN THE EXAMPLE OF PRIMARY EDUCATION
This article analyzes the application of the STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, and Mathematics) educational approach in primary education. In modern education, students‘ independent thinking, creative approach, and readiness for practical activities play an important role. STEAM technology serves to effectively organize this process, establish interdisciplinary integration, and help students acquire 21st century competencies. The article analyzes the advantages, problems, and practical examples of using STEAM elements in primary education.
Kalit so‘zlar
- STEAM ta‘limi
- boshlang‘ich ta‘lim
- texnologiya
- fanlararo integratsiya
- ijodkorlik
- tanqidiy fikrlash
- muammoli o‘qitish
- innovatsion yondashuv
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
virtue but ignore real suffering. Legal authorities often protect the guilty and punish the innocent. When Oliver is falsely accused of theft, no one defends him. Meanwhile, true criminals like Fagin and Monks manipulate the system for their benefit. Dickens demonstrates that social institutions, which should uphold justice, are often instruments of oppression. While ‘Oliver Twist’ is a strong social critique, it is also an artistic achievement. Dickens combines realism with moral symbolism to give emotional depth to his message. His descriptions of London’s slums are full of life and detail, creating a contrast between the darkness of the streets and the light of moral goodness. The city becomes almost a character itself, representing both temptation and suffering. Symbolism plays a major role in Dickens’s art. Oliver symbolizes purity and hope; Fagin’s den symbolizes evil and corruption. Nancy, one of the most complex characters, embodies both sin and redemption. Her sacrifice for Oliver shows that even in a world full of injustice, moral goodness can survive. Dickens uses irony, humor, and emotional appeal to make his social message more powerful and memorable. In conclusion, ‘Oliver Twist’ is a masterpiece that combines social criticism with artistic beauty. Through the story of a helpless orphan, Dickens reveals the cruelty of a society governed by greed and indifference. He exposes the flaws of institutions, the hypocrisy of the powerful, and the suffering of the poor. Yet he also celebrates the resilience of human goodness and the possibility of moral reform. The novel remains relevant today, reminding readers that literature can awaken conscience and inspire compassion and change. References: 1.Ackroyd, Peter. Dickens. London: Sinclair-Stevenson, 1990. 2.Collins, Philip. Dickens and Education. London: Macmillan, 1963. 3.Dickens, Charles. Oliver Twist. London: Chapman & Hall, 1839. 4.Kaplan, Fred. Dickens: A Biography. New York: William Morrow, 1988. 5.Slater, Michael. Charles Dickens. New Haven: Yale University Press, 2009. 6.Storey, Graham. A Preface to Dickens. London: Longman, 1987.
STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASI BOSHLANG’ICH TA’LIM MISOLIDA
Hakimova Zumradxon Rahmonjon qizi Namangan davlat pedogogika instituti Pedogogika fakulteti boshlang’ich ta'lim yo’nalishi talabasi
Annotatsiya. Ushbu maqolada STEAM (fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika) ta’lim yondashuvining boshlang‘ich ta’limda qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’limda o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, ijodiy yondashuvi va amaliy faoliyatga tayyorligi muhim o‘rin tutadi. STEAM texnologiyasi bu jarayonni samarali tashkil etish, fanlararo integratsiyani yo‘lga qo‘yish hamda o‘quvchilarni XXI asr kompetensiyalariga ega bo‘lishlariga xizmat qiladi. Maqolada boshlang‘ich ta’limda STEAM elementlarini qo‘llashning afzalliklari, muammolari va amaliy misollar asosida tahlil keltirilgan. Kalit so‘zlar: STEAM ta’limi, boshlang‘ich ta’lim, texnologiya, fanlararo integratsiya, ijodkorlik, tanqidiy fikrlash, muammoli o‘qitish, innovatsion yondashuv.
STEAM EDUCATIONAL TECHNOLOGY IN THE EXAMPLE OF PRIMARY EDUCATION
Abstract. This article analyzes the application of the STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts and Mathematics) educational approach in primary education. In modern education, students' independent thinking, creative approach and readiness for practical activities play a crucial role. STEAM technology serves to organize this process effectively, establish interdisciplinary integration and help students acquire 21st-century competencies. The article analyzes the advantages, problems and practical examples of using STEAM elements in primary education. Keywords: STEAM education, primary education, technology, interdisciplinary integration, creativity, critical thinking, problem-based learning, innovative approach.
ОБРАЗОВАТЕЛЬНАЯ ТЕХНОЛОГИЯ STEAM НА ПРИМЕРЕ НАЧАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ
Аннотация. В данной статье анализируется применение образовательного подхода STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts and Mathematics) в начальном образовании. В современном образовании важную роль играют самостоятельность мышления учащихся, творческий подход и готовность к практической деятельности. Технология STEAM способствует эффективной организации этого процесса, установлению межпредметной интеграции и формированию компетенций XXI века. В статье анализируются преимущества, проблемы и практические примеры использования элементов STEAM в начальном образовании. Ключевые слова: STEAM-образование, начальное образование, технологии, межпредметная интеграция, креативность, критическое мышление, проблемно-ориентированное обучение, инновационный подход.
Bugungi kunda ta’lim tizimining asosiy maqsadi — o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdir. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichidagi bolaning tafakkuri, kuzatuvchanligi va qiziqishlari eng faol rivojlanadigan davr hisoblanadi. Shu sababli o‘quv jarayonini interfaol, qiziqarli va fanlararo aloqadorlik asosida tashkil etish zarur. STEAM ta’limi aynan shunday imkoniyatlarni yaratadi. STEAM — bu fan (Science), texnologiya (Technology), muhandislik (Engineering), san’at (Art) va matematika (Mathematics) fanlarini yagona tizimda birlashtiruvchi yondashuvdir. U o‘quvchilarga real hayotdagi muammolarni hal qilishda bilimlardan amalda foydalanish imkonini beradi. Boshlang‘ich ta’limda STEAM texnologiyasining joriy etilishi o‘quvchilarning o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini oshiradi. Chunki bu yondashuv darslarni faqat nazariy emas, balki amaliy faoliyat orqali o‘rganishga asoslanadi. Masalan, “Tabiiy fan” darsida suvning aylanish jarayoni o‘rganilayotganda, o‘quvchilar texnologiya darsida suv aylanmasini modellashtiruvchi qurilma yasashlari, san’at darsida esa suv siklini tasvirlovchi rasm chizishlari mumkin. Shu tarzda fanlar o‘zaro integratsiyalashadi va bilimlar hayotiy holatlarga tatbiq etiladi. Boshlang‘ich sinflarda STEAM ta’limi quyidagi maqsadlarga xizmat qiladi: 1. O‘quvchilarda tanqidiy va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish; 2. Ijodiy yondashuvni shakllantirish va yangi g‘oyalarni ilgari surish; 3. Fanlararo bog‘lanishni mustahkamlash orqali kompleks bilim olish; 4. Amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish va jamoada ishlashni o‘rganish; 5. Raqamli vositalardan samarali foydalanish malakasini oshirish. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, STEAM asosida tashkil etilgan darslarda o‘quvchilar an’anaviy darslarga nisbatan faolroq qatnashadilar. Ular tajriba o‘tkazish, loyihalar yaratish, modellar yasash jarayonida o‘z bilimlarini mustahkamlaydilar. Masalan, 3-sinf “Tabiiy fan” darsida o‘quvchilar “O‘simlikning o‘sishi uchun nima kerak?” degan savol asosida loyiha ishlab chiqishadi: ular urug‘ekib, o‘sish jarayonini kuzatadi, natijalarni rasmga olib, kompyuterda jadval shaklida ko‘rsatadilar. Shu jarayon orqali ular fan, texnologiya, san’at va matematika bilimlarini birgalikda qo‘llaydilar. Boshlang‘ich ta’limda STEAM yondashuvi o‘quvchilarni kelajak kasblariga tayyorlashda ham muhim o‘rin tutadi. Chunki hozirgi davrda har bir sohada texnologik fikrlash, muhandislik yondashuvi va ijodkorlik talab etiladi. Shu sababli o‘quvchilarning yoshligidan muammoga yechim topish, sinov o‘tkazish va natijani tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish zarur. Shuningdek, STEAM ta’limi o‘qituvchidan ham yangicha yondashuvni talab qiladi. U o‘z darslarini faqat bilim beruvchi emas, balki muammoli vaziyatlarni yaratuvchi, o‘quvchini izlanishga undovchi rahbar sifatida tashkil etadi. Bunda axborot texnologiyalaridan, robototexnika to‘plamlaridan, interfaol o‘yinlardan ham foydalanish mumkin. Masalan, o‘qituvchi “Energiya manbalari” mavzusida dars o‘tayotganda o‘quvchilarga kichik quyosh panellaridan foydalanib elektr energiyasi ishlab chiqarish tajribasini taklif qilsa, bu jarayon nafaqat fanga, balki texnologiya va muhandislikka ham tegishli bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda STEAM pedagogik texnologiyasi boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, ularni tanqidiy va ijodiy fikrlashga, amaliy faoliyatga
undaydi.Fanlararo integratsiya orqali tashkil etilgan darslar bilimlarini chuqurlashtiradi, ularni real hayotdagi muammolarni hal qilishga tayyorlaydi. Shu sababli boshlang‘ich ta’limda STEAM yondashuvini joriy etish o‘quvchilarning intellektual va ijtimoiy rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Kelajakda o‘qituvchilarning bu yo‘nalishda malakasini oshirish, raqamli vositalardan foydalanishni kengaytirish va mahalliy sharoitga mos STEAM loyihalarini yaratish ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqadi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar6 ta adabiyot
- A.A.Hasanboyev. “STEAM pedagogik texnologiyasi: integratsiya orqali o‘rganishni kuchaytirish.” « Fan va texnologiya» nashriyoti T.: 2018
- N.N.Azizxo‘jayeva. “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat”, “O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi” nashriyoti.
- R.A.Mavlonova., N.H.Raxmonqulova “Umumiy pedagogika.”Toshkent: 2010
- M.A.Tojiyeva, M.U.Umralayeva “Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish.”Toshkent: 2014
- J.G’.Yo‘ldoshev , Shirinov M.K. “Pedagogik diagnostika.”Toshkent:2014
- O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining elektron sayti: www.uzedu.uz
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011476
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/485
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 727–729
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25