QATTIQ BUG‘DOY NAMUNALARINING ISSIQLIKKA CHIDAMLILIGINI MORFOLOGIK KO‘RSATKICHLAR ASOSIDA BAHOLASH
Amirova Muhayyo Sabir kiziLalmikor Dehqonchilik Ilmiy Tadqiqot Instituti 2-bosqich tayanch doktoranti2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 720–725
Annotatsiya
Ushbu maqolada Lalmikor dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti “Qattiq bug‘doygenetikasi,seleksiyasi va urug‘chiligi”labaratoriyasida 2024-2025-yillarda olib borilgan tadqiqotlardao‘rganilgan 26ta qattiq bug‘doy nav namunalarining issiqqlikka chidamliligini labaratoriya sharoitidao‘rganish natijalari keltirilgan.
Boshqa tillarda
ruschaОЦЕНКА ТЕРМОСТОСТОЙКОСТИ ОБРАЗЦОВ ТВЕРДОЙ ПШЕНИЦЫ НА ОСНОВЕ МОРФОЛОГИЧЕСКИХ ПОКАЗАТЕЛЕЙ
В данной статье представлены результаты лабораторного исследования жаростойкости 26 сортов твердой пшеницы, изученных в 2024-2025 годах в лаборатории «Генетика, селекция и семенное производство твердой пшеницы» Лалмикорского сельскохозяйственного научно-исследовательского института.
inglizchaEVALUATION OF HEAT RESISTANCE OF DURUM WHEAT SAMPLES BASED ON MORPHOLOGICAL INDICATORS
This article presents the results of a laboratory study of the heat resistance of 26 durum wheat varieties studied in 2024-2025 at the "Durum Wheat Genetics, Breeding and Seed Production" laboratory of the Lalmikor Agricultural Research Institute.
Kalit so‘zlar
- qattiq bug‘doy
- kaleoptile uzunligi
- ildiz uzunligi
- saxaroza eritmasi
- temperatura
- ildiz soni
- andoza nav
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
QATTIQ BUGʻDOY NAMUNALARINING ISSIQLIKKA CHIDAMLILIGINI MORFOLOGIK KO’RSATKICHLAR ASOSIDA BAHOLASH
Amirova Muhayyo Sobir qizi Lalmikor Dehqonchilik Ilmiy Tadqiqot Instituti 2-bosqich tayanch doktoranti Email:osillatoriya980325@gmail.com
Annotatsiya:Ushbu maqolada Lalmikor dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti “Qattiq bug’doy genetikasi,seleksiyasi va urug’chiligi”labaratoriyasida 2024-2025-yillarda olib borilgan tadqiqotlarda o’rganilgan 26ta qattiq bug’doy nav namunalarining issiqqlikka chidamliligini labaratoriya sharoitida o’rganish natijalari keltirilgan. Kalit so’zlar:qattiq bug’doy,kaleoptile uzunligi,ildiz uzunligi,saxaroza eritmasi,temperatura,ildiz soni,andoza nav.
ASSESSMENT OF HEAT RESISTANCE OF SOLID WHEAT SAMPLES BASED ON MORPHOLOGICAL INDICATORS.STUDY IN LABORATORY CONDITIONS.
Amirova Muhayyo Sobir qizi nd 2 years foundation doctoral student of scientific research institute of Rainfed agriculture Email:osillatoriya980325@gmail.com
Annotation: this article presents the results of a labaratory study of the heat resistance of 26 solid wheat variety samples studied in research conducted in 2024-2025 in the labaratory which is called“Genetics,selection and semen of durum wheat”of the scientific research institute of Rainfed agriculture Keywords: solid wheat, kaleoptile length,Root Length,sucrose solution,temperature,root number, template variety.
ОЦЕНКА ТЕРМОСТОЙКОСТИ ОБРАЗЦОВ ТВЕРДЫХ СОРТОВ ПШЕНИЦЫ НА ОСНОВЕ МОРФОЛОГИЧЕСКИХ ПОКАЗАТЕЛЕЙ.ИССЛЕДОВАНИЕ В ЛАБОРАТОРНЫХ УСЛОВИЯХ.
Амирова Мухайе Сабир кызы Научно-исследовательский институт сельского хозяйства лалмикор базовый докторант фазы 2 Email:osillatoriya980325@gmail.com
Аннотация: В этой статье представлены результаты лабораторного исследования термостойкости образцов 26 сортов твердых сортов пшеницы,изученных в исследованиях 2024- 2025 годов в лаборатории генетики, селекции и семеноводства твердых сортов пшеницы научноисследовательского института сельского хозяйства Лалмикор. Ключевые слова: твердая пшеница,длина калеоптиля,длина корня,раствор сахарозы,температура,количество корней,сорт по умолчанию.
Hozirgi kunda issiqlikka chidamli navlar yaratishda qattiq bug‘doy seleksiyasining asosiy yo‘nalishi ertapishar navlar yaratishga qaratilgan, chunki boshoqda don to‘lishish davridan boshlab mum pishishgacha bo‘lgan davr ertapishar navlarda issiqlik va boshqa tashqi noqulay sharoitlar boshlanmasidan oldin o‘tishi lozim. Issiq bug‘doy yon poyalarida don hosil bo‘lish jarayonlariga ham salbiy ta'sir etib ulardan 25-30 foiz hosil olinmaslikka sabab bo‘ladi. [Ilashev A. 29; 30-b.]. Respublika hududiga bug‘doy pishishidan 12-20 kun oldin har yili quruq va issiq havo oqimi kirib keladi. Natijada don to‘plash fazasida bo‘lgan bug‘doy issiqga chalinib deyarli har yili 20-30 %, ayrim yillari undan ortiq hosil yo‘qotmoqda. [O‘rinboev T., Rabbimqulov I. 74; 175-b.]. Soʻnggi yillarda iqlim oʻzgarishi tufayli yozgi davrda havo haroratining keskin oshishi bugʻdoy hosildorligiga jiddiy ta’sir koʻrsatmoqda. Issiqlik stressi ayniqsa boshoqlashdan to toʻliq pishishgacha boʻlgan davrda kuchli ta’sir etadi. Shu sababli issiqlikka chidamli navlarni yaratish seleksiya ishlarining muhim yo‘nalishlaridan biridir (Ilashev A., 30-b.; O‘rinboev T., Rabbimqulov I., 175-b.). Material va usullar.Tadqiqot ishlari Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanidagi Lalmikor dehqonchilik ilmiy tadqiqot institutida 2024 va 2025 yillarda olib borildi. Kelib chiqishi turli geografik mintaqalarga mansub bo’lgan qattiq bugʻdoy nav namunalarining issiqlikka chidamliligi N.I. Kojushko (1970) usulida labaratoriya sharoitida baholandi. Urugʻlar +54 °C haroratda 20 daqiqa davomida qizdirilib, unib chiqqan urugʻlar foizi, ildizlar soni va uzunligi hamda koleoptil uzunligi oʻlchandi. Baholash quyidagi mezon asosida amalga oshirildi: Chidamsiz – 25% gacha O‘rtacha chidamli – 25–49% Chidamli – 50–74% Yuqori chidamli – 75–100% Qattiq bug‘doy namunalarining laboratoriya sharoitida issiqlikka chidamligi (G‘allaorol 2024 y) 1-jadval
Unib Ildizlar Koleoptil chiqqan Ildizlar soni uzunligi uzunligi urug‘ (dona) (sm) (sm) (%) Namunalar nomi va № Kelib chiqishi katalok raqami
+54 0С 1 Leukurum-3 (an) O‘zbekiston 90 84 4,1 3,4 6,8 3,7 4,0 3,0 2 №4 ig 1523174 Livan 95 94 5,0 4,5 8,4 5,3 4,8 3,9 3 №5 Mrb 3/Mna 1 Livan 98 96 5,0 4,6 9,6 9,0 5,2 4,7 4 №8 Sebatel 2 // Wdz Livan 95 94 3,7 3,4 6,7 5,2 4,2 3,7 5 №13 Tilling / Icajiha Livan 98 95 4,4 3,8 6,2 5,9 4,5 4,2 6 №14 Mrb3*2/Amar Livan 100 97 5,0 4,7 7,4 6,5 4,8 4,7 7 №19 IcaJoudy 1/4 Livan 98 95 5,0 4,8 7,8 7,1 5,1 4,6 8 №20 Miki 3 Livan 100 98 5,0 5,0 8,7 7,9 5,0 4,9 9 №3 Genomis 3 Livan 100 97 5,0 4,7 7,1 5,2 4,3 3,7 10 №10 Ramajan Livan 98 96 4,9 4,4 7,0 4,5 4,8 4,3 11 №13 Kondita Livan 99 96 4,7 4,3 8,6 7,1 4,5 4,5 12 №16 Xu Livan 100 96 4,8 3,2 7,8 3,9 4,6 4,4 13 №17 Mamiki Livan 97 94 4,8 3,6 6,3 5,2 4,1 4,0 14 №21 Sebanachit Livan 100 96 3,4 3,2 7,2 6,9 4,4 4,3 15 №22 Sebarita Livan 97 95 5,0 4,7 7,5 5,9 4,7 4,4 16 №3 Zein/Cucaraja Livan 96 90 4,2 3,4 9,1 5,1 4,8 3,4 17 №20 Miki Livan 100 98 4,6 4,3 6,9 6,2 4,6 4,5 18 №21 P91.272/Marg Livan 88 82 4,4 4,1 5,3 5,1 3,9 3,6 19 №24 Younes/Gidar Livan 96 94 4,3 3,8 7,9 7,3 4,3 4,1 20 №31 Younes/Tdico Livan 100 97 4,5 4,4 8,4 7,0 4,8 4,7 21 №32 Younes/Tdi T Livan 87 82 3,4 3,0 4,3 2,6 3,3 3,1 22 №35 Margherita//D Livan 96 93 4,3 4,0 6,0 5,2 4,2 4,1 23 №38 Margherita/3/ Livan 100 96 5,0 4,7 9,0 7,6 5,4 5,2 24 №49 Zagharin 2 Livan 100 95 5,0 4,9 8,3 7,8 5,0 4,4 25 №54 Icaverve/Sve Livan 93 86 3,4 3,2 7,2 5,6 4,2 3,9 26 №56 Icavert2/Icagh Livan 95 90 4,0 3,7 6,7 4,6 3,9 3,0
1-jadvaldagi tadqiqot natijalaridan ko‘rinib turibdiki, nav namunalarning urug‘lari +54 0С haroratda 20 minut davomida qizdirilganda unib chiqqan urug‘lar foiz hisobida 82-98% gacha o‘zgarib turdi. Andoza «Leukurum-3» navining issiqlikka chidamlilik xususiyati 84,0% bo‘lganligi aniqlandi. Andoza naviga nisbatan №5 Mrb 3/Mna 1, №14 Mrb3*2/Amar, №20 Miki 3, №3 Genomis 3, №10 Ramajan, №13 Kondita, №16 Xu, №21 Sebanachit, №20 Miki, №31 Younes/Tdico, №38 Margherita/3 (Livan) nav namunalari o‘zining issiqlikka yuqori darajada chidamli ekanligi bilan ajralib turdi. Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, issiqlikka chidamligi yuqori bo‘lgan qattiq bug‘doy nav namunalari ajratib olindi va kelgusida boshlang‘ich manba sifatida foydalanish uchun seleksiya jarayoniga taqdim etildi.
Qattiq bug‘doy namunalarining laboratoriya sharoitida issiqlikka chidamligi (G‘allaorol 2025 y) 2-jadval
Unib Ildizlar Koleoptil Namunalar nomi va chiqqan Ildizlar soni № Kelib chiqishi uzunligi uzunligi katalok raqami urug‘ (dona) (sm) (sm) (%)
+54 0С 1 Leukurum-3 (an) O‘zbekiston 100 95 4,5 4,6 6,2 5,8 2,0 2,4 2 №4 ig 1523174 Livan 96 92 4,1 4,5 4,8 6,1 1,8 2,8 3 №5 Mrb 3/Mna 1 Livan 100 96 4,4 4,5 4,4 6,0 1,3 1,5 4 №8 Sebatel 2 // Wdz Livan 100 91 4,1 4,6 5,6 5,0 1,9 2 5 №13 Tilling / Icajiha Livan 98 82 4,7 4,6 7,0 9,3 3,0 3,7 Livan 12, 6 №14 Mrb3*2/Amar 68 78 5,0 5,2 10,0 4,4 3,9 7 №19 IcaJoudy 1/4 Livan 90 95 4,6 4,0 4,3 3,7 1,3 1,0 Livan 10, 8 №20 Miki 3 98 91 5,1 5,0 10,8 3,4 3,5 Livan 10, 9 №3 Genomis 3 94 92 5,4 5,7 9,4 3,6 3,6 Livan 10, 10 №10 Ramajan 98 95 4,9 4,5 8,7 3,5 3,1 Livan 10, 11 №13 Kondita 100 75 5,7 5,1 10,0 3,5 3,4 12 №16 Xu Livan 94 90 4,7 4,7 4,1 4,8 2 1,9 Livan 12, 13 №17 Mamiki 96 93 5,5 5,4 11,1 3,6 4,2 14 №21 Sebanachit Livan 94 95 4,3 3,9 4,1 3,7 3,4 2,9 15 №22 Sebarita Livan 96 99 3,8 4,6 2,9 5,6 1,4 2,2 16 №13 Zein/Cucaraja Livan 96 96 4,4 3,7 6,3 4,3 2,5 1,5 17 №20 Miki Livan 96 96 4,1 4,1 4,1 5,3 1,5 1,3 18 №21 P91.272/Marg Livan 94 95 4,3 3,9 4,1 3,7 3,4 2,9 19 №24 Younes/Gidar Livan 96 94 4,3 3,8 7,9 7,3 4,3 4,1 20 №31 Younes/Tdico Livan 98 97 4,7 3,9 6,4 5,9 2,3 2,1 21 №32 Younes/Tdi T Livan 88 83 3,5 3,1 4,6 2,9 3,3 3,1 22 №35 Margherita//D Livan 96 88 4,6 4,6 6,4 4,6 2,5 1,6 23 №38 Margherita/3/ Livan 100 98 4,4 3,5 5,9 4,9 1,8 2,1 24 №49 Zagharin 2 Livan 84 98 4,7 3,8 7,9 5,8 2,3 1,7 25 №54 Icaverve/Sve Livan 98 86 3,3 4,0 3,0 4,8 1,0 1,2 26 №56 Icavert2/Icagh Livan 96 96 4,1 3,4 5,3 3,8 2,1 2,2
2-jadvaldan ko’rinib turibdiki nav va namunalarning issiqlikka chidamliligi 75-99% gacha o’zgarib turdi. “Leukurum -3”andoza navida +54 0С haroratda 20 minut davomida qizdirilganda unib chiqqan urug‘lar foiz hisobida 95% ni tashkil etdi.Andozaga nisbatan №5 Mrb 3/Mna 1,№22 Sebarita,№13 Zein/Cucaraja,№20 Miki,№31 Younes/Tdico,№38 Margherita/3/,№49 Zagharin 2,№54 Icaverve/Sve,№56 Icavert2/Icagh nav namunalarining issiqlikka chidamlilik foizi yuqori bo’ldi.
Natijalar va tahlil. 2024-yilgi natijalarda “Leukurum-3” andoza navi 84 % unish darajasini ko‘rsatdi. Ayrim Livan kelib chiqishli namunalar — №5 Mrb 3/Mna 1 (96 %), №20 Miki 3 (98 %), №31 Younes/Tdico (97 %), №38 Margherita/3 (96 %) — issiqlikka yuqori darajada chidamli ekani aniqlandi. 2025-yilda umumiy ko‘rsatkichlar 75–99 % oralig‘ida boʻlib, ayrim navlarda biroz pasayish kuzatildi. Masalan, №14 Mrb3*2/Amar navida unish 97 % dan 78 % gacha kamaydi, №13 Kondita navida esa 96 % dan 75 % gacha pasaydi. Shu bilan birga, №22 Sebarita (99 %), №38 Margherita/3 (98 %), №49 Zagharin 2 (98 %), №56 Icavert2/Icagh (96 %) navlarining issiqlikka chidamliligi yuqori saqlanib qoldi.
Grafikdan ko‘rinib turibdiki, umumiy tendensiya navlarning barqaror issiqlikka moslashuvchanligini ko‘rsatmoqda. 2025-yilda ayrim navlarda harorat stressiga chidamlilikning oshgani kuzatildi, bu ularning genetik potensialining yuqoriligini bildiradi.
Qattiq bugʻdoy navlari orasida andoza navga nisbatan №5 Mrb 3/Mna 1, №20 Miki 3, №31 Younes/Tdico, №38 Margherita/3, №49 Zagharin 2, №56 Icavert2/Icagh yuqori issiqlikka chidamli navlar sifatida ajratib olindi. Ildizlar soni 2025-yilda ayrim navlarda biroz oshgan (№3 Genomis 3, №13 Kondita), bu ularning issiqlikka nisbatan moslashuvchanligini bildiradi.Ildiz uzunligi 2025-yilda ancha yuqori bo‘lgan, ayniqsa №14 Mrb3*2/Amar va №20 Miki 3 navlarida bu ko‘rsatkich sezilarli o‘sish ko‘rsatgan — 10 sm dan ortiq. Bu ildiz tizimining faol o‘sishi issiqlikka chidamlilikni oshiruvchi omil ekanini ko‘rsatadi.Koleoptil uzunligi esa 2025-yilda deyarli barcha navlarda qisqargan. Bu yuqori harorat ta’sirida epigeal (yer usti) organlarning o‘sishi sekinlashganini bildiradi.Umuman olganda, ildiz tizimi faol o‘sib, yer usti qismlarining biroz qisqarishi bugʻdoy o‘simligining issiqlikka fiziologik moslashuv belgisi sifatida baholanadi.Ushbu navlar kelgusida seleksiya jarayonlarida boshlang‘ich manba sifatida foydalanish uchun tavsiya etiladiTadqiqot natijalari iqlim o‘zgarishiga mos, barqaror va hosildor navlarni yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- Ilashev A. – Bugʻdoyning issiqlikka chidamliligi,qo’llanma. 29–30-b. 2020y
- O‘rinboev T.,.Rabbimqulov I. – O‘zbekiston sharoitida bugʻdoy yetishtirish,darslik; 175b.
- Kojushko N.I. – Metodika opredeleniya ustoychivosti pshenitsi k vysokim temperaturam, 1970.
- .Raxmonov E. Qobilov F. Berdimuradov X. “Respublikamizda yetishtirilayotgan bug‘doy donlarining fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarining tahlili” Ilmiy tadqiqot va innovatsiya jurnali. ISSN: 2181-3507. Volume-2 | Issue-2|2023. 5. Yodgorov N. “Respublikamiz janubiy hududlarida issiqlikka qurg’oqchilikka chidamli bug’doy navlarini yaratish” Qishloq xo’jaligi ekinlarining genetik resurslarining holati va istiqbollari. O’simlikshunoslik ilmiy -tadqiqot institute tashkil etilganligining 90 yilligiga bag’ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari.Toshkent 2014.175-bet.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011474
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/483
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 720–725
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25