INNOVATSION TA‘LIM JARAYONIDA KREATIVLIK FENOMONINING TAHLILI
Abduraimova Sohiba Karimkul qiziGuliston davlat universiteti tayanch doktoranti2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 710–713
Annotatsiya
Mazkur maqolada innovatsion ta‘lim tizimida kreativlikning nazariy va amaliyahamiyati tahlil qilinadi. Unda “kreativ o‘qitish” (Creativity Teaching) va “kreativlik uchun o‘qitish”(Teaching for Creativity) konsepsiyalarining farqli va o‘zaro bog‘liq jihatlari izohlanadi. Shuningdek, buikki yondashuvning pedagogik amaliyotda integratsiyalashgan holda qo‘llanilishi o‘qituvchi vao‘quvchining ijodiy salohiyatini rivojlantirishdagi o‘rni yoritiladi. Maqolada kreativ ta‘limning asosiykomponentlari – moslashuvchanlik, refleksiya, emotsional sezgirlik, metodik innovatsiyalar va mustaqilfikrlash – ijodiy pedagogikaning asosiy ko‘rsatkichlari sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra,ijodiy o‘qitish va ijodkorlik uchun o‘qitishning uyg‘unlashuvi zamonaviy o‘qituvchining professionalkompetensiyasini belgilovchi muhim omil hisoblanadi.
Boshqa tillarda
ruschaАНАЛИЗ ЯВЛЕНИЯ ТВОРЧЕСТВА В ПРОЦЕССЕ ИННОВАЦИОННОГО ОБРАЗОВАНИЯ
В данной статье анализируется теоретическое и практическое значение креативности в инновационной системе образования. Рассматриваются различные и взаимосвязанные аспекты понятий «Креативное обучение» и «Обучение творчеству». Также подчеркивается роль комплексного использования этих двух подходов в педагогической практике для развития творческого потенциала учителей и учащихся. В статье рассматриваются основные компоненты креативного образования – гибкость, рефлексия, эмоциональная чувствительность, методические инновации и самостоятельное мышление – как главные показатели креативной педагогики. По результатам исследования, сочетание креативного обучения и обучения творчеству является важным фактором, определяющим профессиональную компетентность современного учителя.
inglizchaANALYSIS OF THE PHENOMENON OF CREATIVITY IN THE PROCESS OF INNOVATIVE EDUCATION
This article analyzes the theoretical and practical significance of creativity in the innovative education system. It explains the different and interconnected aspects of the concepts of “Creative Teaching” and “Teaching for Creativity”. It also highlights the role of the integrated use of these two approaches in pedagogical practice in developing the creative potential of teachers and students. The article considers the main components of creative education - flexibility, reflection, emotional sensitivity, methodological innovations and independent thinking - as the main indicators of creative pedagogy. According to the results of the study, the combination of creative teaching and teaching for creativity is an important factor determining the professional competence of a modern teacher.
Kalit so‘zlar
- innovatsion ta‘lim
- kreativlik
- kreativ o‘qitish
- kreativlik uchun o‘qitish
- ijodiy pedagogika
- refleksiya
- mustaqil fikrlash
- o‘qituvchi kompetensiyasi
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
INNOVATSION TA’LIM JARAYONIDA KREATIVLIK FENOMONINING TAHLILI
Abduraimova Sohiba Karimkul qizi Guliston davlat universiteti tayanch doktoranti ORCID: https://orcid.org/0009-0000-4695-764X e-mail: abduraimova.sohiba1@gmail.com
Annotatsiya. Mazkur maqolada innovatsion ta’lim tizimida kreativlikning nazariy va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Unda “kreativ o‘qitish” (Creativity Teaching) va “kreativlik uchun o‘qitish” (Teaching for Creativity) konsepsiyalarining farqli va o‘zaro bog‘liq jihatlari izohlanadi. Shuningdek, bu ikki yondashuvning pedagogik amaliyotda integratsiyalashgan holda qo‘llanilishi o‘qituvchi va o‘quvchining ijodiy salohiyatini rivojlantirishdagi o‘rni yoritiladi. Maqolada kreativ ta’limning asosiy komponentlari – moslashuvchanlik, refleksiya, emotsional sezgirlik, metodik innovatsiyalar va mustaqil fikrlash – ijodiy pedagogikaning asosiy ko‘rsatkichlari sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ijodiy o‘qitish va ijodkorlik uchun o‘qitishning uyg‘unlashuvi zamonaviy o‘qituvchining professional kompetensiyasini belgilovchi muhim omil hisoblanadi. Kalit so‘zlar: innovatsion ta’lim, kreativlik, kreativ o‘qitish, kreativlik uchun o‘qitish, ijodiy pedagogika, refleksiya, mustaqil fikrlash, o‘qituvchi kompetensiyasi.
ANALYSIS OF THE PHENOMENON OF CREATIVITY IN THE INNOVATIVE EDUCATIONAL PROCESS
Abduraimova Sohiba Karimkul qizi PhD Student (Basic Doctoral Candidate), Gulistan State University ORCID: https://orcid.org/0009-0000-4695-764X e-mail: abduraimova.sohiba1@gmail.com
Abstract. This article explores the concept of creativity within the framework of innovative education. It analyzes the theoretical foundations and practical implications of “Creative Teaching” and “Teaching for Creativity,” emphasizing their interdependence and complementary nature. The study highlights how the integration of these two approaches enhances both teacher and learner creativity. Core components of creative education — flexibility, reflection, emotional responsiveness, methodological innovation, and independent thinking — are identified as key indicators of creative pedagogy. The findings suggest that the synergy between creative teaching and teaching for creativity serves as a crucial factor in developing modern teachers’ professional competence. Keywords: innovative education, creativity, creative teaching, teaching for creativity, creative pedagogy, reflection, independent thinking, teacher competence.
АНАЛИЗ ФЕНОМЕНА КРЕАТИВНОСТИ В ПРОЦЕССЕ ИННОВАЦИОННОГО ОБРАЗОВАНИЯ
Абдураимова Сохиба Каримкул кизи Базовый докторант (соискатель степени PhD), Гулистанский государственный университет ORCID: https://orcid.org/0009-0000-4695-764X e-mail: abduraimova.sohiba1@gmail.com
Аннотация. В статье рассматривается концепция креативности в контексте инновационного образования. Анализируются понятия «креативное преподавание» (Creativity Teaching) и «обучение для развития креативности» (Teaching for Creativity), их различия и взаимосвязь. Подчеркивается, что интеграция этих подходов способствует развитию творческого потенциала как преподавателя, так и обучающегося. Выделены ключевые компоненты креативного образования: гибкость, рефлексия, эмоциональная отзывчивость, методические инновации и самостоятельное мышление. Результаты исследования показывают, что сочетание креативного преподавания и обучения для креативности является важным фактором формирования профессиональной компетентности современного педагога. Ключевые слова: инновационное образование, креативность, креативное преподавание, обучение для креативности, творческая педагогика, рефлексия, самостоятельное мышление, педагогическая компетентность.
KIRISH Jahonda so‘nggi yillarda kreativ fikrlash inson kapitalining asosiy tarkibiy qismi sifatida e’tirof etilmoqda. Global tendensiyalar ta’lim tizimlarida kreativ fikrlashni rivojlantirish — zamonaviy iqtisodiyot
ehtiyojlariga javob beruvchi innovatsion, mustaqil fikrlaydigan mutaxassislarni tayyorlashning muhim sharti ekanligini ko‘rsatmoqda. Xususan, 2025-yilga kelib ish beruvchilarning 57 foizi kreativ fikrlashni o‘z xodimlari uchun “bazaviy kompetensiya” sifatida baholagan bo‘lsa, 66 foizi “ahamiyati ortib borayotgan eng muhim kompetensiyalar” qatoriga kiritgan (World Economic Forum, 2025). Bu ko‘rsatkich kreativ tafakkurning nafaqat ijtimoiy-madaniy, balki iqtisodiy raqobatbardoshlik omiliga aylanganini, ijodiy yondashuvning mehnat bozorida strategik ahamiyat kasb etayotganini, sun’iy intellekt va texnologik savodxonlik kabi yuqori texnologik ko‘nikmalar bilan bir qatorda inson tafakkurining ijodiy komponenti ham dolzarb ahamiyat kasb etayotganini ko‘rsatadi. Kreativ fikrlashning bu darajada o‘sish dinamikasiga ega bo‘lishi zamonaviy iqtisodiyotning faqat texnologik emas, balki g‘oyaviy-innovatsion rivojlanishga ham tayanayotganini, shuningdek, yangi avlod mutaxassislarining muvaffaqiyati endilikda analitik fikrlash, moslashuvchanlik va texnik savodxonlik bilan bir qatorda ijodkorlik, noodatiy yondashuv va yangicha qarorlar ishlab chiqish qobiliyatiga ham bog‘liqligini anglatadi. Shu bois, ta’lim tizimlarida kreativ tafakkurni shakllantirish, o‘quvchilarda mustaqil, tahliliy-ijodiy yondashuvni rag‘batlantiruvchi pedagogik strategiyalarni joriy etish bugungi ta’lim siyosatining eng dolzarb yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda[8]. ASOSIY QISM Hozirgi zamonaviy ta’lim tizimi oʻqituvchidan nafaqat bilish, balki oʻrgatishda ham ijodkor boʻlishni talab etadi. Shunday sharoitda “ta’limda kreativlik” tushunchasi tobora murakkablashib, ikki asosiy pedagogik yondashuv sifatida shakllanmoqda: “Kreativ oʻqitish” (Creativity Teaching) va “kreativlik uchun o‘qitish” (Teaching for Creativity). Bu ikki atama dastlab Bob Jeffer va Anna Craft tomonidan chuqur tahlil qilinib, farqili va o‘zaro bog‘liq jihatlari keltirib o‘tilgan[5]. Kreativ oʻqitish (Creativity Teaching)- Bu yondashuv oʻqituvchining darsni tashkil etishdagi kreativlik darajasiga aloqador boʻlib, pedagogning improvizatsiya qilish qobiliyati, metodik moslashuvchanligi, emotsional ifodaliligi, didaktik innovatsiyalarni qoʻllay olishi va shaxsiy uslubga ega boʻlishi orqali namoyon boʻladi. Bunday yondashuv oʻquvchilarda darsga boʻlgan qiziqishni uygʻotadi, ishtirokni faollashtiradi hamda darsni hayotiy va mazmunli qiladi. Ushbu yoʻnalishdagi asosiy tarkibiy komponentlar quyidagilardan iborat: • Moslashuvchanlik va vaziyatga ijodiy yechim topish; • Emotsional ta’sirchanlik va ilhomlantirish; • Metodik innovatsiyalar (dramatizatsiya, integratsiya, oʻyin texnologiyalari); • Estetik va axloqiy sezgirlik; • Oʻqituvchining shaxsiy ijodiy uslubi. Kreativlik uchun oʻqitish (Teaching for Creativity)-bu yondashuv ta’lim jarayonini oʻquvchilarda kreativ fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, gʻoyalarni ilgari surish va refleksiya qilish qobiliyatlarini shakllantirishga yoʻnaltiradi. Unda oʻquvchining ichki motivatsiyasi, intellektual faolligi va emotsional holati muhim omillar sifatida e’tiborga olinadi. Bu asosan oʻquvchiga yoʻnaltirilgan pedagogikadir. Mazkur yondashuv quyidagi tarkibiy qismlarni oʻz ichiga oladi: • Kognitiv faollik va mustaqil fikrlash; • Refleksiv kompetensiyalarni rivojlantirish; • Oʻquvchining emotsional-motivatsion holatini qoʻllab-quvvatlash; • Savol berish va muammoni hal qilish madaniyatini shakllantirish; • Individual yondashuv va tanlov imkoniyatlarini yaratish (1-rasm).
1-rasm. Kreativ ta’limning tarkibiy komponentlari Ushbu ikki yondashuv bir-birini inkor etmaydi, aksincha, kreativ ta’lim muhitini yaratishda bir-birini toʻldiruvchi ikki zaruriy asos sifatida qaralishi mumkin. Agar oʻqituvchi darsni kreativ uslubda tashkil etsa (Creativity Teaching), bu oʻz-oʻzidan oʻquvchilarning kreativ fikrlashini rivojlantirish uchun sharoit yaratadi (Teaching for Creativity). Shunday ekan, har ikki yondashuvni uygʻunlashtirgan pedagogik model, oʻqituvchi va oʻquvchining kreativligini birgalikda yuksaltiradigan samarali tizim boʻlishi mumkin. Kreativ ta’lim oʻz navbatida 2 ga boʻlingan ekan, kreativ oʻqitish va kreativlik uchun oʻqitishning ham oʻziga xos komponenetlari mavjud. Yuqorida ta’kidlaganimizdek bu komponentlar bir-birini inkor qilmagan holda, bir-birini toʻldiradi. Va natijada ta’limning kreativligini ta’minlaydi[1]. XULOSA Innovatsion ta’lim sharoitida kreativlik inson kapitalining eng muhim tarkibiy elementi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ta’lim jarayonida kreativlikni rivojlantirish nafaqat o‘quvchilarning intellektual salohiyatini oshiradi, balki o‘qituvchining kasbiy o‘sishini, uning metodik moslashuvchanligi va pedagogik tafakkurini ham yangi bosqichga olib chiqadi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, “kreativ o‘qitish” (Creativity Teaching) va “kreativlik uchun o‘qitish” (Teaching for Creativity) yondashuvlari o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, biri o‘qituvchining shaxsiy ijodiy yondashuvini ifodalasa, ikkinchisi o‘quvchining ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Ularning integratsiyasi natijasida ta’lim jarayoni dinamik, interaktiv va refleksiv tus oladi. Bunday uyg‘unlashgan yondashuv o‘qituvchidan quyidagi kompetensiyalarni talab qiladi: pedagogik yangiliklarga ochiqlik, o‘quvchi shaxsini rivojlantiruvchi strategik fikrlash, muammoli vaziyatlarda kreativ yechim topa olish hamda o‘qitish jarayonida emotsional va estetik sezgirlikni namoyon etish. Shu bilan birga, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, tanlov imkoniyatiga ega bo‘lish, savol berish madaniyatini shakllantirish va o‘z faoliyatini baholay olish qobiliyatlari rivojlanadi. Demak, innovatsion ta’limda kreativlik konsepsiyasi o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi ijodiy hamkorlikka asoslanadi. Kreativ o‘qitish — bu jarayonning boshlang‘ich nuqtasi, kreativlik uchun o‘qitish esa uning natijasidir. Ularning uyg‘unlashuvi ta’limni insonparvar, samarali va zamonaviy iqtisodiyot ehtiyojlariga mos tizim sifatida rivojlantirishga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Abduraimova, S. (2025). TALABALARDA KREATIVLIKNING NAMOYON BO‘LISHI, MAZMUN VA MOHIYATI. Наука и инновация, 3(1), 133–136. 2. Abduraimova, S. (2024). THE ROLE AND IMPORTANCE OF MATHEMATICAL CREATIVITY IN EDUCATION. Modern Science and Research, 3(11), 575-579. 3. Abduraimova, S. K. (2024). BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA KREATIVLIK TUSHUNCHASINING TERMINOLOGIK TAHLILI. Inter education & global study, (10), 65-75. 4. Abduraimova, S. (2024). THE ESSENCE OF DEVELOPING CREATIVITY SKILLS IN FUTURE PRIMARY SCHOOL TEACHERS: A PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL ANALYSIS. Science and innovation, 3(B5), 298-301. 5. Bob Jeffrey & Anna Craft (2004) T eaching creatively and teaching for creativity: distinctions and relationships, Educational Studies, 30:1, 77-87, 6. https://doi.org/10.1080/0305569032000159750 7. Qizi, A. S. K. (2024). TA’LIM TIZIMIDA KREATIVLIK QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHGA OID YONDOSHUVLAR. Science and innovation, 3(Special Issue 16), 370-372. 8. The Future of Jobs Report 2025 : report / World Economic Forum. – Geneva : World Economic Forum, 2025. – 120 p. – ISBN 978-2-940631-90-2. – URL: https://www.weforum.org/reports/the-futureof-jobs-report-2025/ 9. Taniberdiyev, A., & Abduraimova, S. (2024). DEVELOPING CREATIVITY IN THE MATHEMATICS TEACHING PROCESS: CONTENT AND ESSENCE. Modern Science and Research, 3(11), 278-281.
LEARNING ENGLISH THROUGH SIGN LANGUAGE IN GENERAL EDUCATION SCHOOLS FOR DEAF AND HARD OF HEARING STUDENTS (IMPROVING COMMUNICATION SKILLS)
Nabiyeva Nodira Rustamjon qizi nabiyevanodira427@gmail.com
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar18 ta adabiyot
- Abduraimova, S. (2025). TALABALARDA KREATIVLIKNING NAMOYON BO‘LISHI,
- MAZMUN VA MOHIYATI. Наука и инновация, 3(1), 133–136.
- Abduraimova, S. (2024). THE ROLE AND IMPORTANCE OF MATHEMATICAL
- CREATIVITY IN EDUCATION. Modern Science and Research, 3(11), 575-579.
- Abduraimova, S. K. (2024). BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA KREATIVLIK
- TUSHUNCHASINING TERMINOLOGIK TAHLILI. Inter education & global study, (10), 65-75.
- Abduraimova, S. (2024). THE ESSENCE OF DEVELOPING CREATIVITY SKILLS IN
- FUTURE PRIMARY SCHOOL TEACHERS: A PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL
- ANALYSIS. Science and innovation, 3(B5), 298-301.
- Bob Jeffrey & Anna Craft (2004) T eaching creatively and teaching for creativity: distinctions and relationships, Educational Studies, 30:1, 77-87,10.1080/0305569032000159750
- https://doi.org/10.1080/030556903200015975010.1080/0305569032000159750
- Qizi, A. S. K. (2024). TA’LIM TIZIMIDA KREATIVLIK QOBILIYATINI
- RIVOJLANTIRISHGA OID YONDOSHUVLAR. Science and innovation, 3(Special Issue 16), 370-372.
- The Future of Jobs Report 2025 : report / World Economic Forum. – Geneva : World Economic
- Forum, 2025. – 120 p. – ISBN 978-2-940631-90-2. – URL: https://www.weforum.org/reports/the-futureof-jobs-report-2025/
- Taniberdiyev, A., & Abduraimova, S. (2024). DEVELOPING CREATIVITY IN THE
- MATHEMATICS TEACHING PROCESS: CONTENT AND ESSENCE. Modern Science and
- Research, 3(11), 278-281.10.5840/teachphil198811379
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011471
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/480
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 710–713
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25