Asosiy mazmunga o‘tish

LIRIK ASARLARDAGI OBRAZ TUSHUNCHASINI TAHLIL QILISHDA TADQIQOT METODLARINING AHAMIYATI

Ibroximova Dildora Nizamjon kiziNamangan davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 2- bosqich magistranti2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 708–710

Annotatsiya

Mazkur maqolada lirik asarlarda tadqiqot metodlarining ahamiyatli jihatlari, tahliljarayonidagi metod tanlashning afzallik jihatlari , o‘quvchilar uchun lirik asarlar tushuntirishning osonyo‘llari haqida so‘z boradi.

Boshqa tillarda

ruschaВажность методов исследования при анализе концепции образа в лирических произведениях

В данной статье рассматриваются важные аспекты методов исследования лирических произведений, преимущества выбора метода в процессе анализа, а также простые способы объяснения лирических произведений студентам.

inglizchaTHE IMPORTANCE OF RESEARCH METHODS IN ANALYZING THE CONCEPT OF IMAGE IN LYRIC WORKS

This article discusses the important aspects of research methods in lyrical works, the advantages of choosing a method in the analysis process, and easy ways to explain lyrical works to students.

Kalit so‘zlar

  • tadqiqot metodlari
  • germenevtik metod
  • psixologik metod
  • analitik metod
  • tarixiy – tipologik metod
  • Cho‘lpon lirikasi

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

LIRIK ASARLARDAGI OBRAZ TUSHUNCHASINI TAHLIL QILISHDA TADQIQOT METODLARINING AHAMIYATI

Ibroximova Dildora Nizomjon qizi Namangan davlat pedagogika institute O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 2- bosqich magistranti ibroximovadildoraxon@.com

Annotatsiya : Mazkur maqolada lirik asarlarda tadqiqot metodlarining ahamiyatli jihatlari, tahlil jarayonidagi metod tanlashning afzallik jihatlari , o‘quvchilar uchun lirik asarlar tushuntirishning oson yo‘llari haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar : tadqiqot metodlari, germenevtik metod , psixologik metod, analitik metod , tarixiy – tipologik metod, Cho‘lpon lirikasi.

THE IMPORTANCE OF RESEARCH METHODS IN ANALYZING THE CONCEPT OF IMAGERY IN LYRICAL WORKS

Ibroximova Dildora Nizomjon qizi Second-year master's student of the Faculty of Uzbek Language and Literature at Namangan State Pedagogical Institute. ibroximovadildoraxon@.com

Annotation: This article discusses the significant aspects of research methods in lyrical works, the advantages of choosing appropriate methods during the analysis process, and the easiest ways to explain lyrical works to students. Keywords: research methods, hermeneutic method, psychological method, analytical method, historical-typological method, Cho‘lpon’s lyrics

ЗНАЧЕНИЕ ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКИХ МЕТОДОВ В АНАЛИЗЕ ПОНЯТИЯ ОБРАЗА В ЛИРИЧЕСКИХ ПРОИЗВЕДЕНИЯХ

Ibroximova Dildora Nizomjon qizi Магистрант второго курса факультета узбекского языка и литературы Намаганского государственного педагогического института. ibroximovadildoraxon@.com

Аннотация: В данной статье рассматриваются важные аспекты исследовательских методов в лирических произведениях, преимущества выбора соответствующих методов в процессе анализа, а также самые простые способы объяснения лирических произведений учащимся. Ключевые слова: исследовательские методы, герменевтический метод, психологический метод, аналитический метод, историко-типологический метод, лирика Чулпона

Shoirlarga g‘oyib tomoni o‘zgacha bir is’tedod yuqtiriladi. Shuning uchun she’rlarni o‘qiganimizda yuragimiz junbushga keladi. Shoirning hislarini ich- ichimizdan his qilamiz. Shoir she’rda qanday g‘oyalarni ilgari surganini kitobxonga bu she’r orqali nima demoqchi bo’lgani haqida batafsil o‘rganishimiz uchun bizga tadqiqot metodlari yordam beradi. Lirik asarlarni turli tadqiqot metodlari yordamida tahlil qilish mumkin va har bir metodning o‘ziga yarasha ko‘lami va nafi mavjud. Lirik asarlarni o‘rganish va o‘rgatish uchun eng samarali metodlar quyidagilar :germenevtik, struktur- sematnik, psixologik, analitik, biografik, tarixiy-tipologik, komparativ metodlardir. Ushbu metodlarga birma- bir to‘xtalib chiqamiz. Germenevtik metod. Germenevtika so‘zi yunoncha “hermeneuein” so‘zidan olingan bo‘lib “tushuntirmoq” , “talqin qilmoq” degan ma’nolarni anglatadi. Lirik asarlarni o‘rganishda bu metod yozuvchi yoki shoirning ruhiy holatini davr ruhi va obrazlar mazmunini anglash orqali o‘quvchida obrazli tafakkurni shakllantirish imkoniyatini beradi. Ko‘pchilik o‘quvchilar ba’zan o‘zimiz ham she’rni shunchaki mutolaa qilamiz. Shoir unda nima demoqchi ekanligiga e’tibor qaratmatmiz. Aslida esa shoirlar yozuvchilar tomonidan yaratilgan barcha asarlar shunchaki tug‘ilmaydi unda qandaydir zohirda mavjud bo‘lmagan botiniy mazmun mavjud bo‘ladi. Biz buni doim ham sezavermaymiz. Shunday vaziyatlarda tadqiqot metodlari mazmunni yanada chuqurroq anglashimizga ko‘maklashadi. Misol uchun jadid adabiyotining yirik namoyondasi Abdulhamid Cho‘lponning “Ulug‘Britaniyaning bu kungi hokimyatiga” nomli she’ridan parchani ko‘ramiz Temza bo‘ylariga besh- o‘nta Tog‘larday haybatli zindonlar soling! Riyokor bo‘lmagan, haq degan erni Zulm qo‘li bilan zindonga soling Lapkastar shahrining ko‘chalarida Polis nafarlari tinmay aylansin. Ishladim haqqimni so‘rayman degan Har ishchi zanjirga siqib bo‘ylansin! Bir qarashda o‘sha davrdagi Britaniya hokimyatiga deb yozilgan bu she’r aslida o‘sha davrda Turkiston o‘lkasida hukm surgan hokimiyat haqida edi. Lekin davr taqozosi bilan bu so‘zlarni ochiqdan ochiq aytishning iloji ham bo‘lmagan. Shuning uchun ham she’rning to‘la mohiyatini anglash uchun, davr ijtimoiy muhitini his qilish uchun ham tadqiqot metodlaridan foydalanish zarur . Tarixiy – tipologik metod. Yuqoridagi she’rni tahlil qilishda tarixiy-tipologik metoddan foydalanamiz . Buning uchun Cho‘lpon yashagan davrni inobatga olamiz. Hammamizga malumki, Abdulmahim Cho‘lpon 1897- 1938 yillarda yashab ijod qilgan. Va bu davrlarda o‘lkamiz ruslarga mustamlaka bo‘lgan. She’rda aynan shu mustamlaka zulmi haqida gap boradi. Ya’ni xalq orasida kim haqni talab qilsa qamoqxonalarga otilgan, bo‘ysinmagan odamlarni esa dorlarga osilgani yozilgan va bu jarayonga Cho‘lponning o‘zi ham guvoh bo‘ladi. Aynan Cho‘lpon ham haqiqatni yozgani uchun ular tomonidan otuvga hukm qilingan. Lekin haqiqatni so‘zlagan inson xotiradan o‘chmaydi. Shuning uchun ham mana necha yildirki, uning ijodini o‘rganamiz. Lirik asrlarni tahlil qilish jarayonda shoirning she’riga yoki u yashagan davrga e’tibor bergan holda tadqiqot metodidan foydalanish muhim. Cho‘lponning lirik

asarlari shu darajada emotsional ruhda yozilgan uni o‘qigan o‘quvchiga birinchi marta o‘qiganidayoq ta’sir etadi.Oddiy xalqning ezilganini qanday og‘ir zamonlarni boshidan kechirganini qalban his etadi. Analitik metod. Ushbu metod shoirning mahoratini, so‘z boyligini, tasavvurining qay darajada keng ekanligini ma’lum ma’noda anglatadigan metoddir. Shoir she’rda juda ko‘p epitetlarni qo‘llaydi va bu ham aynan she’rning tub ma’nosini anglashga yordam beradi. Tog‘larday haybatli zindonlar, zulm qo‘li, dorning ipi, xom miyya, jannat va’dasi, tor katak, tariq tillar, g‘azab olovi shu kabi epitetlar she’rda botiniy ma’nolarni ochishda bizga yordam beradi. Shoir she’rning so‘nggida Temzadagi to‘lqinlarning toshishi bizda ham bo‘ladi deb tugatadi. Chunonchi, bu bashorat amalga oshishi uchun yillar va qanchadan qancha odamlarning umri qurbon bo‘ldi. Shoirlar she’ridagi ma’nolarni anglay olsangiz , siz o‘qigan to‘rt qatorlik she’r ham katta bir romandek tuyiladi. Psixologik metod. Bilamizki, psixologiya bu insonlarning ruhiy holatini o‘rganadi. Bu metod esa she’rning psixologik ta’sir imkoniyatlarini o‘rganiladi. Adabiyot olamiga dahldor har qanday inson u xoh injener bo‘ladimi, xoh dehqon bo‘ladimi, xoh yozuvchi bo‘ladimi biror asar o‘qisa o‘sha asarning ma’lum qismida yashaydi, undan ta’sirlanadi, qahramonga qo‘shilib eziladi, achinadi, xursand bo‘lsa, quvonadi xullas shu asar bilan yoki asar tasirida qisqa bir muddat yashaydi.Biz bu metodda ana shunday psixologizmning ta’sirini o‘rganamiz. Yuqoridagi she’rda shunday jumlalar mavjud: “Intiqom ! Intiqom !” degan na’ralar To‘lqinday quturib Temzadan oshar! Shoir aynan intiqom so‘zini ikki bora qo‘llamoqda. Nega ? degan savol tug‘iladi. Chunki bu psixologiyaga bog‘liqdir. Agar insonni ham ikki bora ismini aytib chaqirsa e’tiborni tortadi. Demak, fikr o‘ta kuchli ekaniga ishoradir. Intiqom so‘zining lug‘aviy ma’nosi qasos, o‘ch deganidir. Endi esa na’ra so‘ziga to‘xtalamiz na’ra – qattiq ovoz bo‘kirish ma’nolarida keladi va yana asosan ormon qiroli she’rning o‘kirishiga nisbat berib aytiladi. To‘lqinning shiddat bilan toshishini esa hech yo‘q filmlar orqali tomosha qilgansiz. Umumiy ma’no chiqaradigan bo‘lsak, qasos o‘ti shu qadar kuchliki, to‘lqinlarning kuchi orol bo‘yidagi jamiki niholni nes-nobud qilishga kuchi yetgani kabi qasos o‘ti ham shu darajada kuchlidir deyilmoqchi. Xulosa qilib aytganda, har bir lirik asarning ichida bizning ko‘zimizga ko‘ringan yoki ko‘rinmagan ma’lum xotira, og‘riq, lazzat, quvonch, afsus, achinish kabi kichik hikoyalar mavjud. Biz bularni to‘g‘ri anglay olishimiz va o‘quvchilarga haqiqatni butun holicha tushuntirishimiz kerak. Bu jarayonda bizga yuqoridagi metodlar ko‘mak beradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Abdullayeva, N. (2021). “Tadqiqiy o‘qitish metodikasining adabiyot darslaridagi samaradorligi.” // Ta’lim va rivojlanish jarayoni, №2, 31–35-betlar. 2. Erkin Vohidov. (Turli yillarda). Tanlangan asarlar. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU. 3. G‘ulomov, A. (2005). Adabiy tahlil asoslari. Toshkent: Yangi asr avlodi. 4. Jo‘rayev, S. (2016). Adabiyot o‘qitish metodikasi. Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 5. Mamarasulov, Q. (2007). Badiiy asarni tahlil qilish asoslari. Toshkent: O‘qituvchi. 6. Oripov, A. (2001). She’rlar. Toshkent: Yozuvchi. 7. Qurbonova, G. (2018). “Lirik asarlar va obrazli tafakkur: o‘quvchi dunyoqarashini shakllantirishda adabiyotning o‘rni.” // Adabiy ta’limda innovatsiyalar, №3, 45–50-betlar. 8. Qambarova, S. (2022).O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi. Toshkent. Mahalla va oila. 9. Xudoyberdiyev, E (2007) . Adabiyotshunoslikka kirish. Toshkent. Iqtisod- Moliya 10. O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). INKLYUZIV TA’LIMNING MOHIYATI, MAQSADI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI. (2025). Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(2), 701-710. 11. Tursunov Ramziddin Abdixalil-o’g’li. (2025). JAMIYAT HAYOTIDA IJTIMOIY ONG VA MA’NAVIYAT UYG‘UNLIGI. TA’LIM VA TARAQQIYOT, 4(4), 324-330.

INNOVATSION TA’LIM JARAYONIDA KREATIVLIK FENOMONINING TAHLILI

Abduraimova Sohiba Karimkul qizi Guliston davlat universiteti tayanch doktoranti ORCID: https://orcid.org/0009-0000-4695-764X e-mail: abduraimova.sohiba1@gmail.com

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar13 ta adabiyot

  1. Abdullayeva, N. (2021). “Tadqiqiy o‘qitish metodikasining adabiyot darslaridagi samaradorligi.” // Ta’lim va rivojlanish jarayoni, №2, 31–35-betlar.
  2. Erkin Vohidov. (Turli yillarda). Tanlangan asarlar. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU.
  3. G‘ulomov, A. (2005). Adabiy tahlil asoslari. Toshkent: Yangi asr avlodi.
  4. Jo‘rayev, S. (2016). Adabiyot o‘qitish metodikasi. Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi.
  5. Mamarasulov, Q. (2007). Badiiy asarni tahlil qilish asoslari. Toshkent: O‘qituvchi.
  6. Oripov, A. (2001). She’rlar. Toshkent: Yozuvchi.
  7. Qurbonova, G. (2018). “Lirik asarlar va obrazli tafakkur: o‘quvchi dunyoqarashini shakllantirishda adabiyotning o‘rni.” // Adabiy ta’limda innovatsiyalar, №3, 45–50-betlar.
  8. Qambarova, S. (2022).O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi. Toshkent. Mahalla va oila.
  9. Xudoyberdiyev, E (2007) . Adabiyotshunoslikka kirish. Toshkent. Iqtisod- Moliya
  10. O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). INKLYUZIV TA’LIMNING MOHIYATI,
  11. MAQSADI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI. (2025). Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori,
  12. Tursunov Ramziddin Abdixalil-o’g’li. (2025). JAMIYAT HAYOTIDA IJTIMOIY ONG VA
  13. MA’NAVIYAT UYG‘UNLIGI. TA’LIM VA TARAQQIYOT, 4(4), 324-330

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011470
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/479
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
708–710
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-12 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25