Asosiy mazmunga o‘tish

OLIY TA‘LIM MUASSASALARI MAGISTRATURA TALABALARINING TADQIQOTCHILIK KOMPETENSIYASINI OSHIRISH USULLARI

Yakshiboyeva Shahnoza Bahodir kiziXalqaro Nordik universiteti doktoranti2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 618–621

Annotatsiya

Ushbu maqolada magistratura bosqichida ta‘lim olayotgan talabalar tadqiqotchilikkompetensiyasini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari va metodik usullari tahlil qilinadi. Jahon tajribasiasosida RSD (Research Skill Development) modeli, UNESCO Research Literacy Indicators hamdaVALUE Rubrics kabi xalqaro yondashuvlarning mazmuni ochib berilgan. Tadqiqotda axborot-resursli,refleksiv va interaktiv o‘qitish metodlari uyg‘unligi asosida magistrantlarning mustaqil ilmiy fikrlash,manbalar bilan ishlash va natijalarni tahliliy baholash ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmlari yoritilgan.Mazkur yondashuv O‘zbekiston oliy ta‘lim tizimini jahon ilmiy makoniga integratsiyalashuv jarayonidasamarali metodik asos sifatida tavsiya etiladi.

Boshqa tillarda

ruschaМЕТОДЫ ПОВЫШЕНИЯ НАУЧНОЙ КОМПЕТЕНЦИИ МАГИСТРАТУР ВЫСШИХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЙ

В данной статье анализируются научно-теоретические основы и методические подходы к развитию исследовательской компетенции студентов магистратуры. На основе мирового опыта раскрывается содержание международных подходов, таких как модель развития исследовательских навыков (РРН), показатели исследовательской грамотности ЮНЕСКО и рубрики VALUE. В исследовании освещаются механизмы развития самостоятельного научного мышления, работы с источниками и аналитической оценки результатов магистрантов на основе сочетания информационно-ресурсных, рефлексивных и интерактивных методов обучения. Данный подход рекомендуется в качестве эффективной методической основы в процессе интеграции системы высшего образования Узбекистана в мировое научное пространство.

inglizchaMETHODS OF IMPROVING RESEARCH COMPETENCE OF MASTER‘S STUDENTS OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS

This article analyzes the scientific and theoretical foundations and methodological methods of developing research competence of students studying at the master‘s level. Based on world experience, the content of international approaches such as the RSD (Research Skill Development) model, UNESCO Research Literacy Indicators and VALUE Rubrics is revealed. The study highlights the mechanisms for developing independent scientific thinking, working with sources and analytical assessment of results of master‘s students based on a combination of information-resource, reflective and interactive teaching methods. This approach is recommended as an effective methodological basis in the process of integrating the higher education system of Uzbekistan into the world scientific space.

Kalit so‘zlar

  • tadqiqotchilik kompetensiyasi
  • ilmiy faoliyat
  • jahon axborot resurslari
  • RSD modeli
  • UNESCO indikatorlari
  • refleksiv ta‘lim
  • interaktiv metodlar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

OLIY TA’LIM MUASSASALARI MAGISTRATURA TALABALARINING TADQIQOTCHILIK KOMPETENSIYASINI OSHIRISH USULLARI

Yaxshiboyeva Shahnoza Bahodir qizi Xalqaro Nordik universiteti doktoranti

Annotatsiya: Ushbu maqolada magistratura bosqichida ta’lim olayotgan talabalar tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari va metodik usullari tahlil qilinadi. Jahon tajribasi asosida RSD (Research Skill Development) modeli, UNESCO Research Literacy Indicators hamda VALUE Rubrics kabi xalqaro yondashuvlarning mazmuni ochib berilgan. Tadqiqotda axborot-resursli, refleksiv va interaktiv o‘qitish metodlari uyg‘unligi asosida magistrantlarning mustaqil ilmiy fikrlash, manbalar bilan ishlash va natijalarni tahliliy baholash ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmlari yoritilgan. Mazkur yondashuv O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini jahon ilmiy makoniga integratsiyalashuv jarayonida samarali metodik asos sifatida tavsiya etiladi. Kalit so‘zlar: tadqiqotchilik kompetensiyasi, ilmiy faoliyat, jahon axborot resurslari, RSD modeli, UNESCO indikatorlari, refleksiv ta’lim, interaktiv metodlar.

METHODS FOR DEVELOPING RESEARCH COMPETENCE OF MASTER’S STUDENTS IN HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS

Yakhshiboyeva Shakhnoza Bakhodir qizi Doctoral Student, Nordic International University

Abstract: This article analyzes the scientific and methodological foundations for developing research competence among master’s degree students. Based on international experience, the essence of such approaches as the RSD (Research Skill Development) framework, UNESCO Research Literacy Indicators, and VALUE Rubrics is revealed. The study explores mechanisms for enhancing students’ independent scientific thinking, source analysis, and analytical assessment skills through the integration of information-resource-based, reflective, and interactive teaching methods. The proposed approach serves as an effective methodological foundation for integrating Uzbekistan’s higher education system into the global scientific community. Keywords: research competence, scientific activity, global information resources, RSD model, UNESCO indicators, reflective learning, interactive methods.

МЕТОДЫ ПОВЫШЕНИЯ ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ МАГИСТРАНТОВ В УЧРЕЖДЕНИЯХ ВЫСШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ

Яхшибоева Шахноза Баходир кизи Докторант Международного Нордик университета

Аннотация: В статье рассматриваются научно-теоретические основы и методические подходы к развитию исследовательской компетентности студентов магистратуры. На основе международного опыта раскрывается содержание таких моделей, как RSD (Research Skill Development), индикаторы исследовательской грамотности ЮНЕСКО и система VALUE Rubrics. В исследовании освещаются механизмы формирования у магистрантов навыков самостоятельного научного мышления, анализа источников и аналитической оценки результатов на основе интеграции информационно-ресурсных, рефлексивных и интерактивных методов обучения. Предлагаемый подход может служить эффективной методологической основой для интеграции системы высшего образования Узбекистана в мировое научное пространство. Ключевые слова: исследовательская компетентность, научная деятельность, мировые информационные ресурсы, модель RSD, индикаторы ЮНЕСКО, рефлексивное обучение, интерактивные методы

So‘nggi yillarda global miqyosda ilmiy faoliyat hajmi jadal o‘smoqda. Nature jurnalida chop etilgan “The Strain on Scientific Publishing” tahliliga ko‘ra, 2016-2022 yillar davomida nashr etilgan ilmiy maqolalar soni qariyb 47 foizga oshgan [Bornmann, 2022]. OECD ma’lumotlariga ko‘ra, jahon bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar sonining yillik o‘sish sur’ati 4,1% ni tashkil etadi, bu esa global miqyosda ilm-fan intensivligining ortayotganini ko‘rsatadi [OECD, 2023]. O‘zbekistonda ham bu jarayon izchil rivojlanmoqda. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-2023 yillar oralig‘ida respublika olimlarining Scopus va Web of Science bazalarida e’lon qilingan maqolalari soni to‘rt barobarga oshgan, 2022-yilda esa mamlakat miqyosida 5000 dan ortiq ilmiy maqola chop etilgan bo‘lib, ularning 30 foizdan ziyodi xorijiy ilmiy jurnallarda e’lon qilingan. Bu ko‘rsatkichlar respublika tadqiqotchilari, xususan magistrantlar orasida ilmiy faollik va xalqaro integratsiyaning sezilarli darajada kuchayayotganini anglatadi. Mazkur o‘sish ta’lim tizimidan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tishni, ya’ni ilmiy-tadqiqot faoliyatini xalqaro axborot resurslari bilan uyg‘unlashtirishni taqozo etmoqda. Sh.M. Mirziyoyev o‘zining 2022-yilgi Oliy Majlisga murojaatnomasida “ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish, yoshlarni ilmiy izlanishlarga keng jalb etish va xalqaro ilmiy makonga integratsiyalashuv”ni ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab bergan. Bu esa tadqiqotchilik kompetensiyasini shakllantirish masalasini milliy darajada strategik vazifa sifatida mustahkamlaydi. Xalqaro miqyosda tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha bir qator model va metodlar ishlab chiqilgan. Boyer tomonidan taklif etilgan “Scholarship Reconsidered” modelida ilmiy

faoliyat to‘rtta yo‘nalishda – kashfiyot, integratsiya, tatbiq va o‘qitish asosida ko‘rib chiqiladi [Boyer, 1990]. Willison va O’Regan tomonidan ishlab chiqilgan Research Skill Development (RSD) modeli esa tadqiqot jarayonini muammoni aniqlash, ma’lumotni izlash, tahlil qilish, natijalarni sintez qilish va taqdim etish bosqichlari asosida baholaydi [Willison, 2007]. Bu modelning afzalligi – magistrantlarning ilmiy o‘sish dinamikasini monitoring qilish imkoniyatidir. UNESCO tomonidan e’lon qilingan Research Competence Indicators tizimi esa raqamli va tanqidiy fikrlashni ilmiy savodxonlik bilan integratsiyalash orqali tadqiqotchilik madaniyatini yangi bosqichga olib chiqadi [UNESCO, 2020]. Shuningdek, AAC&U tomonidan ishlab chiqilgan VALUE Rubrics tizimi xalqaro ta’limda ilmiy-tadqiqot faoliyatini baholashning indikatorli mexanizmini taklif etadi [AAC&U, 2019]. Tahlil natijalariga ko‘ra, magistrantlarda tadqiqotchilik kompetensiyasini oshirish uchun quyidagi usullar samarali deb hisoblanadi: 1. Axborot-savodxonlikni rivojlantirish – Scopus, WoS kabi bazalarda manba izlash, bibliografik havolalar bilan ishlash bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish. 2. Interaktiv tadqiqot metodlari – Case-study, research workshop, project-based learning kabi shakllarda real ilmiy muammolarni tahlil qilish. 3. Refleksiv o‘qitish modeli – magistrantlar tomonidan o‘z tadqiqot jarayonini baholovchi “refleksiya jurnali” yuritish, bu orqali o‘z ilmiy fikrini mustahkamlash. 4. Raqamli tadqiqot muhiti yaratish – universitetlarda ilmiy ma’lumotlar bazalariga kirish imkoniyatini kengaytirish, “digital repository”lar orqali ilmiy natijalarni almashish. 5. Baholash tizimlarini joriy etish (Rubrikalash) – xalqaro amaliyotda mavjud rubrika (indicatorbased) yondashuvlar asosida talabaning ilmiy salohiyatini ballik tizimda aniqlash. Bu usullarning uyg‘un qo‘llanishi magistratura talabalarining ilmiy faoliyatini samarali tashkil etish, tahliliy fikrlashni shakllantirish va jahon ilmiy maydonida faol ishtirok etishga tayyorlashga xizmat qiladi. So‘nggi yillarda global ilmiy nashrlar hajmining 47 foizga oshgani (Nature, 2022) va O‘zbekistonning xalqaro ilmiy faolligining to‘rt barobarga ko‘paygani (OTFIV, 2023) magistrantlarda tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish zaruratini kuchaytirmoqda. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, RSD modeli, UNESCO Research Literacy Indicators va VALUE Rubrics tizimlarining integratsiyasi magistrantlarning mustaqil izlanish, tanqidiy fikrlash va ilmiy tahlil ko‘nikmalarini samarali rivojlantiradi. Axborot-resursli, refleksiv va interaktiv metodlardan uyg‘un foydalanish esa ularning ilmiy-tadqiqot faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi. Shu bois, jahon tajribasiga asoslangan ushbu yondashuv O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida magistrantlarning tadqiqotchilik salohiyatini oshirishda samarali metodik asos sifatida tavsiya etiladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar13 ta adabiyot

  1. Association of American Colleges & Universities (AAC&U). VALUE Rubrics for Undergraduate Research. – Washington, D.C.: AAC&U Publications, 2019.
  2. Boyer, E. (1990). Scholarship Reconsidered: Priorities of the Professoriate. Princeton, NJ: Carnegie Foundation.
  3. European University Association (EUA). (2017). European Framework for Research Competence. Brussels: EUA Publications.
  4. Mirziyoyev Sh. M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi – xalqimizning yangi hayot falsafasi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, 20-dekabr 2022- yil. – Toshkent: O‘zbekiston, 2022. – URL: https://president.uz/uz/lists/view/4745
  5. Mirziyoyev, Sh.M. (2022). Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi – xalqimizning yangi hayot falsafasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. Toshkent: O‘zbekiston.
  6. OECD (2021). Education at a Glance 2021: OECD Indicators. Paris: OECD Publishing. DOI:
  7. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (2023). O‘zbekistonning xalqaro ilmiy nashrlardagi faolligi to‘g‘risida hisobot. Toshkent.
  8. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi. O‘zbekistonning xalqaro ilmiy nashrlardagi faolligi to‘g‘risida hisobot. – Toshkent: OTFIV, 2023.
  9. UNESCO (2020). Global Research Literacy Framework. Paris: UNESCO Education Sector.
  10. UNESCO (2020). Research Competence Indicators: Measuring Research Literacy. Paris: UNESCO Institute for Statistics.
  11. Willison, J. & O’Regan, K. (2007). Research Skill Development Framework. The University of Adelaide.
  12. O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA MUSIQA SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISHDA MULTIMODAL YONDASHUVNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI. TA’LIM VA TARAQQIYOT, 4(4), 380-388.
  13. R.A.Tursunov. (2025). IJTIMOIY ONG VA MA’NAVIYAT UYGʻUNLIGINING IJTIMOIY MUHITGA TA’SIRI. ZAMONAVIY FAN: INNOVATSION YONDASHUVLAR VA YOSH TADQIQOTCHILARNING DOLZARB IZLANISHLARI, 1(1), 16-19.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011443
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/452
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
618–621
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25